Senga🩵)

@unga_atalgani


~ qachondir qahvalashamiz sen bilan
butun umrga...


@sengaad — reklama xizmati 💕
@kipkitob — kitoblar olami🥂

Senga🩵)

22 Oct, 21:02


Bedor tunlarimning yana qaysidadir senga maktub yozishni tanladim. Soʻnggi maktubim haqida eslolmayman, aslini olganda birinchisi ham esimda yo'q. Oxirgi paytlarda kurashyapman: gripp, ogʻriqlar, pessimistlik va xotiram bilan. Xotiramni boshqarishga harakat qilyapman. Faqatgina yoqimli xotiralarni qoldirib, menga ozor bera oladiganlarini unutishga butun vujudim bilan tirishyapman. Menimcha, xotiralarni yaxshi yomonga ajratmay, qizil tugmani bosish va barini birdaniga o'chirish kerakdir, balkim.

Sen ham aqlimdan, xayollarimdan va xotiralarimdan birdan chiqib ketasan, izsiz. Go'yoki hech qachon u yerda boʻlmagandek. Go'yoki koʻzlarimiz tasodifan toʻqnashmagandek. Go'yoki...

Bilmadim, so'nggi ikki hafta oralig'ida ruhiyatimda, nafaqat ruhiyatimda balki sogʻligʻimda ham kichik muammolar bor. Ruhshunosga chindan ham muhtojdirman, ehtimol. Balki men muhtoj bo'lgan ruhshunos sendirsan) Menimcha bir ruhni faqatgina o'zi yoqtirgan ruhi davolay oladi)

Yana qanchadir vaqtdan keyin qish keladi. Men bu safargi kuzni shunchaki o'tkazib yubordim. Oʻylashimcha, kuzni his qilishga kechikdim. Koʻcha aylanish, sayrlar, musiqa, kitoblar – barchasi unutildi. Menda qolgani zerikarli hayot tarzi) oldingi kuzda keyingi kuz boshqacha, tasavvurimga sig'maydigan darajada ajoyib bo'lishiga umid bogʻlaganim yodimda. Achinarlisi, endilikda keyingi kuz, ertangi kun uchun hattoki umid yo'q. Chunki hayotimga bu yaqin orada o'zgarish, yangilik kirmasligiga ishonchim komil. Tasodiflarchi deysanmi? Ertaklarga ishonmay qoʻyganimga ancha bo'lgan. Biz qaysidir romantik kitobda yoki allaqaysi kinoda yashamayapmizku, to'g'rimi? Achinarlisi yasholmaymiz ham)

Biri tog'dan, boshqasi bog'dan kelgan gaplarim uchun uzr. Aslini olganda, bularni o'qishingga ham ishonmayman. Shunchaki hozirgi vaziyatim yoqimsiz yomg'irda soyabonsiz qolishdek gap. Muammo soyabonsiz qolishda emas, hozir yoqtirmaydigan, menga ozor beradigan yomg'irni bir vaqtlar jonimdan ortiq sevganimda...

Senga🩵)

22 Oct, 20:31


Sizsiz yogʻgan yomgʻir haqida

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sezdim, maysalarning titroqlarini.
Va sizni o‘yladim kimni ko‘proq sevasiz
Menimi yoki yomg‘irni?

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Har neki begona,
har kimsa tanish.
Nigohimgiz qidiraman,
izlayman tovushingizni,
Yurak topsa deyman bir dam osoyish.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Tomchilar labimda uchdi sirpanchiq.
Men sizdan uyaldim,
bu gunoh edi axir,
Mashinalar termulib o‘tdi
ko‘zlarin har damdan kattaroq ochib.

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Sog‘inchim yodimga soldi tomchilar.
Yig‘ladim!
Kechiring,
kulaman degandim faqat,
aytilmagan sirlar yog‘di tomchilab.

Tomchilab, tomchilab yog‘di yomg‘irlar,
Tomchilab, tomchilab yog‘di bor sirim.
Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda,
Men sizdan yomg‘irpo‘sh kutdim, hech kimim!
 

Tag‘in yomg‘ir yog‘di siz yo‘q shaharda...


💙Parizoda Ro'ziboyeva

Senga🩵)

22 Oct, 15:20


Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.

O‘t yetdi — qaqshatdi band-bandlarimni,
Tuproqda sochdingiz balandlarimni,
Aqlimni, dilimni — bebaxtlarimni —
Borishsiz dunyoga otgan, azizim,
Olisda oy kabi botgan, azizim —

Chunki tunga aytar rost "oh"ingiz yo‘q,
Falakda kezgani sha'n rohingiz yo‘q,
Nechun kelmaysiz, gar gunohingiz yo‘q —
Boqaman: nigohim — gumon, azizim,
Yo‘llaring tumandir, tuman, azizim.

Qarang, ming bir bargda kuzak uchadir,
Qizil-sarig'ida — yurak uchadir,
So‘ngaklar uchadir, suyak uchadir —
Bu to‘fon — xazonlig‘ menman, azizim,
Sizsiz ming kuzakka tengman, azizim.

Ammo siz sarg‘aymang — gulli bog‘ bo‘ling,
Yam-yashil ko‘karing, mudom sog‘ bo‘ling,
Bahorning bag‘rida beadog‘ bo‘ling —
Axir, qarg‘aganim sizmas, azizim,
Ikki kuz dunyoga sig‘mas, azizim...

