UTG.UZ

@uztransgazaj_info


"Ўзтрансгаз" АЖнинг расмий саҳифаси
Бизни кузатинг:
https://utg.taplink.ws
📞 +998712021012,
✉️ [email protected]
Manzil: Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 85A

UTG.UZ

22 Oct, 09:22


💬"O‘ztransgaz" AJda murojaatchilar qabuli davom etmoqda

📈Boshqaruv raisining o‘rinbosari o‘tkazgan navbatdagi qabuliga kelgan fuqaro ish masalasi bo'yicha murojaat qildi.

✔️Qabulda mas'ullar murojaatni diqqat bilan tinglab, uni qonunchilik doirasida tez va samarali hal qilish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko'rilishini bildirdi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

22 Oct, 07:50


Toshkentda 23-oktabr, chorshanba navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi bo’lib o’tadi.

Aksiya O‘zbekiston Prezidentining 21-fevraldagi 37-sonli qaroriga muvofiq har oyning to‘rtinchi chorshanbasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ertaga Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga atmosferaga zarar keltirmaslik maqsadida shaxsiy transport vositalaridan voz kechib, jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitni ifloslantirmaydigan boshqa transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! Barchangizni “Avtomobilsiz kun” jamoat loyihasiga befarq bo‘lmaslikka, ekologik toza transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.

🌐 UTG.UZ |Facebok |📸Instagram|📹YouTube| Telegram

UTG.UZ

21 Oct, 14:12


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UTG.UZ

21 Oct, 10:59


#ekosana

Respublikamizda “Qog‘ozsiz bir kun” eko-aksiyasi o‘tkaziladi

“Xalqaro qog‘ozsiz kun” munosabati bilan o‘tkaziladigan aksiyadan maqsad qog‘ozdan foydalanishni kamaytirish va undan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishdir.

Aksiya doirasida daraxtlarni asrab-avaylash, ulardan ishlab chiqarilayotgan qog‘ozlar sarfini kamaytirish, mebel jihozlarini yasashda qayta ishlangan xom ashyolardan keng foydalanish, qog‘ozlarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga almashtirishni targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishning xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, ikkilamchi qog‘oz chiqindilarini qayta ishlashga qaratilgan targ‘ibotlar amalga oshiriladi.

“Xalqaro qog‘ozsiz kun” aksiyasi Axborot va tasvirni boshqarish assotsiatsiyasi (AIIM) tomonidan 2016-yilda tashkil qilingan bo‘lib, qog‘ozdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan. Assotsiatsiya ma'lumotlariga ko'ra, 1 tonna qog'ozni tejash yoki qayta ishlash 17 ta daraxt, 26 000 litr suv, 3 kub metr yer, 240 litr yoqilg'i va 4000 kVt⋅soat elektr energiyasini tejab qoladi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

21 Oct, 10:09


🚨"Shimoliy So‘x" GYOSIdagi yong‘in xavfsizligi tizimi avtomatlashtirilmoqda. Tadbir "Gazenergiktaʼmir" korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oshirilyapti.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

21 Oct, 04:31


🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

20 Oct, 11:55


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

UTG.UZ

18 Oct, 11:56


📱Zirabuloq magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "BGR-TBA-A" magistral gaz quvurining 3-tarmog‘idagi nuqsonli qismlari almashtirildi. Video tasvirlarda taʼmir ishlaridan so‘ng mazkur quvurni tarmoqqa ulash jarayonlari.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

18 Oct, 07:41


📍“Urganchtransgaz” unitar korxonasining Akchalok, Tuley va Qoraqalpog‘iston magistral gaz quvurlari boshqarmasi xizmat ko‘rsatadigan "Luping O‘rta Osiyo-Markaz-4" magistral gaz quvurida porshen yuborish va qabul qilishga mo‘ljallangan 4 ta kamera yangidan qurildi. Shu kunlarda barcha ishlar yakunlanib, kameralar shay holatga keltirildi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

18 Oct, 06:11


💬"O‘ztransgaz" AJ rahbarlarining sayyor qabullari davom etmoqda

📱Jamiyat boshqaruv raisining o‘rinbosari tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul Kogon MGQBda bo'lib o'tdi. 3 nafar yurtdoshimizning murojaati tinglandi. Barchasi ishga joylashish masalasida amaliy yordam berishni so'rashdi. Murojaatchilarga boshqarmada vakant ish o‘rinlari haqidagi mavjud holat to‘g‘risida ma'lumot berildi. Ishga kirish bo‘yicha amaldagi tartib va qoidalar tushuntirildi.

🌧❄️Boshqarmada shuningdek, 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda iste'molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish barqarorligini ta'minlash maqsadida ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirish masalalariga bag‘ishlab kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tizim uchun mas'uliyat ortadigan mavsumda har kim o‘z vazifasiga yanada e'tiborli bo‘lishi zarurligi ta'kidlandi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

17 Oct, 13:09


#axborot

2024-yil 18-oktabr kuni G‘allaorol magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "Boyovut" gaz taqsimlash stansiyasiga keltiruvchi tarmoqda ta’mirlash ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbirni amalga oshirish vaqtida stansiya orqali tabiiy gaz uzatish to‘xtatib turiladi.

Ta’mirlash ishlari tugallangach, gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Ushbu vaqtinchalik noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz va mazkur chora-tadbirlar gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotganini eslatib o‘tamiz.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

17 Oct, 09:33


Farg‘ona vodiysi hududidagi isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda “To‘raqo‘rg‘on” issiqlik elektr stansiyasi asosiy o‘rin tutadi. Yoqilg‘i sifatida tabiiy gazdan foydalanadigan IESga yetkazib berilayotgan tabiiy gazning sifati esa belgilangan meʼyor darajasida bo‘lishi zarur.

📍Farg‘ona MGQB tomonidan bu masalaga doimo eʼtibor bilan yondoshilmoqda. “To‘raqo‘rg‘on IES” gaz taqsimlash stansiyasidagi gaz tozalash filtr-separatorida patronlarini almashtirish tadbiri o‘tkazilgani ham IESga uzatilayotgan tabiiy gaz sifatini yuqori darajada bo‘lishiga xizmat qiladi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

17 Oct, 06:45


🗺Gazli MGQB DKS-4 sexini qish mavsumiga tayyorlash maqsadida taʼmirlangan gaz turbinali dvigatel xalqaro kompaniya mutaxassislari bilan hamkorlikda gaz haydash agregatiga o‘rnatildi. Dvigatel ishga tushirilganidan keyingi 72 soatlik sinov muddati muvaffaqiyatli o‘tdi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

17 Oct, 04:09


♨️"O‘ztransgaz" AJda murojaatchilar qabuli davom etmoqda

💬Jamiyat rahbariyatining yuridik shaxslar va fuqarolar uchun navbatdagi qabulida 2 nafar yurtdoshimizning murojaati tinglandi. Videokonferens aloqa vositasida bog‘langan murojaatchi A.Nazarov Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasiga ishga joylashish masalasida amaliy yordam so‘radi. Romitanlik S.Rustamova o‘g‘li uchun ish o‘rni so‘rab murojaat qildi.

✔️Murojaatchilarga boshqarmada vakant ish o‘rinlariga oid mavjud holat haqida ma'lumot berildi. Ishga kirish bo‘yicha amaldagi tartib va qoidalari tushuntirildi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram

UTG.UZ

16 Oct, 10:54


📱Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan "Koson-1" gaz taqsimlash stansiyasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Tadbir natijasi iste'molchilarga gaz yetkazib berishda barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

🌐 UTG.UZ |💬 Facebok |📷Instagram|▶️ YouTube|👉 Telegram