Yupiterlik Markayeva

@yupiterlik


I have a lot to say to you.
Sizlarga aytadiganlarim ko'p.

pulli psixologik konsultatsiya haqida ma'lumot: t.me/healingtakestime

psixologik soat va sessiya uchun bot: @psychologicalconsultbot

faqat ladies: t.me/lady_inblackk
chuqurlik: t.me/moodswitches

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 16:06


Kimgadir berishingiz mumkin bo'lgan eng qimmat sovg'angiz - vaqtingizdir.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:56


matchmaking haqida update berib ketay)

Yo bu nima ahvol, odamlarrrr)

Ariza qoldirgan qizlarni ko'pchiligi 1999,2000,2001,2002,2003,2004.

Yigitlarni 90% i esa - 2004-2005-2006.

8 % - 2002-2003.
qolgan 2% - 2000-2001

🙂.

Bu degani, yigitlar ancha uddaburon va shu yoshgacha topadigan odamini topib bo'lgan.

Va mana bu 18-19 yoshli yigitlar ayni qiziqqon davri, va shunchaki tekshirib ko'rmoqchi relationship degan narsani.

Afsus bu yerda maynavozchilikka yo'l qo'yilmagan holda match qilinadi juftliklar, bir qator faktorlarni inobatga olgan holda.

Holat hozircha shunday, e'tiboringiz uchun rahmat va sabr qiling🙂

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:46


2 hafta oldin qilgan voicechatimizdan inspired bo'lib yozilgan post!

shunchaki ajoyib.

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:46


Keshegi audiochattan....

Insan sharshaydı, ózin jalǵızlıqqa urıp dem alǵısı keledi. Sol waqıtta óshiw hám janıw arasındaǵı waqıt uzaq bolıp ketpewi kerek.

Kóp waqıt jalǵız qalıw insandı ruwxıy tárepleme sındıradı. "Comeback" qılıwdı keshiktirmeń, ol óz waqtınan erte da, kesh ta bolmay, óz waqtında orınlawı - bul haqıqıy qaytıw.

Jeke rawajlanıwda "ghost mode" or "team" methodlarınan paydalanıń. Bolmasa eń maqulı "Do it alone, go with team" mottosı.

Self-manipulyaciyadan paydalanıw sırtqı faktorlardan kóre jaqsıraq bolıwı múmkin. Bul biraq hámmede hár qıylı isleydi.

Qálegen zatıńdı ózińde barday sezin, óziń qálegen atmosferańdı jarat hám sonda jasa. Bara-bara soǵan sanań maslasıp, oyıńdaǵı zatlardı reallıqqa qaray alıp keleseń. Bul jerde "isenim" ahmiyetli faktor.

Keyingi háreket sennen. Tek ǵana aldıǵa qaray barıw.

Neni nege qáleytuǵınıńdı anıqlawǵa háreket qıl. Maqsetińnen sebepler dárejesi úlken bolıwı kerek. Bolmasa oǵan qaray barıw ańsat bolmaydı.

Heshkim belgilep bergen "time-line" joq, qısqası basqalardıń gápine bir sóz benen túpiriń.

Úmitińizdi heshqashan sóndirmeń, jámiyet belgilep bergen qaǵıydalar boyınsha emes, haqıqıy ózińiz bolıp jasań hám qanday jerde bolıwıńızǵa qaramastan háreket qılıwdan toqtamań.

Niyet-arzıwlardı heshqashan keshiktirmeń.

Disciplina, tártip júdá kerek. Biraq, ómirde ózińizdiń tiri ekenligińizdi sezip turıwıńız hám sezindiriwińiz da ahmiyetli. Salamatlıq, shańaraq hám doslar ortalıǵı.

Maqsetler tek materiallıq zat bolmastan, basqa haqıqıy joqarı nárselerdi qoya alıw insan sipatında ózgelerden ajiralıp turıwımızǵa imkan jaratadı.

Jetiskenlik bul hár bir jeńilisten keyin jáńe bir márte hárekettiń nátiyjesi!

Baxt - ózińde barına shúkir qılıw hám qálbtiń tınıshlıǵı!

CeoTony
YupiterlikMarkayeva
Abbaz Turdıbaev

Yupiterlik Markayeva

20 Oct, 15:36


Kelajagingiz haqida ishonchingiz komil bo'lmasligi - normal holat. Belgilangan algoritm bo'yicha qadam tashlashdan bosh tortib, endi buyog'iga nima qilishingiz kerakligini aniqlay olmaslik hatto nima xoxlashini bilmay qolish - xavotirli emas, o'zingizni ko'p qiynamang.
Shunchaki oddiy qabul qiling barchasini.

