Sanduvoch

@sanduvoch_uz


“Sanduvoch” bulbul degani :)

Donat uchun: 8600570466868337

Aloqa: @qori_ishkamba | @sanduvoch_bot

Maʼmur: @usmonosphere

Sanduvoch

21 Oct, 13:28


Badavlat boʻlishni istasangiz, davlatingizni boshqalarga ham ulashish iqtidoriga ega boʻlishingiz kerak. Boy boʻlishning yagona sharti shu.

Muhammad Ali

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

17 Oct, 15:33


Dunyoda katta-katta yolgʻonlar bor. Ularning oldida bizlarnikini yolgʻon deyishga ham uyalasan kishi.

Abdulla Oripov, “Ehtiyoj farzandi”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

13 Oct, 06:11


Ruhsiz odam tutqun. Ruhsiz odam qul boʻladi. Ichida Ollohi bor odam erkin. Uning hech narsada qoʻrquvi yoʻq. Hamma narsadan erkin boʻladi.

Rauf Parfi

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

08 Oct, 06:11


Shayton – goʻzal simvol. Shuncha xatoni bitta shaytonga yuklab ketaveramiz. Shayton – bizning boy berilgan ruhimizni egallab olgan nafsimiz-ku!

Rauf Parfi

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

07 Oct, 15:19


Qolganlardan koʻra aqlliroq boʻlishimiz shart emas. Shunchaki, qolganlardan koʻra intizomliroq boʻlish yetarli.

Uorren Baffet

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

04 Oct, 06:11


Biz jahon adabiyotida nechta asar oʻqigan boʻlsak, eng goʻzal asarlar oʻlim haqidagi asarlar. Hayot haqidagi asarlar oʻyinchoq.

Rauf Parfi

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

02 Oct, 06:11


Menimcha, hech nimani unutmaslik yaxshi narsa, hayotimning har bir lahzasi miyamning ichida. Biroq ayni vaqtda bu juda yoqimsiz holat.

Sharon Draper, “Ichimdagi musiqa”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

01 Oct, 04:58


Bitta bola, bitta oʻqituvchi, bitta kitob va bitta ruchka dunyoni oʻzgartirishga qodir.

Malala Yusufzoy

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

30 Sep, 08:24


Agar kimnidir koʻklarga koʻtarmoqchi boʻlsangiz, oʻqituvchilarni koʻtaring. Chunki ular jamiyatning qahramonlaridir.

Gay Kavasaki

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

28 Sep, 12:50


Sening dunyoga sigʻmagan gʻayratingga ont ichamanki, Turonning eski sharaf va ulugʻligini qaytarmasdan burun ayogʻlaringda oʻtirmasman.

Abdurauf Fitrat

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

28 Sep, 10:54


Oqim bilan suzish har doim oson bo'lgan , siz oqimda emassiz

Mahoratlilar davrasiga xush kelibsiz !

https://t.me/booklover_18🤍📚

Sanduvoch

28 Sep, 08:38


Fikrlaydigan inson uydami, yoʻldami, ishdami, qamoqdami, baribir, Oʻzini anglash uchun oʻylayveradi. Uni taqiqlab boʻlmaydi. Uning ichi butun boʻladi.

Rauf Parfi

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

27 Sep, 13:07


Sen tushunmaysan, albatta. Tushunish uchun odamning qayeridadir boʻshliq boʻlishi kerak, nimadir kam boʻlishi kerak…

Ogʻuz Atay, “Tahlikali oʻyinlar”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

27 Sep, 10:45


Aql Ollohni tanishdan chalgʻisa, bu – ayyorlik. Oqil deb Ollohni bilganga aytilgan. Ollohni tanigan narsalarga bogʻlanib qolmaydi.

Rauf Parfi

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

21 Sep, 12:09


Dadam ikkimiz ibodatxonaga tikildik. U Xudoni koʻrardi, men esa granitni. Keyin bir-birimizga tikildik. U laʼnatlangan ayolni koʻrdi, men esa mutaassibligi boshiga yetgan baxtiqaro cholni koʻrdim.

Tara Vestover, “Talaba”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

14 Sep, 08:58


Shu kungacha manim mezonim vijdonim boʻlib keldi, bundan soʻng ham jilovim oʻshaning qoʻlida...

Abdulla Qodiriy

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

10 Sep, 12:25


San'at asarlari qoidalarni yuzaga keltiradi, ammo qoidalar san'at asarlarini yuzaga keltirolmaydi.

Klod Debyussi, bastakor

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

08 Sep, 17:43


Nimani yaxshi koʻrsangiz, koʻchirishni boshlang. Koʻchiring, koʻchiring, koʻchiring, koʻchiring. Koʻchiraverish oqibatida oʻzingizni topasiz

Yoji Yamamoto

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

07 Sep, 13:36


Har bir gunohda tavba yashirin, har bir bolada keksalik aks etadi, har bir chaqaloqda oʻlim, har bir oʻlimda hayot yashirin.

Herman Hesse, “Siddhartha”

@sanduvoch_uz

Sanduvoch

07 Sep, 12:19


Toʻfon payti odamlar dengizga qulamaslik uchun bir-birining qoʻlini mahkam ushlaganidek, bizning jisman yaqinligimiz ham yolgʻizlikdan panoh edi.

Deniyel Kiz, “Eljernonga atalgan gullar”

@sanduvoch_uz