Agrobank_Press @agrobankpress Channel on Telegram

Agrobank_Press

@agrobankpress


🏦 "Agrobank" ATB Matbuot kotibining rasmiy telegram kanali.
📍Manzil: 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tum., B.Zokirov 2A
🌍 agrobank.uz
Instagram.com/agrobank_press
https://www.facebook.com/yulduz.fayzullaeva.79?mibextid=LQQJ4d
📬headoffice@agrobank

Agrobank_Press (Uzbek)

Agrobank Press Telegram kanali - bu "Agrobank" ATB Matbuot kotibining rasmiy telegram kanali. Kanal orqali siz eng so'nggi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Agrobankning manzili 100011, Toshkent sh., Shayxontohur tum., B.Zokirov 2A. Agrobankning rasmiy veb-sayti https://www.agrobank.uz ga murojaat qiling. Kanalda Agrobank Press Instagram sahifasi @agrobank_press ham mavjud. Agrobank Press yangiliklari bilan birga Facebook sahifasi ham bor, o'z fikringiz va takliflaringizni yuborish uchun headoffice@agrobank pochtasi bilan bog'lanishingiz mumkin. Sizga yangiliklarni tezda yetkazuvchi va so'nggi xabarlar bilan tanishing Agrobank Press Telegram kanali bilan!

Agrobank_Press

23 Jan, 07:46


Bank cho‘ntagingizda, imkoniyat qo‘lingizda! 💳

Endi Onlayn mikroqarz va "Avans plyus" 100 mln. so‘mgacha! 🥳

"Agrobank Mobile" ilovasini yuklab olib, katta rejalaringiz uchun uydan chiqmasdan mikroqarz oling!

📲"Agrobank mobile"

Agrobank_Press

23 Jan, 06:13


🔰Bugun "Suvchilar maktabi" da O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining harakatlar dasturiga muvofiq "Tomchilatib sug‘orish tizimini va boshqa suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, hududlarda suv sarfini kamaytirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar holati" to‘g‘risida Qo‘mita eshituvi bo'lib o'tmoqda.

♻️Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Suv xo'jaligi vazirligi, Agrobank ATB mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.

Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Agrobank_Press

23 Jan, 05:59


❗️Asosiy stavka o'zgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvining bugun — 2025-yil 23-yanvar kuni bo'lib o'tgan yig'ilishida asosiy stavkani o‘zgarishsiz, 13,5% darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Asosiy stavka bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 2025-yil 13-mart kuniga belgilangan.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

16 Jan, 13:10


Mahalla bankiri faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024 yil 16 dekabr kuni banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tijorat banklari oldiga aniq vazifalar belgilab berilgandi.

Xususan, Prezidentimiz tomonidan “Mahalla bankiri” loyihasini joriy etish tashabbusi yana bir yangi amaliyot, xalqchil tizim bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish yuzasidan “Agrobank” ATB tomonidan har bir mahallaga, har bir xonadonga kirib borishni, aholini daromadli qilish maqsadida ishlar boshlab yuborilgan. Bu borada har bir mahallada “mahalla bankiri” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

“Agrobank” ATB Boshqaruvi va mas’ullari tomonidan hududlar kesimida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar, “Loyihalar yarmarkalari” tashkil etilib, aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Ayni shu yo‘nalishda hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlarni doimiy yoritib boramiz.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

14 Jan, 06:19


Hurmatli vatandoshlar!

Sizni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklaymiz!

Bu muqaddas sana, mardlik va jasorat ramzi bo‘lib, o‘z hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlagan barcha insonlarga ehtirom bildirish kuni hisoblanadi. Sizning fidoyiligingiz tufayli xalqimiz tinch va farovon hayot kechirmoqda.

Agrobank jamoasi bugungi bayram sababchilari — Vatanimiz himoyachilariga sihat-salomatlik, mustahkam iroda va barcha ezgu ishlaringizda zafarlar tilaydi! Yurtimiz doimo tinch va osuda bo‘lsin!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

10 Jan, 13:26


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha tijorat banklari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

Markaziy bank tomonidan 2024 yilda moliyaviy savodxonlik yo‘nalishidagi loyihalarni samarali amalga oshirishda faol ishtirok etgan tijorat banklari e'tirof etilib munosib taqdirlandi.

Xususan, “Agrobank” ATB - loyihalarni amalga oshirishda faol ishtiroki va targ‘ibotida “Hududlarda eng faol tashkilotchi bank” sifatida e’tirof etildi.

Albatta, Agrobank bundan keyin ham aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish borasida faol ish olib boradi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

10 Jan, 11:31


🧷“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

🔴Давлат дастури лойиҳасида 5 та устувор йўналиш бўйича 2025-йил учун амалий чора-тадбирлар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати ва мақсадли кўрсаткичлар назарда тутилмоқда.

🔴Лойиҳада атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” масалалари, шунингдек ижтимоий-иқтисодий, давлат бошқаруви, суд-ҳуқуқ, хавфсизлик ва ташқи сиёсат йўналишларида 2025-йилга мўлжалланган кенг кўламли ислоҳотлар назарда тутилган.

🟠Лойиҳа 2025-йил 22-январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

❗️“Тараққиёт стратегияси” маркази барча юртдошларимиздан 2025-йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиб, ўз таклифларини Марказнинг махсус uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришларини сўрайди.


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

Agrobank_Press

08 Jan, 05:50


Hurmatli Prokuratura organlari xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz – Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Adolatni ta’minlash, qonun ustuvorligini qaror toptirish va fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz barchamiz uchun katta e’tirofga loyiqdir. Sizning yuksak kasbiy mahoratingiz, mas’uliyatli yondashuvingiz va halolligingiz jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga muhim hissa qo‘shmoqda.

Agrobank jamoasi nomidan Sizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har doim adolat va haqiqat mezoni bo‘lib qolishingizni tilaymiz!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

04 Jan, 12:00


"Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki mijozlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, shu bilan birga mazkur yo‘nalishda bank tizimi oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘zining sho‘ba korxonalari — "MICROFINANCE SERVICE" mikromoliya tashkiloti hamda "FACTORING SERVICE" mas’uliyati cheklangan jamiyatini ta’sis qildi.

Mazkur korxonalar o‘z faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib, mikromoliya xizmatlari hamda faktoring xizmatlarini ko‘rsatadi. Shuningdek, tegishli yo‘nalishda yangi xizmat turlarini joriy qiladi va rivojlantirib boradi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

03 Jan, 10:06


Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Agrobank_Press

31 Dec, 16:03


📗 "Agrobank" jamoasi sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi!

O‘tayotgan 2024-yil biz uchun muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli biz umumiy maqsadimizga yanada yaqinlashishga muvaffaq bo‘ldik.

2025-yil muvaffaqiyatli loyihalar, ijodiy g‘oyalar va moliyaviy farovonlik yili bo‘lsin. 🥳

***

📗 Команда «Агробанк» поздравляет вас с наступающим Новым годом!

Уходящий 2024 год был для нас успешным и продуктивным. Благодаря совместным усилиям мы смогли приблизиться к нашей общей цели.

Пусть 2025 год станет годом успешных проектов, творческих идей и финансового благополучия. 🥳

Agrobank_Press

22 Dec, 08:25


📌 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Farrux Rafiqov jamoasi qishki mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi

Agrobank_Press

20 Dec, 06:24


👍👌😎🫡

Банк ходимлари сизга телефон қилиб, шахсий маълумотларингизни сўрашмайди. Мессенжерлар орқали суҳбатни таклиф этишмайди ва Марказий банк муҳри туширилган ҳужжатларни юборишмайди!

Огоҳ бўлинг!

Фирибгарларга алданманг!


———

Сотрудники банка не будут звонить вам с просьбой предоставить личные данные. Они не будут предлагать общение через мессенджеры и отправлять документы с печатью Центрального банка!

Будьте бдительны!

Не дайте себя обмануть мошенникам!

#kiberxavfsizlik #кибербезопасность

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin

Agrobank_Press

19 Dec, 12:06


Vaqtingizni tejang – Agrobank Mobile orqali onlayn navbat oling!🧾

Navbatdagi video-qo‘llanmamiz aynan shu haqida! 😉

📲"Agrobank mobile": IOS | Android

Agrobank_Press

16 Dec, 18:28


Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
#16dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Agrobank_Press

16 Dec, 12:52


Маҳаллалар даражасида ҳокимлар банклар билан ҳамкорликда ишлаши зарурлиги қайд этилди.

Улар маҳаллаларда 4 та тажрибани кенгайтириб, одамлар даромадини ошириш бўйича биргаликда ишлайдиган тизим бўлади.

Бунда туман банклари мижозбай ишлаб, тадбиркорлар лойиҳаларига кўмаклашади, уларнинг муаммоларини жойида ҳал этади, туман ҳокимлари эса лойиҳани жой ва инфратузилма билан таъминлаш мажбуриятини олади.

Туманларда маҳалла банкирлари фаолиятини йўлга қўйиш таклифи қўллаб-қувватланди.

Маҳалла банкирлари маҳалланинг бизнес имкониятларини ўрганади, одамлар билан гаплашиб, уларнинг ғояларини лойиҳаларга айлантиради. Аҳолини кредит олиш, қайтариш, бизнес очиш, маҳсулотини сотишга ўргатади, лойиҳаларга ҳамроҳлик қилади.

Умуман, жаҳон иқтисодиётидаги мураккаб вазият бутун дунёда миллий иқтисодиётларга таъсирини ўтказаётгани қайд этилди. Бундай шароитда мамлакатимиз молия-банк тизимининг барча даражаларида молиявий интизом ва шахсий масъулиятни кучайтириш муҳимлиги таъкидланди.

Йиғилиш давомида иқтисодий комплекс раҳбарларининг ҳисоботлари, банкларнинг таклифлари тингланди, ҳудудлардаги тадбиркорларнинг ижобий тажрибаси кўриб чиқилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 12:41


Кредит қарзи ҳисобидан гаровни суд орқали ундириш жараёнининг тезкорлигини ошириш долзарб масала бўлиб турибди.

Банк ҳуқуқлари устуворлигини таъминлаш, ундирувга қаратилган мулкларни тезроқ сотиш, суд орқали ундирув муддати, ортиқча келишув ҳужжатлари ва суд харажатларини кескин қисқартириш, гаров билан таъминланган қарзларни судгача ундириш амалиётини кенг қўллаш бўйича таклифлар ишлаб чиқилган.

Ушбу таклифларни ҳар томонлама кўриб чиқиб, қонун ҳужжатларига ўзгартиришлар киритиш муҳимлиги таъкидланди.

Мажбурий ундирувга қаратилган мулклар масаласига ҳам тўхталиб ўтилди. Бу жараённи такомиллаштириш мақсадида манфаатдор томонлар ўртасида онлайн ахборот алмашишни йўлга қўйиш зарурлиги қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 12:33


Президент банкларни ўйлантираётган қатор масалалар борлигини таъкидлаб, уларнинг ечимига қаратилган ташаббусларни илгари сурди.

Хусусан, банклар балансида 3 мингта ҳаракатсиз мулк бор. Банклар улардан тезроқ қутилса, қўшимча ресурс ва 150 мингта иш ўрни яратиш учун захира пайдо бўлади.

Шу боис, банкларга ҳаракатсиз мулкларни бозор қийматида тўғридан-тўғри сотишга рухсат берилиши белгиланди.

Шунингдек, банклар бу мулкларни даромадли бизнесга айлантириб, тайёр ҳолда инвесторга сотадиган тизим яратилади.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 12:28


Мустаҳкам ҳуқуқий асос яратилгани учун жорий йилда 5,5 триллион сўмлик микромолия ва факторинг хизматлари кўрсатилди.

Эндиликда ҳар бир давлат банки ўзининг микромолия ва факторинг компаниясини очиб, унга хорижий инвесторларни жалб қилишни режалаштирмоқда. Бунда банклар ресурсларни қарзга эмас, инвестиция сифатида олиб келмоқчи.

Келгуси йилда микромолия ва факторинг компаниялари орқали 10 триллион сўмлик хизматлар кўрсатиш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 12:20


Аниқланган имкониятларни натижага айлантириш учун банклар мустаҳкам молиявий ресурсга эга бўлиши кераклиги таъкидланди.

Давлат маблағлари қаторида ташқи манбалардан ҳам ресурс жалб қилиш зарурлиги қайд этилди.

Бунинг учун ҳар бир банкда чет элдан маблағ олиб келадиган ишчи гуруҳ тузиш, хорижий банклар билан тизимли ишлаб, чет элда роуд-шоулар ўтказиш, евробонд чиқариш, банк рейтингини яхшилаш ва халқаро стандартларга мослашиш долзарб аҳамиятга эга экани таъкидланди.

Охирги 5 йилда кичик ва ўрта бизнеснинг кредит портфелидаги улуши 40 фоиздан 28 фоизгача пасайгани кўрсатиб ўтилди. Бундай кредитлар улушини 40 фоизга ёки 120 триллион сўмга етказиш чораларини кўриш зарурлиги таъкидланди.

Умуман, йирик лойиҳаларни кичик бизнес ҳисобидан молиялаштириш амалиётига чек қўйиш вақти келгани қайд этилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 12:10


Ўтган олти йилда 1 миллион 600 минг нафар аҳоли “яхши” кредит тарихига эга бўлди. Шу билан бирга, тарихи “ўрта” баҳоланганларга янги кредит олишда талаблар кучайиши табиий.

Бундай мижозларнинг кредит тарихини яхшилаш, келгусида улар тадбиркорга айланиши учун банклар катализатор бўлиши лозимлиги таъкидланди.

Келгуси йилда лойиҳаси бор 100 мингта “ўрта” тоифадаги мижозлар билан уч ойлик индивидуал режа асосида ишлаш, уларнинг солиқ, электр, газ каби бошқа тўловларини ҳам инобатга олиш, молиявий билимини ошириш ва лойиҳаларини яхшилаш орқали уларни тадбиркорга айлантириш таклиф қилинди.

Йиғилишда республика бўйича 60 та илғор шаҳар-туманни ишсизлик ва камбағалликдан холи ҳудудларга айлантириш чоралари ҳам муҳокама қилинди.

Бу туманларда келгуси йилда 2 миллион аҳолини банд қилиш, 417 мингта оилани камбағалликдан олиб чиқиш зарурлиги қайд этилди.

Туман ва шаҳар ҳокимларига ушбу туман-шаҳарларда инфратузилмани яхшилаш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 11:57


Банклар иштирокида 13 та туманда саноатлашган плантация ташкил қилиш бошланди. Бу ерларда “етиштириш – қайта ишлаш – сотиш” занжири асосида юқори қўшилган қиймат яратилмоқда.

Масалан, Жомбойда 15 гектарда малина етиштирилади. Тадбиркор 170 та хонадонга кўчат тарқатиб, йилига 200 тонна маҳсулот олади.

Энди тадбиркор Миллий банк кўмагида 200 тоннали музлаткич ўрнатиб, йилига 25 тонна тайёр мураббо ишлаб чиқармоқчи. Натижада аҳоли ва тадбиркор даромади 2 карра ошади.

Ушбу тажриба асосида келгуси йилда яна 50 та туманда шундай лойиҳа ташкил этиш муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 11:47


Йиғилишда 85 минг гектар ерда кам даромадли экин экилгани учун самараси пастлигича қолаётгани қайд этилди.

Бундай ерлар йирик контурга бирлаштирилиб, тажрибали тадбиркорларга иккиламчи ижарага берилса, даромад 2-3 карра ошади.

Шу муносабат билан ер эгасига ижара ҳақи ва экилган маҳсулотни сотишдан улуш тўланади.

Ҳар бир контурга уруғ, кўчат, ўғит тарқатиб, етиштирилган маҳсулотни сотиб оладиган тадбиркорларни ер эгалари билан боғлайдиган тизим яратиш топширилди.

Банклар туманлар ихтисослашувидан келиб чиқиб, хориждан малакали агроном, зоотехник, технолог, муҳандис олиб келишга ва лойиҳалар самарасини оширишга ёрдамлашиши муҳимлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 11:39


Оғир туманларда тадбиркорликни қўллаб-қувватлаш, ишсизлик ва камбағалликни қисқартириш бўйича алоҳида ёндашув жорий қилиниши таъкидланди.

Масалан "Саноат қурилиш банки" Қувадаги йирик экспортёр билан Қўнғирот туманида брокколи экиш ва ёғочни қайта ишлаш лойиҳаларини амалга оширди. Бунга паст фоизли кредит ҳам берди.

Бу тажриба маъқулланиб, шароити оғир 71 та туманга бошқа ҳудудлардан тадбиркорларни таклиф қилиш учун уларга қўшимча кредит, 2025 йилда 1 мингта оғир маҳалла инфратузилмасига 3 триллион 200 миллиард сўм ажратилиши белгиланди.

Умуман, тадбиркорлар қўшимча 31 триллион сўмлик 3,5 мингта лойиҳа ва 200 мингта янги иш ўрни яратишга тайёр.

Иқтисодиёт ва молия вазирлигига ушбу лойиҳалар инфратузилмасига 1 триллион сўм ажратиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 11:24


Фаол тадбиркорлар иштирокида 27 та туманда очилган кооперациялар яхши самара бераётгани таъкидланди.

Мутасаддиларга келгуси йилда 30 та туманда балиқчилик, қуёнчилик, чорвачилик ва асаларичилик бўйича кооперацияларни кўпайтириш топширилди. Бунга 500 миллиард сўм йўналтирилиши белгиланди.

Бундан ташқари, ҳозирда 15 минг тадбиркор маҳсулотларни электрон платформаларда сотиб, даромадини карра-карра ошираяпти. Бу борада Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Тараққиёт дастури хусусий банк билан 1 минг 300 нафар аёлни ўқитиб, маҳсулотини онлайн сотиш тажрибасини яратмоқда.

Давлатимиз раҳбари йиғилишда қатнашаётган БМТ Тараққиёт дастурининг Ўзбекистондаги доимий вакили Акико Фудзиига юртимизда лойиҳалар қилиб, янги-янги ғоялар олиб келаётгани учун самимий миннатдорлик билдирди.

Ҳам инвестиция олиб келадиган, ҳам кўп иш ўрни яратадиган стартап лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш кенгайтирилади.

Давлат банклари ҳам биттадан венчур компания очиб, маҳалла стартапларига ўз маблағидан жами 50 миллион доллар ажратиши муҳимлиги қайд этилди. Стартапларни бизнесга айлантирадиган акселераторлар ҳам очиш мақсадга мувофиқлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 11:17


Оилавий тадбиркорлик дастурларига кредит ресурслари фақат давлат маблағларидан ажратилмоқда.

Халқ банки ташаббуси билан Осиё тараққиёт банкининг молиявий оммабоплик дастури доирасида 50 миллион сўмгача ортиқча ҳужжат ва гаровсиз кредит берилмоқда. Бу ташаббусни қўллаб-қувватлаб, Осиё тараққиёт банки дастурга 150 миллион доллар ажратишга тайёр.

Ушбу намуна асосида келгуси йилда 9 та давлат банкига четдан 1 миллиард доллар кредит жалб қилиб, 250 минг одамни даромадли қилиш тавсия қилинди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 11:11


Президент янги имкониятлар ва режаларни белгилаб берди.

Ўтган 6 йилда оилавий тадбиркорлик дастури доирасида 750 минг аҳоли кредитини вақтида қайтариб, даромадли бизнесга эга бўлди. Улардан 58 минги янги корхона ҳам очди.

