Subject Nazar | Jamshid Muslimov

@subnazar


Jamshid Muslimov fikrlari, tavsiyalari, prinsiplari
Murojaat uchun:
[email protected]
https://www.facebook.com/JamshidMuslimovZargar/
https://twitter.com/subjectnazar

Non-stop qaydlar - @SNFikrlar

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

21 Jan, 00:26


Fikratda “Integrasiya” mavzusida
https://www.youtube.com/live/1en3A-cV9sU?si=WjuSAPK_CqroKNGn

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

21 Jan, 00:25


Fikratda Nizomulmulkning “Siyosatnoma”siga sharhning ikkinchi qismi
https://youtu.be/nOBx18chywQ?si=xyHtEngfO82TM0f4

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

21 Jan, 00:17


Bir oy oldin eksprompt bilan yozilgan Nizomul-Mulk asari haqida suhbatmiz Fikratda chiqa boshladi. Uni qismlarga bo'lib qisqa kontent tarzida chiqariladigan bo'libti. Yaxshi yondashuv. Kuzatib boring.
https://youtu.be/4zRFQ5NAtlQ?si=YND9odqE71LRNtVq

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

21 Jan, 00:13


https://youtu.be/LmY6Y2dYRsQ?si=6RmgC0lkdqzibj_T

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

21 Jan, 00:11


Sun'iy intellekt platformalari, masalan, ChatGPT, Copilot yoki Claude kabi vositalar, kundalik hayotda samarali foydalanish uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratadi. Quyida ulardan ba'zilarini keltirib o‘taman:

1. Sayohat rejalashtirish uchun:
Agar bir kun notanish shaharda vaqt o'tkazish rejang bo‘lsa, sun'iy intellektdan foydalanib shahar bo'ylab sayohatni samarali rejalashtirishingiz mumkin. Masalan, quyidagi promptni yozish mumkin:
"Do‘stim bilan N shahriga bir kunlik sayohat qilmoqchimiz. Tongda aeroportga kelamiz va kechqurun qaytamiz. Tarixiy va tabiiy obidalarni ko‘rishni xohlaymiz. Bizga bir kunlik sayohat rejasini tuzib ber."

Sun'iy intellekt sizga kerakli obidalarning ro‘yxatini tuzib beradi, ularni qanday tartibda ziyorat qilishni va qanday yo‘nalishdan foydalanishni tavsiya qiladi.

2. Ilmiy kitoblarni tushunish uchun:
Agar ilmiy kitob o'qiyotganingizda tushunishga qiynalsangiz, uni qisqacha izohlab berish uchun sun'iy intellektdan foydalanishingiz mumkin. Misol uchun:
"Kitobning [bob nomi yoki raqami] qismini tushunishga qiynalyapman. Bobning qisqacha mazmunini aytib ber va o‘zlashtirganimni tekshirish uchun test savollar tuzib ber."

Keyin, ushbu savollar orqali bilimlaringizni sinovdan o‘tkazib, natijalarni baholash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

3. Shartnomalarni tez tahlil qilish uchun:
Shartnomalarni tez tahlil qilib, undagi xavf va imkoniyatlarni aniqlashga yordam berish uchun sun'iy intellektdan foydalanishingiz mumkin. Matnni yuklab, bunday topshiriqni berishingiz mumkin:
"Shartnomani tahlil qilib, asosiy risklar va imkoniyatlar haqida yurist kabi fikr bildir."

Bu usul shartnomadagi nozik jihatlarni tezda tushunishga yordam beradi, lekin har qanday tahlilni shaxsiy fikringiz bilan sinchiklab ko'rib chiqishingiz kerak.

4. Rasmiy va norasmiy hujjatlar yozish uchun**:
Agar sizdan rasmiy yoki norasmiy hujjat yozish so‘ralgan bo‘lsa, sun'iy intellekt sizga yozuvni qayta tahrir qilishda yordam berishi mumkin. Bunday holatda, matnni kiritib:
"Ushbu matnni rasmiy va sodda uslubda qayta yozib ber."

Bu sizga matnni yanada aniqlashtirib, qabul qiluvchiga muvofiq shaklda yetkazishga yordam beradi.

5. Murakkab nazariyalarni tushunish uchun:
Agar murakkab ilmiy yoki falsafiy nazariyani tushunishda qiynalsangiz, sun'iy intellektdan soddalashtirilgan tushuntirish olish mumkin. Masalan:
"Ushbu nazariyani bolaga tushuntirgandek sodda qilib tushuntirib ber yoki zarbulmasal orqali izohla."

Bu usul orqali murakkab kontseptsiyalarni osonroq tushunishingiz mumkin.

6. Qo'lda yozilgan matnlarni nusxalash uchun:
Agar sizda qo'lda yozilgan matnlar bo'lsa, masalan eski xatlar yoki kundalik yozuvlar, ularni raqamli formatga o'tkazish uchun sun'iy intellektdan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun matnni suratga olib, quyidagicha so'rang:
"Qo'lda yozilgan matnni suratga olib, uni raqamli shaklda qayta tuzib ber."

Bu sun'iy intellekt yordamida qo‘lda yozilgan matnlarni o‘qish va tahrir qilishni osonlashtiradi.

---
Yuqoridagilarni o'zim qo'llaganman. Ish sohasida ham ko'p foydalanaman. O'z faoliyatingiz uchun o'ylab ko'ring, AI o'zidan so'rang, qanday yordam bera oladi? Promptlar qilishni o'rganing.

Sun'iy aql tabiiy aqldan foydalanishni samarali, oson va maroqli qiladi.

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

21 Jan, 00:07


ChatGPTdan ba’zilar Google yoki Wikidan foydalangandek foydalanishyapti. Bu unchalik toʻgʻrimas. Ammo undan battari oʻz narrativi, gʻoyasini tasdiqlash uchun unga murojaat qilishyapti. Nahot AI soʻrovchining “madaniy saviyasiga qarab”, oʻzidagi big dataga murojaat qilib “toʻgʻri javob”ni moslab berishini tushunishmasa?! Da’vo qilingan narrativga anan teskari javobni ham AI-dan generasiya qilish mumkin.

AI -dan “haqiqatini tasdiqlab olish” fol ochishdan, I-Zin yoki bangi shaman yo orakulga murojaat qilishdan battar sharmandalik.

Toʻgʻri deb bilgan gʻoyangiz AI -dan tasdiqlovchi generasiyasiga muxtoj boʻlsa, yo unda qandaydir muammo bor, yo unga boʻlgan e’tiqodingizda nuqson bor.

ChatGPTdan juda zoʻr foydalanish mumkin, ammo iltimos, unga qandaydir subyektlik bermang,
noyob mikroskop bilan boshingizda yongʻoq chaqmang, kuchli serverni ot qilib mingmang, yo undan battari, uni arzon mashhurlik shou vositasi qilmang.

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:56


Kechagi kun kutilmagan yangilik bilan tugadi. Bor yoʻgʻi bir necha soat oldin katta tadbirda koʻrinish berib, balki kim nimani koʻrsatayotganini va gapirayotganini zimdan kuzatib turgan, "oʻtda yonmas, suvda choʻkmas" amaldor bilan kun oxiriga borib namoyishkorona xayrlashilishini, masalan, men kutmagan edim.

Uning ommaviy axborot vositalari rivojlanishi va soʻz erkinligi mustahkamlanishi borasidagi xizmatlariga soha mutaxassislari munosib baho berishar. Uning taʼlim sohasidagi xizmatlari esa "fin tajribasi" niqobi ostida affillangan xususiy nashriyot yaratgan va finlarga ham, boshqa bir normal davlatga ham hech qanday aloqasi yoʻq darsliklarni olib kirish boʻldi. Bu ishni amalga oshirish uchun "ilmiy-metodik" deb jimjimador nom berilgan, boshqa affillangan bizneslardan jalb qilingan shaxslar boshqaruvidagi markaz tuzildi. Maktab darsliklarini yaratish va chop qilish bir qoʻlga berildi. Taʼlimning mazmuniga, sifatiga katta zarba berildiki, oʻnglanish uchun qancha vaqt va kuch kerak boʻlishini tasavvur qilish qiyin. Bularning bari "islohot" niqobi ostida amalga oshirildi.

Balki endi xatolar haqida ochiq gapirib, ularni toʻgʻrilashni boshlarmiz? Yoki hali ham Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining va vazirligining tili bogʻlanganmi?

Darvoqe. Bayram muborak!

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:54


Anadolu Universiteti – Masofaviy O‘qish Imkoniyati
Bakalavr diplomi


Qabul shu hafta yopiladi
💰 Yiliga 280 dollar
🌐 Ta’lim uch tilda: turk, arab va ingliz tillarida

Anadolu Universiteti – Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, masofaviy ta’limda yuqori sifatni ta’minlaydi.
Qabul jarayoni qulay va soddalashgan: til bilimingizni tasdiqlasangiz, boshqa sinovlar talab qilinmaydi.

Bu o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang va masofaviy tarzda bakalavr diplomini qo‘lga kiriting. O‘qishni boshlash uchun arizangizni hoziroq topshiring!

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qiling yoki rasmdagi tafsilotlarga qarang.

