آخرین پست‌های Xususiy oliygohlar | INFO (@xususiy_oliygohlar) در تلگرام

پست‌های تلگرام Xususiy oliygohlar | INFO

Xususiy oliygohlar | INFO
🔥 Reklama: t.me/Click_Edu/21
🤝 Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari

🔎 O'zbekistondagi litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli ma'lumotlar

🗺️ Manzillari
🎓 Yo'nalishlari
💰 Kontrakt narxlari
🔥 Qulayliklari va boshqalar
53,675 مشترک
176 عکس
84 ویدیو
آخرین به‌روزرسانی 11.03.2025 09:00

کانال‌های مشابه

Davlat Test Markazi
75,231 مشترک
Abit.uz | Rasmiy kanali
53,612 مشترک

آخرین محتوای به اشتراک گذاشته شده توسط Xususiy oliygohlar | INFO در تلگرام

Xususiy oliygohlar | INFO

09 Mar, 06:12

3,071

Xususiy oliygohlardan davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

🏢 Respublika hududida faoliyat yuritayotgan nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o'qishini mos va turdosh boʻlgan ta'lim yo'nalishlariga ko'chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta'lim yo'nalishlari bo'yicha test sinovlari asosida o'tkaziladi.

📑 O'tish ballidan past ball to'plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

🏛️ Oʻzbekiston davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan ta'lim yo'nalishlariga koʻchirish oʻrnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta'lim yo'nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to'lov-kontraktning minimal miqdoriga teng boʻlgan bir martalik toʻlov asosida amalga oshiriladi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

08 Mar, 06:30

3,006

❗️10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2025-yil uchun ish vaqti taqvimini e’lon qilgan edi. Unga ko’ra, mart oyida 5 kunlik ish haftasiga egalar umumiy hisobda 13 kun, 6 kunlik ish haftasiga ega xodimlar esa 9 kun davomida dam oladi.

Shuningdek, 8-mart sanasi shanba kuniga to’g’ri kelganligi uchun, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlarga 10-mart (dushanba) kuni qo’shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Maktablar 6 kunlik ish haftasida ishlaganligi uchun, 10-mart kuni maktablarda barcha uchun dars va ish vaqti bo’ladi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

02 Mar, 06:22

5,405

Xususiy oliygoh talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi

Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.

Unga koʻra:

Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-oktabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisob varaqlariga oʻtkazib beradi.

💵 Ijtimoiy taʼminot yordami talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼiy nazar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

28 Feb, 23:54

5,888

Qaysi ta'lim shakliga o'qishni ko'chirish mumkin-u, qaysinga mumkin emas?

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu jadvaldan foydalanishlari tavsiya etiladi. Bir necha yildan beri ushbu ta'lim shakllararo o'qishni ko'chirishga ruxsat etib kelinmoqda.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliygohlar haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

28 Feb, 09:02

4,043

O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada 🇯🇵 IT sohasida ish boshlash mumkinmi ?🧐

⚡️ Ha, albatta ! O'zbekistonda Yaponiyaning ilk universiteti Japan Digital Universityning maxsus dasturi orqali siz bu natijaga erishishingiz mumkin.
Aytgancha, bu yilgi bitiruvchilarimizning barchasi Yaponiya IT kompaniyalaridan rasmiy ish taklifi olishga ulgurishdi.
        Agar maqsadingiz Yaponiya bo'lsa biz sizga yordam berishdan mamnunmiz 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

       Murojaat uchun : 📞 71-200-05-95

 
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Xususiy oliygohlar | INFO

27 Feb, 15:11

4,995

⚡️Rasman: Oʻzbekistonda Ramazon oyi 1-martdan boshlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi qarorini imzoladi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

25 Feb, 05:14

8,151

⚡️Yangi xususiy universitetga litsenziya berildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 25.02.2025 sanasida "Sharq-University" MCHJga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi. Yangi oliygoh 4 ta binoda faoliyat ko'rsatish uchun ruxsat olgan.

Ochiq ma'lumotlarga ko'ra, "Sharq university" ta'sischisi sifatida 100% "Sharq qurilish servis" egalik qilishi ko'rsatilgan.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

22 Feb, 05:36

7,539

— “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanloviga qabul davom etmoqda!

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 25-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

21 Feb, 07:03

6,903

"Qishki perevod" natijalari e'lon qilindi

Bugundan boshlab talabalar OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal
Xususiy oliygohlar | INFO

16 Feb, 07:34

8,915

Vazirlik yana bir xususiy
universitetni sudga berdi


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent tumanlararo sudiga "University of science and technology" MCHJ lisenziyasini bekor qilish bo‘yicha da’vo arizasini kiritgan. Sud majlisi 25-fevral kuniga belgilangan.

@Xususiy_oliygohlar – Litsenziyaga ega xususiy oliy ta'lim muassasalari haqida ishonchli kanal