Энди банклар мана шундай синовдан ўтган мижозларини қўллаб-қувватлаб, уларни кичик ва ўрта бизнес даражасига олиб чиқиши кераклиги таъкидланди. Уларга “Кичик бизнесни қўллаб-қувватлаш” дастури доирасида шартсиз 300 миллион сўм кредит берилади.

Бу орқали келгуси йилларда 1,5 миллион аҳолини ишли қилиш мумкинлиги таъкидланди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 10:46


Президент раислигида маҳаллаларда камбағалликни қисқартириш бўйича қилинган ишлар сарҳисоби ва 2025 йил учун устувор вазифаларга бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.

Банк хизматларининг маҳалла даражасигача туширилгани яхши натижа бераётгани қайд этилди. Айниқса, Сайхунобод, Уйчи, Зарбдор ва Ғиждувонда тадбиркорлик муҳити тубдан ўзгарди, одамлар даромади ошди, эртанги кунга ишонч пайдо бўлди.

Хусусан, Уйчи туманида банклар 3 минг 200 та фаол мижоз билан ишлаб, муаммоларни ҳал қилиб бергани учун 9 минг одам доимий ишли бўлди. Камбағаллар сони 6 мингга камайди.

Сайхунободдаги 3 минг 200 та хонадонда лойиҳалар ишга туширилди, 12 минг одам ўз томорқасида даромад топишни ўрганди. Зарбдорда 13,5 минг, Ғиждувонда 28 минг иш ўрни яратилди. Бунинг ҳисобига қўшимча 10,5 минг аҳоли камбағалликдан чиқарилди.

Умуман, йил бошидан ушбу 4 та тажриба доирасида 3 миллион 300 минг аҳоли доимий даромадга эга бўлди. Муҳими, хонадонларнинг ойлик даромади 7,5 миллион сўмдан 10,5 миллион сўмга ошди.

Бундан ташқари, Хўжайли, Асака, Вобкент, Булунғур, Янгиер, Қўштепа, Шовот каби 57 та туманда ҳокимлар, банклар, ҳоким ёрдамчилари биргаликда ишлагани учун ишсизлик 5 фоиздан пасайди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

16 Dec, 09:51


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида банк хизматлари орқали маҳаллаларда камбағалликни қисқартириш бўйича жорий йилда амалга оширилган ишлар ва 2025 йил учун асосий режалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по итогам проделанной в текущем году работы по сокращению бедности в махаллях посредством банковских услуг и основным планам на 2025 год.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

15 Dec, 10:05


📌 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi qishki mavsumning uchinchi o‘yinida ishtirok etadi

Agrobank_Press

08 Dec, 09:46


📌 Bugun, soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi qishki mavsumning ikkinchi o‘yinida ishtirok etadi

Agrobank_Press

08 Dec, 04:19


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak bo'lsin!

🇺🇿 Konstitutsiya bizning erkinligimiz, teng huquqliligimiz va milliy birligimiz kafolati hisoblanadi.

Barchangizga ulkan yutuqlar, yangi g‘oyalar, tinchlik va farovonlik tilaymiz!

Agrobank_Press

07 Dec, 15:25


#Xalqaro_korrupsiyaga_qarshi_kurashish_kuni

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Agrobank" ATB viloyat boshqarmalarida xodimlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi.

Suhbat davomida korrupsiyaning davlat va jamiyat taraqqiyotiga xavf solishi, bu illatni bartaraf etishda xodimlarning murosasiz munosabatda bo‘lishi hamda jamoatchilik ishtiroki va fuqarolarning ogohligi muhim ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bank tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

06 Dec, 19:27


📗 Yurtimizda turizm sohasi jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Yildan yilga xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi ko‘paymoqda.

Albatta, xizmatlar sifatini oshirish borasida tadbirkorlarimiz tomonidan ko‘plab loyihalar amaliyotga tadbiq etilmoqda.

Bu borada bankimiz ham tadbirkorlarga ko‘makchi bo‘lmoqda. Shu yo‘nalishda olib borilayotgan amaliy ishlarni Navoiy viloyati misolida tayyorlangan lavha orqali ko‘rishingiz mumkin.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

05 Dec, 07:21


Yangi yilga tayyormisiz? Bizning kredit kartamiz bilan orzular yana-da yaqin!

100 mln so‘mgacha limit — yangi yil sayohatlari, sovg‘alar va yoddan chiqmas his-tuyg‘ular uchun 🪪

***
Готовы к Новому году? Пусть с нашей кредитной картой мечты становятся еще ближе!

Лимит до 100 млн сум — для новогодних путешествий, подарков и незабываемых эмоций 🪪

Agrobank_Press

03 Dec, 16:22


🎗3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni 🎗

Bugun butun dunyoda inson huquqlari, imkoniyat tengligi va inklyuziv jamiyat qurishga e'tibor qaratiladigan kun. Agrobank jamoasi jamiyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan nogironligi bor insonlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay sharoitlar yaratish va moliyaviy xizmatlarni yanada inklyuziv qilishga intiladi.

Birgalikda, imkoniyatlarni kengaytirishga va har bir yurtdoshimizning farovon hayot kechirishiga hissa qo‘shaylik! 🌟

#Agrobank #InklyuzivJamiyat #XalqaroNogironlarKuni

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

02 Dec, 16:01


Nihoyat biz “Pulli Gap” tanlovini e’lon qilmoqchimiz!

Tanlovimizda ishtirok etish uchun shartlar juda oson:

Atigi 3 ta do‘stingizni kanallarimizga taklif eting va pul yutuqlariga ega bo‘ling.

👍 Qanday yutuqlar deysizmi?

🎁 1-o‘rin – 3 million so‘m;

🎁 2-o‘rin – 2 million so‘m;

🎁 3-o‘rin – 1 million so‘m;


Va yana qolgan 7 ta o‘rin uchun 500 ming so‘mdan yutuqlarimiz mavjud.

👍 Qanday ishtirok etishim mumkin?

Do‘stlarimni qanday taklif etaman, deysizmi? Bu uchun ushbu botni – @pulligapbot ishlab chiqdik.

Undan ro‘yxatdan o‘tib va shartlarini bajarsangiz kifoya)

👍 Tanlov qachon o‘tkaziladi?

20-dekabr kuni 19:00 da Instagram sahifamizda jonli efir orqali random tarzda g‘oliblarni aniqlaymiz.

Shunday ekan, do‘stlaringizni taklif qiling va pulli yutuqlarga ega bo‘ling!