O'zingizga vaqt bering.

Hamma narsani 20 yoshlaringizda anglab yetishingiz aslida kerak emas.

22 yoshingizda orzuyingizdagi karyeraga qadam bosgan bo'lishingiz shart emas.

23 yoshingizda esa sevib qolib, butun umr birga bo'ladigan "odam"ingizni tanlashga majbur emassiz.

30 yoshgacha hammasi ideallashgan, barqaror ish, oila, bola-chaqa, garajda mashina, qo'shimcha biznes va ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda "gapirib turadigan" bir nechta odamlaringiz bo'lishi ham shart emas.

Hechnima, hech qanaqasiga.

Aniq yosh,
aniq vaqt chizig'i uchun harakat qilmang. Boshqalarning hayot yo'liga va raqamlariga o'zingizni majburlab moslashtirishga urinmang.

Shunchaki, barcha tajribalarga "ochiq" bo'ling. Sinab ko'ravering barchasini. "Yo men nimani xoxlayman-a? Nima qilishim kerak o'zi, shumi endi meni kasbim? Shumi men yashaydigan joy? Men sevadiganlarim shumi?" deb hadeb savol beravermang o'zingizga.

Barchasini bir vaqtda aniqlashtirishga urinish - ortiqcha bosim ruhingizga.

Qiyin hobbylarga sho'ng'ing.
Uzoq masofaga yuguring.
Tatib ko'rmagan taomlaringizni sinab ko'ring.
Qo'rqadigan ishlaringizni qilib ko'ring.
Begona odamlar bilan suhbatlashing.
Ommaviy transportda odamlarni kuzating.
Qiyin tillarni o'rganing.
Dalalarda surat chizing.
Kichik detallarni kamerangizga muhrlang.

Aslida, siz orzu qiladigan ideal hayot - ideal kasb, ideal juft va ideal bank hisobidan iborat emas.

Hayot faqat shularga fokus qaratib yashashga o'ta qisqalik qiladi.

Idealist bo'lib, hayotni asl mohiyatini o'tkazib yuborish qayerda-yu, original obraz bo'lib yashash qayerda.

Eh.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

17 Oct, 14:26


Qalinroq kiyinib yuring.
Issiqroq ichimliklar iching.
Vaqtida ovqatlaning va yetarlicha dam oling.

Siz muhimsiz.
Anglaganingizdan-da ko'proq.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

16 Oct, 18:45


https://youtu.be/ukxZOwS4Obo?si=XO_WAm5ULrsDJfiT

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 15:10


Nomzodlar ichidan ukang chiqib qolganda: "oilaviy gruppaga screenshot has been sent"

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:59


Ey 2007-yil yigitlar qizlar, darslaringni qilsanglar bolmaydimi botga yozguncha a)😄

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:55


hurmatli botga yozayotgan yolg'izlar, hamma ma'lumotni bittada yozing, alohida alohida tashlamang, xabariz aralashib ketadi mingta xabarni ichida.

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:51


ahahah yigitlar молодцы 👏😁 tayyor turgan ekansilarku a) bot to'lyapti

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:47


Munosabatlar boshlashga tayyor bo'lgan, o'ziga mos juft qidirib charchab ketganlar diqqatiga)

mana bu @Wassup_in_jupiter_bot degan botga quyidagi ma'lumotlarni qoldirasiz:

1. Ism-familiyangiz
2. Tug'ilgan kun, oy, yil.
3. Yashash manzilingiz
4. O'qish/ish joyingiz
5. Hobby laringiz
6. O'zingiz haqingizda 3 ta qiziqarli fakt.
7. Bo'yingiz:)
8. 3 ta so'z orqali xarakteringizni ta'riflaysiz.
9. Qo'shimcha savol yoki taklifingiz.

Qani nechta juftliklarni birlashtira olarkanmiz)🙃 Birinchi 2 ta to'yga o'zim borib, kelin salom aytib beraman mayli, hehe.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 14:41


Matchmaking ni boshlaymiz bugundan🙃

https://t.me/yupiterlik/5003

Yupiterlik Markayeva

15 Oct, 13:37


Diqqat, qidiruv:

1995-1998-yillarda Taurus, Pisces, Scorpio signi ostida tug'ilgan Temur ismli yigit va xuddi shu yillar oralig'ida Capricorn, Taurus, Scorpio, Pisces sign lari ostida tug'ilgan Xurshid ismli yigit qidirilmoqda.

