Sanjar Xo‘ja

@sanjar_xoja


HAYOT - MUSOBAQA MAYDONI EMAS...


Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Sanjar Xo‘ja

22 Oct, 14:28


Saylov haqida 1/4

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

21 Oct, 07:41


"Tilni buzib gapirish millatni mensimaslikdir". Ozod Sharafiddinov

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

16 Oct, 15:48


E'tiborsiz boʻlib yashashim yomon-da. Qancha muhim voqealar bo‘ladi, ahamiyat bermayman. Bunda eng avval o‘zimni ayblayman.

Masalan, Munisa UZIga bordimi, tug‘ilajak chaqaloqni jinsi ma'lum bo‘ldimi, bilmayman. Johillik qursin)

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

14 Oct, 15:16


"Suvga qaltiroq shahar".
117-raqamli video.

Toʻligʻi:
https://m.youtube.com/watch?v=Z5shsc_SyMc&t=2245s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

10 Oct, 11:51


Туркияда фақат сариқ рангли таксида киракашлик қилиши мумкин. Тўхтатсангиз, манзилга олиб бориш мажбурияти бор. Шунинг учун таксига минсам, эшикни очиб ўтираман. Кейин манзилни айтаман.

Кеча бир такси тўхтатдим. Ўтириш учун орқа эшикни очмоқчи эдим, қулф. Ҳайдовчи қаерга боришимни сўради. Мен айтдим. "Яқин масофага бормайман", деди. "Олиб бориш вазифанг. Бўлмаса устингдан шикоят қиламан" дедим. "Бемалол" деб кетди. Такси рақамини ёзиб олдим.

Бир дақиқага бормай бошқасига ўтирдим. Истанбул ҳокимиятига телефон қилдим. Бир таксичини устидан бошқа таксичини ёнида шикоят қилиш ноқулай эди.

Ҳайдовчига воқеани айтдим. У сўради:
- Шикоят қилдингми?
-  Тушгач шикоят қиламан. Олдингизда ҳамкасбингиз устидан арз қилиш ноқулай.
- Йўқ, шикоят қил. Таксичи масофага қарамай олиб бориши шарт. Кўпчилик шикоят қилмайди. Кейин шунақа мижоз танлайдиганлар қутуради. Натижада таксичилар номига доғ тушади.

Таксида кетаётиб ҳокимиятга шикоят қилдим. Унга жарима белгилангани ҳақида маълумот электрон почтамга келди.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

08 Oct, 07:01


Vaqt mashinasi fantastika deb bilamiz. Aslida u real hayotda bor.

Masalan, chekka qishloqdan viloyat markaziga mashinada borsangiz, 1930-yildan 1960-yilga o‘tgan bo‘lasiz.

Viloyat markazidan Toshkent markaziga borsangiz, 1960-yildan 1980-yilga o‘tgan bo‘lasiz.

Toshkentdan samalyotga o‘tirib, Janubiy Koreyaga uchsangiz 2024-yilga borgan bo‘lasiz.

Masalanda! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

07 Oct, 14:57


Falastindagi urushning keskinroq bosqichi boshlanganiga 1 yil boʻldi.

Toʻliq video:
https://m.youtube.com/watch?v=BDZA1mtQyaY&t=6s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

05 Oct, 14:50


Toʻliq video:
https://m.youtube.com/watch?v=aSyyZUw5Y6o&t=22s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

04 Oct, 13:58


Darsda o‘qituvchi so‘rabdi:
- Kelajakda nima ish qilasiz?
O‘quvchilar javob beribdi:
- Hokim bo‘laman!
- Vazir bo‘laman!
- Lider bo‘laman!
- Amaldorni kuyovi bo‘laman...

Shunda bir o‘quvchi debdi:
- Hamma yumshoq joyda o‘tirishni xohlayapti. Kimdir ish qilish kerak-ku. Men oddiy ishchi bo‘laman.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Sep, 18:27


Алламжонов нега ишдан олинди?
Менимча, икки асосий сабаби бор.

1) Алламжонов йиллар давомида ҳукумат ва ғарбдаги халқаро ташкилотлар ўртасида кўприк бўлди. Нутқи, ўзини тутиши ва тил билиши унга қўл келди. Саида Мирзиёева унинг ёнида учрашувларга қатнашди. Йиллар давомида Саида Мирзиёева халқаро майдонда ўзини танитишга ҳаракат қилди. Энди ўзи ғарб билан мулоқотда ҳукуматни тамсил қиладиган кишига айланди. Парламент сайловидан кейин қанотини кенг ёзиб парвоз қилади. Бу бўйича Алламжоновнинг кераги қолмади.

2) Алламжонов Ўзбекистон медия майдонида кучга эга. Телеканали бор, блоггерлар армияси бор, ёлланма журналистлари бор. Қўлида минглаб маълумотлар ва компроматлар бор.

Аслида бундай кучга эга одамлар кўп. Фирдавс Абдухолиқов ва Жаҳонгир Ортиқхўжаевда ҳам шундай медиявий куч бор. Фақат бошқарув элитаси айнан Алламжоновни хиёнатда гумон қилди.

Қандай дейсизми?
"Озодлик" эълон қилган бир нечта суриштирув видеоларин бор. "Озодлик"ка бундай маълумотларни етказишда асосий гумондор - Алламжонов.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Sep, 14:39


Komil Allamjonov ishdan olindi.

Avval turli xabar yurgandi. Keyin birdan paydo bo‘lib, tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Yolg‘on xabarlar tarqayotgani haqida aytdi.

Keyin yana quduqqa tushgan toshdek yo‘q bo‘ldi. To odamlar unutguncha. Keyin esa ishdan olindi.

"Boshqa ishga o‘tish sababli" deb aytilyapti. Prezident Adminstratsiyasi sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ham boshqa ishga o‘tkazilgandi. Kasaba uyushmasi degan, nomi bor-u, o‘zi ko‘rinmaydigan tashkilotga o‘rinbosar qilib.

Aslida, Allamjonov bo‘yicha rejalardan xabarim bor. Faqat u emas, boshqa ko‘p sarguzashtlar endi boshlanadi.

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

30 Sep, 09:25


Diogen, faylasuf.
2400 yil oldin yashagan.

Kunlarning birida odamlarga jiddiy mavzuda nutq qildi. Odamlar eshitmayotganini ko‘rgach, hushtak chalib qushdek sayradi. Hamma unga qarab, qiziqish bilan kuzatishni boshladi.

Shunda Diogen dedi:
- Mana, o‘zingiz ko‘rdingiz. Odamlar jiddiy mavzudan ko‘ra ko‘proq maynavozchilikka diqqatini qaratadi.

Bu holat 2400 yil oldin bo‘lgan. Diogen ilm, fan va madaniyat rivojlangan jamiyatda yashagan. O‘sha jamiyatda ham odamlar o‘yin - kulguni yoqtirgan. Har voqeadan bir bahona topib, "Mana millatni ahvoli" deb o‘z xalqini yerga uradiganlar uchun yozdim. Ibrat bo‘lsin!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

25 Sep, 11:13


"Ayollarga erkakning boyligi qiziq. Mashinasi, puli va uyiga qarab muomala qiladi".

Bu gapni eshitsam kulgim keladi. Boylarni ko‘rganda egilib, bukilib, xushmuomala bo‘ladigan yuzlab erkaklarni ko‘rganman!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

24 Sep, 07:09


Facebookda bir yigit yozgan gaplar...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

20 Sep, 16:53


Qiziqqan va so‘raganlarga ma'lumot:

"O‘zbekiston tavalludi" kitobi sotuvda qolmagan ekan. Qahva ham tugadi. Mushuk ham ketdi...

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 16:34


Ikki yil oldingi video.

Toʻligʻi:
https://m.youtube.com/watch?v=dv_nwLTvP3o&t=8s

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 10:26


Xodimlar boshqaruvida yuz xil usul bor. Lekin zo‘ravonlik usulidan foydalangan rahbarlarni ko‘rsam;

O‘quvchilarga ta'lim berishda yuz xil usul bor. Lekin zo‘ravonlik usulidan foydalangan o‘qituvchilarni ko‘rsam...

Shu kadr ko‘z oldimga keladi!

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 10:12


Latifa

Bir odam qo‘shnisidan qarzdor ekan. Qarzni qaytarish muddati keldi. Lekin haligi odamda pul yo‘q. Qo‘shnisi qarzni so‘rab chiqibdi:

"Ertaga muhim to‘lovim bor. Ertaga shu qarzni qaytaring. Bo‘lmasa noqulay vaziyatda qolaman"

Haligi odamni boshi qotdi. Nima qilishni bilmay qoldi. Kech tushsa ham ko‘ziga uyqu kelmadi. Bezovta bo‘lib yurganini ko‘rgan xotini nima bo‘lganini so‘radi. Xotiniga dardini aytdi. Shunda xotini telefonni olib qo‘shniga telefon qilib dedi:

"Falonchi aka, erimni hozir umuman sharoiti yo‘q. Urasizmi, tepasizmi, ertaga qarzni hal qilib berolmaydi. Shunga ertaga erimdan pul kutmang".

Keyin xotin eriga qarab dedi:
"Mana bo‘ldi, siz uxlayvering. Endi qo‘shni bezovta bo‘lib, uyqusi qochib yurib chiqadi".

Bu latifani nega aytdim?

Besh oydan beri video qilmayapman. Juda ko‘p gaplar ichimdan o‘taverib, o‘ylayverib, oxiri bosh og‘rig‘i bezovta qiladigan bo‘ldi.

Shunga tez kunda inshaAlloh yana videolarni e'lon qilaman. Uyog‘iga sizning boshingiz og‘risin! 😉

@sanjar_xoja

Sanjar Xo‘ja

19 Sep, 08:18


Markaziy Osiyoga kelgan bosqinchilar tariximizni o‘zgartirdi. O‘z aslimizdan mahrum qilish uchun. Shu bilan birga ba'zi terminlar kiritdi. U terminlarning ma'nosi mavhum.

Masalan, "eskilik sarqiti" termini tamg‘aga aylandi. Natijada xalq milliy va diniy qadriyatlardan uzoqlashdi. Stalin davrida "xalq dushmani" termini bilan xalq parchalandi.

Hozir ham shu kabi mavhum terminlar bor. Masalan, "negativ". Ma'nosini bilmay tushunmay, o‘ziga xush kelmagan vaziyatda ishlatiladigan soʻzga aylandi. Bu ketishda yaqinda shunday bo‘ladi:

- Dadasi, bo‘yningizdagi pomada qayerdan keldi?
- Ey, negativlik qilma, xotin.

- O‘g‘lim, namuncha ko‘p telefonda vaqt o‘tkazasan?
- Negativlik qilmang ona.

- To‘yni kamchiqim o‘tkazaylik. Isrof emasmi?
- Eee, negativlik qilma bolam...

@sanjar_xoja