Üniversitetning Özbekistondagi rasmiy ofisi
Geydar Aliyev 291
Toshkent Transport Üniversiteti
Tel 998 97 017 4332

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:51


“...Xalq ta’limi urushda hal qiluvchi rol o‘ynaydi... prussiyaliklar avstriyaliklarni mag‘lub etganida, bu prussiyalik o‘qituvchining avstriyalik maktab o‘qituvchisi ustidan qozongan g‘alabasi edi”.

Professor Oskar Peshel (1826-1875)

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:45


http://youtube.com/post/Ugkx88o6u5Tiltn3WGXGyjYcbSuDC-WUKftP?si=pR-ZXlJLewqAVVFA

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:40


Давлат сиёсатини оила мисоли билан тушунтириш деспотик жамиятларга хослиги ҳақида:

Русчадан chatgpt таржима таҳрир билан:

"Сиёсий бўлиш, полисда яшаш дегани, барча ишлар куч ишлатиш ёки зўравонлик билан эмас, балки бошқаларни ишонтиришга қодир бўлган сўзлар орқали ҳал қилиниши керак деган маънони англатар эди. Бошқаларни куч билан мажбурлаш, ишонтириш ўрнига буюриш, юнонлар учун сиёсатдан олдинги одамлар ўртасидаги муносабатларнинг усули ҳисобланарди, полисдан ташқари ҳаётда, масалан, оила аъзолари билан муомалада, уй ишлари муносабатларда, оила бошлиғи деспотик ҳокимиятни амалга оширган жойда ёки Осиёдаги варвар давлатларда, уларнинг деспотик бошқарув шакли кўпинча уй хўжалиги ва оила ташкилоти билан солиштириларди."

Ҳанна Арендт. «Фаол ҳаёт, ёки амалий ҳаёт ҳақида». Таржима В. В. Бибихин

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:37


“Менга Айрис Мёрдокнинг "unselfing" – яъни ўз "мен"идан қутулиш тушунчаси кўпроқ ёқади. Бу инглиз файласуфи ва ёзувчиси бир воқеани тасвирлайди. Бир куни у деразадан қараб ўтириб, олдинроқ эшитган ёқимсиз гаплардан безовта ва хафа бўлган пайтда, тўсатдан осмонда парвоз қилаётган бир қушни – лочинни кўриб қолади. "Бир лаҳзада ҳамма нарса ўзгарди, – деб ёзади у. – Тафаккурга чўмган "мен" ўзининг жабрланган худбинлиги билан йўқолади. Энди фақат лочин қолган, холос. Ва мен бошқа нарсалар ҳақида ўйлаганда, улар менга энди бунчалик муҳим эмасдек туюлади".

Ҳар қандай беэътиборлик эгоизм билан боғлиқ. Биз бошимизда содир бўлаётган нарса бутун коинотдан муҳимроқ ва қизиқроқ деб ўйлаймиз. Шунинг учун ҳам нарцисслар шунчалик беэътибор бўлишади. Уларнинг диққати бир нуқтага муҳрланган, ҳаракатсиз. Диққат-эътибор – бу бизнинг ҳаётий қонимиз, у томирларимизда ҳаракат қилиши керак. Диққат-эътиборни ичимизда тўплаш – уни ўлдириш демакдир.” Э.Вейнер

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:36


Король Испании Фелипе VI 16 сентября официально принял верительные грамоты первого посла Палестинского государства после признания Мадридом этого государства. Как сообщает El Pais, верительные грамоты испанскому монарху вручил посол Палестины Хусни Абдель Вахед, который с мая 2022 года исполнял обязанности дипломатического представителя.

Следует отметить, что Испания, вместе с Ирландией и Норвегией, официально признала Палестинское государство 28 мая, присоединившись к 140 другим странам, уже сделавшим этот шаг. Это событие подчеркивает растущее международное признание Палестины и может оказать влияние на политическую ситуацию в регионе.

Подпишись на канал

Subject Nazar | Jamshid Muslimov

20 Jan, 23:33


"Ўзбек ёшлар Россияга ишлагани борманг, сизларни хор қилишади" дейилаётганда, ўзимиздагиси баттар экан-ку. Инбазарчи зўравон ходимини уриб тепаётган видеони кўрдим. Нимададир хато... Одамлар шунақанги тушкунлик, етишмовчиликка маҳкум бўлганки, бунақа хўрланишга рози, чидаб яшаб кетяпти... ва фарқи йўқ, олисдами ё ватанда. Зўравон кечирим сўраши билан иш битмайди, товон тўлаши керак; компания катталари ҳам бу ҳолат учун жавобгар, улар билмай қолганига ишониш қийин.

"Оч қолсам ҳам ўзимни хўрлатмайман" деган зеҳниятдаги одамни уриш турсин, сўкиш қийин.