FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

@mchsuzbek


"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

22 Oct, 11:18


FVV OGOHLANTIRADI‼️
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI
⚠️
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ‼️
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ
⚠️

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

22 Oct, 09:46


Aholi xavfsizligi yo‘lida: Favquloddda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari xususida

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kunu tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda.

Xususan, ijtimoiy-iqtisodiy soha va qurilish obyektlari, ko‘p qavatli turar-joylar, aholi xonadonlari, tunda insonlar qoladigan maskanlar, savdo majmualari, bozorlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarning is gazidan zaharlanishi bilan bog‘liq boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, fuqarolarga tushunchalar berilib, eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

22 Oct, 06:34


🔰Elektr payvandlash ishlariga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔹Qonunchilikka ko‘ra, binolarda elektr payvandlash ishlari faqat havo almashish imkoniga ega bo‘lgan xonalarda amalga oshirilishi lozim.

🔹Yong‘in xavfi ehtimoli bor xonalarda payvandlash ishlarini bajarish joyi yonmaydigan to‘siq bilan himoyalangan bo‘lishi va to‘siqning balandligi kamida 2,5 m to‘siq va pol orasidagi masofa esa — ko‘pi bilan 5 sm ga teng bo‘lishi kerak.

🔹Payvandlash ishlari bajariladigan xonalardagi pollar yonmaydigan materiallardan yasalgan bo‘lishi zarur.

🔹Izolyatsiyasiz yoki izolyatsiyasi shikastlangan simlardan, qo‘lbola elektr saqlagichlar va talab etiladigan miqdordagi payvandlash toki o‘tishini ta’minlab bermaydigan simlardan foydalanish taqiqlanadi

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

22 Oct, 05:55


Toshkent viloyati FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, shuningdek, Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning viloyat bosqichi tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

22 Oct, 04:17


Fuqaro muhofazasi institutida hamkorlikda seminar-trening tashkil etildi

Fuqaro muhofazasi instituti, Yunisef tashkiloti, Toshkent shahar FVB, Qizil yarim oy, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyatlari va boshqa hamkorlikdagi tashkilotlar ishtirokida, “Zilzila va boshqa tabiiy ofatlar xavfi tahdidi yuqori bo‘lgan Markaziy Osiyo Davlatlarining favqulodda vaziyatlarga bardoshliligini ta’minlashga qaratilgan milliy va mahalliy salohiyatlarni mustahkamlash” loyihaviy dasturi doirasida gender masalalari bo‘yicha salohiyatlarni rivojlantirish hamda gender zo‘rovonlikning taxdidini pasaytirish tadbiriga oid hamkorlikdagi seminar-trening o‘tkazildi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/24976

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

21 Oct, 13:25


Elektr isitgichlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tavsiya

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

21 Oct, 12:03


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ

21 Oct, 11:55


Samarqandda “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi va boshqa daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning qobilyati va mahoratini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

G‘olib va sovrindorlar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom, medal, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib jamoa respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X