UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

@uzdjtsu_rasmiy


🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali


🌐 Veb-sayt: http://jtsu.uz/

🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz

🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/

➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 16:51


Audio nomi: Shaxzoda
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: 1 ta
🎰 Hajmi: 14mb
👤 Muallif: Krishan Chandar

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 13:49


#til_bayrami

🏆2024-yil 21-oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan “Ona tili – millat gʻururi va iftixori” mavzusida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-musiqiy tadbir videolavhasi eʼtiboringizga havola etilmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 11:51


#til_bayrami
#chellenj

🏆O‘zDJTSUda O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlab talabalar orasida chellenj tashkil etildi

🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati, Tennis, badminton, stol tennis nazariyasi va uslubiyati hamda Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalari tomonidan o‘zbek tilini madh etuvchi chellenj o‘tkazildi.

👆Chellenjlarni yuqoridagi videolavhalarda tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 10:45


talaba_yutuqlari

🏆Universitet talabasi O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘ldi!

🧑‍🦽🤺2024-yil 17-21 kunlari Namangan shahrida aravachada qilichbozlik sport turi boʻyicha kattalar hamda U-23 yoshgacha boʻlgan erkaklar va ayollar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi oʻqituvchisi Alimardon Xavasov murabbiyligi ostida shugʻullangan Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi 1-kurs talabasi Axrorbek Abdullayev erkaklar o‘rtasida yakkalik rapira A bahslarida 🥇1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va musobaqa chempioniga aylandi.

💐👏Universitetimiz sharafini munosib himoya qilgan Axrorbekni g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 09:18


O‘zDJTSU kutubxona xodimalari “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligida

Joriy yilning 21-oktabr kuni respublikamiz bo‘ylab “INFOLIB OʻZBEKISTON-2024” XIII Milliy axborot-kutubxona haftaligiga start berildi.

Haftalikda turli tadbirlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar, kitob taqdimotlari, turli mahorat darslari, tanlovlar va konsert dasturlari o'rin olgan.

Xususan, haftalikning birinchi kunida “Betgerxonlik – 2024” ilmiy anjumani o'tkazilib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy atrbiya va sport universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Malika Nig‘manova hamda Hurriyat Ismatova ishtirok etmoqda. Mazkur anjuman bugungi kun kutubxona mutaxassislarini zamon bilan hamnafas qadam tashlashga undovchi fikr-mulohazalar bilan yanada ahamiyatli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftalik 25-oktabrga qadar davom etadi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 08:56


🇺🇿O‘zbek sportchisi Valensiya marafoniga Keniyada tayyorlanmoqda

🏃‍♂️Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shohruh Davlatov joriy yilning 27-oktabr kuni Valensiyada o‘tadigan nufuzli yarim marafon turnirida startga chiqadi.

🌍Dunyoning eng nufuzli yarim marafon musobaqalari orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Valensiya bahslarida munosib natijaga erishishni maqsad qilgan Shohruh Davlatov shu kunlarda Keniyaning Iten shaharda tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda. Rejaga ko‘ra, Davlatov Valensiya yarim marafonidan so‘ng yana Keniyada tayyorgarlikni davom ettiradi.

📆Yengil atletikachimiz joriy yilning 27-noyabriga qadar Itendagi o‘quv-mashg‘ulotda qatnashib, noyabr oyining so‘nggi kunlarida yana Valensiyaga yo‘l oladi. U yerda hamyurtimiz 1-dekabrga belgilangan “Platinum” darajasidagi marafonda vatanimiz sharafini himoya qiladi.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook

UzDJTSU (Rasmiy_kanali)

22 Oct, 08:33


#universitet_hayotidan

Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi faoliyatiga nazar


Joriy yilning 21-oktabr kuni Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi xotin-qizlar bo‘yicha mas’uli, dotsent Lola Davlatova ishtirokida talaba-qizlar uchun “Inklyuziv ta’lim amaliyotda” mavzusida trening bo‘lib o‘tdi.

Trening davomida adaptiv sportda inklyuziv ta’lim va amaliyot dolzarb hisoblanishi, jamiyatda birgalikda o‘qish – birgalikda shug‘ullanish va birlashishni anglatishi borasida tushunchalar berilib, mazkur tushunchalar turli ko‘rgazmali misollar yordamida ko‘rsatildi.

Shuningdek, kafedra talaba-qizlari bilan birgalikda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, yoshlarning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini oshirish va ularni kitob bilan doʻst boʻlishga undash maqsadida “Talaba-qizlar hayotida kitob mutolaasining o‘rni” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Ushbu suhbat talaba-qizlarning kitob bo‘lgan mehrini yanada ortishiga xizmat qildi.

https://t.me/uzdjtsu_rasmiy