"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

@toshetk


"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJning Telegram tarmog'idagi rasmiy sahifasi https://t.me/toshetk

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

22 Oct, 10:45


#xorij_xabarlari

BMW o‘zining Sharqiy Bavariyadagi ikkita zavodining tomidagi bo’sh hududni “Sunrock Holding Deutschland GmbH” kompaniyasiga ijaraga beradi. Mazkur kompaniya esa bu yerga quyosh panellarini o‘rnatib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida avtomobil ishlab chiqaruvchisiga elektr energiyasini sotadi.

“Dingolfing” zavodining tomida o’rnatiladigan 11,1 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi Germaniyadagi eng yirik stansiyalardan biri bo‘ladi.

Ushbu zavoddagi quyosh elektr stansiyasining maydoni 100 ming kvadrat metrdan ziyodroq bo’lishi kutilmoqda. Regensburgdagi zavodda esa bu raqamlar birmuncha soddaroq – 25 000 kvadrat metr va 2,9 MVt.


🌐 Telegram

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

22 Oct, 10:34


23-oktyabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing.

Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

🌐 Telegram

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

22 Oct, 10:06


#LAFARGA_PODSTANSIYASI
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

⚡️110/35/10 KVLI «LAFARGA» PODSTANSIYASINING QUVVATI OSHIRILMOQDA

⚡️🛠 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26-iyundagi «Toshkent shahri istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlashni yanada yaxshilash tog`risida»gi 259-sonli Qaroriga asosan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta`minoti korxonalari tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`lmasligi va iste`molchilarni sifatli elektr ta`minoti bilan ta`minlash maqsadida yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

⚡️🛠 Xususan, Mirzo Ulug`bek tumanida joylashgan 110/35/10 kVli «Lafarga» podstansiyasidagi mavjud quvvati TDTN – 40 000 kVA bo’lgan kuch transformatori quvvati TDTN – 63 000 kVA bo’lgan kuch transformatoriga almashtirilib, ayni vaqtda montaj ishlari bajarilmoqda.

⚡️🛠 Buning natijasida ushbu podstansiyaning quvvati 23 000 kVAga oshirilib, tuman hududidagi 12 mingdan ortiq aholi xonadonlarining elektr energiyasi sifati yanada yaxshilanishiga erishildi.

⚡️🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan poytaxt hududlari boyicha istiqboldagi yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

22 Oct, 06:04


Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

Batafsil videoda tanishing.

🌐 Telegram

"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ

22 Oct, 05:18


#MAVSUMGA_HOZIRLIK
#SHAYXONTOHUR_TETK

⚡️ ELEKTR TARMOQLAINI YANGILASH ISHLAR JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🍁🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Shayxontohur tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi «Yangi Beltepa» hamda «Jarariq» MFYlari hududidagi aholi xonadonlarini elektr ta'minotini yanada yaxshilash va aholining elektr energiyasi iste'moliga bo'lgan talabini to'laqonli qondirish maqsadida, hududdagi TP-4327, TP-3950 va TP-8766-sonli transformator punktlari oralig'idagi yer osti taqsimlovchi kabel tarmoqlarni yangilash maqsadida, uzunligi 1400 kmdan ortiq bo`lgan 10 kVli yer osti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirildi.

🍁🛠 Mazkur ishlar yakunida iste’molchilar sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram