KOINOT TILSIMI ℹ️

@koinottilsimi


🤫 Олам сирларини билгаликда ўрганамиз

🚀 Коинот сирларидан
⚛️ Квант дунёсигача

🕵‍♂️ Муаллиф: @ClCADA3301

Реклама: https://t.me/+danMe-AnmMA3NGEy

Инстаграм: https://instagram.com/koinot_tilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

22 Oct, 18:26


https://youtu.be/a4XrNzZV0K8?si=kL4KLXBDBiDbc9TV

KOINOT TILSIMI ℹ️

22 Oct, 14:49


#yulduz

Massiv yulduzning umri kichikroq yulduzga qaraganda qisqaroq bo'ladi. Yulduz qanchalik massiv bo'lsa, uning tortishish kuchi katta bo'ladi va yulduz yuzasi o'zining yadrosiga qulab tushmasligi uchun u shunchalik issiq bo'lishi kerak. Shuning uchun u vodorod yoqilg'isini tezroq sarflaydi. Haqiqatan ham massiv yulduzlar soni koinotda juda kam bo'lishining sababi shundaki, ular juda uzoq umr ko'rmaydilar va ularning yoshi bir necha million yilni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun, bizning Quyoshning umri taxminan 10 mlrd yilni tashkil qiladi.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

21 Oct, 16:19


Andijon viloyati osmonida galo hodisasi ko‘rinibdi.

Bu safargi galoda bir vaqtning o‘zida osmonda uchta Quyosh ko‘ringan.

Galo hodisasi nima?

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

21 Oct, 12:19


Marsda hayot bo‘lishi mumkinmi?

Ilgari Marsda hayot bo‘lishi imkonsiz deb hisoblangan edi. Bunga asosiy sabab — Quyoshning kuchli nurlanishlari bo'lgan, bu esa sayyorada tirik organizmlarning yashashiga to‘sqinlik qilishi mumkin edi. Ammo NASA olimlari yangi ma’lumotlarni e’lon qilishdi: Mars yuzasidagi muz qatlami ostida mikroblar va hatto o‘simliklar yashashi ehtimoli bor! Muz ular uchun himoya qalqoni bo‘lib, quyosh nurlanishidan saqlaydi va tirik organizmlar yorug‘lik energiyasi bilan oziqlanadi.

Bu Marsda hayot borligi aniq degani emas, ammo sayyora endi koinotdagi tirik organizmlarni izlashda asosiy joyga aylanmoqda.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

20 Oct, 11:58


#tarix

Sovet atom dirijabli loyihasi 🧐

Loyiha doirasida dirijabl uzunligi 300
metr, diametri 60 metr boʻlib, u 1,8 ming yo'lovchi yoki 180 tonna yukni koʻtarishi mumkin edi.Uning tezligi 300 km/soatga yetib unda samolyot va vertolyot qoʻnishi uchun angar bor edi. Bu esa dirijabl yerga qo'nmay yurib Yer bilan aloqa qilish imkonini berardi. (masalan, parvoz yo'nalishi bo'yicha aeroportlarda yo'lovchilarni tushirish va ortish uchun).Ammo 1980-yillarda loyiha bekor qilindi.‌‌

Sovet yoshlar texnikasi jurnali, 1971- yil.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

20 Oct, 03:33


#yulduz

Yulduz, kosmosdagi juda koʻp materiya tortishish kuchi taʼsirida bir-biriga siqilganda hosil boʻladi. Yulduz vaqt o'tishi bilan kattalashib boradi va o'z navbatida tortishish kuchi ham ortadi. Barcha yulduzlarda yadro va tortishish kuchi o'zaro muvozanat holatida bo'ladi ya'ni tortishish kuchi yuduz atomlarni siqib, haroratini oshiradi.Bunga javoban termoyadroviy sintezi kuchi tortishish kuchiga qarshilik qiladi.Agarda kuchlar muvozanati buzilsa yulduz portlaydi.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

