Uzun24 | Yangiliklar @uzunyangiliklari Channel on Telegram

Uzun24 | Yangiliklar

@uzunyangiliklari


Rasmiy axborot kanali,
📑Hujjat raqami:
№ 0005797178

Bizda 24/7: +998888520888
📡 Ommabop yangiliklar
🔥 Rasmiy xabarlar va yangiliklar
📑 Tahliliy postlar
📌 Reklama va murojaat uchun: @Uzunaloqabot

Uzun24 | Yangiliklar (Uzbek)

Uzun24 | Yangiliklar yangi Telegram kanalimizga xush kelibsiz! Bizning rasmiy axborot kanalimizda 24 soat ommabop yangiliklar, rasmiy xabarlar va yangiliklar, tahliliy postlar bo'ladi. Siz uchun eng so'nggi va muhim yangiliklar bilan xabarlashish uchun bizga qo'shiling. Hujjat raqami: № 0005797178 Biz 24 soat xizmatda: 📡 Ommabop yangiliklar 📡 Rasmiy xabarlar va yangiliklar 📡 Tahliliy postlar 📡 Reklama va murojaat uchun: @Uzunaloqabot Biz bilan bog'lanish: +998888520888 Uzun24 | Yangiliklar - eng yangi va maqbul yangiliklar uchun eng yaxshi manzil! Sizni kanalimizda ko'rishni kutib qolamiz.

Uzun24 | Yangiliklar

07 Feb, 15:47


⚡️Prezidentimiz surxondaryolik tadbirkor Bahrom Raupov faoliyatini yuqori baholadi

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

06 Feb, 13:21


#milliy_kontent

O‘zbek milliy liboslari nafaqat an’analarimiz timsoli, balki iqlimimizga ham mos keladigan muhtasham an’anaviy hunarmandchilik namunasidir. O‘zining tabiiy matolari, jozibali dizayni, har bir faslga mosligi bilan ajralib turadi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

06 Feb, 07:08


⚡️Tez orada uyda unutib qoldirilgan hujjatlar xavotirli tashvishlar safidan chiqadi!

Ko‘pchilikning vaqtini olib, asabini buzadigan jarayonlardan biri – bu turli hujjatlarni yig‘ish va ularni doim o‘zi bilan olib yurishdir. Hujjatlarni uyda unutib qoldirish esa ko‘pgina noqulayliklarga olib kelishi mumkin.
Endilikda bu masalaga yechim bor.

2025-yilning 1-iyulidan boshlab my.gov.uz portalidagi raqamli servislar orqali hujjatlarni elektron shaklda taqdim etsangiz bo‘ladi. Bu degani, endi siz bilan doim birga yuradigan smartfoningiz yordamida istalgan vaqtda kerakli hujjatni ko‘rsata olasiz!

Raqamli servislardan Bank xizmatlarida, Notarial idoralarga murojaat qilganda, Aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda, O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, Davlat, korporativ va boshqa xizmatlarda foydalanishingiz mumkin.

Ushbu imkoniyat vaqtni tejash, hujjatlarni yo‘qotish yoki shaxsga doir ma’lumotlarning tarqalish xavfini kamaytirib, jarayonlarni soddalashtiradi va tezlashtirish kabi qator qulayliklarni yaratadi.

my.gov.uz bilan hayot ancha osonlashadi!
https://youtube.com/shorts/424Ht4AMyec

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

06 Feb, 05:48


⚡️Sizga tez, arzon va qulay taksi kerakmi?

Uzun Taxi
sizlarga xizmat ko'rsatadi. Barcha turdagi maxsulotlarni yetkazib berish xizmati ham mavjud. Nimani kutyapsiz hoziroq ga aloqaga chiqing va xizmatdan foydalaning.

Uzundan Sariosiyo, Sharg'unga bormoqchimisiz qulay narxda olib borib keladi ishonchli taxi xizmati.
📲+998938630808

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

05 Feb, 13:09


⚡️Birinchilardan Ihsan Marketda Kartoshka narxlari juda arzon!

© Kartoshka kg
– 6,490 so‘m

🍓🍇🍗🥐🧅🥔
Ihsan Marketda barcha mahsulotlar optom va donaga sotiladi.

Bizning manzil:
Uzun tumani, eski Yevrostroy
☎️ +998 97 847 10 19

Ihsan Market – hamyonbop narxlar va sifatli mahsulotlar uyingizda!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

05 Feb, 12:52


#milliy_kontent

⚡️Uzun tumanida “Milliy liboslar kuni” keng nishonlanmoqda

Mahsus rakursdan Uzun tumani (
Rolik tomondan ishlandi: @JASURBEKFILM)


@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

05 Feb, 08:02


⚡️Deputat fuqarolar muammolarini tingladi

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Dilorom Safarova O‘zbekiston mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi murojaatlari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Fuqarolar tomonidan ijtimoiy masalalar, bandlik, mahalla infratuzilmasini yaxshilash kabi yo‘nalishlarda taklif va muammolar bildirildi.

Deputat ko‘tarilgan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal qilishini ta’kidlab, aholining turmush farovonligini oshirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilishini ma’lum qildi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

05 Feb, 07:35


⚡️O'zbekiston va Malayziya yetakchilari muzokaralari bo'lib o'tdi

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

05 Feb, 04:56


⚡️Uzun va Sariosyoda EMDF va yog‘och eshik-romlar

Buyurtma asosida sifatli mahsulotlar:
🚪 Yog‘och va Akfa mahsulotlari
🪟 Deraza romlari
🛏 Kravot va boshqa yog‘och mahsulotlari

Tayyorlab, o‘rnatib beramiz!
Murojaat uchun: +998999933321,
+998939933321

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

12 Jan, 07:45


“Omega Eye Clinic” – sifat va ishonch manzili

Klinikamizga nafaqat Surxondaryoliklar, balki qo‘shni Tojikistondan ham bemorlar murojaat qilishmoqda. Ularning samimiy minnatdorlik so‘zlari biz uchun eng katta mukofotdir.

Yuzlab muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotlari va sifatli xizmatlar bilan “Omega Eye Clinic” sizning ko‘z salomatligingizni ta’minlashda doim birinchi o‘rinda!

📍Manzil: Sariosiyo tumani, MSO mavzesi
📞 Murojaat uchun: +998771574477

🔗 Batafsil: Telegram kanalimizga qo‘shiling

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

12 Jan, 05:28


⚡️Uzun tumani Obod yurt mahallasida 4 so'tixdan ortiqroq yer sotiladi

☎️ +998902948052

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

11 Jan, 22:50


⚡️14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab musobaqa o‘tkazildi

Uzun tumani Maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida badiiy gimnastika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir badiiy gimnastika bo‘yicha trener Qayumova Umida Toxirovna bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Musobaqada tumandagi quyidagi bog‘chalar faol ishtirok etishdi:
2, 3, 5, 8, 14, 18 va 22-MTT.

Yosh iste’dodlar o‘zlarining mahorati va epchilliklarini namoyish etib, tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlashdi. Ushbu tadbir kichkintoylarimizni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirishda muhim qadam bo‘ldi.

Barcha ishtirokchilarimizni tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilaymiz!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

11 Jan, 10:32


Askar onalarini sharaflaymiz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Uzun tumanidagi Chegara qo‘shinlarida “Askar onalarini sharaflaymiz” tadbiri o‘tkazildi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar ota-onalari bilan telemuloqot orqali uchrashib, diydorlashdi. Farzandining mard va vatanparvar yigitga aylanganini ko‘rgan onalar sevinch yoshlari ila minnatdorlik bildirdi.

Tadbirda madaniyat bo‘limi xonandalari vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlari bilan ishtirok etdi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

30 Dec, 16:10


⚡️Uzun tumanida 38 ming elektr energiyasi iste’molchilari mavjud bo‘lib, ushbu iste’molchilarni 11 ta yuqori quvvatdagi elektr podstansiyasi elektr quvvat bilan ta’minlab kelmoqda

Aholini uzliksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tun-u kun ishlar tashkil etilgan.

Jumladan, bugun Uzun tuman hokimi Xabibulla Bozorov tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i ishtirokida barcha elektr quvvati bilan bog‘liq holatlar ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh tomonidan tun-u kun tashkil etilgan navbatchilik, shuningdek elektr quvvat bilan bog‘liq nosozliklar vujudga kelganda texnikalarning shayligi o‘rganildi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

30 Dec, 15:47


⚡️Uzun tumanida Yangi yil shukuhi!

Uzun tumani bozorlarida bayramona kayfiyat hukm surmoqda! Yangi yil munosabati bilan tashkil etilgan maxsus yarmarkalar xaridorlarga sifatli va arzon mahsulotlar taqdim etmoqda.

Bayram shukuhi bilan to‘yingan bozorlarda har bir xarid quvonch va shodlikka boy bo‘ladi.

Uzun tumani – bayram kayfiyatining maskani!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

30 Dec, 14:52


⚡️Urgaz gilamlar markazi, arzon gilamlar narxlari 1-qism

https://youtu.be/PKhG4aCD8qM

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

30 Dec, 03:55


⚡️Surxondaryo faxri – Anvar Abdullayevning ulkan g‘alabasi!

Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidan Anvar Abdullayev o‘zining ajoyib mahoratini yana bir bor namoyish etdi. U hayajonli va to‘liq davom etgan jangda ochkolar hisobida g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini saqlab qoldi!

Bu yutuq Anvar Abdullayevning kuchli iroda, mehnatsevarlik va mahoratining yorqin natijasidir. Ushbu imkoniyatlarni yaratishda qo‘llab-quvvatlagan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimovga o'z minnatdorchiligimni bildiraman - Anvar Abdullayev.

Surxondaryo viloyatining sport sohasidagi yutuqlari bardavom bo‘lsin!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

29 Dec, 12:54


⚡️Yangi yil dasturxonini Ihsan Market bilan tayyorlang!

Bayramga oz fursat qoldi, va sizni qulay va sifatli xaridlar uchun Ihsan Market kutmoqda. Eng arzon narxlar va sifatli mahsulotlar bilan xizmatdaman!

🕒 Ish vaqti:
07:00 dan 23:00 gacha

📍 Manzil:
Uzun tumani, eski Yevrostroy
☎️ Aloqa: +998 97 847 10 19

Bayramni biz bilan boshlang!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

29 Dec, 10:18


⚡️Uzun tumani sportchilarining ulkan g‘alabasi!

Joriy yilning 20-21 dekabr kunlari Toshkent shahrida Shotokan Karate-do turi bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli musobaqada Uzun tuman sport maktabi vakillari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qayd etishdi:

🏅 5 ta oltin medal
🥈 1 ta kumush medal
🥉 6 ta bronza medal

Sportchilarimizning jasorati va mehnati natijasida Uzun tumani sport faxriga aylanishda davom etmoqda. G‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz, kelgusida yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!

Uzun tumani sporti - faxrimiz!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

29 Nov, 05:54


O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqdi:

O‘zbekiston bo'ylab hafta oxirida qor yog‘ishi kutilmoqda


O‘zgidromet 29-noyabrdan 2 dekabr kuniga qadar respublikada beqaror ob-havo kutilishi bo‘yicha tezkor ogohlantirish bilan chiqdi.

Unda noyabrning so‘nggi ikki kunida respublikada nam havo, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi, ayrim hududlarda kuchli yog‘ishi, dekabrning boshida hududlarda havo haroratining tunda nol darajadan pasayib ketishi keltirilgan.

Respublikaning ko‘plab hududlarida 30-noyabr va 1-dekabrda qor yog‘ish hodisalari kuzatilishi mumkin.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

29 Nov, 04:33


⚡️Ochiq muloqot o'tkaziladi

Bugun soat 11:00 da Uzun tuman hokimligining rasmiy kanalida tuman hokimining o’rinbosari Z.Abdanov ishtirokida ochiq muloqot o’tkaziladi.

Ulanish uchun: https://t.me/uzun_ax_x

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

28 Nov, 12:22


⁉️ DIQQAT, VAQTI CHEGARALANGAN, ULGURIB QOLING!

⚡️ Ertangi sovuqda qolib ketmaslik uchun, hozirgi qaynoq chegirmadan foydalanib qoling!

🔥 Atigi 3 kun, barcha filiallarimizda, barcha mahsulotlarga 5% chegirma!

Batafsil: 55 503 73 00 👈🏻 hoziroq bog’laning!

📍 Barcha manzillarimiz!

@askouzbekistan

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

27 Nov, 07:55


⚡️Uzun tumanida sayyor qabul

Ayni damda, Uzun tumanida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari mutasaddilari tomonidan fuqarolarning kadastr masalasidagi muammolarini o'rganish maqsadida sayyor qabul bo'lib o'tmoqda.

Shunga ko'ra, fuqarolar bilan yuzma-yuz bo'lgan holda muammolariga tegishli yechim va huquqiy tushuntirishlar berilmoqda.


@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

26 Nov, 07:18


⚡️“Xavfsiz hudud – dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri doirasida Uzun tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida olib borilayotgan amaliy ishlar tafsiloti

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

26 Nov, 05:06


📊Inflatsion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha Markaziy bankning noyabr oyi so‘rovnomasida faol ishtirok eting

Inflatsiya va uning omillari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalaringizni bildiring. So‘rovnoma 2024 yil 4 dekabrga qadar davom etadi.

👉@kutilmalar_noyabr2024_bot

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

25 Nov, 10:39


TEZKOR

⚡️Onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi — Prezident qarori

“Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida 30–65 yoshdagi ayollarning elektron bazasi (ro‘yxati) shakllantiriladi, ularni tibbiy ko‘rikka taklif qilish tizimi yaratiladi.

Har yili 30–50 yoshdagi ayollarda bachadon bo‘yni saratoni skriningi odam papillomasi virusini polimeraza zanjirli reaksiya tekshiruvi usuli orqali aniqlash hamda suyuqlik sitologiyasi usulida tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

30–65 yoshdagi ayollar har 2 yilda bir marotaba tibbiyot xodimlari tomonidan birlamchi saralashdan o‘tkaziladi.

Skrining natijasida onkologik kasallikka chalinganligi aniqlangan bemorlarni tashxislash va davolash bilan bog‘liq xarajatlar byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

25 Nov, 10:20


⚡️Hurmatli fuqarolar

Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabrgacha Respublikamizda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vohamiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

24 Nov, 12:48


Avtoshinalar do'konining eng katta yulduzi endi DENOVda ham porlaydi - ASKO!

🚘 Nima uchun ASKO shinalarini sotib olishingiz kerak?

BEPUL o'rnatib berish;
Har 10 000 kmda BEPUL perekidka xizmati;
Ko'zni quvontiradigan narxlar;
Muddatli to'lovga ham xarid qilsangiz bo'ladi.

Xizmatlarimizga qiziqdingizmi? Biz bilan bog'laning!

📞 Telefon: 55 503 73 00

📍 Mo'ljal: Surxondaryo viloyati, Denov shahri, Jome mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasi, 1 uy. "Guliston asl burger" ro‘parasi

@askouzbekistan

Uzun24 | Yangiliklar

22 Nov, 16:30


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig'ilish o‘tkazdi

#Mirziyoyev #yigilish #Surxondaryo #iqtisodiyot

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

14 Nov, 15:25


⚡️Deputatlikka saylangan yoshlar yetakchilari!

✔️ Xabaringiz bor, joriy yil 27-oktyabr kuni mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur saylovlarda 541 nafar mahalladagi yoshlar yetakchilari o‘z nomzodlarini ilgari surgan edi. Natijada 2 nafar yoshlar yetakchisi hududiy hamda 117 nafari esa mahalliy Kengashlar deputatligiga saylandi. Yoshlar yetakchilarining bunday yutuqlarga erishishi ularga berilgan ishonch va imkoniyatlarning natijasidir.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan ushbu yoshlar yetakchilarini tabriklaymiz! Yoshlar manfaatlarini himoya qilish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

13 Nov, 07:58


⚡️Aziz Uzunliklar!!!

Uzun Tumani Hayoti (Chat) guruhimiz orqali hech qayoqqa bormasdan, oʻtirgan joyingizda mahsulotlaringiz va buyumlaringizni soting va xarid qiling!
Guruhga odam qo'shsangiz bo'ldi. Albatta hamma hohlagancha.

Guruhimizda:

🚗 Avtomashina
📱 Mobil telefon
🏠 Uy-joy, noturar-joy
🛁 Qurilish materiallari
📺 Maishiy texnika

va boshqa buyumlarni muammosiz sotishingiz va sotib olishingiz mumkin.

⌛️ Hoziroq guruhimizga aʼzo boʻling!
Ishoning bu Uzundagi eng oldi guruhlardan bo'ladi!
📡
https://t.me/Uzun_tuman_chat

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

03 Nov, 07:18


⚡️Uzunlik Amonulloyev Akbarshoh Karate Jahon chempionatida chorak finalga chiqdi

Amonulloyev Akbarshoh 2024 yil 25-27 - oktabrda Yaponyaning Takasaki shahrida bo'lib o'tgan,JKA Karate vaznsiz turi bo'yicha Jahon chempionatida qatnashib 134 raqobatchilar orasidan 5-o'rinni egalladi.

Eslatib o'tamiz, A.Amonulloyev 2024 yil 15-iyunda Angliya chempioni bo'lgan edi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

02 Nov, 14:46


⚡️Tanlovda adashmang, siz uchun qayg'uramiz:

Surxondaryo viloyati bo'ylab Tunikabond xizmatlarini yo'lga qo'ydik, biz bilan bog'laning. Mijozlarimiz uchun katta yangiliklarni tayyorlab qo'yganmiz.

+99891 579-86-96
+99833 112-86-96

https://youtu.be/7VI61g560QA?si=4oeAmNcjgyALJmvI

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

02 Nov, 10:19


⚡️“Yil ayoli” milliy tanlovining Uzun tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022-yil 27-apreldagi KQ-340-IV-sonli qarori asosida, Yil ayoli milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Birinchi oʻrinni "Oʻz kasbining ustasi boʻlgan yil ayoli" nominatsiyasi boʻyicha Dilorom Yodgorova 1- oʻrinni egalladi.

Mazkur tanlovdan maqsad jamiyatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ilgʻor tajribalarini ommalashtirishdan iborat.

Tanlovning tuman bosqichi ishtirokchilari 5 balli tizimda baholandi. G‘oliblar mazkur tanlovning viloyat bosqichida qatnashish yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi.

“Yilning eng faol sogʻlom turmush tarzi targʻibotchisi”, va boshqa nominatsiyalar boʻyicha ham gʻoliblar aniqlandi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

01 Nov, 15:36


⚡️Vatanparvarlik - milliy yuksalish kafolati (+video)

Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi Bollar bilan ishlash bo‘limi Uzun tumani inspektor-psixologlar va "Qo‘riqlash" boshqarmasi Uzun tumani xodimlari hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Uzun tumani 4-AFCHO‘IMda vatanparvarlik va Jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida tadbir o‘tkazildi.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

01 Nov, 14:53


⚡️Zulfiya nomidagi davlat mukofoti koʻrik tanlovining Uzun tuman bosqichi oʻtkazildi (+video)

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Salomat Gulboyeva ochib berdi. Tanlov belgilangan shartlar asosida oʻtkazildi. Gʻoliblar tanlovning keyingi bosqichlarida qatnashish imkonini qoʻlga kiritdilar.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

01 Nov, 09:55


⚡️Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga saylov natijalari ma’lum qilindi

Uzun tumani hududiy saylov komissiyasining bugun o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishida 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat hamda shahar va tumanlar Kengashlariga saylov natijalari e’lon qilindi.

Saylovda tuman hududidagi 63 ta saylov uchastkalari orqali 85618 nafar saylovchi ishtirok etgani, bu saylovchilar umumiy sonining 96 foizini tashkil etgani qayd etildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga 1 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 3 nafar, tuman Kengashiga 25 nafar deputat saylandi.

Saylangan 25 nafar deputatning 7 nafari (28 foizi) xotin-qizlardir.


@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

26 Oct, 06:12


⚡️Baxtiyar Bekovich Babadjanov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi

B.Babadjanov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlagan.

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

26 Oct, 06:08


⚡️Saylovda qanday ovoz beriladi?

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

24 Oct, 14:21


⚡️“To’lqin aka milliy taomlari” oshxonasi yangi mavsumga o’zgacha ko’rinish va ko’plab yangiliklar bilan mijozlarni kutib olishga tayyor!!!

📌Manzil: Uzun tumani Uztelecom binosining yon tomoni

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

23 Oct, 12:16


⚡️Har bir ovoz muhim! Saylovda ishtirok eting!

Qalpoq ijodkorlaridan biri bo'lmish, aktyor, Jo'rabek Norqulov Uzunlik yoshlar va fuqarolarni saylovda faol bo‘lishga chorladi...

#Saylov_2024

@UzunYangiliklari

Uzun24 | Yangiliklar

23 Oct, 12:13


⚡️Uzunlik yoshlar va fuqarolarimiz: O‘zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz beraylik!

Elimiz suygan xonanda Nargiza Azimova Uzunlik yoshlar va fuqarolarni saylovda faol bo‘lishga chorladi...

#SaylovVaYoshlar

@UzunYangiliklari