Telegram • Instagram • YouTube • TikTok

Agrobank_Press

01 Dec, 09:47


Bugun “Zakovat”ning qishki mavsumiga start beriladi.

Soat 16:00 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi qishki mavsumning birinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Agrobank_Press

29 Nov, 14:40


👍👌😎🫡

Марказий банк ижтимоий тармоқларда битта жисмоний шахсга битта банк картаси берилиши бўйича меъёрлар ўрнатилаётганлиги тўғрисида ахборот ҳақиқатга тўғри келмаслигини ҳамда бу борада нотўғри маълумотлар тарқатилаётганлигини маълум қилади.

Банк карталари билан боғлиқ шубҳали (фрод) операцияларнинг олдини олиш, фирибгарлик схемаларида жисмоний шахсларга тегишли ҳисобварақлар ва банк карталари иштирокини камайтириш мақсадида банклар томонидан битта жисмоний шахсга (битта ЖШШИРга) карталар сонини (виртуал ва кобейджинг карталарини инобатга олган ҳолда) вақтинчалик битта банкда 5 тагача, барча банкларда 20 тагача белгилаш масаласи кўриб чиқилмоқда.

Бунда ушбу талаб чет эл валютасида очилган банк карталарига нисбатан татбиқ этилмаслиги кўзда тутилмоқда.

Бугунги кунда банк карталарига эга жисмоний шахсларнинг қарийб 97 фоизида (22 млн.та) 5 тагача, 3 фоиз (770 мингта) жисмоний шахсда 5-20 гача ҳамда 0,03 фоизда ёки 7 мингта жисмоний шахсда 20 тадан ошиқ карталар расмийлаштирилган.

Жисмоний шахслар номига кўп миқдорда очилган банк карталарини таҳлил қилиш жараёнида, ушбу банк карталарининг бир қисмидан (аксарият ҳолатларда карта эгасининг хабари йўқ) фирибгарлик мақсадларида фойдаланилаётганлиги аниқланган.

Муҳокама қилинаётган меъёрлар аҳолининг банк карталари орқали тўловларни амалга оширишда ноқулайликлар келтириб чиқармайди ва ушбу талаблар тижорат банкларининг банк карталарини эмиссия қилиш фаолиятини тартибга солишга қаратилган.

Ўз навбатида, Марказий банк бу борада вазиятни мунтазам кузатиб боришини маълум қилади.

Шунингдек, ушбу талаблар тўлиқ тайёр бўлгандан кейин журналистлар ва кенг жамоатчилик муҳокамасига ҳавола қилинади.

#regulyator

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin

Agrobank_Press

29 Nov, 13:32


😇 UDEA Universitetida “Internship fair” – amaliyot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Mazkur yarmarkada vaziriliklar, tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlari ishtirok etdi.

Ish beruvchi tashkilot mas’ul vakillari amaliyot yarmarkasida ishga kirish istagida bo‘lgan talabalari bilan muloqotda bo‘lib, talabalarni qiziqtirayotgan ish o‘rni va shu kabi ish jarayonlari bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha o‘zaro fikr alashishdi.

Yarmarka doirasida ish beruvchi tashkilot vakillari universitetda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari, nazariy va amaliy dars jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Shuningdek, Agrobank tomonidan e’lon qilingan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar Universiteti (UDEA) talabalari uchun ta’lim grantlarining navbatdagi g‘oliblariga sertifikatlar topshirish tantanali tadbiri ham bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash tadbirida Agrobank va Universitet mas’ullari, ta’lim granti g‘oliblari, ularning ota-onalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

23 Nov, 12:26


Hashar-elga yarashar!

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Agrobank” ATB Yuqori Chirchiq filiali tomonidan “Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida dehqonlarga ajratilgan yer maydonlari atrofiga 420 ta terak ko‘chatlari ekilib, atrofda obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Agrobank_Press

19 Nov, 05:06


📹Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan lavhani ushbu havolada tomosha qilish mumkin.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

18 Nov, 19:06


Xabaringiz bor, joriy yilning 12-13-noyabr kunlari Sport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tijorat banklarining sport targ'ibotchilari uchun “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini qabul qilish jarayonlarini tashkil etish yuzasidan o‘quv-seminari boʻlib oʻtgan edi.

Oʻtgan dam olish kuni Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining Yengil atletika bazasida “Agrobank” ATB xodimlari birinchilardan boʻlib “Jismoniy tayyorgarlik darajasi”da sport test sinovlarini topshirdi.

Bu sport sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi 5148-sonli qaror ijrosi asosida oʻtkazilmoqda.

Agrobank_Press

18 Nov, 05:01


🇺🇿 Aziz yurtdoshlar!

Agrobank jamoasi nomidan sizlarni bugungi muqaddas sanamiz – O’zbekiston davlat bayrog’i qabul qilingan kun bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Milliy bayrog’imiz Vatanimiz mustaqilligi va uning rivojlanishining timsoli bo’lib, undagi har bir rang va ramz bizning tinchlik va farovonligimiz yo’lida intilishlarimizni ifodalaydi. Shu muhim kunda barchangizga sog’lik-salomatlik, oilangizga farovonlik va yangi marralarga erishishda bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bayrog’imiz doimo balandlarda hilpirasin!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

16 Nov, 07:25


💙Bugun Jizzax viloyati, Do'stlik tumanida joriy yilning 7-noyabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida "Qishloq xo'jaligida suv va energiya resurslaridan oqilona foydalanish va yo'qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida "Agrobank" va Xitoyning ilg'or kompaniyalari hamkorligida suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirish bo'yicha amalga oshirilgan loyihani boshqa hududlarda ham keng joriy qilish maqsadida Respublika ko'rgazmali seminari bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Instagram | suvchimaktabi.uz

Agrobank_Press

15 Nov, 12:01


Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

❗️Bugun soat 20:45dan 21:00gacha bo’lgan vaqt oralig’ida “O‘zbekiston24” telekanali orqali Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida "Bir kontur - bir mahsulot" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan lavha efirga uzatiladi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

15 Nov, 07:01


📗 Agrobank Visa kartasini olgandan so‘ng, unga Pin kodni to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Agrobank Mobile" ilovasidan o‘rnating!

Ushbu video-qo‘llanmamiz aynan shu haqida! 😉

📲"Agrobank mobile": IOS | Android

Agrobank_Press

11 Nov, 12:16


Bugun — O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni!

Agrobank jamoasi nomidan barcha mehnatkashlarni hamda kasaba yo'nalishi vakillarini bugungi bayram — Kasaba uyushmalari kuni bilan tabriklaymiz!
Sizning mehnatkashligingiz va qat'iyligingiz tufayli xodimlarimizning huquq va manfaatlari himoya qilinmoqda, ish joylarida adolat va birdamlik ta'minlanmoqda.

