Davlat xizmatlari yangiliklari

@davxizmat


Davlat xizmatlari yangiliklari

22 Oct, 13:49


#Davlat_xizmatlari

Xitoyning Suchjou shahridan kelgan investor Yuan Dongsheng Oqdaryo tuman davlat xizmatlari markazida “Yaxing Guoji Maoyi” MCHJni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Maʼlumki, markazlarda mamlakatimizga investitsiya olib kirish niyatida boʻlgan ishbilarmonlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, investorlar xonasi, navbatsiz xizmat koʻrsatish shular jumlasidan. Yuan Dongsheng ham 5 daqiqa ichida davlat xizmatlaridan foydalanib, yurtimizda qonuniy tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldi.

Asosan eksport, import va servis faoliyat turi bilan shugʻullanuvchi korxona nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish, sotib olish, qayta ishlash, qurilish materiallari ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Investor kelgusida 30 dan ortiq ishlab chiqarish va xizmat turlarini yoʻlga qoʻyish niyatida.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

22 Oct, 05:53


🆕 Modulli mehmonxonani qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi!

Subsidiya olish uchun tadbirkor 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 31-dekabrga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan so‘rov yuborishi lozim.

🔸Subsidiya 2024-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 1-noyabrga qadar bo‘lgan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan hamda kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxona uchun uning toifasidan qat'i nazar ajratiladi (rekonstruksiya qilish bundan mustasno).

🔰Subsidiya modulli mehmonxonada yaratilgan har bir joy uchun 1 mln so‘mdan belgilanadi va mehmonxonada har bir joy uchun kamida 4,5 kvadrat metr maydon ajratilgan bo‘lishi lozim.

Xizmat bo'yicha batafsil ma'lumot

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

21 Oct, 11:35


#Bilasizmi

Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma berish tartibini bilasizmi?

👫Xabardor qiluvchi toifasi:
Yuridik shaxs.

🏢Xabarnomani qabul qiluvchi organ(lar):
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari.

☑️Xabarnomani yuborish tartibi: “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

🏛 Bunda, xabardor qiluvchi kiritgan ma’lumotlar quyidagi davlat organlarining axborot tizimlari (ma’lumotlari) orqali tekshirilishi lozim:
▫️Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

💰Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im undirilmaydi.


Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

21 Oct, 09:35


Bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 10 foizi.

💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Yig‘im undirilmaydi.

🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

Xulosaning amal qilish muddati cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

21 Oct, 07:27


📢 Yangi xizmatlar!

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga muvofiq, quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olishingiz mumkin bo‘ladi:

✈️ Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
✈️ Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati;
✈️ Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi;
✈️ Uchishga yaroqlilik sertifikati;
✈️ Shovqinlarga oid sertifikat;
✈️ Radio jihozlar sertifikati;
✈️ Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati;
✈️ Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (2025-yil 15-yanvar) kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

19 Oct, 11:59


"Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi" doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishdi.

Batafsil videoda...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

19 Oct, 08:57


#Imkon_loyihasi

⚡️Bugun, 19-oktabr kuni
MATONAT filmini tomosha qiling

https://youtu.be/oTCyEmyI1jo


https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 19:51


#Imkon_loyihasi

⚡️Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati, biznes, ilmiy va akademik doiralar, OAV vakillari, jamoat faollari, inflyuenserlar va blogerlar ishtirok etdi.

“Matonat” filmi real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Loyihada “Kambagʻallikdan farovonlik sari” tamoyili asosida kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga huquqiy va moliyaviy amaliy koʻmak berish orqali ularning oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishiga erishish maqsad qilingan.

Bunda fuqarolarning oʻzi qiziqqan sohasiga mutaxassislar tomonidan oʻqitilib, malaka va qobiliyatini oshirish, ularning dunyo qarashini oʻzgartirish va kunlik daromadini oshirish orqali farovonlikka erishishi taʼminlanadi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

❗️Filmni 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin. Havolasini ulashamiz, bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 11:10


❗️Yangi mahsulotlar uchun Ochiq Eshiklar: "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimi❗️

🔒 “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi – bu zamonaviy texnologiyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlarni cheklangan muhitda sinovdan o'tkazishni nazarda tutadi.

📜 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–244-son Farmoniga asosan, ushbu rejim quyidagi sohalarda joriy etildi:
- Elektron tijorat;
- Transport va logistika;
- Sanoat;
- Qishloq xo'jaligi;
- Qurilish.

🔍 Maxsus rejim shuni ta'minlaydi:
- Yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishda cheklangan vaqt va hududda ba'zi qonunchilik normalariga amal qilmaslik;
- Litsenziyasiz faoliyat yuritish;
- Har bir loyiha uchun maxsus rejim muddati ko'pi bilan uch yil.

💻 Tadbirkorlik sub'ektlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat qilib, yangi mahsulot va xizmatlarni sinovdan o'tkazishlari mumkin.

Tartibi: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-novabrdagi 617-son qarori

Kanalga ulanish 👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 09:05


Biznesni boshlash uchun litsenziya olmaslik mumkinmi? ⬇️

🔑 “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi (Zero Licensing) – litsenziya va ruxsat berish hujjatini olish talab etiladigan faoliyatni boshlash uchun uch oygacha o'tish va moslashish davrini belgilaydi.

💡 Ushbu rejim quyidagilarni nazarda tutadi:

▪️ Uch oygacha muddat davomida faoliyatni litsenziya va ruxsat berish hujjatlarini olmasdan amalga oshirish, buning uchun vakolatli organni “Litsenziya” axborot tizimi orqali bepul xabardor qilish.
▪️Xabarnoma belgilangan tartibda yuborilgandan boshlab, uch oy davomida tadbirkorlik subyektlari litsenziyasiz faoliyat olib borganliklari uchun javobgarlikka tortilmaydi.
▪️Uch oy ichida tadbirkorlik subyekti faoliyatini litsenziya yoki ruxsat berish tartib-taomillariga moslashtirishi, tegishli litsenziya yoki ruxsat berish hujjatini olishi yoki faoliyatini to'xtatishi kerak.

📅 Ushbu maxsus rejim O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi PF–8-son Farmoniga asosan 2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlarini soddalashtirish maqsadida joriy etilgan.

🔍 Faoliyat yo'nalishlari:
- Rentgen uskunasidan foydalanish;
- Veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish.

Kanalga ulanish 👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 07:13


#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Samarqandda


Koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masʼullarning quyi boʻgʻinlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiboriga ham bogʻliq. Boisi, tizimning nechogʻlik samaradorligi hududlarda yaqqol namoyon boʻladi.

Xususan, Adliya vazirligining ishchi guruhi viloyatdagi FHDY organlari, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmalarida xizmat koʻrsatish sifati, raqamlashtirish jarayoni, bu borada amaliyotda uchrayotgan xato hamda kamchiliklar, tizimli muammolar, vakolatli idoralar bilan hamkorlik samaradorligi, bu borada tizim xodimlarining takliflarini oʻrganishmoqda.

Ishchi guruh vakillari Samarqand shahridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, Samarqand tuman FHDYo boʻlimidagi mazkur holatni koʻzdan kechirishdi. Mavjud kamchiliklarni oʻrganib, ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflar berishdi. Sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan fikr-mulohazalar, takliflarni tinglashdi.

📌 Kanalga ulanish

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 06:59


🔥 Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!

👨‍💻 Adliya vazirligi barcha Davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

📃 Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

Kanalga ulanish👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

18 Oct, 06:06


#Imkon_loyihasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U real voqealarga asoslangan “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

Bugun, 18-oktabr kuni Toshkentda “Imkon” loyihasining taqdimoti hamda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtadi.

❗️Filmning to‘lig‘ini 19-oktabr kuni soat 18:00 dan boshlab loyihaning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

https://t.me/yuldasheva_shoxidaxon

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 09:58


#Adliya_nazorat

Davlat xizmatidan foydalanish bo‘yicha kelib tushgan arizalarni asossiz ravishda rad etgan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Batafsil...

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 07:55


#Bilasizmi

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalar hamda ilmiy hamkorlik bo‘yicha xalqaro bitimlar doirasida xorijdan tekin, gumanitar va texnik yordam tariqasida keltirilayotgan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarning ajratilgan grantlar maqsad va vazifalariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Xulosa olishni so‘rab murojaat qiladigan shaxslar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Xulosani berishga vakolatli organ(lar):
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi.

📑Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
ariza;
xalqaro va xorijiy tashkilotlar va jamg‘armalardan grantlar ajratilganini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
bajarish uchun olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi xalqaro ilmiy va innovatsion dasturlardan ko‘chirma;
olingan pul mablag‘lari va asbob-uskunalarni tasdiqlovchi va ularning ajratilgan grantlar yoki xalqaro ilmiy dasturlar va ilmiy hamkorlik doirasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha loyihalarning maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi bo‘yicha tadqiqot ishlarini bajarish uchun ekspertizasini o‘tkazishga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im
undirilmaydi.
💰Xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 10 barobari.
🗓Xulosa berish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish muddati: 7 ish kuni.
🗓Xulosaning amal qilish muddati: Cheklanmagan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 05:55


#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi o‘simlik turlarini tabiiy muhitdan olish uchun ruxsatnoma

Murojaatlar qabul qilinadi:

🔗“Litsenziya” axborot tizimi;
🔗Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP).

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

ariza;
o‘simlik turi, uning g‘amlanadigan qismlarini — barglari, ildizlari, mevalari, sharbati va boshqalarni ko‘rsatgan holda;
g‘amlash yoki to‘plash usuli;
g‘amlash hududi (viloyat, tuman);
g‘amlash yoki to‘plash hajmi (kg, tn, dona, kubmetr);
g‘amlash (to‘plash) muddatlari;
o‘simlik turlarini g‘amlash (to‘plash), olish nazarda tutilayotgan hududlarning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining roziligi.

💰Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

▫️O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi;
▫️tabiatdan foydalanuvchi yuridik shaxslar — bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi;
▫️xorijiy fuqarolar uchun — 10 AQSh dollari miqdorida.
💰Ruxsatnoma berilganligi uchun undiriladigan yig‘im: foydalanish obyektlariga qarab belgilanadi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 ish kuni.

📄
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ruxsatnoma taqdim etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat

Davlat xizmatlari yangiliklari

16 Oct, 04:02


🚀 Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson bo'ladi!💻

“O‘ZBEKISTON — 2030” Strategiyasiga asosan YIDXPda joriy etilgan davlat xizmatlari “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilmoqda.

🔎 Hozirgi vaqtga qadar 100 ga yaqin ommabop davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida talab etiladigan ortiqcha ma'lumotlar olib tashlandi. Bu esa fuqarolarga davlat xizmatlaridan yanada qulay va tezkor foydalanish imkoniyatini bermoqda.

🔺Kelgusida nimalar qilinadi?
Joriy yilning 15 oktabr kuni Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi mas'ul xodimlari tomonidan har bir davlat xizmatini avtomatlashtirish va talab qilinadigan hujjatlarni qisqartirish bo'yicha kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

💯 Asosiy maqsad – barcha xizmatlarni avtomatlashtirish va sodda shaklga keltirish hamda yangi texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan foydalanib, fuqarolarga eng sifatli xizmatlarni taqdim etishdir.

Kanalga ulanish👇🏻
https://t.me/davxizmat