DTPI rasmiy kanali

@dtpi_uz


🌍 http://www.dtpi.uz/
https://t.me/dtpi_uz
http://facebook.dtpi.uz
https://www.instagram.com/dtpi.uz
https://youtube.com/@dtpi.uz

Murojaat uchun: @DTPI_Rasmiy_bot; @DTPI_Matbuot_xizmati

©Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rasmiy kanali

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 14:24


🏢 Bugun Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti dekani, Toshboboyev Maqsud Jalilovich «Dekan va talaba yoshlar uchrashuvi» tadbiri doirasida fakultetning uchinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.

🖌 Samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv avvalida M.Toshboboyev yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasi o‘laroq, barcha sohalar qatori oliy ta’lim tizimida ham juda ulkan yangilanishlar, ta’lim oluvchilar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratilganini, o‘z navbatida yoshlar ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, o‘qib, o‘rganib, kelajakda Yangi O‘zbekiston aniq fanlari rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shishlari lozimligini ta’kidladi.

🖌 Fakultetda yoshlar bilan muloqot qilish doimiy an’ana ekanligini, ularning tashabbuslari va takliflarini amalga tadbiq etishga doimo tayyor ekanligini bayon qilib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirildi.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 14:20


#jarayon

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya kafedra o'qituvchisi Shomurotov Ulug'bek tomonidan 3-TTJda navbatchilik davomida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni "Jamoadagi psixologik sog'lom muhitni yaratish" ga bag'ishlab psixotrening o'tkazildi. Tadbirda 3-TTJ tarbiyachisi N.Shukurov ham qatnashdilar.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 13:09


#jarayon

🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Nodira Nabiyeva hamda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o'qituvchilari 2-sonli talabalar turar joyida turuvchi talaba-qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "O'zbek tili-millat sarchashmasi" mavzusida tadbir o'tkazishdi.

Tadbirda o'zbek tilini tarannum etuvchi she'rlar, ko'rinishlar, hikmatli so'zlar aytildi.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 11:17


#Yoshlar_ittifoqi
#koordinatorlar_saylovi

YOSHLARNING BO'SH VAQTI YETAKCHINING ISH VAQTI

🏢 Denov Tadbirkorlik va pedagogika institutida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati hududiy kengashi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan yo'nalish koordinatorlar hamda fakultet yetakchiligiga nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tdi.

Mazkur suhbat jarayonida 60 nafar iqtidorli, iste’dodli talaba-yoshlarimiz ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa komissiya tomonidan 10 nafar iqtidorli talaba-yoshlar bir oy sinov muddati bilan Institut koordinatorligiga va fakultet yetakchiligiga saylandilar.

@dtpi.uz

DTPI rasmiy kanali

22 Oct, 10:53


#Yoshlar_ittifoqi_faoliayti
#koordinatorlarfaoliyati
#fakultet
O'zbek tili qalbim tarjimoni !



Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati "Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda "Filologiya" fakulteti tashabbuslari bilan talaba-yoshlar orasida "Zakovat intellektual" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs va munozaralarga boy bo'lgan "Zakovat intellektual" musobaqasini hakamlar jamoasi oqilona boshqarib bordilar.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin "The best" jamoasi;
2-o'rin "Diamonds" jamoasi;
3-o'rin "Genuia" jamoalariga nasib etdi.

Bayramona tadbirda institut yetakchisi Suxrobjon Xidirov ishtirok etib, barchani kun munosabati bilan samimiy qutladi va tashkilotchilarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.

🔍Rasmiy sahifalarimiz:
@DTPI_YOSHLARI @DTPI_UZ