QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

@uzagroministry


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Oct, 16:31


📺"O‘zbekiston 24" telekanali "Tahlilnoma" dasturi orqali "Prezidentni hayratlantirgan xonadon: tomorqadan yiliga 5 marta hosil olish tajribasi. Ozgina mehnat va katta daromad!" sarlavhasi ostida tahliliy lavha efirga uzatildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Oct, 15:00


🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Qishloq xo'jaligida nematodalarning ahamiyati. Ular qanday turlarga bo'linadi?

✍️Nematodalar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega, lekin ular foydali va zararli turlarga bo‘linadi. Zararli nematodalar ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning o‘sishini sekinlashtiradi, hosilni kamaytiradi va ba’zi hollarda butunlay yo‘q qiladi.

🌱Ular o‘simliklarning ildizlariga zarar yetkazadi, natijada o‘simliklar suv va ozuqalarni to‘g‘ri o‘zlashtira olmaydi. Bu turdagi nematodalar paxta, kartoshka, pomidor, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlariga jiddiy zarar keltirishi mumkin.

🤑Shu bilan birga, foydali nematodalar ham mavjud. Ular zararkunandalarga qarshi kurashishda yordam beradi. Masalan, ba’zi nematoda turlari tuproqdagi zararli hasharotlar bilan oziqlanib, ularni nazorat qilishda tabiiy bioagressor sifatida ishlatiladi.

▶️Nematodalar 500 000 dan ortiq turga ega va odam boshiga 57 milliard qurtni tashkil etadi, bu qishloq xo'jaligida tez-tez e'tiborga olinmaydigan kuchdir. Ular juda katta qiyinchilik tug'diradi va muqobil nazorat usullariga intilish ham hayotiy, ham murakkabdir.

Fitoparazitar (o’simliklarga zararli) nematodalar

🍀Ular o’simliklarning ildizlari, barglari yoki urug’lariga zarar keltiradi va qishloq xo’jalik ekinlariga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ildiz tugunli nematodalar ildizlarda tuguncha shakllarini hosil qilib, suv va ozuqa moddalarining o’simlikka kirishini cheklaydi.

Ildiz kuzatuvchi nematodalar ildiz tizimini zaiflashtiradi va o’simliklarning o’sishini to’xtatadi. Ular, bug’doy, arpa va boshqa g‘alla ekinlari uchun zararli. Shtir nematodalari esa, g‘alla ekinlarida uchraydi va ildiz tizimiga zarar keltiradi, o’simliklarning suvsizlanishiga sabab bo’ladi.

Yirtqich nematodalar (foydali nematodalar)

📌Yirtqich nematodalar boshqa zararli tuproq organizmlari, masalan, zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadi va biologik nazorat vositasi sifatida ishlatiladi.

Masalan, Steinernema va Heterorhabditislar zararkunanda hasharotlarni yo’q qilib, ekinlarni himoya qilishda yordam beradi. Ushbu nematodalar biologik pestitsidlar sifatida ishlatiladi va tuproqdagi zararkunandalarga qarshi tabiiy kurash vositasi hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

22 Oct, 14:15


Issiqxona va ko‘chatchilik yo‘nalishida yangi qadam. Mahsulotlar ichki va tashqi bozorlarni zabt etmoqda

📍Xabaringiz bor qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida ayni vaqtda Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrifga oid navbatdagi manzil Navbahor tumanidagi "Agrosentr" MChJ ga qarashli 4 gektarlik issiqxona hududi bo‘ldi.

▶️Ushbu majmuada yil davomida bodring va pomidorni sifat darajasida yetishtirish texnologiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, umumiy hisobda 50 dan oshiq ishchi xodim doimiy mehnat faoliyati bilan ta’minlangan. Ekinni yetishtirish, to‘g‘ri oziqlantirish borasida tajribaga asoslangan amaliyotlar olib borilmoqda.

🤑Mas’ullarga ko‘ra, yetishtirilayotgan bodring va pomidor mahsulotlari ichki bozor bilan birga, xorijga ham eksport qilishini keng yo‘lga qo‘yilgan. Kutilayotgan hosildorlik har ikkala ekindan ham 150 tonnadan baholangan. Aytish mumkinki, yetishtirish oid harakatlar sifatli tarzda olib borilgan.

Vazir holatni ko‘zdan kechirar ekan, hosildorlik va texnik amaliyotlarni qoniqarli deya baholadi. So‘ng, ushbu issiqxonaga qarashli 2 gektarlik ko‘chat yetishtiriladigan maydon bilan tanishdi. Mazkur hududda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri va baqlajonning turli navlariga oid ko‘chatlar buyurtma asosida yetishtiriladi.

✍️Umumiy hisobda yiliga 2-3 millionta ko‘chatlar respublikamizning turli hududlariga yetkazib beriladi. Aytish mumkin, parvarishlanayotgan ko‘chatlarga oid hosildorlik va daromad talab yuqori ekanligi bois har yili ijobiy ko‘rsatgichlarga yetmoqda.

🤔Vazir ushbu amaliy harakatlarni munosib baholab, bunday yondashuvlar yanada ko‘paytirish va ko‘chat yetishtirishda yangicha uslublarni joriy yetish, issiqxona tizimi borasida xalqaro darajadagi tajribalarni amaliyotga joriy etish to‘g‘risida o‘zining muhim ko‘rsatmalarini bildirib o‘tdi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram