Temur Khatamov

@temurkhatamov


O’zimni xayotim hamda texnologiyalar haqida gapiraman bu kanalda.

Reklama: @bwadsmanager

Temur Khatamov

22 Oct, 13:01


Hindistonda yig'ilgan birinchi iPhone Pro modellari bozorda paydo bo'la boshladi

Temur Khatamov

22 Oct, 09:01


Android 15 Google Pixel 6’ni “g'ishtga” aylantirmoqda

Yangilanish tom ma'noda oltinchi "Pixellar" uchun oxirgisi bo'ldi: yangilanish o'rnatilgan so'ng smartfonlar ishlamay qolmoqda.

Reddit’dagi ko'plab shikoyatlarga ko'ra, muammo Google Pixel 6, Pixel 6 Pro va Pixel 6a’ga ta'sir qilgan. Smartfonlarni o’chirib yoqish yoki “qayta tiklash” foyda bermagan va ular uchun rasmiy kafolat allaqachon tugagan.

Ikki foydalanuvchining smartfonlari “shaxsiy maydon” yaratgandan so‘ng “g‘ishtga” aylangan, biroq haligacha yirik nosozliklarning sabablari aniqlanmagan. Bu oltinchi pixellarning bu yilgi birinchi ommaviy nosozlik holati emas.

Google hozircha muammoga izoh bermadi.

Temur Khatamov

22 Oct, 05:01


Apple keyingi hafta sun'iy intellekt funksiyalariga ega iOS 18.1 chiqarilishini tasdiqladi

Yangilanish qisman Apple Intelligence-ni o'z ichiga oladi. Matnlarni yaratish va fotosuratlardan ob'ektlarni olib tashlash kabi fishkalar kutilmoqda. Bundan tashqari, Apple birinchi marta Apple Pay’ning uchinchi tomon analoglari uchun NFC chipiga dostup ochib beradi.

Yangilanish 28 oktyabrda chiqarilishi kutilmoqda.

Temur Khatamov

21 Oct, 15:22


Qualcomm Snapdragon 8 Elite taqdim etildi

Oldin kutilganidek, Snapdragon 8 Gen 4 chiqarilmaydi. Uning o'rniga 8 Elite chiqdi. U 3nm texnologiyasi asosida qurilgan.

Chipdagi tizim sakkiz yadroli markaziy protsessor dizayniga ega bo‘lib, unda 4,32 gigagertsgacha chastotali ikkita yuqori unumdorlikli Oryon Prime yadrolari, shuningdek, 3,53 gigagertsgacha bo‘lgan chastotalarda ishlaydigan oltita yuqori samarali Performance yadrolari qo‘llaniladi. Protsessor unumdorligi avvalgisiga nisbatan 44 foizga oshdi.

Markaziy protsessorning L2 keshi 24 MB xotiraga ega, ulardan 12 tasi Prime yadrolariga, qolgan 12 tasi esa qolgan oltitasiga ajratilgan.

Adreno 830 grafika uchun mas'uldir, ular ishlash samaradorligini taxminan 40% ga oshirishni va'da qilmoqdalar va Snapdragon 8 Gen 3 GPU bilan solishtirganda nurlarni trassirovkasi 35% ga tezlashdi.

Yangi operativ xotira ham yaxshilangan ko’rsatgichlarga ega. Snapdragon 8 Elite ikki kanalli LPDDR5X-5300’ni qo'llab-quvvatlaydi. Bunga avvalgisidan 45% kuchliroq bo‘lgan yangi NPU, shuningdek, Wi-Fi 7-ni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi Snapdragon X80 modemi ham kiradi.

Snapdragon 8 Elite’ga ega birinchi smartfon Xitoyda taqdimoti kutilayotgan Xiaomi 15 bo‘ladi.

Temur Khatamov

21 Oct, 06:52


iPhone SE 4’ning birinchi maketlari

Temur Khatamov

20 Oct, 07:07


Foydalanuvchilar iPhone 16 Pro smartfonlari qotib qolishi va o’zidan o’zi o’chib yonishi haqida shikoyat qilishmoqda

Ularning aytishi bo’yicha ba'zi hollarda iPhone 16 Pro displeyi bosishlarga sekin javob beradi yoki umuman reaksiya bermaydi, keyin esa smartfon o’chib yonib tezda qayta ishga tushadi. Smartfonlarning ishlashida xatolik iOS 18 ning barcha versiyalarida, jumladan iOS 18.1 ning so‘nggi beta-versiyasida uchraydi.

