Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

@tingla_hayot


Qo'lingdan kelgan (yaxshi) narsalar uchun javobgarsan - deb aytaman o'zimga-o'zim..

🤷‍♂️👨‍💻

Murojaat uchun: @TinglaHayot_bot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

10 Oct, 16:11


Har doimgidek MTJ o'yinini ko'rmayman deb ko'rib qo'yaman. Futbolchilarimizdan biri bo'lgan hakamga rahmat! Rasvo o'yin uchun ham alohida "rahmat".

O'shanda Anzirat buvi oxirigacha nuqta qo'yib ketmaganda, afsus..

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

02 Oct, 09:24


Bir umrga tatigulik..

🎙 @auror_au
🎞 Bilmayman, topolmadim.

@The_end_rasmiy

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

28 Sep, 10:00


Shaxsiy fikrim qani?

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

20 Sep, 08:57


Пейджерлар, смартфонлар, ноутбуклар ва электр транспорт воситаларининг портлашларидан сўнг, ўша саволни қайта сўраш вақти келди - 11 сентябрь куни Жаҳон савдо марказини ким портлатди?

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

01 Sep, 17:15


Propaganda haqidagi video ko'pchilikning nafsi va aqliga og'ir kelibdi-da..

Ba'zi raddiyachalardan "Biroz chirkin yashab ham turish kerak" degan g'oyalar ham turibdi. Bilamizki biroz bu hamma uchun har xil miqdor.. Ehtiyot bo'lib fikr bildiring-a, asl yuzingiz hammaga ayon bo'lib qolmasin hurmatli "elita"lar.

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

30 Aug, 15:12


Shuning uchun hammadan ham intervyu olavermaylik, o'rtoqlar. Usmonov bilan jazolansin deganlarning fikriga qo'shilaman.

Nima bu solishtirish? Ilm-fanni oldida sportni zarracha qadri yo'qligini anglab yetishimiz kerak. Sport yuksaltirganda biz hozir uchinchi dunyo mamlakati sifatida qaralmasdik.

Shundog'am g'azabini ichiga yutib yurgan kichik bir jamiyatni jig'iga tegmanglar bunaqa gaplar bilan!

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

04 Aug, 19:26


Oxirgi intervyu tizerini o'chirdim. Hamid Sodiqga hurmat saqlagan holda, albatta. Sabab g'oyalar va fikrlar emas - savollar. Sayoz. Undan ko'ra Fikrat'ning istalgan boshqa sonini ko'ring.

O'zbek tilidagi yaxshi intervyular, yanayam aniqrog'i savollar ketma-ketligini bir tizimlashtirib va umumiy ma'no chiqarib bera oladigan - qisqaroq aytsam uzviy ravishda bog'laydiganlar kam. Yoki men ko'rmayapman.

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

27 Jul, 19:00


Shuncha vaqt o’tib bir kitob haqida - aniqrog’i uning ichidan kontekstlarni olib bir tahlil-post yozmoqchi edim. Aksiga olib bugun kitob yo’qolib turibdi. Ustiga-ustak undan boshqa kitobni tugata olmadim shu oy hisobidan. Alamli..

Bundan buyog’iga yaxshi bo’ladimi yoki yomon - o’qib tugatgan kitoblarim haqida kanalda yozib (oldingidek) bormoqchiman. Faqat o’qish vaqtida bir narsani hisobga olinglar - men prof tahlilchi yoki taqriznavis emasman. Men shunchaki o’z qarashlarimni raqamli olamga qoldirmoqchiman. Kun kelib o’qishim uchun, va yana kimdir shularni o’qib kitobga qiziqishi ortishiga oz bo’lsada hissam qo’shilishi uchun, yozishni unutib qo’ymaslik uchun.. Shuning uchun chuqur badiiy tahlil qilib, uslubni tushuna olmabsan degan gaplar bo’lmasin. Oldingi tortishuvlarimni ko’rib - bu narsani oldindan sug’urtalab qo’yyapman.

Bundan tashqari hech yo’q bir oyda bir kitob ulashish kuni ham belgilaymiz. Birinchisi bugun boshlanadi, demak men o’qib tugatgan va yo’qotib qo’ygan kitobim qaysi ekanligini topgan birinchi odamga mendan kitob sovg’a bor. Bir donagina yordam bor va har bir kishi 2 tadan tahmin qilish imkoniyatiga ega.

Yordam: 3-nashrii “Akademnashr”ga tegishli adabiyot. Tahminlarni @TinglaHayot_bot’ga jo’nating. Kimgadir bu kitobni o’qiyotganim haqida oldin aytgan bo’lsam, o’sha odamning javobi hisobga olinmaydi.

UPD. Kitob nomi topildi! Bu Murod Chovush'ning "Hech" kitobi edi.

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

26 Jul, 17:26


Мазҳарабозлар орасида ёлғиз қолсангиз ҳам Фаластинни қўллаб-қувватланг 🇵🇸 ✌️

Ҳар бир овоз вожибдир. Яшасин Фаластин!

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

17 Jul, 19:48


Etim jimirlab ketdi.. 😢

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

16 Jul, 18:57


📍 Samarqand
Bulvarda mana bu daraxtni kesishibdi. Nega?

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

04 Jul, 20:30


Shukrullo o'z asaridagi ilk dialogni istehzoli gap bilan boshlaydi.

- Odatda, bizda rahbarlarning qaysi yaxshi-yomonligi tirigida emas, aksincha o'lgandan keyin aytiladi.

Bu asarga doim ikki xil pozitsiyada bo'lishadi, ya'ni har kim o'zi xohlagan xulosani olaveradi. Bir taraf bu avtobiografik asardan keyin shukrona keltirishga tinimsiz da'vat qiladi va butun vujudi bilan bunga boshqalarni ham undaydi. Axir rostan ham bu voqealar yozilganining o'zi erkinlik, unda bo'lgan azoblar bugungi kunda ham bo'lmaganiga shukrlar aytish - burch.

Lekin, yana shunday qatlam(cha) borki, kitobdan tamomila ko'proq xulosalarni oladi, o'rganadi. Doim buning nima ekanligini tushuntira olmayman va bu shunisi bilan ham menga qiziq va bir vaqtning o'zida alamli.

Zakiy obunachilarim allaqachon bu asarni nomini eslashdi, hech qanday spoiler'larsiz esa ikkita kanal a'zosi buni topa olishdi. Ularni kitob yutib olganlari bilan tabriklab, qolganlar esa o'zimizni xafa qilmaslik uchun ertaga borib Jum'a hadyasi sifatida ushbu kitobni o'z-o'zimizga sovg'a qilamiz. Yoqimli mutolaa, agar yoqimli deb aytolsak kitob voqealarni..

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

30 Jun, 20:45


📽 Meshpolvon (1995)

Maktabdan qaytib kelganimda necha bor ko'rgan bo'lsam bir lahza ham tushunmagan ekanman. Hozir angladim..
O'z elim deb o'lganlarga o'lim yo'q!

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

30 Jun, 19:57


Xullas o‘zimda bor bo‘lgan, oldin mutolaa qilgan bir kitobni yana bir bor yangiroq muqovada sotib oldim. Muqovasi unchalik muhimmas, boshqatdan o‘qigim keldi.

Demak kanalni biroz jonlantirish maqsadida shu kitobni o‘qib bo‘lgunimga qadar kimdir kitob nomini topsa bitta yaxshi kitob mendan hadya..

Tahminlaringizni @TinglaHayot_bot'ga cheksiz ravishda jo‘natishingiz mumkin.

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

20 Jun, 09:37


“Мутолаа билан инсон саломат қолиши мумкин”, - Хайрулла Ҳамидов.

Тўлиқ видео - https://youtu.be/46OwhqC7lUA

#архив

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

15 Jun, 20:09


U keldi...

Yana Hayitvoylarimizni masjidga qaytarib - jamoatni ko'rganda ko'z quvonadigan, qalb qandaydir taskin sezadigan bayramimiz keldi. Ayollar xina qo'yadigan, erkaklaridan "hayitlik" oladigan kun eshik qoqib turibdi. Bolalarni muzqaymoq puli bilan shodon qilish onlari bu. Qo'shnichilikning eng avjga chiqib, bir-biriga nisbatan mehrini so'zsiz izhor etadigan soatlar. Biz Islomning naqadar go'zal ekanligini yanayam ko'proq his qiladigan kundir bu! Bugun xafa bo'lmang, sizga yarashmaydi. Hayitlik bering, kerak bo'lsa oling. So'ppayib o'tirsangiz hech kim bermaydi, ko'ngilni keeeng qilib so'rang. Jo'juqlar bo'lsa o'zingiz bering. Yana ularnikini ko'p qilib beraman deb chuv tushirib yurmang.

Esingizdan chiqmasin, yana bir necha duo qiling. Shunday duo qilingki hozir bu hisni tuymayotgan kimki bo'lsa mana shu baxtni his qilishga yetkazsin Xudo. Aytingki, Hayitvoy va Jumavoylarimizga ham shu jamoat ruhi ta'sir qilib, qalblari yumshab ketsin. Yana shunday duo qilingki, ko'nglida shu bayram istagi bor lekin bayram qila olmayotgan, bolalari kulmayotgan Falastin uchun ham so'rang. So'rangki ular ham sizdek quvnash haqida rejalar qilishsin, yangi kiyimlarini kiyib ko'chalari bo'ylab hayitlik yig'ishsin, o'zlarini emas balki mollaridan ajratib jonliq qurbonliklar qilishsin..

@Tingla_Hayot

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

15 Jun, 17:55


Qo'shilgum 👇

https://t.me/ParadisePersona/1405

Tingla Hayot | #freePalestine 🇵🇸

15 Jun, 09:57


Муаллима ўқувчиларига "жавобинг нотўғри", дейишдан сақланар эди. Хато жавоб берган ўқувчига: "Тўғри жавобга яқинлашдинг", дер эди.

Бир куни ҳатто хато жавоб берган ўқувчисига: "Сен бошқа саволга тўғри жавоб бердинг, бу саволга эмас", деган эди.

Унинг қалби, бошқа қалбларни парчалашга йўл топа олмас эди!