"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

@hetmuloqot


"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ
Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8
Ishonch telefoni: 71 207 23 76
E-mail: [email protected]
Murojaat uchun
@HET_admin
Call center: 1154
Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari
Instagram: @hududiyelektrtarmoqlari
Sayt: het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22 Oct, 12:14


HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22 Oct, 10:33


23-oktyabr, chorshanba kuni respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi

Ertaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan barcha davlat idoralari rahbarlari va xodimlariga, barcha yurtdoshlarimizga shaxsiy transport vositalari o’rniga atrof-muhitga kam zarar yetkazadigan jamoat transporti, velosiped kabi transport turlaridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Hurmatli yurtdoshlar! “Avtomobilsiz kun” loyihasiga befarq bo‘lmang! Shaxsiy avtomobillardan voz kechib, ekologik toza transport vositalaridan foydalaning va o‘zimiz nafas olayotgan havo tozaligiga hissa qo‘shing.

Unutmang, atrof-muhitni asrash barchamizning burchimizdir.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22 Oct, 10:02


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22 Oct, 05:29


DANG’ARA TUMANIDAGI 10 GA YAQIN MAHALLALARNING ELEKTR TA'MINOTI YAXSHILANMOQDA

“Farg‘ona HETK” AJ tomonidan iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash hamda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatning qator hududlaridagi mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal taʼmirdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dang‘ara tumanida olib borilayotgan ishlar xususida "Sevimli" telekanalining "Zamon" yangiliklar dasturi orqali efirga uzatilgan mazkur lavhadan tanishib olishingiz mumkin.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22 Oct, 04:38


Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?

Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.

Batafsil videoda tanishing.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

22 Oct, 04:03


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish hamda aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bu borada Jalaquduq tumanida borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

21 Oct, 14:07


“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida poytaxtimiz hududida modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Olmazor tumanining “Chig'atoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi transformator punktidagi mavjud transformator katta quvvatlisiga almashtirildi hamda elektr uzatish havo tarmog‘ida montaj ishlari olib borildi.

Mazkur ishlar yakuniga ko‘ra, mahalladagi 600 ga yaqin aholi xonadonlari sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanishi rejalashtirilgan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

21 Oct, 12:16


#no_comment

Kuz-qish mavsumiga tayyorgalik jarayonlari

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

21 Oct, 11:31


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

21 Oct, 10:00


🇺🇿 Qadring baland bo'lsin, ona tilim

Bugun, 21 oktabr kuni "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida о‘tkazilgan “Milliy qadriyatlar sayli” madaniy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.


Til – millat ruhi, merosi, madaniy va ma’naviy boyligi, davlat timsoli, xalq madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi va tarixi ekan, uni barchamiz asrab-avaylashimiz kerak!

О‘zbek tili bayrami barchamizga muborak bо‘lsin!

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz