Mohichehra A’zam 📚

@boqiy_darbadarr


Kitoblar, she'rlar, fikrlar, hislar, musiqa, kino yana bir nimalar...


Yoqmaganlar qolmasin, ruxsat...

Izlasangiz shu yerdaman – @Mohichehraga_bot

Mohichehra A’zam 📚

08 Oct, 17:29


Assalomu alaykum, barchaga. Ba’zi obunachilarim kanalimni batamom to‘xtadi, endi davom etmaydi deb yurgan ekan. Yo‘q, do‘stlar, shuncha paytlik mehnatim, qalbimning qo‘ri singgan kanalni batamom to‘xtatib qo‘yadigan jinni emasman. Hali sizlar bilan ko‘p kitoblar o‘qishimiz, muhokama qilishimiz, uzun yo‘llarni bosib o‘tishimiz kerak. Davom etamiz, albatta davom etamiz. Faqat hozircha dam olib turaylik) Ikki-uch kunning birida qarab qo‘yaman: kimlardir chiqqan-u kimlardir kirganiga ko‘zim tushadi. “Ha, mayli”,–deb qo‘yaman. Xullas, xalq, oz qoldi, qaytaman!

P/s. Kanalga vaqtim yo‘qligining sababi to‘y bilan bog‘liq emas😄 Shunday deb botga yozayotganlar ham bor)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

16 Sep, 09:30


Bir muddat faol bo‘lmayman. Kommentariya esa qachon ochiladi bilmadim, kitobdoshlar.

Murojaatlaringiz bo‘lsa @Mohichehraga_bot yozib qoldiringiz. Albatta javob berurman.

Hurmat bilan Mohichehra.

Mohichehra A’zam 📚

14 Sep, 15:29


Men senga osmonni keltirdim, sevgim,
Anov ikki to‘zg‘in buluti bilan,
Nimta oyi bilan,
Hududi bilan —
Men senga osmonni keltirdim, sevgim.

Men senga bahorni keltirdim, sevgim,
Yomg‘irlari bilan,
Sellari bilan,
Gullarni uyg‘otgan yellari bilan — Men senga bahorni keltirdim, sevgim.

Men senga saodat keltirdim, sevgim, Ko‘ngling ravshan bo‘lsin — Chirog‘i bilan,
Bedorligi bilan,
Charchog‘i bilan —
Men senga saodat keltirdim, sevgim.

Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.
"Mana, olgin, dedim,
Hamma narsa taxt —
Mana bu mehrdir,
Mana bu-chi — baxt..."
Senga bir tinch dunyo keltirdim, sevgim.

Sevgilim, podshohlar senday saxiymas —
Menga bahori yo‘q kuz keltirding sen. Yana osmoni yo‘q ro‘z keltirding sen, Sevgilim, podshohlar senday
saxiymas.
Qatra iqboli yo‘q kuz keltirding sen.

Endi ikkimizda hamma narsa bor! Qani, ketdik, jonim,
Bel bukilguncha,
Tomir uzulguncha,
Jon to‘kulguncha...
Yashashga iqrormiz, o‘limga iqror.

Usmon Azim

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

14 Sep, 09:26


#mood

Masalan, hayotda yaxshi suhbatdoshing bo‘lsa kanalga hech narsa yozib o‘tirishga hojat qolmaydi.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

12 Sep, 17:07


© Shavkat Rahmon

Mohichehra A’zam 📚

12 Sep, 16:36


#nazm

Qaro tunlar oqarib borar,
Jism-u jonim, o, qarib borar.
Borgan sari umrim rangida
Qaro ortar, oq arib borar.

G. Asqarova

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

12 Sep, 04:56


Turkiy mamlakatlarning umumiy alifbosi qabul qilindi

Yagona alifbo 34 harfdan iborat boʻlib, ular turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/24753

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

Mohichehra A’zam 📚

11 Sep, 17:37


#music

To‘xtatolmay men halak
Yurgizganmi Xudoyim...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

