IHMA Farg‘ona viloyati

@ihma_fargona


IHMA Farg‘ona viloyati

22 Oct, 14:06


#saylov2024
#mening_tanlovim_obod_vatanim

👨‍🦽 27-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan muhim siyosiy jarayonda nogironligi boʻlgan shaxslar ham faol ishtirok etib, oʻz konstitutsion huquqlaridan foydalanadilar.

IHMA Farg‘ona viloyati

22 Oct, 12:40


Bugun soat 20:00 da Sevimli telekanalida "Bolalar o‘rtasidagi o'zaro zo'ravonlik. Bulling" mavzusidagi ko‘rsatuv efirga uzatiladi.

Ota-onalar va bolalar munosabatlari, zo‘ravonlikning turli xil ko‘rinishlari, bullingni qanday aniqlash, uning oqibatlari va bolalarni bu holatdan himoya qilish uchun ota-onalar va jamiyat nimalar qilishlari mumkinligi haqida suhbatlashiladi.

O'tkazib yubormang, bu har bir ota-ona uchun muhim mavzu!

IHMA Farg‘ona viloyati

22 Oct, 11:07


#Imtiyoz

❗️ Bilarmidingiz...

Nogironligi bor yoshlarga 15 mln so'mgacha subsidiya ajratiladi

🇺🇿 Hukumat qarori (341-son, 21.06.2022-y.) bilan nogironligi bo'lgan yoshlarga o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🖋 Reglamentga ko'ra, yoshlarga nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta'lim fanlari va xorijiy tillarni o'rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (15 mln so'mgacha) subsidiya ajratiladi.

Subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda foydalanish uchun ro'yxatdan o'tiladi. Davlat xizmati bepul ko'rsatiladi.

🔘 Ariza 3 ish kunida ko'rib chiqilib: subsidiya ajratish haqida elektron tizimga ma'lumot kiritiladi va bu haqida ariza beruvchiga SMS-xabarnoma yuboriladi.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 12:55


Inklyuziv va farovon jamiyat yaratish, kambag'allikni qisqartirish hamda “Kambag’allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida faol tadbirlar bo'lib o'tmoqda.

Xususan, ushbu haftalik doirasida o‘z biznesini boshlash va butun mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish maqsadida bo'lgan ayol tadbirkorlar uchun:

🏢 21-22 oktyabr kunlari Nukus shahridagi Monomarkazda;

🏢23-24 oktyabr kunlari Urganch shahridagi Monomarkazda;

🏢 25-26 oktyabr kunlari Buxoro shahridagi Monomarkazda.

🇺🇳 BMTTD, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya Milliy agentligi va Uzum Academy tomonidan AYOLLAR uchun tashkil etiladigan moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat bo‘yicha bepul o‘quv seminarlariga taklif etamiz!

🤝O‘quv seminarida ishtirok etishni istasangiz Monomarkazlarga tashrif buyurishingiz mumkin.

____

В рамках создания инклюзивного и процветающего общества, сокращения бедности и программы "От бедности к процветанию" проводятся активные мероприятия.

В частности, в течение недели для женщин-предпринимателей, которые хотят открыть собственное дело и расширить рынок сбыта на всю страну, проходят различные активности:

🏢 21-22 октября в Моноцентре в Нукусе;

🏢 23-24 октября в Моноцентре в Ургенче;

🏢 25-26 октября в Моноцентре в Бухаре.

🇺🇳 Приглашаем вас на бесплатные образовательные семинары по финансовой грамотности и электронной коммерции для ЖЕНЩИН, организованные ПРООН, Министерством сокращения бедности и занятости, Национальным агентством по социальной защите и Академией Узум!

🤝 Если вы хотите принять участие в обучающем семинаре, вы можете посетить Моноцентры.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 10:50


Fargʻonada “Yoshlarga hamrohlik” dasturi doirasida mehnat yarmarkasi tashkillandi

🧮 Fargʻona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida yoshlar (23 yoshgacha) uchun “Yoshlarga hamrohlik” dasturi doirasida boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish boʻlimlari, davlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlar va hunarmandlar oʻzlarida mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdi.

👮‍♂️ Yoshlar ish beruvchi korxona-tashkilotlar vakillari bilan suhbatlashdilar, mehnat munosabatlariga oid talablar bilan tanishdilar, boʻsh ish oʻrinlari haqida toʻliq ma'lumotga ega boʻldilar. E'tiborlisi, yoshlarning 2 nafari ishga qabul qilinib, shu yerning oʻzida ular bilan mehnat shartnomasi imzolandi.

💻 Shu kuni monomarkaz boʻylab sayohat ham tashkillanib, yoshlar kasb-hunarga oʻqitish jarayonlari va amaliy mashgʻulotlarni koʻzdan kechirishdi. Ta'kidlash lozim, hozirda ushbu markazda 26 turdagi kasb-hunarga oʻqitish va qayta tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Quvonarli jihati shundaki, yoshlarning 10 nafari hunar oʻrganish istagini bildirdi hamda zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

👥 Tadbir yakunida boshqarma boshligʻining yoshlar bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 08:15


#21_oktabr
#til_bayrami

🖋 "ONA TILIM"
👮‍♂️ Muhammad YUSUF she'ri.

🧮 Imkoniyati chеklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi jamoasi

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 06:49


Bugun – O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 10-aprel kuni imzolangan "O‘zbek tili kunini belgilash to‘g‘risida"gi qonunga binoan, 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.

Xalqimiz uchun qadrli va ulug‘ ushbu kun munosabati bilan o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiyning Farg‘ona shahridagi haykali yonida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.

Bayram tadbirida ona tilining inson hayotida tutgan o‘rni, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan  davlat siyosati, so‘nggi yillardagi mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va taʼsirini oshirish borasidagi ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi, tadbir davomida o‘zbek tilini ulug‘lovchi sheʼrlar yangradi.

Tadbirda Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi xodimlari ham qatnashdilar.

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 06:19


"Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.

Muhtoj shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordam turlari kengaytiriladi

Ushbu Qonun bilan:

😲 Agentlik tomonidan dafn etish uchun nafaqa berish;

😲 xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini kengaytirish;

😲 og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar hamda oilalar manfaatlarini ko‘zlab berilgan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilinganda davlat bojini to‘lashdan ozod etishga doir o'zgarishlar kuchga kirdi;

🎅 Bundan tashqari, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi belgilandi.

👨‍🦯Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga, yolg‘iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo‘lgan shaxslarga shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

🖋 Shu bilan birga, umrbod ta’minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to‘g‘risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

🟢 IHMA Farg'ona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 06:11


Бефарқ бўлманг! Ўз келажагингизни ўзингиз танланг! Овоз беринг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

IHMA Farg‘ona viloyati

21 Oct, 06:07


“Qadring baland boʻlsin, Ona tilim!”

Til – har bir millatning g‘ururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat to‘laqonli xalq bo‘la olmaydi. Usiz Vatanning erki yo‘q. Bu yorug‘ olamda o‘zbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qo‘shgan ijtimoiy aloqa vositasidir.


Prezidentimiz tomonidan 21-oktabr sanasining “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilinishi Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi, yangi taraqqiyot yo‘lini jahonga bor bo‘y-basti bilan baralla so‘zlamoqda.

Qadrli yurtdoshlar!

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamoasi Siz azizlarni samimiy muborakbod etadi!

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va ma’naviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va mo‘tabardir.

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

2,062

subscribers

2,456

photos

445

videos