Dildora_bookaholic

@dildora_bookaholic


Kitoblarda qolgan hislarim ❤️‍🩹

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:21


Qizimdan oʻqituvchisi soʻrayapti:

- Кем работает твоя мама?
- Ангел-хранитель

Yelkamga qarab qoʻyibman ikkita qanot oʻsib chiqmadimi deb 😂😂😂

Bilardim, bu dunyoga men qandaydir oliy missiya bilan kelganimni har doim sezib yurardim, ana endi koʻnglim hotirjam tortdi 🤣

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:18


Gaplashmaganimizga ancha boʻlibdi. Kim nima oʻqiyapti? Yozing/koʻrsating.

Menda hozir shu kitob. Ayni havoga mos mutolaa boʻlyapti 🍂

@dildora_bookaholic

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:18


Potteromanlar, yaqinroq kelinglar 😍

Sizlarni havasingizni (yoki hasadingizni 🤪) keltiradigan kitoblar bilan keldim. Oʻzim uzoq kutgan, chiqqanidan beri xayollarimni oʻgʻirlagan kitoblarga nihoyat erishdim. Boyagina Amazon bagʻridan yetib keldi.

Videolarda har 3 ta kitobdagi interaktivlarni koʻrsatganman. Video hajmi katta boʻlsa ham, internet yaxshi ishlamasa ham, vaqtingiz boʻlmasa ham baribir ochib koʻring. Bu goʻzalliklarni koʻrmasangiz boʻlmaydi 😭😭

Men esa Yangi yilni kutib oʻtirmasdan, Harry Potterni qayta mutolaa qilishga ketdim 💙💙

@dildora_bookaholic

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:16


@Bookuzbek_Jizzax 5 ball bilan mutlaq gʻolib boʻlib, “Kirka” ning maxsus nashriga ega boʻldi. Tabriklayman 👏🏼

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:16


@oyjamol_books kanali randomda gʻolib boʻldi. Tabriklayman 👏🏼

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:15


​​Yagona baxt tugʻilmaslikdir, modomiki tugʻildingmi, mayli, daraxt boʻl, tosh boʻl, hatto undan ham kichkina qum zarrasi boʻl, oʻtkinchilar oyogʻi ostida qonga belanib yotmaysan.

Emil Zolya – Hamal

Asarda Fransiyadagi koʻmir qazuvchilarning hayoti tasvirlangan. Uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan ogʻir mehnat sharoiti, yoʻqchilik, ocharchilik, kasalliklar ishchilarning sabr kosasini toʻldirib borardi. Ish izlab yurgan bosh qahramonimiz Etien shaxtaga kelganidan soʻng ishchilarning hayotiga ta’sir oʻtkaza boshlaydi… Ammo buning oqibati kutilganidek yaxshilik bilan tugarmikan?

Asarda yozuvchi eng avvalo ishchilarning ogʻir sharoitini ochib bergan. Umrida toʻyib ovqat yemagan, oylikdan oylikka qarz olmasa yetolmaydigan, farzandlariga ishchi kuchi sifatida qaraydigan, non yetmaganidan hatto bolasiga oʻlim tilagan odamlarning hayoti. Har sahifada ojizlik his qilasiz. Odamlar shunday sharoitda yashagani, hatto ba’zi joylarda hali ham yashayotganini oʻylashning oʻzi ogʻir.

Shuningdek, asarda ijtimoiy tengsizlik ham yaqqol koʻrsatib berilgan. Ishchilarning ogʻir mehnati hisobiga boyligi kun sayin ortib borayotgan burjua va hatto yeyishga noni boʻlmagan ishchi qatlam. Yozuvchi ochiqchasiga sotsialistik gʻoyalarini ilgari suradi. Shu yerda menda aralash hislar qoldi. Burjua ishchilarga adolatsizlik qilayotgani rost. Lekin ulardan adolat talab qilish oʻrniga qoʻlidan boyligini tortib olib, hammaga teng taqsimlashni orzu qilardi odamlar. Ya’ni ular kabi ishlamasdan pul topish niyatida edi. Boy boʻlib tugʻilgani uchungina nafratlanishardi burjuadan.

Umuman hech qaysi tuzum ideal emasligini bilamiz. Lekin qaysi biri kamroq zarar keltiradi? Asar shu savolga javob izlashga undaydi.