20 Oct, 02:01


#nisbiylik

Zamon makon bilan chambarchas bog'liqdir.Albert Eynshteynning umum nisbiylik nazariyasiga ko'ra orbitada vaqt Yerdagiga nisbatan sekundning 3 milliarddan 1 ga tez o'tadi.Buning sababi Yer gravitatsiyasi makon materialini ,, egiltiradi" va bu vaqt o'tishiga ta'sir qiladi.Demak siz og'ir jism oldida tursangiz(masalan ulkan bino) u makonni egiltirishi hisobiga ,sizdan uzoqda turgan do'stingiz bilan sizning soatingiz absolyut bir xil yurmaydi.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

19 Oct, 13:01


#news

Prada modalar uyi va Texasning Axiom Space startapi NASA’ning yangi Oy missiyasi uchun skafandrlar dizaynini taqdim etdi.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

19 Oct, 12:16


#mars

Marsni yashash uchun qulay sayyoraga aylantirish uchun qancha vaqt ketadi?

Mars bilan bog'liq muammo shundaki, u past tortishish kuchi tufayli hech qanday atmosferani ushlab turolmaydi.

Natijada, Marsni Yerga o'xshash qilish uchun uning atmosferasini doimiy ravishda to'ldirishni yoki uning massasini sezilarli darajada (bir necha marta) oshirishning, iloji yo'q.

Umuman olganda, bizda kelgusi 50-100 yil ichida biz uchun Marsda maksimal bir nechta kichik tadqiqot koloniyasi bo'lishi ehtimoli bor.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

18 Oct, 17:46


#qoramateriya

Wimps - bu qorong'u materiyaning tarkibiy qismlari deb da'vo qilinadigan elementar zarralar

Qorong'u materiyaga kelsak, ma'lumki, bugungi kunda uni tashkil etuvchi zarralar WIMP - zaif o'zaro ta'sir qiluvchi massiv zarralar hisoblanadi. Ular "normal" materiyaning zarralari bilan faqat tortishish orqali o'zaro ta'sir qiladilar .Shuning uchun ular ko'rinmas bo'ladi

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

18 Oct, 07:15


🚀 Ilon Mask Starlink sun’iy yo'ldosh interneti tezligini 10 martaga oshirmoqchi — o'rtacha 100 Mbit/s dan 1 Gbit/s gacha.

Buning uchun orbital balandlikni 535-525 km dan 485-475 km gacha pasaytirish, konfiguratsiyaga «bir qancha kichik o’zgarishlar» kiritish va kattaligi sabab faqat Starship'da orbitaga olib chiqish mumkin bo’lgan yangi avlod sun’iy yoʻldoshlarini uchirish rejalashtirilgan.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

17 Oct, 16:59


#XKS

Xalqaro kosmik stansiyadagi astronavtlar har kuni taxminan 15 marta quyosh chiqishini va 15 marta quyosh botishini ko'rishadi.

Xalqaro kosmik stansiya (XKS) Yerdan 408 kilometr balandlikda aylanib, taxminan 27 700 km/soat tezlikda harakatlanadi. Shunday qilib, har 45 daqiqada XKS bortida bo‘lgan astronavtlar quyosh chiqishi yoki botishini ko‘rishadi - har 24 soatda jami 15-16 marta.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

16 Oct, 13:11


#qiziq

Yer va Quyosh sistemasining qiziqarli masshtabli animatsiyasi

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

15 Oct, 17:54


#yevropa

AQSHning Florida shtatidagi kosmodromdan SpaceX kompaniyasining Falcon raketasi Yupiterning 95 yo‘ldoshidan biri bo‘lgan – Yevropada hayot izlarini qidirish maqsadida Europa Clipper deb nomlangan kosmik stansiyani orbitaga chiqardi. Bu haqda NASA X’dagi sahifasida ma’lum qildi.Qayd etilishicha, ekipajsiz kosmik apparat Europa Clipper deb nomlangan bo‘lib, ming yillar oldin Yer yuzidagi okeanlarni zabt etgan kemalarga o‘xshatilib shunday atalgan. Kosmik kema 2.8 milliard km masofadagi sayohatdan so‘ng 2030- yilda Yupiter orbitasiga kiradi va u yerda to‘rt yil davomida tadqiqotlar olib boradi. Europa Clipper olimlarga Yevropada hayotni qo‘llab-quvvatlaydigan sharoitlar mavjudmi yoki yo‘qligini baholashga yordam beradi. Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar bo‘yicha milliy boshqarma (NASA) ushbu yo‘ldoshni Quyosh sistemasida hayotni qidirish uchun eng istiqbolli joylardan biri deb hisoblaydi.

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

15 Oct, 17:31


#ozbekcha_tilda

Yulduz maʼlumotdan iborat, yani uning rangi, massasi va hokazo maʼlumotlari bor yaʼni bu real jism.Agar uni Qora tuynuk yutib yuborsa, yulduz tarkibidagi maʼlumotlar Qora tuynuk sirtida kodlanib qoladi,yulduz bunda faqat jisman yoʻq boʻladi.Endi Qora tuynuk ham Xoking radiatsiyasi yordamida oʻzidan radiatsiya chiqarib kichrayib oxiri yoʻq boʻlishi mumkin.Bunda uning sirtidagi yulduz haqidagi maʼlumotlar ham yoʻqoladimi? Bunday boʻlsa yulduz izsiz yoʻqolishi mumkin.Bilamizki bor narsa yoʻq boʻlmaydi, yoʻq narsa bor.Shunday holatda yulduz haqidagi maʼlumotlar qayerga ketishi hozirgacha nomaʼlum.Yulduz haqidagi maʼlumotlar Xoking radiatsiyasi yordamida tashqariga chiqib ketmaydi aytib qoʻyay.

Shuni topsalaringiz bitta Nobel mendan😄

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

15 Oct, 17:21


#qoratuynuk

Xoking paradoksi: Nega fiziklar hali ham qora tuynuklar haqidagi ma'lumot sirini hal qilishmagan?

Qora tuynuklar o'z yuzalarida ma'lumotni kodlaydi, ammo ular Xoking radiatsiyasi yordamida bugʻlanadi.Bunda uning ichiga tushgan jismdagi ma'lumot saqlanib qoladimi va agar shunday bo'lsa, qanday qilib?

1974-yilda mashhur fizik Stiven Xoking qora tuynuklar abadiy barqaror jismlar emasligini, balki radiatsiya orqali massasini yo'qotishini aniqladi, keyinchalik u butunlay bug'lanib ketguncha Xoking radiatsiyasi deb ataladi. Keyinchalik qora tuynuklar o'zlarining yuzalarida juda ko'p miqdordagi ma'lumotlarni kodlashi isbotlangan, Xoking radiatsiyasida esa jismlardagi ma'lumotlar bo'lmasligi kerak. Bunda qora tuynukni kattalashtirish uchun ketgan ma'lumotlar yo'qoladimi? Yoki u qandaydir tarzda chiquvchi nurlanishda kodlanganmi? Bunga qora tuynuk ma'lumot paradoksi yoki Xoking paradoksi deyiladi. Hatto 2024-yilda ham fiziklar bu jumboqni hal qilishmagan,

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

15 Oct, 13:07


#ilonakadabu

Ilon Mask orzulari tomon qattiq ishlamoqda

💠 @koinottilsimi

KOINOT TILSIMI ℹ️

15 Oct, 07:15


🚀 Kelgusi yili orbitaga chiqarilishi rejalashtirilayotgan birinchi xususiy orbital stansiya — Haven-1 shunday ko’rinishda bo’ladi.

Uni Kaliforniyaning Vast startapi ishlab chiqmoqda, interyer uchun esa Apple kompaniyasining sobiq yetakchi dizayneri Piter Rassel-Klark mas'ul.

Stansiyada professional kosmonavtlar ham, kosmik sayyohlar ham bo’lishadi. Birinchi modulni 2025-yil oxirigacha SpaceX kosmik kemasida olib chiqish rejalashtirilgan, keyin esa u bosqichma-bosqich kengaytiriladi.

💠 @koinottilsimi