10 Sep, 16:31


​​Adabiyot yaxshi narsa-da, Varenka, juda yaxshi narsa; men buni undan uchinchi kuni bilib olganman. Chuqur narsa! Odamlarning qalbini mustahkamlaydi, tarbiyalaydi va uning mana bu kitobchasida qolgan turli xil narsalarning hammasi yozilgan. Juda zo‘r yozilgan! Adabiyot - bu suvrat, ya’ni suvrat va oynaga o‘xshagan bir narsa: ehtirosli gaplar, nozik tanqidlar, pand- nasihatlar, hujjatlar hammasi bor unda. Bular barini men unikida bo‘lganimda bilib olganman. Sizga ochig‘ini aytaman, onajon, ularning ichida o‘tirganingda (ularga o‘xshab sen ham trubka chekasan, albatta), ularning turli narsalar haqida tortisha ketganlarini ko‘rasan, tinglaysan, bunaqa narsalar mening qo‘limdan kelib bo‘pti, onajon, siz bilan bizga yo‘l bo‘lsin ularning oldida. Gʻirt to‘nka bo‘lib qolaman, o‘zimdan uyalib ketaman, butun oqshom davomida ignaning uchida o‘tirganday bo‘lasan odam, jillaqurmasa bir og‘iz so‘z aytib, davraga qo‘shilging keladi-yu, biroq qani o‘sha bir og‘iz so‘z? O‘chakishganday, tilga hech narsa kelmaydi-da! Keyin o‘zingdan xafa bo‘lib ketasan, Varenka, bir pulga qimmatliging shundoq bilinib qoladi, maqolda aytiladi-ku-xudo bo‘ydan beribdi-yu, aqldan bermabdi-da deb, o‘sha bo‘lasan-qolasan.

“Kambag‘allar”

P/s. Asarni 2 yil oldin ayni kuz pallasi – oktyabr oyida o‘qigandim. Kitobdagi eng yoqqan parcha esa mana shu.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

09 Sep, 03:45


#xulosa

Ba’zi odamlarni chetdan ko‘rib ixlos qo‘yasiz, sababini o‘zingiz ham anglamagan holda hurmat qilasiz. Keyin esa... Yo‘q, chetdan hurmat qilib yuraverganingiz ma’qul.

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

08 Sep, 17:35


​​#mutolaa

“...Uning borlig‘ini sovuq sergak befarqlik egallab oldi. Birinchi marta gunohga yo‘l qo‘yganidan qattiq iztirobga tushganida yuragining tub-tubidan vulqonday qaynab-toshib kelgan g‘azab va nafrat otashi tanini yo bo‘lmasa ruhini kuydirib, bir umrga majruh qilib qo‘yadiganday tuyulib, qattiq qo‘rqqandi. Biroq hayot to‘lqini uni goh g‘arq qilib, goh pasayib-tushib asta-sekin o‘ziga keltirdi. Bu talato‘pdan uning tani, ruhi omon qoldi va ular o‘rtasida so‘zsiz-so‘roqsiz bitim-murosa paydo bo‘ldi. Yuragidagi behalovat tuyg‘ularga barham bergan mubhamlik bir qadar befarq bo‘lib, sovuqqonlik bilan o‘zini o‘zi anglashga aylandi. U bir emas, bir necha marta og‘ir gunohga qo‘l urgan edi va birinchi qilgan gunohining o‘zi uchun abadiy la’natga qolishi tayinligini bilar, keyingilari esa tortajak azoblariga yana azob qo‘shardi, xolos. O‘tayotgan kunlar, mashg‘ulotlat va azobli o‘ylar endi uning gunohlarini yengillatmas – ob-hayot bulog‘ining huzurbaxsh suvi endi uning qashshoq ruhiga tiriklik shavqini bag‘ishlamas edi. Endi u gadoylarga sadaqa berganida bir zum to‘xtab, ularning duolarini eshitib o‘tirmas, burilib ketib qolar, horg‘in xayol surib, balki shunday qilsam ozgina bo‘lsa-da savob olarman deb umidlanardi.”

Jeyms Joys. Musavvirning yoshlikdagi shamoyili

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

06 Sep, 19:52


Men Abdulaziz akani 6 yildan beri kuzatar ekanman. U payt aka 2-kurs talaba edi. Kanali har doim samimiy, ko‘ngil va ijod kundaligi bo‘lgan. Avvallari Abdulaziz akani harakatchanligi, rostgo‘yligi, ijodi, postlarida tirik va rost hayotning harorati, uyg‘oq vijdonning ovozi borligi uchun hurmat qilib kuzatib yurgan bo‘lsam, endi ayolining o‘qishini deb barchasini tashlab Anqaraga ketgan, bu yo‘ldagi barcha mashaqqatlarda ayoliga yelka tutgan er sifatida ham qadrlayman.

Oilaga juda havas qilaman. Hammaga nasib qilsin ilm yo‘lini jufti bilan birga Abdulaziz aka doim aytganidek “Nevaralarga aytib beradigan hikoyalar” tarzida bosib o‘tish.

Yuqorida ikkita kanal (@Ijoddardi va @bookexpress_uz) yozilibdi.

@uzbek_sofrasi – bu yer esa Sitora yangamizning oshxonasi!

Mohichehra A’zam 📚

06 Sep, 19:40


​​Har doim ham ayollar qurbonlik qilishi shart emas.

Men Abdulazizni Factor Booksda ishlab yurganida koʻrgandim. Koʻztanish edik shunchaki. Anchadan keyin tasodifan uning blogini koʻrib qoldim. Postlarini qiziqib oʻqidim. Tushundimki, rafiqasi Sitora Turkiyadagi oliygohga magistraturaga kiribdi. Abdulaziz esa aynan shu uchun Oʻzbekistondagi hamma ishini yigʻishtirib Anqaraga joʻnabdi. Sitora qiynalmasligi uchun undan oldin kelib, uy, oʻziga ish topib qoʻyibdi.

Siz buni tasavvur qilyapsizmi? Atrofga qarasak turmush qurgach aksar hollarda qiz bolaning karyerasi toʻxtaganini koʻramiz. Bu yerda esa aksincha, er birinchi navbatda rafiqasining bilim olishi uchun harakat qilyapti. Farzandli boʻlishdi, bu ham ilm olishga yoki maqsadlaridan qaytishga toʻsiq boʻlgani yoʻq.

Oʻzbekistonda doim qogʻoz-qalamlik ishlarda yurgan Abdulaziz Anqarada baliq pishirdi. Oliy ma'lumotli baliqchi boʻlish ogʻir botgani aniq boshida. Bu his menga tanish. Uyda oʻzbek taomlarini ham tayyorlab sotishadi. Shuningdek, turk tilidagi kitoblar sotuvini yoʻlga qoʻyishgan.

Menga ularning bloglarini kuzatish yoqadi. Er-xotin ahil boʻlsa, bir-birini qoʻllab-quvvatlasa har qachon va har yerda baxt toʻkis boʻlishini koʻraman. Ularga yordam berayotgan vatandoshlarimiz haqida eshitib, dunyoda haliyam yaxshi odamlar borligiga ishonaman.

@Ijoddardi – Abdulazizning shaxsiy kanali. Oʻqib boring. Samimiy, hayotiy, qiziq postlar yozadi.

@bookexpress_uz – bu yerda esa ulardan turk tilidagi kitoblarni sotib olishingiz mumkin. Olmagan taqdiringizda ham kuzating, tomosha qilishning oʻziyoq yoqimli. Shunaqangi noyob kitoblar borki, qoyil qolasiz.

Mohichehra A’zam 📚

06 Sep, 15:23


Balki men eskicha odamdirman, balki,  stereotiplar asiridirman, lekin kitob o‘qimaydigan odam men uchun achinarli va g‘arib ko‘rinadi.

© F. Dostoyevskiy

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

02 Sep, 16:31


#nimadir

Hammasiga kulib qo‘ydim degan siyqa gap bor. Odam kuyib-kuyib, yig‘lab-yig‘lab bo‘lganidan keyin kulib qo‘yadigan darajaga boradi. Keyin u darajadan yanada yuksaladi. Shaxsiy yuksaladi, hissiy yuksaladi, obro‘si, kariyerasi yuksaladi. Yaralarning o‘rnini chuqur chandiqlar bosadi. O‘shanda kuygan narsalari ko‘ziga endi rostdanam kulgili tuyula boshlaydi. Tuyg‘ulariga asir bo‘lib chiqargan qarorlarini sovuq aql bilan tahlil qilib eski o‘zi o‘ziga ahmoqdek tuyulsa ham ne ajab.
Xo‘sh, baribir hayotidagi eng muhim poyezdni o‘tkazib yuborgan, eng daqiq lahzada nigohini bir dam chetga qaratgan-u qiziq tomoshadan quruq qolgandek bo‘laversa nima qilish kerak?

Bilsangiz, insonga qiyin, juda qiyin...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

01 Sep, 16:33


#nimadir

15 yildan beri har sentyabrni o‘qish boshlanadigan, qadrdon auditoriyamga boradigan, do‘stlarimni ko‘radigan kun sifatida sog‘inib kutardim. 15 yildan beri men o‘qitiluvchi edim. Bu yil sentyabr esa boshqacha keldi. Aslida odatiy, boshqachaligi o‘zim uchun. Chunki bu safar men o‘qituvchi sifatida ish boshlayman. Doim o‘rganuvchi rolida bo‘lgan odamning o‘rgatuvchiga aylanishi boshqacha bir mas’uliyat yuklaydi. Jamoa bilan ishlash mas’uliyati, o‘quvchilarning mendan kutuvlari, o‘zimning o‘zimdan kutyotganlarim...

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

01 Sep, 05:36


#movie_time

🎞 Pianinochi haqida afsona

Mustaqillik bayramingiz va dam olish kuningiz bilan tabriklagan holda sizlarga shu filmni ko‘rishni tavsiya qilaman. Bayram bayramdek, dam olish dam olishdek o‘tsinda)

@boqiy_darbadarr

Mohichehra A’zam 📚

31 Aug, 12:46


#oysarhisobi avgust. 2024

1. Ernest Xeminguey – To‘qchilik va yo‘qchilik
2. Harper Li – Mazaxchini o‘ldirish
3. Tara Vestover – Talaba

Va shuning bilan yozni ham yakunladik...