Va yana bir muhim masala. Isyon qilgandan ma’no bormi, oxir-oqibat bundan faqat ishchilar oʻzi yutqazishini bilib turgan boʻlsa? Bu savolga yozuvchi aniq javob aytmaydi, ammo soʻngida oz boʻlsa ham umid beradi. Bu uchun muallifga alohida rahmat.

Oʻz davrining kuchli kitobi haligacha aktualligini yoʻqotmagan. Tavsiya qilaman.

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:15


Bu yerda tanlov boʻlgandi

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:09


Koreyalik yozuvchi Han Kang “tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan va inson hayotining moʻrtligini fosh qiladigan shiddatli she’riy nasri uchun” Nobel mukofotiga loyiq koʻrilibdi.

Yil boshida yozuvchining Vegetarian asarini oʻqigandim. Haqiqatdan kuchli yozuvchi.

Dastlab, bu feministik asar deb oʻylaganman. Ammo oʻylayverib, yoʻq, bu butun insoniyatning fojiasini koʻrsatib bergan asar, degan xulosaga keldim (ha, sirlarini osonlikcha ochmaydigan, uzoq vaqt qoʻyvormaydigan asar bu).

Biz tugʻilgan onimizdan boshlab jamiyat qoliplariga moslashtirilamiz. Oʻqish, ishlash, oila qurish, farzand koʻrish, uy solish… hammasida chizib berilgan yoʻldan yuramiz. Shu yoʻldan ozgina ogʻganlarni esa jamiyat qabul qilmaydi, sizdan yuz oʻgiradi, kaltaklaydi, hatto majburlab “ogʻzingizdan goʻsht tiqish”gacha borishi mumkin. Ana shunday inson fojiasi koʻrsatilgan asar bu. Barchaga tavsiya qilaman. Muallifi Nobel olgandan keyin ikkilanmasdan mutolaani boshlashingiz mumkin.

@dildora_bookaholic

Dildora_bookaholic

21 Jan, 00:03


​​Shaharlarni yondiring, butun-butun xalqlarni qiring, yoʻlingizdagi hamma narsani supurib tashlang, bu chirigan dunyodan hech nima qolmagan taqdirdagina yaxshiroq dunyoni qurish mumkin boʻlar.

Emil Zolya “Hamal”

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:59


26 yosh – Zulayho Boyxonova, Sherali Joʻrayev eshitadigan qoʻshni xolalarga aylanganingni tushunib yetish 🫠

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:57


Muhimi — o‘zgalarni ham o‘zingizdek seva olish! Ko‘rdingizmi, eng muhim narsa nima ekan! Bor-yo‘g‘i shu, boshqa hech nima kerakmas: nari yog‘iga qanday yo‘l tutishni o‘sha zahotiyoq o‘zingiz topib olasiz.

Dostoyevskiy “Kulgili odamning tushi”

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:56


Sentyabr mutolaasi 🍂

Aytgancha, “Shaxsiy xona” ni bugun 21:00 da @kitobdoira da muhokama qilamiz.

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:53


​​“Onam kulmasdi, yigʻlamasdi ham. Onam bilganmikan? Butun hayotim davomida unga ehtiyoj sezganimni bilganmikan?”

Shin Kyong Suk - Onamni asra

Pak Son Yo butun umr qishloqda yashab, beshta farzandni dunyoga keltirgan. Hayotini farzandlariga bagʻishlagan. Kunlardan bir kuni Seulga bolalarinikiga kelgan ayol vokzalda yoʻqolib qoladi. Farzandlari onasini topish maqsadida u haqda bilgan ma’lumotlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Ammo hayotidagi eng muhim inson haqida aslida hech narsa bilmasliklari ma’lum boʻladi…

Koreyani oʻrniga har qanday davlatni, Pak Son Yo oʻrniga istalgan onani qoʻyib koʻring, umumiy manzara oʻzgarmaydi. Ona oilasi uchun oʻzini qurbon qilishi hamma davrda tabiiydek qabul qilingan. Ammo oʻzini qurbon qilar ekan, nimalardan voz kechadi, nimalarni his qilgan, bu haqda hech kim oʻylab koʻrmaydi.

Onangizni shaxs sifatida tasavvur qilib koʻrganmisiz? Aynan mustaqil shaxs sifatida, ona sifatida emas. Qiyin-a? Axir, onalarimizning ham oiladan tashqarida shaxsiy hayoti bor-ku. Yoki bizdan ortib shaxsiy hayotini qura olmaganmikan? Sizni deb nimalardan kechgani-chi, u haqda hech oʻylab koʻrganmisiz? Orzu-maqsadlari, istaklari, hislari, qoʻrquvi, qiziqishlari boʻlganmikan. Axir onalarimiz ham qachondir bola boʻlgan, yurishni, gapirishni oʻrgangan. Bolalik, oʻsmirlik davrini boshdan kechirgan. Sevgan, sevilgan. Orzu qilgan, xayollarga berilgan. Ammo biz tugʻilgach unga faqatgina bitta rol – ona rolini qoldirdik.

Ona boʻlgachgina onangni tushuna boshlaysan deyishadi. Yoʻq, ona boʻlib ham baribir tushunolmaysiz. Bir-ikki marta oʻylab koʻrasiz, shu bilan munosabatingizda deyarli hech narsa oʻzgarmaydi. Onangiz sizni deganidek, siz ham “farzandim” deysiz. Ertaga siz ham farzandingiz hayotida keyingi planga tushib qolasiz. Bu zanjir reaksiyadek davom etaveradi.

Asardagi har bir boʻlim farzandlari va turmush oʻrtogʻi hikoyasidan iborat. 2-shaxs tilidan hikoya qilingani asarning muvaffaqiyati. Har bir qahramonga “sen” deya murojaat qilishi huddi sizga qarata aytilgandek yanada ta’sirli qiladi.

Juda banalno boʻlsa ham gapimni oʻsha shablon gaplar bilan tugataman. Onangizni qadriga yeting. Tez-tez qoʻngʻiroq qilib, yoʻqlab boring. Yaxshi koʻrishingizni ayting, onangizni tinglang. Onangiz qoʻngʻirogʻingizni, kelishingizni har doim kutadi, garchi buni ochiq aytmasa ham.

Onalarimiz bilan yaqindan tanishish uchun imkon beradi bu asar. Barchaga tavsiya qilaman.

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:51


Odatda bu kabi postlar qoʻymayman. Ammo bu bir yaqin tanishimning jiyani ekani, oʻzimning ishonchim komil boʻlgani uchun ulashyapman.

Mirusmonda rak aniqlangan. Ilik koʻchirish operatsiyasi uchun zudlik bilan pul zarur boʻlyapti. Bee’tibor qoldirmaysiz degan umiddaman 🙏🏻

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:51


Mirxalilov Mirusmon GEMOFOGOSITARNIY LIMFOGISTISITOZ (Rakni turi) aniqlangan, aprel oyidan beri qon plazma quyiladi. Sudurgi xam paydo bo'lgan.

Sizlardan iltimos, davolatish uchun, dori-darmon uchun mablag' yig'ishimizda yordam qo'lini cho'zing!
Aloqa uchun:
📞+998971023432

💳HUMO Karta raqami:
8600060493692819
Muratova Mavjuda nomida.

Qo'ldan kelgancha yordamizni ayamang, duo qiling, xabarni tarqating, guruhimizga doʻstlaringizni taklif qiling.
Sizning har qanday darajadagi qilgan yordamingiz biz uchun juda muhim!

Qilayotgan ehsonlaringizning ajr-u savoblarini bersin!


https://t.me/+qURc9lm5z1thMDRi

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:50


https://t.me/nofalsafiy/1986

Oʻzi nimaga oilada har doim u yoki bu jinsning gapi oʻtib, qoʻli baland kelishi kerak? Sogʻlom fikrlaydigan odamlar kabi, bir-birini tinglab, fikr almashib qaror qabul qilishni iloji yoʻqmi?

Qizlar, uyda faqat meni aytganim boʻladi deydiganlardan qoching. Toki yosh bolacha qarashlari bilan hayotingizni zaharlamasin. Va bunday qarashli yigitlarni ajratib olish uchun ham oʻzingizni rivojlantirishni unutmang.

P.S. Izohlarda qarashini oʻzi yetarli boʻlishi kerak, deganlar bor ekan. Ba’zan nigohlar soʻzlardan koʻproq travma qoldiradi. Bunaqa bema’ni fikrlarga aldanmanglar.

Dildora_bookaholic

20 Jan, 23:40


Angladimki, ayollarga ham qanot bermoqlik joiz ekan, zotan, ular ham parvoz etishga qodirdirlar.

Ertaga 15:00 da Book.uz kitoblar doʻkonida muhim asar taqdimotida koʻrishamiz.