Temur Khatamov

18 Oct, 11:29


Bloomberg: BYD Blade batareyalari dastlab Apple avtomobili uchun mo'ljallangan bo’lgan

Apple va BYD 2017 yildan buyon yaqindan hamkorlik qilib kelgan. Amaldagi lityum-temir-fosfat batareyalari hajm nisbatan raqobatchilar bilan deyarli bir xil bo’lib, quvvat zaxirasi va samaralik jihatdan kuchliroq bo’lishi kutilgan. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Taxminan o'n yil oldin, Apple o'z avtomobili texnologiyasi uchun asos qidirayotganda, kompaniya muhandislari BYD sho’'ba korxonasi BYD Lithium Battery (2020 yildan buyon FinDreams Battery deb ataladi) batareyani ishlab chiqarish ustida ishlagan kompaniya bilan uchrashishgan.

Apple tomonidan ishlab chiqishga 2016 yildan 2019 yilgacha Apple avtomobilini yaratish bo'yicha Project Titan loyihasini boshqargan Volkswagen AG va Porsche kompaniyalarining sobiq yuqori lavozimli direktori Aleksandr Xitzinger rahbarlik qilgan. Boshqa tomondan, jamoani BYD akkumulyatorlar biznesi vitse-prezidenti Maykl Xe boshqargan.

Natijada, BYD barcha elektromobillar orasida eng ilg'or akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchisi, shuningdek, sotilgan elektromobillar va gibridlar soni bo'yicha jahon yetakchisi sifatida tanildi. Titan loyihasi esa juda noaniq iqtisodiy istiqbollar tufayli 2024 yilda bekor qilindi.

Temur Khatamov

17 Oct, 06:53


Google Android 15 ni chiqardi

Ikki asosiy yangilik xavfsizlik va maxfiylikka qaratilgan. Android 15 qurilma qo'lingizdan tortib olinsa, uni avtomatik tarzda bloklashni o'rgandi: buning uchun harakat va shovqin datchiklari ishlatiladi. Va yangi “shaxsiy maydon” tizimda o'z ilovalari va yuqori darajadagi himoya bilan qo'shimcha foydalanuvchi yaratadi.

Bir qarashda, “shaxsiy maydon” “yashirin” papkaga o'xshaydi: u yerda yashiringan ilovalar bildirishnomalarni yubormaydi va sozlamalarda ko'rinmaydi. Biroq, u yerga Galereya yoki Eslatmalarni shunchaki ko'chira olmaysiz, ular maxfiy foydalanuvchi uchun qayta o'rnatilishi kerak;

Yashirin foydalanuvching “shaxsiy maydoni” o'zining kamerasi, fotoalbomi, kontaktlar ro'yxati va Google Play do'koni bilan yaratilgan.

Biroq, uchga buklanadigan smartfonlar va Android planshetlari egalari uchun yaxshi yangilik bor: endi siz multitasking rejimida bir vaqtning o'zida ikkita ilovani ishga tushiradigan yorliqlarni yaratishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Google animatsiyalarni biroz yangiladi, kengaytirilgan ovoz balandligi menyusini yangiladi va bildirishnomalar hajmini moslashtirdi.

Yangilanish allaqachon Pixel 6 dan boshlab barcha Google smartfonlari uchun mavjud.

Temur Khatamov

16 Oct, 11:29


Xiaomi 14T Pro o’zi qanaqa telefon? Necha pul turadi? Uni sotib olish arziydimi? Ushbu savollarga yangi videoda javob berdim:

https://m.youtube.com/watch?v=oFGzuDKc1U8

Temur Khatamov

16 Oct, 05:25


Teslaning yaqinda taqdim etilgan “Optimus” roboti sotuvchi funksiyasini bajarishni, siz bilan suhbatlashishni, raqsga tushishni va hatto “don don ziki” o'ynashni bilar ekan! Qoyil!