💙Usmon Azim

Senga🩵)

22 Oct, 08:13


Tong otguncha qayta-qaytalab, sevasanmi deya soʻradim...💗

Senga🩵)

21 Oct, 18:23


Seni shunday sevdimki, qoʻlingdan ham tutmadim)

Senga🩵)

21 Oct, 05:10


So‘ngra oramizga shaharlar, mamlakatlar, balki, dunyolar kiradi. Hech qachon uchrasholmaymiz. Hattoki tasodiflar ham bizni bir yerga keltirolmaydi. So‘ngra birimiz o‘lamiz, birimizning esa bundan xabarimiz ham bo‘lmaydi.

💙Nozim Hikmat

Senga🩵)

20 Oct, 16:21


Ammo U kelmaydi…
Kelib-ketadi
Eshigimdan g‘arb-u sharq-u, ajamlik.
Dunyo boʻlmog‘i-chun butkul mukammal,
Faqat sening oʻrning qiladi kamlik!..

©️Zebo Mirzo

Senga🩵)

20 Oct, 06:11


Sovuq ham kelmoqda. Lekin bu safargi qishda qoʻlimni oʻzim emas, sen isitib qoʻyishingni istayman💕

Senga🩵)

19 Oct, 05:10


Men uchun qarshimdan chiqsang yetarli,
Sen kabi goʻzalmas hech bir tasodif.🌷

Senga🩵)

18 Oct, 11:24


Ketaylik ...
Ketishga yo‘llar yetarli,
Siz bilan ketishning o‘zi bir bayram.
Ishoning – oldinda hali aytarli –
Qancha bayramlar bor nishonlanmagan.

Ketaylik ...
G‘amlarning ochilsin ko‘zi,
Yo‘g‘imiz bilinsin har bir lahzada.
Shamollar ergashsin qorayib yuzi,
Ketaylik, barisi qolsin orqada.
Axir, jami iqbol qo‘llarimizda,
Yorug‘ dunyosi bor – bizga ishongan.
Azizim, ketaylik!
Yo‘llarimizda –
Qancha bayramlar bor –
Nishonlanmagan.

©️Xosiyat  Rustamova

Senga🩵)

17 Oct, 16:21


Oʻzing tushunding-a?

Senga🩵)

16 Oct, 17:00


Kelmang, menda hech narsa yoʻq,
Topa olmaysiz…
Ruhimda faqat xazonlarning shitirlashlari…

Men shunday mavhumman, xayolday mavhum
Koʻnglingizga uraman birdan.
Azobman, oʻziga sigʻmagan lahza
Sochilib ketaman ogʻriqqa, sheʼrga.

Tuningizni baribir qilmayman xushbaxt,
Kuningizda quyoshdek jaranglamasman.
Azobga sochrilib sokin tortgan dunyoman,
Yodingizni kezib yurgan xayolparastman.

Kelmang, menda hech narsa yoʻq ,
Topa olmaysiz,
Ruhimda faqat xazonlarning shitirlashlari.

Toʻkilib-toʻkilib sokin tortgan dunyoman


Tillaniso Nuryogʻdi

Senga🩵)

15 Oct, 19:34


Nima qilay, hatto tushimda ham seni boshqasiga bergim kelmaydi)

Senga🩵)

15 Oct, 19:33


Biz parallel chiziqlarmiz, uchrashmaymiz hech qachon...

Senga🩵)

15 Oct, 19:33


Gullar, suratidan farqliroq xushroʻy.
"Qoʻllarim qoʻlingga yetmagan",
Bu kuy...
Derazangning sovuq oynaklariga,
Sogʻinchlar sirgʻalar.
Asta qarab qoʻy!
Tund osmonning toleyi shu kun,
Bugun.
Ingradik.
Devordan siriqdi yoshi.
Bexabar muddatlar tanlading qancha?
Oʻyib boraverdi umrim naqqoshi.
Yoʻq, men sening istaklaringda hech kim,
Hech kim.
Hech daxl qilmadim!
Rahm qilmadim!
Oʻylamay deganim sari oʻylarim,
Qiqirlab kuldilar.
Yigʻladim...
Bas!
Bas!!!
Koʻzlaringning pinjida ogʻriq,
Gʻajir.
Xumori tutadi qorlarning,
Gʻajir.
Irmoqlar savdosi koʻchdi koʻnglimga,
Har tomon sochildim.
Terib ol, taqdir!

Derazangning sovuq oynaklariga,
Sogʻinchlar sirgʻalar.
Asta qarab qoʻy!

🥥Umida Nafas

Senga🩵)

14 Oct, 15:32


Biz 3.3K va sizdan bitta "💚"

Senga🩵)

13 Oct, 17:22


Sevgining matematikasi boshqacha. Ikkidan birni ayirsang, nol qoladi.

🥥Oʻzdemir Asaf

Senga🩵)

12 Oct, 18:41


Yomgʻir haqida yozaymi yoki sen haqingdami deya oʻylab qoldim.
Nima farqi bor, baribir ikkingiz ham kelmaysizlarku)

Senga🩵)

12 Oct, 18:32


Sen "Xayrli tun" tilamas ekansan, barcha tunlar xayrsiz men uchun...

Senga🩵)

12 Oct, 17:22


Men qalamning qulog'iga
sekin engashib, dedim:

"Agar, yana uning ismini yozsang,
men ham seni xafa qilaman.''

💙Jamol Surayyo