Shofirkon.uz

@shofirkon_matbuotxizmati


Telegram: t.me/Shofirkon_matbuotxizmati Vebsayt:https://Shofirkon.buxoro.uz Facebook: //www.facebook.com/shofirkontuman.hokimligi Murojaat uchun: 502-23-63 99 557 9391 Adminga murojaat: t.me/Komiljon_Hamroyev

Shofirkon.uz

22 Oct, 16:03


#Ona_tilim

"O'ZBEK TILI - MEHR TILI"

Til - insoniyatga berilgan eng buyuk ne’mat, o‘tmish va kelajak orasidagi ko‘prikdir. Tillarning yo‘qolish xavfi oshib borayotgan bugungi globallashuv zamonida ona tilimizni asrab-avaylash, uning sofligini ta’minlab, kelajak avlodga yetkazish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Respublikamiz bo‘ylab "Davlat tili haqidagi" qonun qabul qilinganligining 35 yillik tantanalari har yilgidan-da fayzli va shukuhli o‘tkazilmoqda. Shofirkon tumanidagi ko‘zga ko‘ringan ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham O‘zbek tili bayrami kuni yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir qadimgi turkiy til siymosining jozibali chiqishi bilan ochildi.

Maktab o‘quvchilarining ona tiliga bag‘ishlab ijro etgan she’riy chiqishlari va o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan sahnaviy ko‘rinishlar tomoshabinlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Milliylikni o‘zida mujassam etgan kuy va raqslar, laparlar guldastasi tadbirga yanada ko‘rk bag‘ishladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fan va ta’lim kasaba uyushmasi federatsiyasi Shofirkon tuman bo‘linmasi rahbari X.D. Hakimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni O‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etdi. Tadbir yakunida maktab direktori B. Ahrorov so‘zga chiqib, G. Barotova boshchiligida tayyorlangan ushbu tadbir yosh avlodni ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

✍️Shofirkon tumani hokimligi axborot xizmati

Shofirkon.uz

22 Oct, 14:51


Kurash: Bosh prokuror kubogi musobaqasining viloyat bosqichi final bahslari va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

👉Батафсил

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube