60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi @zomin_60maktab Channel on Telegram

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

@zomin_60maktab


©️ Jizzax viloyati Zomin tumani 60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi Matbuot xizmati.

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizni Zomin tumani 60-umumiy o‘rta ta'lim maktabiga xush kelibsiz! Kanalimiz - zomin_60maktab, Jizzax viloyati Zomin tumani 60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi matbuot xizmati uchun mo'ljallangan. Bizning kanal orqali siz o‘z qizi va o‘g‘ilohlaringizni ta'lim jarayoniga doir so'nggi yangiliklar, tadbirlar va tajribalar bilan xabardor qila olasiz. Maktabimizning o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan tanishib, ularning muvaffaqiyatlarini yuksalting. Biz bilan birga, o‘quv jarayonini qizb ko‘ring va o‘z fikrlaringizni birlashtiring. Sizni zomin_60maktab kanaliga obuna bo‘lishni unutmang - eng so‘nggi yangiliklar sizga chuqur keladi!

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

29 Nov, 03:50


60 - maktab
Taekvondo mashg'ulotidan lavha.
Trener-o'qituvchi Taekwondo WT murabbiyi Aliqulov Asror Toshpoʻlatova Maftuna

📞 +998 91 595 04 22

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

24 Nov, 10:22


Batafsil

Орзу қилиб ўсмаган бола худбин бўлиб катта бўлади!

👉 @Xabarlar24official

Батафсил https://t.me/+vIV3J7QmtzY5NWJi

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

19 Nov, 16:14


Сегодня 19 ноября ,учителями начальных классов Ильхомовой М.Ш, Чушкиной С.С. и Рахимовой Г.Х. было проведено мероприятие, посвященное правилам дорожного движения под названием "Азбука дорожного движения", в котором участвовали ученики 4 "А" рус и 4 "Б" рус классов.
Ребята подготовили замечательную программу со стихами, танцами и театральными постановками, которые не только напомнили о важности ПДД, но и подняли настроение своим юмористическим характером!

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

19 Nov, 15:08


❗️Болажонларнинг кеч ухлаши уларнинг хотирасини пасайтиради

Яқинларга юбориб қўямиз👇🏽

@Militsiya_Uzb👈🏽

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

14 Nov, 05:44


Shu savolni endi sizga bermoqchiman!

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

12 Nov, 15:04


🟠😜🫠😏😶😑😜😏 😜😀🤥😀😍😶🤬

Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy talablar asosida innovatsion pedagogik kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, metodik bo‘shliqlar va ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro baholash dasturi tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Jizzax Pedagogik mahorat markazida “Metodik marafon” tadbirlari o'tkazildi.

Jizzax viloyati PMM matbuot xizmati

📱Telegram ♻️ Website 🪩Facebook

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

06 Nov, 06:55


Hurmatli ota - onalar!!!!! Hozirgi kunda men Amerika kengashi tomonidan tashkil etilgan "Ta'limda liderlikni rivojlantirish dasturi" bo’yicha treningda ishtirok etmoqdaman! O’tgan bir oy davomida juda ko’p qiziqarli, manfaatli ma’lumotlar va yangiliklarga ega bo’ldim! Bugun sizlarga yozmoqchi bo’lganim shundan iboratki , bizdan maktabingizning Vision (Vijn) va Mission(Mishshn) ni bormi deb so’rashdi. (Vision – kelajak uchun maqsad, Mission – O’sha maqsadga olib boruvchi missiya)
Bizni maktabizmida Vision va Mission tushunchalari bor va bu tushunchalar boshlangich fikr bo’lib uni birgalikda takomillashtirishimiz kerak bo’ladi! Bugun uni sizlarning e’tiboringizga havola etaman va sizlardan o'z fikrlaringizni kutib qolaman!
Vision – “60 – maktab yaqin kelajakda barcha o’quvchilar uchun kuchli ta’lim oladigan va o’zlarining keyingi hayoti davomida rohatlanib yashash imkonini beruvchi maskan bo’ladi!!!! (60th school will be the place where students study Hard and totally Enjoy in their lifetime)
Mission – Biz har bir o’quvchi baxtli, sog’lom, aqlli va provardida kamolotga erishishlari uchun xizmat qilamiz!!!
Iltimos kommentariyada o’z fikrlaringizni bildirsalaringiz juda hursand bo’lar edik!!!!!
Hurmat bilan, maktab direktori dotsent Ravshan Boyirov Kommentariyalaringizni pastga yozing!👇

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

03 Nov, 12:24


Zomin tumani 60-maktabda 6-sinf o'quvchilar o'rtasida matematika fanidan musoboqa bo'lib o'tdi.

Qiziqarli shartlar asosida o'quvchilar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Bolalarda matematika faniga yana ham kuchliroq qiziqish paydo bo'ldi. Yakuniy natijalarga ko'ra;

🥇-o'rin 6-A SINF
🥈-o'rin 6-D SINF
🥉-o'rin 6-B SINF

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

03 Nov, 10:20


Jizzax viloyatidagi davlat va nodavlat umumta'lim muassalarining 4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida matematika fani boʻyicha "Xorazmiy izdoshlari" nomli  3 bosqichli fan olimpiadasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

60-maktab sharafini himoya qilgan 5 nafar o'quvchidan 4 nafari Viloyat bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Barcha o'quvchilarimizga viloyat bosqichida omad tilaymiz!

Raimqulov Nurmuhammad
Xayitboyev Abubakir
Xoʻrozov Sarvar
Abduraupov Islom
Islomov Otajon

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

02 Nov, 18:45


Maktabimizning boshlang'ich ta'lim ustozlari Kuzgi malaka - toifa attestatsiyasiga navbatdan tashqari tarzda qatnashib birvarakayiga 1️⃣0️⃣ nafari 🥇-toifani qo'lga kiritdi.

Bu natija o'z-o'zidan kelib qolmadi albatta. Buning ortida katta mehnat, sabr va izlanishlar borligi ko'rinib turibdi. Ta'til vaqtlarida ham ustozlarimiz tinim bilmay, o'z ustlarida ishlashdi, bilimlarini almashishdi va rivojlanishdi.

Bolalarga ilk saboqlarni beradigan, ularga poydevor vazifasini o'tab beradigan ko'nikmalarni beruvchi ustozlar shunday natijalar ko'rsatishsa bu qanday baxt! Barcha ustozlarimizni bugungi yutuqlati bilan tabriklaymiz!!!!

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

02 Nov, 12:02


Zomin tumani 60-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 6-7-8-sinf oʻquvchilari uchun DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyi haqida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

O'quvchilarga maxsus video rolik qo'yib berilib, kelajakda o'z oldilariga maqsad qo'yish va vatanimiz uchun foydasi tegadigan shaxs bo'lib yetishishlari tushuntirildi.

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

26 Oct, 08:33


Zomin tumani 60-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Zakovat" intelektual o'yinlarining 7-sinflar uchun "KUZ" mavsumi chempionati bo'lib o'tdi.

Jami 8 ta jamoadan 40 ta o'quvchi ishtirok etgan intelektual o'yinda, g'oliblikni 7-M1 sinfi qo'lga kiritdi va maktabdagi eng bilimdon 7-sinf o'quvchilarga aylanishdi. Ikkinchi o'rin 7-SM jamoasi bo'lsa 3-o'rin 7-M1 sinfining ikkinchi jamoasiga nasib qildi.

🏆 Yakuniy natijalar:
🥇 7 - "M¹"
🥈 7 - "SM"
🥉 7 - "M¹+"

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

25 Oct, 14:53


Garvardga qanday tayyorlanish kerak?

Garvard talabalari bilan qisqa rolik tayyorlandi. Unda talabalar o‘qishga kirishda nima uchun 4 yil tayyorgarlik ko‘rish muhim ekanligi, nima uchun portfolio kerakligi va Zakovat orzularni amalga oshirish uchun qanday yordam berganligi haqida so‘zlab berishdi.

@zomin_60maktab

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

25 Oct, 09:56


#Markaziy_harbiy_okrug

Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari va harbiy komendatura tomonidan Zomin tumani 1-sektor hududida joylashgan 60- sonli  umumiy oʻrta taʼlim maktab o'quvchi yoshlarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Yoshlar - milliy armiyamiz nigohida!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o'tkazildi.

Unda so'zga chiqqanlar yoshlarga milliy armiyamizning kuch-qudrati, unda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy ta’lim muassasalarida tahsil olish to‘g‘risida ma’lumotlar berib o'tishdi.

Festival davomida tashkil etilgan qurol-aslahalar ko'rgazmasi, harbiy orkestr jamoasi tomonidan kuy qoʻshiqlar  yoshlarda harbiylik kasbiga hurmat va g'urur tuyg'ularini yanada oshirdi.

✔️Yangiliklarni kuzatib boring:

➡️ Telegram I  Facebook I Youtube

60-umumiy o‘rta ta'lim maktabi

21 Oct, 14:09


🔸 "XORAZMIY IZDOSHLARI" matematika fan olimpiadasining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi.

📍3-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan olimpiadaning tuman bosqichiga 1-maktab mezbonlik qildi.

Zomin tumanidan jami 320 nafar 3-sinf o'quvchilari ishtirok etgan fan olimpiadasida saralangan 25 o'quvchi viloyat bosqichga yo'l oldi. Quvonarlisi bulardan 4 nafari 60-maktab o'quvchilari hisoblanadi.

3-"A" Boltaboyev Zafarjon
3-"A" Mamatqulov Nurmuhammad
3- "B" Usmonova Aziza
3- "D" Abdullayeva Shodiya.

Yosh iqtidorli o'quvchilarimizga navbatdagi bosqichda omad tilaymiz.

@zomin_60maktab