Shunday tanishi borlar kommentga yozib qoldiring, rahmat🙃

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

14 Oct, 07:35


Hayrli yomg'irli kun)
qanday his qilyapsiz o'zingizni bugun?

Yupiterlik Markayeva

07 Oct, 17:18


Hech qachon radikal bo'lmaganman, hech qanaqa mavzuda. Hech kimga.
Lekin bir tola sochim qolgunicha radikal feminist bo'lishga majburman butun dunyoda qizlar bilan bo'layotgan voqealardan keyin.

Shu yilning 4-oktyabr kuni Turkiyada 2 ta 19 yoshli qizlar, Ikbal Uzuner va Aysenur Hali - o'zining psixopat sinfdoshi Semih Celik tomonidan vaxshiyona o'ldirilgan. Holat juda qorong'u va chuqur.

Butun dunyo bo'ylab, Turkiyada femicide (ayollarning o'z joniga qasd qilishi) darajasi judayam baland. Sentyabr oyining o'zida 34 ta femicide, shu yil hisobidan esa 240 ta ayollar o'limi kuzatilgan.

Bu holat faqat Turkiyada emas. Hamma joyda bor. O'zimizda ham, yon-atrofingizda ham. "Ijtimoiy tarmoqlarda yoki televideniyeda broadcast qilinmaydi" degani bu holat mavjud emas deganimi?
Aslo. Shunchaki, ularning "og'zi, ko'zi bog'langan" xolos.

Martda Erondagi daxshatli voqealar, Avgust oyida Hindistonlik doktor voqeasi, Oktyabrda esa bunday mudhishlik. Dilim siyoh, miyam qabul qilishni istamaydi, ich-ichimdan "female rage" portlayapti.

Xabardorlikni, ogohlikni oshiring, qizlar. O'zingizni maksimal himoya qilishni o'rganing. Tegishli idoralarga xabar bering hatto cyberbullying, virtual tahdidlarni boshingizda o'tkazayotgan bo'lsangiz, yoki qandaydir noqulaylik his qilsangiz ham.

Jimlik - eng qo'rqinchli hikoya.
Jim turmang.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

06 Oct, 14:54


O'tgan hafta yakshanbada bo'lishi kerak bo'lgan, lekin ayrim sabablarga ko'ra bekor qilingan voicechat - bugun 21:00 da bo'lib o'tadigan bo'ldi.

Qiziqarli va manfaatli bo'ladi, bo'sh vaqti borlarni meni nomimdan auditoriyani to'ldirib, qo'llab-quvvatlab turishlarini so'rayman) Hammaga rahmat🙃

https://t.me/ceotony/566

they have some crazy stuff going on with the questions 😄

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

06 Oct, 14:18


Yakshanba qanday o'tyapti)

Yupiterlik Markayeva

05 Oct, 08:33


Lahzalarni ehtiyot qiling, yillar o'zini o'zi ehtiyot qiladi shunda.

Yashab o'tgan yillaringiz emas, qanchasini mamnun, zavq bilan yashaganingiz muhim.

Kichkina narsalardan ham sabab toping kuningiz yaxshi o'tishiga, baxtli his qilishingizga.

O'zingizni hislaringizni his qila olmasangiz, atrofdagilarnikini o'g'irlab oling.

Jamoat transportidagi keksa juftlik, birinchi oyligini olib bolalariga shirinlik olib qaytayotgan amaki, bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan kimdir, maktabdan "ko'ppala" 5 olib qaytayotgan bolakay, qizalog'ini bog'chadan olib qaytayotgan dada, yomon ko'rgan ishidan va nihoyat bo'shagani haqida telefonda dugonasi bilan gaplashayotgan qiz.

Boshqalar uchun ham xursand bo'lishni o'rgansangiz, o'zingizni quvonchingiz tabiiy oshib ketaveradi, ishoning.

Momentlarni qadrlang, lahzalarni ehtiyot qiling siz. Hayot o'zini o'zi ehtiyot qiladi.

@yupiterlik

Yupiterlik Markayeva

05 Oct, 08:14


Hammasi yaxshilik bilan tugaydi.
Yaxshilik bilan tugamasa, demak hali davomi bo'ladi. Yashashda davom eting.

@yupiterlik