Kasaba uyushmalari faollari o‘z fidoyiligi bilan jamiyatda mehnat va ijtimoiy taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatimizning farovon kelajagini barpo etishga hissa qo‘shmoqdalar. Sizlarning ezgu faoliyatingiz doimiy muvaffaqiyatlar va yuksalishlarga boy bo‘lishini tilaymiz!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

10 Nov, 07:59


Bugun — Tibbiyot xodimlari kuni!

Muqaddas va sharafli kasb egasi bo‘lgan barcha tibbiyot xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan Agrobank jamoasi nomidan chin yurakdan tabriklaymiz!

Sizlar insonlar salomatligi, hayoti va baxt-saodati yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilib kelmoqdasiz. Sizlarning mehringiz va bilimlaringiz kasallarni darddan forig‘ etib, ko‘plab oilalarga quvonch bag‘ishlaydi. Sabr va matonat bilan bajarayotgan bu ishlaringizning ajri ulug‘ bo‘lsin. Bayramingiz muborak, aziz shifokorlar!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

07 Nov, 18:57


Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida suv va energiya manbalaridan oqilona foydalanish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi
#7nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Agrobank_Press

07 Nov, 16:51


Президент Шавкат Мирзиёев: сув тежовчи технологияларни жорий қилиш ва каналларни бетонлаш бўйича танлаган йўлимиз тўғри бўлди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Agrobank_Press

07 Nov, 13:16


Президентимиз 2025 йил сув хўжалигида “Насослар самарадорлигини ошириш йили” бўлишини таъкидлади.

Ҳозир республикадаги 2,5 миллион гектар ерни суғоришга 1 минг 600 дан зиёд насос станция йилига 6,8 миллиард киловатт электр сарфлаяпти. 2017 йилда 2 миллион гектарга 8,3 миллиард киловатт ишлатилар эди.

Хусусий шериклик асосида тежамкор насос ва қуёш панелларини ўрнатиб, 20 фоиз электрни тежаш мумкинлиги кўрсатиб ўтилди.

Мутасаддиларга Жиззах ва Наманган бош насос станцияларини шаффоф ва жозибадор шартда халқаро тендерга чиқариш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

07 Nov, 12:51


Йиғилишда Жиззах вилояти Дўстлик тумани мисоли кўриб чиқилди.

Туманда хитойлик инвесторлар билан сув бошқарувини ақлли тизимга ўтказиш бўйича лойиҳа якунига етказилди.

Сув тақсимланадиган 2 мингта нуқтага ҳисоблагич ва видеокамера ўрнатилиб, кимга қанча сув боргани аниқ кўринади. Автоматлашган бошқарув орқали 20 фоиз, суғориш тармоқларини таъмирлаш ҳисобига яна 10 фоиз сув тежалади. Сув бошқаруви хусусий секторга берилиб, фермерлар билан кооперация тузилади.

Вилоятлар ҳокимларига Дўстликдаги янги тизимни ўрганиш, вилоятидаги сув таъминоти оғир ва харажати қиммат 1 тадан туманда Дўстлик тажрибасини жорий қилиш топширилди.

Facebook|Instagram|X

Agrobank_Press

31 Oct, 10:08


💰50 million so‘mgacha onlayn mikroqarz – oson va tez!

Endi "Agrobank Mobile" ilovasi orqali 50 million so‘mgacha bo‘lgan mikroqarzni bir necha daqiqada rasmiylashtirishingiz mumkin! 📗

📲"Agrobank mobile" ilovasini yuklab olish:
IOS | Android

***

💰Онлайн микрозайм до 50 млн сумов - легко и быстро!

Теперь через приложение "Agrobank Mobile" вы можете оформить микрозайм до 50 миллионов сумов за несколько минут! 📗

📲Скачать приложение "Agrobank mobile":
IOS | Android

Agrobank_Press

31 Oct, 07:52


❗️Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Agrobank_Press

28 Oct, 07:07


💳 Virtual karta – plastik karta kabi barcha funksiyalarni bajara oladigan, lekin faqat onlayn ishlatiladigan raqamli karta.

📗"Agrobank Mobile" ilovasi orqali 3 xil turdagi: Visa, Humo, Uzcard virtual kartalarini ochishingiz mumkin, bu juda oson!

Video qo‘llanmamiz orqali qanday qilib bir necha qadamda ochishni o‘rganing✔️

***

💳Виртуальная карта – это цифровая карта, которая выполняет все функции пластиковой карты, но используется только онлайн.

📗 Через приложение "Agrobank Mobile" вы можете легко открыть 3 вида виртуальных карт: Visa, Humo и Uzcard.

Узнайте, как открыть карту всего за несколько шагов, с помощью нашей видеоинструкции✔️

Agrobank_Press

25 Oct, 09:48


Agrobank "Uzcard Awards 2024" taqdimotida "Eng zo‘r emitent" nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi🎊

✔️Ushbu mukofot bankning yuqori standartlarda to‘lov kartalari va moliyaviy vositalarni chiqarishga bo‘lgan qatʼiy intilishi hamda ishonchli xizmat ko‘rsatishini tasdiqlaydi.

🤝 Agrobank uchun ushbu yutuq – mijozlarga ishonchli va qulay to‘lov tizimlarini taqdim etishdagi qatʼiyatli saʼy-harakatlarining navbatdagi tasdig‘idir.

***

Агробанк был награжден в номинации "Лучший эмитент" на "Uzcard Awards 2024""

✔️Эта награда подтверждает твердое стремление банка выпускать платежные карты и финансовые инструменты по высоким стандартам, а также надежное обслуживание.

🤝Для Агробанк это достижение является очередным подтверждением его решительных усилий по предоставлению клиентам надежных и удобных платежных систем.

Agrobank_Press

25 Oct, 06:52


📣 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Uchqun Tillayev jamoasi kuzgi mavsum doirasidagi shou o‘yinida ishtirok etadi

Agrobank_Press

25 Oct, 06:19


Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga asosan “Agrobank” ATB tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va shu orqali daromadini oshirish bo‘yicha joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Shu kabi muloqotlar bankning Toshkent viloyati Yangiyo‘l filialiga biriktirilgan “Ozod”, “Shuralisoy”, “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholi vakillari bilan belgilangan reja asosida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida bank mas’ullari bank xizmatlari va bank mahsulotlari haqida axborotlar berish bilan birga aholining tadbirkorlik harakatlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida takliflarni bildirmoqda. Aholi tomonidan berilayotgan murojaatlar ishchi holatda joyida hal etilmoqda.

Bu kabi uchrashuvlar joylarda davom etmoqda.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

25 Oct, 05:49


Agrobank jamoasi nomidan O'zbekistondagi barcha Ichki ishlar organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!

Sizning qatʼiyatingiz va matonatingiz tufayli jamiyatimizda tartib va barqarorlikni taʼminlash, fuqarolarimizning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda muhim natijalarga erishib kelinmoqda. Xizmatingiz nafaqat masʼuliyat, balki mardlik va shijoatni ham talab qiladi. Oʻz Vataniga sadoqat bilan xizmat qilish – bu yuksak sharaf va fidoyilik namunasidir.

Sizlarga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, kuch-gʻayrat va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Davlatimiz ravnaqi yoʻlida qilayotgan saʼy-harakatlaringiz hech qachon eʼtibordan chetda qolmasin, jamiyatimiz siz bilan doimo faxrlanadi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

23 Oct, 18:53


📗 Hududiy terma jamoalar o'rtasida "Agrobank liderlari" intellektual o'yini bo'lib o'tdi

Joriy yilning 19-oktabr kuni Agrobank Bosh ofisi binosida an'anaviy "Agrobank liderlari" intellektual o'yini o'tkazildi. Unda respublikaning barcha hududlaridan yig'ilgan 15 ta terma jamoa aqliy salohiyat borasida bellashdilar.

Murosasiz kechgan bahsning yakuniy natijalariga ko‘ra, Bosh ofisning “Grand” jamoasi birinchi, Samarqand viloyatining “Afrosiyob” jamoasi ikkinchi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Turon” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G’oliblikni qo’lga kiritgan jamoalarning har bir a'zosi qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Mazkur tadbirning to'liq videoyozuvini ushbu havolada, o'yinning qiziqarli lahzalari muhrlangan fotosuratlar galereyasini esa mazkur havolada tomosha qilish mumkin.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

23 Oct, 07:00


➡️ “Agrobank” ATB Yuqori-Chirchiq filiali tomonidan “Uychi” tajribasi asosida mijozlarni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish maqsadida o‘z mijozlari bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Agrobank_Press

22 Oct, 09:36


Aholi va tadbirkorlar muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil
23 sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan “Agrobank” ATB tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta’minlash va shu orqali daromadini oshirish bo‘yicha joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

👉 Batafsil

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

22 Oct, 07:19


Bank plastik kartalari zamonaviy moliya tizimining ajralmas qismi bo‘lib, ular har kuni millionlab odamlar tomonidan ishlatiladi 💳

Biroq, ko‘plab foydalanuvchilar orasida hali ham kartalar bilan bog‘liq ayrim muammolarga uchrab turadi 🤔

Biz bank plastik kartalariga oid eng ko‘p beriladigan uchta savolga qisqacha javob beramiz 💳

Agrobank_Press

21 Oct, 07:36


21 oktabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 35 yil bo‘ldi.

Sana munosabati bilan “Agrobank” ATB Bosh ofisida bankning joylardagi hududiy boshqarmalaridan iborat 15 ta terma jamoa ishtirokida “Agrobank Liderlari — 2024” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Tadbir davomida millatimiz ko‘zgusi, milliy o‘zligimiz timsoli bo‘lgan — O‘zbek tilining tarixi, bugungi kunda Ona tilimizning qadr-qimmatini, maqomini ko‘tarish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar haqida bankning Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Fazliddin Ravshanov ma’ruza qildi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

21 Oct, 07:08


Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni milliy iftixorimiz va bebaho merosimiz bo'lgan O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz!
O'zbek tili – xalqimizning madaniyati, tarixi va ma'naviyatini o'zida mujassam etgan noyob boylikdir. Uni asrab-avaylash va yanada rivojlantirish har bir vatandoshimizning muqaddas burchi hisoblanadi.

Tilimiz hech qachon so'nmasin, yangi avlodlarga ilhom va faxr manbai bo'lib xizmat qilsin!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

19 Oct, 10:13


Hayajonli daqiqalar

Agrobank_Press

19 Oct, 09:49


📗 Bu yilgi "Agrobank Liderlari — 2024" intellektual o‘yini ham yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

O‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra bankning Bosh ofisi “Grand” jamosi birinchi, bankning Samarqand viloyati “Afrosiyob” jamoasi ikkinchi va bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Turon” jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Gʻoliblarga bank Boshqaruvi tomonidan esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Barcha ishtirokchi jamoalarga faolligi uchun minnatdorlik bildiramiz!

Agrobank_Press

19 Oct, 08:39


7-raund natijalari

Agrobank_Press

19 Oct, 08:32


Bugungi "Agrobank Liderlari — 2024" intellektual o‘yinining 7 raund yakunlariga ko‘ra “Grand” va “Anjanlik bolalar” jamoalari 36 ball bilan yuqori o‘rinda ketmoqda.

Yakuniy 8 raunddan keyin holat qanday ko‘rinishda bo‘lishi barchamizga qiziq!

Keling, jarayonlarni diqqat bilan kuzatamiz.

Agrobank_Press

19 Oct, 06:57


"Agrobank Liderlari — 2024" intellektual o‘yinlari qizg‘in bahslarga boy tarzda bo‘lib o‘tmoqda.

Bilimlar bellashuvining 3 raund yakunlariga ko‘ra “Afrosiyob” va “Anjanlik bolalar” jamoalari 14 ball bilan yetakchilik qilmoqda.

Agrobank_Press

19 Oct, 04:57


📗 "Agrobank Liderlari — 2024" o'yini bo'lib o'tadi

Bugun — 19-oktabr kuni, soat 10:00 da Agrobank bosh ofisida "Agrobank Liderlari — 2024" intellektual o'yini o'tkaziladi.

Unda respublikaning turli hududlaridan yig'ilgan 15 ta terma jamoalar aqliy salohiyat borasida bellashadi. G'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalarga qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi.

O'yinning borishini Agrobankning Youtube platformasidagi sahifasida jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

18 Oct, 14:24


📗 Agrobank Matbuot xizmatidan "Bank va mijoz" loyihasining navbatdagi soni!

Xabaringiz bor Agrobank matbuot xizmati — "Bank va mijoz" loyihasini yo'lga qo'ygan edi.

Unda O'zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan, bank mijozi bo'lgan tadbirkorlar bilan samimiy suhbat quriladi va bu borada tadbirkorlik yo'li haqida soʻz boradi.

Loyihaning navbatdagi sonida "Gulchi opa tomarqa xizmatlari" MCHJ haqida hikoya qilinadi.

