Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

@urdu_pressa


Urganch davlat universiteti rasmiy sahifasi

🌐Veb-sayt: www.urdu.uz
Facebook: facebook.com/urduuz
Instagram: instagram.com/urdumatbuotxizmati
Youtube: youtube.com/channel/UCkQ8N0jtKR9VigB0FALuFvA/videos

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

22 Oct, 16:28


XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN

🎞Urganch davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga bag’ishlab o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tafsilotlari Xorazm MTRK ning yangiliklar dasturi orqali efirga uzatildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐
https://t.me/URDU_PRESSA

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

22 Oct, 12:55


#Saylov_va_yoshlar

✔️Joriy yilning 22-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabalari bilan "An'anaviy saylov tizimi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Uchrashuvda senator F.Sa'dullayeva mehmon bo'lib, talabalarga saylov tizimi shakllari, saylovning asosiy qoidalari va saylov o‘tkazish tartibi haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

🇺🇿Har bir ovoz kelajak sari bir qadam. 27-oktabrda saylovda faol ishtirok eting!

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

22 Oct, 10:30


#Bilimlar_bellashuvi

Joriy yilning 22-oktabr kuni Urganch davlat universitetining Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi Bilimlar bellashuvining fakultet bosqichi o'tkazildi. Tanlovda Filologiya va san'at fakultetidan 3 ta jamoa qatnashib, 4 ta shart asosida o'zaro bellashishdi.

Tanlov shartlari quyidagicha bo'ldi:

1️⃣ Tanishtiruv;
2️⃣ “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunlaridan xabardorligi;
3️⃣Savol-javob;
4️⃣Korrupsion huquqbuzarlik sodir etilgan muammoli vaziyatga to'g'ri baho bera olish.

🎁Eslatib o'tamiz, bellashuv va turli tanlovlar g'oliblari 9-dekabr - “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan tashkil etiladigan forumda turli qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati|RASMIY

22 Oct, 10:20


#Ilmiy_amaliy_anjuman

🏛🕧Urganch davlat universitetida Xorijiy filologiya fakulteti tashabbusi bilan joriy yil 22-23 oktabr kunlariga mo’ljallngan Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’z ish faoliyatini boshladi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram|  YouTube