UPLIFT

@upliftuz


📈 AAOIFI Standardiga ko'ra aksiyalarga halol investitsiya
📚 Moliyaviy savodxonlik & Shaxsiy rivojlanish

Instagram: instagram.com/javlonota
Website: invest.uplift.uz

Murojaat uchun: @upliftuz_bot

UPLIFT asoschisi: Javlon Ota

UPLIFT

22 Oct, 08:24


'Hafta aksiyasi' videolar ruknini davom ettiramiz. Bu hafta aksiyasi: $NOW

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

21 Oct, 07:41


S&P 500 indeksi yil boshidan hozirgacha qanday oʻzgardi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

21 Oct, 07:41


S&P 500 indeksining yil boshidan hozirgacha o'zgarishi

Bu davr mobaynida o'sish va pastlashga asosan nimalar ta'sir o'tkazganini quyidagi videoda bilib olishingiz mumkin

↗️ @upliftuz

UPLIFT

19 Oct, 10:24


#kun_iqtibosi
🇺🇿"Muvaffaqiyat — bir muvaffaqiyatsizlikdan ikkinchisiga shijoatni yo'qotmasdan bora olishdir."

🇬🇧"Success is the ability to go from one failure to another with no loss of enthusiasm."
– W. Churchill

↗️ @upliftuz

UPLIFT

18 Oct, 16:07


Koreyada va O'zbekistonda yashab ishlash o'rtasidagi farq

Koreyadan O'zbekistonga qaytganimga ham 4 oydan oshibdi. Bu vaqtdan tahminan yarmi 'adaptatsiya'ga ketgan bo'lsa, qolgan qismida qaysidir darajada ishlab ko'rdim. Koreyada yashab ishlash bilan O'zbekistonda yashab ishlash orasida farqlar juda ko'p... Lekin hozir menda juda ham bilinayotgan farq haqida yozmoqchiman.

Bu farq - rejadan tashqari, kutilmagan va tushunarsiz holatlar sababli rejalashtirgan ishlarga ulgurmaslik va ish unumdorligining pasayishi. O'zbekistonga qaytganimdan keyin birinchi oyda rejadan tashqari ishlarni ko'p bo'lishi tabiiy deb o'ylagan edim. Lekin hozir ham huddi o'shandek holat.. Oylik, haftalik va kunlik rejalashtirasan lekin har kuni nimadir bo'ladi va rejadagi ishni yarmiga ham ulgurmaysan va bu o'tgan kunlardagi to'planib qolgan ishlarga qo'shilib holatni yanada yomonlashtiradi. Yoki endi rejimga tushib oldim deb turganingda yana o'zgarib ketadi. Vaqt esa ayamasdan juda tez o'tadi (har safar Jumaga borganda huddi 2 kun oldin ham Juma bo'lgandek).

Koreyada ham ba'zi ishlarga ulgurmas edim ammo har qalay ko'p ishlar rejadagidek bo'lar edi va oila, sayohat, sport uchun ham yetarli vaqt ajrata olardim. Haftaning qaysidir kuni rejadan tashqari bo'lsa ham umumiy haftalikda 'rejim' bo'lar edi.

Va hozir har xil 'balki'lar hayolimni egallab olgan.
- Balki bir necha yangi loyihalarni boshlab olishga shunday bo'layotgandir;
- Balki 'adaptatsiya'ga kamida 5-6 oy ketar (o'z boshidan kechirgan bir tanishim shunday degan edi)
- Balki men dangasa bo'lib qolgandirman;
- Balki O'zbekistonda yashaganda bu odatiy holatdir..(

Qiziq, hozir bu postni yozgandan keyin, reja bo'yicha jamoa bilan yig'ilish qilishimiz kerak edi, lekin uning o'rniga ayni vaqtda rejadan tashqari bir kishi bilan uchrashishim kerakligi paydo bo'lyapti.)) 'Probka' bilan uchrashuvga 2 soatcha vaqt ketsa kerak..

Xullas, hozir ham reja bo'yicha harakatlanyapmizu, oradagi kutilmagan holatlarni to'ldirib ketish uchun rejalarimiz biroz kech amalga oshyapti.

↗️ @upliftuz

UPLIFT

28 Sep, 16:16


Warren Buffett aksiyalarni tanlashidagi eng asosiy me'zonlaridan biri – ...

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

28 Sep, 12:32


Yuqoridagi videoda aytib o'tilgan kompaniyalarga misollar

Masalan, yetkazib berish xizmati bilan shug'ullanuvchi, DoorDash ($DASH) kompaniyasi bir necha yillardan beri zararda ishlab keladi. So'nggi 12 oy holatiga ko'ra, bu kompaniya $9.6 milliard daromad ko'rib, $407 million zarar qilgan. Kompaniyaning hozirgi bozor kapitallashuvi esa $58.5 milliard! Uning aksiyasi esa o'tgan 1 yilda 90%dan oshdi.

Jira dasturini ishlab chiqaruvchisi Atlassian ($TEAM) va cloud xavsizligini ta'minlash bilan shug'ullanuvchi Zscaler ($ZS) kompaniyalarida ham o'xshash holatni ko'rishingiz mumkin - katta zarar lekin qimmat baholanish.

Bu kompaniyalarning moliyaviy hisobotlarida yana bir juda muhim o'xshashlikni ko'rishingiz mumkin. Bu nima?

↗️ @upliftuz

UPLIFT

27 Sep, 17:58


Nima uchun millionlab dollar zararda ishlayotgan ba'zi kompaniyalarning aksiyalari qimmat savdo qilinadi?

