Kitob O‘qi

@kitoboqiuz


Ushbu kanal Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tashkil etildi. Bu yerda eng sara asarlar elektron shaklda yuklab boriladi.
@kitoboqiuz

Aloqa uchun: @infonatlib_bot

Kitob O‘qi

12 Sep, 07:10


Hamma narsaga “intellektual shubha” bilan qarang!

To‘g‘ri angladingiz, odamlarga, o‘zingizga, borliqqa “intellektual shubha” bilan qarash, har qanday ma’lumotni to‘g‘riligini tekshirish va hatto o‘zingizni tanqid qilish orqali tafakkuringizni o‘stirasiz.

Tanqidiy fikrlaydigan inson ko‘rsatmalarni ko‘r-ko‘rona bajarmaydi yoki yot g‘oyalar targ‘ibotiga uchmaydi.

Tanqidiy fikrlash tug‘ma qobiliyat emas, uni siz "intellektual shubha"lar asosida shakllantirasiz.

〰️〰️〰️〰️〰️

Ҳамма нарсага “интеллектуал шубҳа” билан қаранг!

Тўғри англадингиз, одамларга, ўзингизга, борлиққа “интеллектуал шубҳа” билан қараш, ҳар қандай маълумотни тўғрилигини текшириш ва ҳатто ўзингизни танқид қилиш орқали тафаккурингизни ўстирасиз.

Танқидий фикрлайдиган инсон кўрсатмаларни кўр-кўрона бажармайди ёки ёт ғоялар тарғиботига учмайди.

Танқидий фикрлаш туғма қобилият эмас, уни сиз "интеллектуал шубҳа"лар асосида шакллантирасиз.

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

04 Sep, 10:19


#Kichik_hikoya

Cho‘pon va futbolchi

– Dada, futbolga qiziqaman. Koptok olib bering.
– O‘g‘lim, qachon o‘yinqaroqliging qoladi? Katta yigit bo‘lib qolding. Uyat emasmi? Yaxshisi bor qo‘ylarga yem ber.
– Dada, buyurgan ishlaringizni bajardim. Endi futbol o‘ynagani chiqsam maylimi?
– O‘g‘lim foydali ish bilan shug‘ullansang bo‘lmaydimi? Kim seni yaqinda maktabga chiqadi, deydi? Yaxshisi, bor, mollarni o‘tlatib kel.
Oradan yillar o‘tib, bolakay yaxshi cho‘pon bo‘lib yetishdi. Otasi esa choyxonada har kuni og‘iz ko‘pirtirib, milliy terma jamoamizda yaxshi futbolchi yo‘qligini iddao qilib o‘tiribdi.

Xulosa o‘zingizdan!

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

30 Aug, 06:33


🌐 O‘zbek adabiyoti
✍️ G‘afur G‘ulom
📚 Netay
⚙️ Qissalar
🔎 Toshkent - 1983
📖 37 sahifa
✔️ Kirill alifbosida
💾 pdf, 1.8 Mb

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

30 Aug, 06:33


📚 “Netay”
✍️ G‘afur G‘ulom
📝 G‘afur G‘ulomning “Netay” qissasi kompozitsiyasining o‘ziga xosligi mutolaa qiluvchi e’tiborini tortadi. Qiziq tomoni shundaki, hikoyaning asosiy qahramoni – Netay asarda darhol paydo bo‘lmaydi. Netay faqat asarning ikkinchi yarmida paydo bo‘ladi. Uning bolaligi, Semyon oilasidagi hayoti haqidagi hikoyadan oldin ko‘plab epizodlarni uchratishimiz mumkin. Toshkentdagi Andreevskaya (Poyqovok) ko‘chasining tavsifi, uning shafqatsiz qoidalari, bu yerga Samad va Polvonning kelishi, ularning “muassasa” egasi bilan suhbati, amirning uchrashuviga tayyorgarlik.

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

27 Aug, 05:17


#Iqtibos

🖇 Menga men hali o‘qib ulgurmagan kitobni bergan inson men uchun qadrli do‘stdir...

✍️ Abraham Linkoln

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

26 Aug, 03:53


#Kichik_hikoya

SANDIQDAGI PULLAR

Kampir yaqindan boshlab maktabga qatnab xat tanigan nevarasiga sandig‘ini ochtirdi. Sandiq ichida sochilib yotgan pullarni sanab chiqishdi. Buvisining puli ko‘pligidan nevara xursand edi. Momo bittasini “maktabingga” deb berdi. Pullar teng uchga bo‘lindi. Buvi aytib turdi, nevara yozdi: “O‘limlikka”. “Hayitga”. “Yilga”.
Nevarasi qing‘ir-qiyshiq qilib yozgan so‘zlardan iborat qog‘ozlarga pullar o‘ralib, rezina bilan bog‘landi va yana sandiqqa joylandi. Buvi o‘ringa yotar ekan, nevarasiga tayinladi:
– Agar uxlab qolib, uyg‘onmasam, pullarni ayang bilan dadangga aytgin.
− Buvi buncha pulni nima qilasiz? – qiziqib so‘radi bola.
− To‘yga, bolam, to‘yga.
Kampirning ko‘ziga uyqu ilinar ekan, bir oz xotirjam tortdi: “Shuncha pul yetib qolar, ishqilib bolalarimga og‘irligim tushmasa bo‘ldi”…

📖 @kitoboqiuz 👈

Kitob O‘qi

23 Aug, 08:50


🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Oftob oyim”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 13.8 Mb
Davomiyligi: 00:30:02

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...

Kitob O‘qi

23 Aug, 08:50


🎧 Audio kitob

💿 Audio nomi: “Oftob oyim”
👤 Muallif: Said Ahmad
🔢
Qismlar soni: 1 ta
⚙️ Janr: Hikoya
💾 Hajmi: 13.8 Mb
Davomiyligi: 00:30:02

🎧 @kitoboqiuz

🎵 Marhamat tinglang...👇