📹To'liq videoni ko'rish uchun havola

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

18 Oct, 06:26


⚡️Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Bobur Yoqubov jamoasi kuzgi mavsumning to‘rtinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Agrobank_Press

17 Oct, 10:08


📗 Agrobank "Banks&Business Expo2024” ko'rgazmasida yangi bank mahsulotlari va ekotizim loyihalari bilan faol ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, 15-17-oktabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” 4-pavilionida O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va GLOBALEXPO ko‘rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda “Banks&Business Expo2024” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tadbirda Agrobank o'zining yangi bank mahsulotlari va ekotizim loyihalari bilan ishtirok etdi. Xususan, ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilar mazkur bank xizmatlari to'g'risida ma'lumotlar olish bilan bir qatorda, o'rnatilgan kartomat orqali bir zumda Agrobank kartasiga ega bo'lish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, tadbir davomida Agrobankning moliyaviy savodxonlik yo'nalishidagi ijtimoiy loyihasi — "Pulli Gap" jamoasi ham ko'rgazmaga tashrif buyurganlar uchun qiziqarli va interaktiv o'yinlar tashkil qilib, ularga bankning esdalik sovg'alarini ulashdi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

15 Oct, 14:08


CVV kod qanday aniqlanadi?

CVV (Card Verification Value)
— xalqaro to‘lov tizimlari uchun mo‘ljallangan Visa kartalarning orqa tomonidagi magnit chiziqda shifrlangan raqam.

📗 Agrobank Visa kartalaridagi CVV kodni qanday aniqlash mumkinligini video orqali bilib oling!

❗️Eslatib o‘tamiz, karta ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga aslo bermang!

"Agrobank mobile" ilovasini yuklab olish:
IOS | Android

Agrobank_Press

15 Oct, 05:58


⚡️ Poytaxtimizdagi O‘zekspomarkazida “Banks & Business Expo 2024”ko‘rgazmasi oʻz ishini boshladi.

Bunda “Agrobank” ATB ham keng turdagi bank xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma 15-17-oktyabr kunlariga qadar davom etadi.

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

11 Oct, 05:05


📌 Bugun, soat 22:15 da “Milliy” telekanalida Muhammadamin Karimjonov jamoasi kuzgi mavsumning uchinchi o‘yinida ishtirok etadi.

Agrobank_Press

07 Oct, 09:23


Endilikda siz Agrobankdan olgan kreditni Smartbank ilovasi orqali ham bir zumda to’lashingiz mumkin.✔️

Buning uchun:

▫️Smartbank ilovasida “Menyu” bo‘limiga o‘ting;
▫️“So‘ndirish” bo‘limiga kiring.
▫️Agrobankni tanlang va kerakli ma’lumotlarni kiriting.

🏦Smartbank ilovasini yuklab oling va qulay moliyaviy xizmatlardan foydalaning.

***
Теперь вы можете мгновенно оплатить кредит, полученный от Агробанка, также через приложение Smartbank.✔️

Для этого:

▫️В приложении Smartbank перейдите в раздел "Меню";
▫️Зайдите в раздел "«Погашение»."
▫️Выберите Агробанк и введите необходимую информацию.

🏦Скачивайте приложение Smartbank и пользуйтесь удобными финансовыми услугами.

Android | IOS

Agrobank_Press

04 Oct, 09:33


"Agrobank" ATB xalqaro PCI DSS xavfsizlik standartiga loyiqlik sertifikatini oldi! 🥳

Ushbu muhim hujjat bankimizda to‘lov tizimlarining xavfsizligiga bo’lgan kompleks yondashuvni tasdiqlaydi hamda bank kartalarining ma’lumotlarini saqlash, qayta ishlash va yetkazish xavfsiz amalga oshirilishini anglatadi.

PCI DSS (Payment Card Industry Data Security Standard) xavfsizlik standartiga loyiqlik sertifikati — bu to‘lov kartalari bilan bog‘liq barcha tashkilotlar o‘zlarining axborot xavfsizligini ta'minlashlari va kartalar bilan bog‘liq ma'lumotlarni xavfsiz boshqarishlarini isbotlovchi standartdir.

Compliance Control Ltd. kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan QSA-audit natijalariga ko‘ra, Agrobank standart talablariga to‘liq javob beradi.✔️

Agrobank_Press

01 Oct, 05:12


📗 Agrobank jamoasi nomidan yurtimizdagi ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz!

Yurt kelajagi va ravnaqi uchun bevosita masʼul hamda shu bilan bir qatorda mashaqqatli va sharafli kasb egalari hisoblangan barcha ustozlarimizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik hamda cheksiz matonat va kuch-quvvat tilaymiz!

Doimo bugungidek eʼzoz va eʼtiborda boʻling, aziz ustozlar!

Agrobank Matbuot xizmati

Agrobank_Press

27 Sep, 17:14


😇 2024-yil 25-sentyabr kuni UDEA’da “Agrobank” ATB bilan hamkorlikda “Banklar tarixi & O‘zR bank tizimi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

🏦 Tadbir Agrobank eksperti, ko‘p yillik tajribaga ega biznes-trener Dilmurod Alimov boshchiligida olib borildi. Davra suhbati interaktiv tarzda tashkil etilib, bunda talabalar ham faol ishtirok etdilar hamda spikerdan bank yaratilishi tarixi, sohaning rivojlanishi, mamlakatimizdagi banklar faoliyati va bank sohasidagi qiziqarli raqamlar kabi ko‘p yillik tajribaga asoslangan bilimlarni olish imkoniga ega bo‘ldilar.

📌 Talabalar o‘rtasida moliyaviy savodxonlikni oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir ularning bank ishi to‘g‘risida bilimlarni yanada chuqurlashtirish va mustahkamlashga xizmat qildi.

——————

😇 On September 25, 2024, UDEA, in collaboration with “Agrobank” JSCB, organised a roundtable discussion on the topic of “The History of Banks & the Banking System in Uzbekistan.”

🏦 The event was led by Agrobank expert and seasoned business trainer, Dilmurod Alimov. Conducted in an interactive format, the roundtable provided students with the opportunity to actively participate and gain valuable insights from the speaker on topics such as the history of banking, the development of the sector, the activities of banks in our country, and key statistics in the banking industry — drawing on years of experience.

📌 Aimed at enhancing financial literacy, the event allowed students to deepen their understanding of the banking industry and strengthen their knowledge in this vital sector.

🔹 Instagram🔹 Facebook🔹 Telegram🔹 YouTube

☎️ 78 888 08 00
🌏
udea.uz