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

27 Sep, 13:43


Ommaviy axborot vositalari aksiyalarga qanday ta'sir koʻrsatadi?

🔥 Bugungi kunda har bir sohaga kirib borgan ommaviy axborot vositalari (OAV) aksiya bozoriga ham kirib borishni uddaladi. Ular faqatgina investorlar qaroriga ta'sir etib qolmay, bozor dinamikasini ham shakllantiradi.

🤔 Xoʻsh, OAV qanday qilib aksiya narxiga ta'sir qilishi mumkin:
Ular ma'lumotlarni tez va keng tarqatadi. Ijobiy yangilik aksiya narxini oshiradi, salbiysi esa narx tushishiga olib keladi.
...

😉 Qiziqqanlar shu manzilga olgʻa!

BATAFSIL O'QISH ➡️

↗️ @upliftuz

UPLIFT

26 Sep, 13:07


Semikonduktor sanoatida men yoqtiradigan aksiyalardan 3 tasi

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

23 Sep, 10:02


Bozor likvidligi va uning muhimligi

Treyding va investitsiya bilan shug’ullanadigan bo’lsangiz, bozor likvidliligi tushunchasini tushunish juda muhimdir. Likvidlilik, aktivni narxiga ta’sir qilmasdan qanchalik tez sotib olish yoki sotish mumkinligini aniqlashda asosiy rol o’ynaydi. Ushbu postda biz bozor likvidliligi nima ekanligini, uning nimaga muhimligini va u sizning savdo qarorlaringizga qanday ta’sir qilishini ko’rib chiqamiz.

Bozor likvidliligi bu aktivni, masalan, aksiyalar yoki obligatsiyalarni bozor narxini barqaror saqlagan holda tezda sotib olish yoki sotish qobiliyatini ifodalaydi. Yuqori likvidli bozor – bu yerda xaridor va sotuvchilar ko’p bo’lgan va tranzaksiyalar tezda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan bozor.
...

BATAFSIL O'QISH ➡️

↗️ @upliftuz

UPLIFT

22 Sep, 07:54


📍Manzil: Toshkent shahar, Shota Rustaveli ko'chasi 136/1

UPLIFT

22 Sep, 07:38


Uzoq kutilgan yangi bir loyihamizni (joyimizni) ishga tushirmoqdamiz 📣

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

19 Sep, 12:32


UPLIFT treyd turining 2-qismi bo'lib o'tgan Turkiyaning Trabzon shahridan lavhalar

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

18 Sep, 17:35


Bu qanday joy bo'lishi mumkin? 🤔

👉 @bullscoffee_uz

↗️ @upliftuz

UPLIFT

18 Sep, 13:12


Aksiyalar bozorida investitsiya qilishni boshlash: oson qadamlar va muhim tavsiyalar

1. Maqsadlaringizni aniqlang:

Aksiyalar bozorida muvaffaqiyatli bo’lish uchun birinchi qadam bu maqsadlaringizni aniqlashdir. Siz qisqa muddatli daromad olishni yoki uzoq muddatli kapitalni oshirishni maqsad qilishingiz mumkin. Maqsadlaringizni aniq belgilash sizga investitsiya strategiyasini tanlashda yordam beradi.

💸 2. Moliyaviy holatni baholang:
Investitsiya qilishdan oldin, moliyaviy holatingizni aniqlash juda muhim. Sizda avvalgi qarzlarni to’lash, ehtiyot fond yaratish va kundalik xarajatlarni qoplash imkoniyatingiz bo’lishi kerak. Bu sizga investitsiya qilish jarayonida noxush holatlarning oldini olishga yordam beradi.
...

BATAFSIL O'QISH ➡️

↗️ @upliftuz

UPLIFT

16 Sep, 07:05


UPLIFT treyd turda qatnashganlar qanday tajribalar orttirishdi? Buni ishtirokchilarning o'zlaridan eshiting

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

UPLIFT

14 Sep, 13:31


UPLIFT Trade Tour — Treyding, sayohat, netvorking, dam olish, va unutilmas tajribalar...

UPLIFT treyd turining 1-qismi Gruziyaning Batumi shahrida bo'lib o'tdi.

↗️ @upliftuz

📹 Javlon Ota

UPLIFT

14 Sep, 06:17


#kun_tavsiyasi #shaxsiy_moliya
Impulsli xaridlardan saqlaning

Impulsli xarid – oldindan rejalashtirmay yoki byudjetni tuzmasdan o'z-o'zidan sotib olish harakati. Bu ko'pincha kimdir biror narsani ko'rib, uni zarurat yoki ehtiyoj bilan emas, balki hissiyotga asoslanib darhol sotib olganida sodir bo'ladi.

Impulsli xaridlar hatto eng yaxshi byudjet rejalarini ham barbod qilishi mumkin. Impulsli xaridlardan qanday saqlanish mumkin? Eng oddiy usuli: rejalashtirilmagan narsalarni sotib olishdan oldin 24 soat kuting. Bu sizga haqiqatan ham u narsa kerakmi yoki bu shunchaki o'tkinchi istak-xohish ekanligini bilib olish uchun vaqt beradi.

Qaroringizni kechiktirish orqali siz hissiy xarajatlarni kamaytirasiz va moliyaviy maqsadlaringiz ustidan ko'proq nazoratga ega bo'lasiz. O'zingizdan so'rang: "Bu xarid mening uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarimga mos keladimi?" Agar yo'q bo'lsa, u pulni jamgʻarib qoʻying!

↗️ @upliftuz