Assalomu aleykum,
Hurmatli tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari,
O’zavtosanoat AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan tarmoq korxonalarda import butlovchi qismlar va xom ashyolarni qusqartirish, mahalliylashtirish va kooperatsiyani jadallashtirish maqsadida Toshkent shahri, Bektemir tumani, Husayn Bayqaro ko’chasi 28A uyda joylashgan Cooperation Lab ko’rgazmalar zalida namuna detallar, xom ashyolar, ma’lumotlar joylashtirildi, mas’ul hodimlar biriktirildi.
Shu sababli, UzAuto Motors AJda ishlab chiqarilayotgan Tracker, Onix, Cobalt, Damas, Labo yengil avtomobillari undan tashqari SamAuto yuk avtomobillari va avtobuslari, AgroTech Claster, Toshkent Traktor zavodi MChJ qishloq xo’jaligi texnikalari va osma agrigatlari, UzClaas Agro MChJ qishloq xo’jaligi texnikalarining import butlovchi qismlarini sifatli mahalliylashtirish bo’yicha qiziqish bildirgan va hamkorlik qilmoqchi bo’lgan tadbirkorlarni hamda Ishlab chiqaruvchi korxonalarni Cooperation Lab ko’rgazmalar zaliga taklif qilamiz!
Hurmat bilan,
O’zavtosanoat AJ
Mahalliylashtirish boshqarmasi boshlig’i
Ma’ruf Raximov
[email protected]+998909521007
Qo’shimcha ma’lumot uchun,
UzChasys MChJ QK
Mahalliylashtirish bo’limi boshlig’i
Ilyosbek Imomov
[email protected]+998912942090