Nano Uzbek

@nanouzbek


Har xil texnika haqida tezkor tahlillar, lifehacklar va qiziqarli ma’lumotlar

Reklama ➡️ @profsoyuz_influence
Tel: +998 97 156 22 11

Biz bilan bog’lanish uchun: @nanouzbek_bot

Nano Uzbek

22 Oct, 13:25


1 noyabr kuni chiqadigan AUDI A3

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

22 Oct, 11:42


Tesla o‘zining robotaksisi uchun simsiz statsionar quvvatlash qurilmasini namoyish qildi.

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

20 Oct, 13:00


Noldan Davlat Qurish” mavzusida Texnoplov youtube kanalida yangi video chiqdi!🏙️

Ushbu videoda o’z davlatingizni qurish uchun kerak bo’lgan va siz aniq bilmagan sirlar mavjud! Undan tashqari esa, hozirgi hayot tarzingizda albatta kerakli bo’lgan ma’lumot ham bor!

Ko’rish uchun havolani bosing:
👉https://youtu.be/x5ts2rq8ddY

Nano Uzbek

20 Oct, 06:00


Afsungarlar Jangi soʻnggi yillarning eng muvaffaqiyatli anime loyihasiga aylanib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi va SUSAMBIL loyihasining bugungi videosi aynan mana shu mavzuga bagʻishlangan. Ushbu anime bir qarashda yana bir oddiy shonenga oʻxshaydi. Biroq serialning 2023-yildagi muvaffaqiyati buning aksini isbotlamoqda. Animening mashhurligi shu darajaga yetib bordiki, u AQShdagi eng katta voqealardan biri Super Bowlning reklamasida ishlatildi. Animening 2-mavsumi yakunlangandan soʻng u oʻz janrida yetakchi hisoblanuvchi One Piece va Titanlar Hujumini ortda qoldirib, hozirgi kundagi eng mashhur anime maqomiga erishdi.Xoʻsh, Jujutsu Kayzenning ushbu muvaffaqiyat siri nimada? Qanday qilib yosh ijodkorning debyut ishi bunchalik shov-shuv koʻtardi? Va asar oʻzi nimalar haqida hikoya qiladi? Ushbu savollarga javobni quyidagi video orqali topasiz.

https://youtu.be/GZ47KqoccwY

Nano Uzbek

16 Oct, 10:20


BOTir Mirzo - AIM laboratoriyasidan yangi avlod chat-boti 🤖

BOTir Mirzo - sifatli kontent yaratish, tahlil qilish va dizaynda yordam beradigan intellektual yordamchi. Rus, ingliz va o‘zbek tillarida muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi, o‘zaro aloqa jarayonini qulay va samarali qiladi.

BOTir Mirzoning afzalliklari:
– faktlarni tekshirib kontent yaratish 📰
– tahliliy hisobotlar 📊
– mukammal tahriri ✍️
– ijodiy dizayn va brendlash 🎨

BOTir Mirzo intellektual mukammallikni ijodiy yondashuv bilan uyg‘unlashtiradi, bu esa sizning axborot bilan hayotingizni osonroq, yorqinroq va qiziqarliroq qiladi.

Chat-botga ulanish havolasi — @BOTir_Mirzo_bot

Nano Uzbek

11 Oct, 10:00


Apple Interbrand talqiniga ko'ra dunyoning eng qimmat brendlari reytingida yetakchilik qildi.

Bir yil ichida kompaniya 3% arzonlashdi, lekin baribir $488,9 milliardga teng bo'lib qolmoqda.

Ikkinchi o'rinda 11% qimmatlashib, $352,5 milliardga yetgan Microsoft joylashdi.

Uchinchi o'rinni esa 8% o'sish bilan $298,1 milliardga yetgan Amazon egalladi.

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

11 Oct, 07:52


AirPodslar evolyutsiyasi.

Ko'zimga nostalgia kirib ketdi...

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

11 Oct, 05:41


Sun'iy intellektdan"Milton to'fonini qanday yengish mumkin?" deb so'rashdi va u javob berdi.

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

09 Oct, 10:30


Bitcoin yaratuvchisi kimligi fosh etildi.

HBO telekanalida "Money Electric: The Bitcoin Mystery" nomli hujjatli film namoyish etildi. Uning yaratuvchilari Satoshi Nakamoto nomi ortida kim yashiringanini aniqlashga muvaffaq bo'lganliklarini ta'kidlaydi.

Film rejissyori Kallen Xobak faktlarni solishtirib, Bitcoin yaratuvchisi kanadalik dasturchi Piter Todd ekanligi xulosasiga keldi. U boshidanoq Bitcoin ishlab chiqilishida ishtirok etgan.

Dalillardan biri sifatida Todd ba'zida "Men Satoshi" iborasini ishlatishi aytilmoqda. U buni internetda har qanday odam o'zini kim deb atashi mumkinligini va maxfiylikning ahamiyatini ta'kidlash uchun ishlatishini aytgan. Todd filmda keltirilgan tergovni ishontirmaydigan deb atadi va HBO yoki suratga olish guruhi ham umuman hech kim u bilan bu mavzuda suhbatlashish uchun bog'lanmaganidan hayratda ekanini aytdi.

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

09 Oct, 03:45


Xitoylik gamerlar boshqa dunyo))

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

04 Oct, 14:26


Samsungdan yangicha samokat!

Samsung Worknic chiqarildi — bu skameyka, stul, rozetkalar va quvvatli batareyaga ega bo‘lgan samokat bo‘lib, kun bo‘yi yurish va ishlash uchun mo‘ljallangan.

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

03 Oct, 07:24


OpenAI dan Whisper Turbo chiqarildi — neyron tarmoq har qanday matnni soniyalarda transkribatsiya qiladi.

• Atigi 12 sekundda 2 daqiqalik nutqni matnga aylantiradi.
• Sun’iy intellekt avvalgi versiyalardan 8 marta tezroq ishlaydi.
• Har qanday formatni qabul qiladi: audio yoki video havolalar, mikrofon yozuvlari — davomiyligini farqi yo'q.
• 100 dan ortiq tillarni biladi.
• TXT va JSON formatlariga eksport imkoniyati mavjud
• BEPUL.

Neyrotarmoq havolasi: https://huggingface.co/spaces/hf-audio/whisper-large-v3-turbo

Uning kodi: https://github.com/openai/whisper

@nanouzbek🇺🇿

Nano Uzbek

02 Oct, 16:49


🚀 SpaceX kompaniyasi Starliner astronavtlarini Yergacha qaytarish missiyasini bajarishga kirishdi.

SpaceX missiyasi astronavtlar Butch Wilmore va Sunita Williamsni Yerga olib keladi. Ular Boeing Starliner kapsulasida birinchi marta ekipaj bilan sinov parvozida XKSga (Xalqaro Kosmik Stansiya) yetib kelishgan edi, ammo texnik nosozliklar sababli NASA ularni qaytarishda ushbu kapsuladan foydalanmaslikka qaror qildi. Starliner bo'sh holda Yerga qaytdi.

@nanouzbek 🇺🇿

Nano Uzbek

02 Oct, 12:23


Xitoyliklardan yangicha laptop

@nanouzbek 🇺🇿