Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

@mintrans_uz


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

22 Oct, 14:49


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Россия Федерацияси Президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан 23-24 октябрь кунлари БРИКС бирлашмаси давлатларининг саммитида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Қозон шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Российской Федерации Владимира Путина 23-24 октября посетит с рабочим визитом город Казань для участия в мероприятиях саммита государств объединения БРИКС.

#Mirziyoyev #tashrif #sammit #BRIKS

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

22 Oct, 14:07


DIQQAT TENDER

Qashqadaryo viloyati hududidagi quyidagi avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 22-noyabr kuni soat 17:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01(371).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

22 Oct, 13:55


Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatiga xizmat safariga bordi.

Xizmat safari davomida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, hududlarda jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bormoqda.

Batafsil

Рабочая группа во главе с заместителем министра в Навоийской области

Рабочая группа во главе с первым заместителем министра транспорта Маманбием Омаровым совершила служебную поездку в Навоийскую область.

В ходе визита проводится изучение вопросов повышения качества транспортных услуг, оказываемых населению, создания дополнительных удобств для пассажиров и совершенствования системы общественного транспорта в регионах.

Подробнее

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

22 Oct, 12:39


#Namangan_viloyati

Vazn va hajm parametrlari bo‘yicha kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Transport nazorati inspeksiyasi Namangan viloyati hududiy bo‘limi, viloyati JXX YHXB va Avtomobil yo‘llar boshqarmasi bilan hamkorlikda yuk transport vositalarining avtomobil yo‘llarida belgilangan me’yordan ortiq yuklama bilan harakatlanishiga qarshi nazorat-reyd tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda me’yorlar belgilangan.

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

22 Oct, 05:25


DIQQAT TENDER

Toshkent viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

❗️Tender Transport vazirligi Toshkent viloyati transport boshqarmasi tomonidan joriy yilning 19-noyabr kuni soat 14:00 da o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

⚠️Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan so‘ng qabul qilinmaydi hamda tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.

Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.

📞 Ma’lumot uchun telefon: +998 71 202-05-01 (213).

Batafsil:
e-tender.uztrans.uz

Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги

21 Oct, 15:30


Президент Шавкат Мирзиёев раислигида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар натижадорлиги ва келгусидаги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по обсуждению результативности работы в рамках общенационального проекта "Яшил макон" и приоритетных задач на перспективу.

#Mirziyoyev #videoselektor #Yashilmakon #ekologiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

10,751

subscribers

14,123

photos

2,070

videos