O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI @uzbekistanmanaviyhayoti Channel on Telegram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

@uzbekistanmanaviyhayoti


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rasmiy kanali

O'zbekiston Tuman Ma'naviy Hayoti (Uzbek)

O'zbekiston Tuman Ma'naviy Hayoti kanali O'zbekistonning tuman bo'linmasining rasmiy ma'naviyat va ma'rifiy markazidir. Bu kanal O'zbekistonning har bir tumanining ma'naviy hayoti, san'ati, tarixi, madaniyati va boshqa ko'plab sohalari haqida ma'lumotlar taqdim etadi. Kanalda tumanlarimizning ma'naviyatiga oid yangiliklar, adabiyotlar, maqolalar va turli ko'rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin. Kanalimizda O'zbekistonning turli viloyatlaridagi tumanlar haqida tasvirlar, fotolavhalar va videolar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Agar siz O'zbekistonning ma'naviy tarixiy oilasiga oid yangiliklarni va ma'lumotlarni bilishni istasangiz, O'zbekiston Tuman Ma'naviy Hayoti kanaliga obuna bo'ling va yangiliklar bilan tanishib chiqing!

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 09:35


Oʻzbekistonda “Yorqin isteʼdod” loyihasi joriy etiladi

U orqali oilaviy sharoiti sabab oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtidorli yoshlar xorijda oʻqitiladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26804

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 09:35


“Men buyuk el farzandiman” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi

Shuningdek, “Vatan tayanchi” harakati kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy taʼlim tashkilotlarida ham amalga oshiriladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26806

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 09:35


“Bobur playlisti” – Shoir g‘azallari asosida yaratilgan eng mashhur qo‘shiqlar

Oyina.uz bugungi sana munosabati bilan Bobur g‘azallari asosida yaratilgan eng mashhur qo‘shiqlar “playlisti”ni taqdim etadi. Ma’murjon To‘xtasinov, Sherali Jo‘rayevdan Shohruxxongacha davom etgan ro‘yxat bilan tanishing.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3506

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 09:35


Ruslarga o‘zbek tili o‘rgatish uchun kurs ochgan noshir – Saidrizo Alizoda

1887-yilning 15-fevralida Samarqand shahrida tug‘ilgan Alizoda 1914-yili Behbudiy bilan hamkorlikda  “Samarqand” gazetasi, keyinchalik “Oyina” jurnalini tashkil etgan.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3507

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 09:34


#Bobur_542yil📚

Harbiy sarkarda — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Toshkent temiryo‘l vakzalida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 09:34


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratamiz"

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 05:31


🔤🔤🔤🔤🔤

📣📣📣Joriy yil, 15 fevral kuni, soat 15:00 da O‘zbekiston tumanidagi “Visol” to‘yxonasida “ONALAR KUNI” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi!

🤩Shu munosabat bilan siz azizlarni ota-ona va opa-singillaringizga konsert dasturiga chipta xarid qilib, bayramga sovg‘a qilishingizni tavsiya qilamiz!

🖥Dastur to‘kin dasturxon atrofida, elimiz suygan xofiz-u yosh estarada xonandalari bilan esda qolarli tarzda bo‘lib o‘tadi.

🎫Chiptalarga hozirdan buyurtma berib quying, chunki biz O‘zbek xalqi ota-ona desa darxol harid qilishni yaxshi ko‘radigan millatmiz. Shuning uchun orzumand farzandlar qatoridan tushib qolmang!

✔️Murojaat va chipta buyurtmasi uchun quydagi raqamga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: +998916720789

📌Manzil: O‘zbekiston tumani “Visol” to‘yxonasi

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Feb, 04:50




Bugun 15-fevral haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon antropologiya kuni.
🌏Xalqaro muxlislar kuni.
🌏Global axborotni boshqarish kuni.
🌏Xalqaro bolalar saratoni kuni.
🇪🇺Yevropa Ittifoqida operatsiya hamshirasi kuni.

#muhim_voqealar
🔹438 – Rim imperiyasida birinchi rasmiy qonunlar to‘plami – Feodosiy kodeksi qabul qilindi.
🔹1820 – Elektrning magnit ta’siri borligi kashf etildi.
🔹1922 – Gaagada Xalqaro sudning birinchi majlisi ochildi.
🔹2013 – Chelyabinskda (Rossiya) yerga meteorit tushdi.

#tavalludlar
🔹1564 – Galiley Galileo – italyan fizigi, astronomi va mexanigi, eksperimental fizika asoschisi. 
🔹1906 –Musa Jalil – tatar shoiri.
🔹1926 – Saida Zunnunova – shoira, yozuvchi Said Ahmadning rafiqasi.
🔹1934 – Toʻra Sulaymon – Oʻzbekiston xalq shoiri.
🔹1965 – Luqmon Bo‘rixon – o‘zbek yozuvchisi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Feb, 17:39


Milliy liboslar – o‘zligimiz ramzi

O‘zbek milliy liboslari -  xalqimizning boy madaniy an’analari, millatimiz qiyofasi hisoblanib, turmush tarzimizning ham bir qismidir.

Uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish, targ‘ib etish va milliyligimizni unutmaslik esa barchamizning burchimizdir.

Ayniqsa, bugungi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston tumanida “Milliy liboslar – milliy qadriyatlar ko‘rki” shiori ostida milliy liboslar va milliylikning ijobiy ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan chellenj davom etmoqda.

@uzbaxborotxizmati

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Feb, 16:16


🤩Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag’ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

🏦Tumandagi Gulshan Intellektual Sayyorasi xususiy maktab o’quvchilari o’rtasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlab ma’naviy ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

✍️Tadbirda o’quvchilar tomonidan Zahiriddin Muhammad Boburning g’azallari, ruboiylari, hayot yo’li va ijodiga bag’ishlangan sahna ko’rinishlari ijro etildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

31 Jan, 13:05


TARBIYA BUYUK NEʼMAT

Biz bilamizki, nafaqat bir oila, balki yer sayyorasidagi har bir mamlakatning gullab- yashnashi, undagi yashovchi xalqlarning farog'ati ham shak-shubhasiz ta'lim va tarbiya tufaylidir.

A.Jomiy MFY da joylashgan 1-sonli DMTT da  ham  jadidlarning ma’naviy me’rosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadida “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ma’rifatparvarlarning o‘rni” "Jinoyatchik va huquqbuzarlikni oldini olish", "Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzuvchi yot gʻoyalar bilan zaharlashga, dinda siyosiy maqsadlarda foydalanishga, maʼrifat oʻrnini jaholat egallashga yoʻl qoʻymaymiz." mavzusida davra suhbati tashkil etdi.

Davra suhbatida so'z olganlar jaholatga qarshi ma'rifat-inson bu dunyoning sir-asrorlarini yetarli darajada anglashi, o'zining kim ekanini bilishi va hayot mazmunini tushunishi kerak, pofessional shaxs bo'lishi uchun kasb mahoratini egallashi va odam bo'lib yashash ko'nikmasini hosil qilish kerakligini  to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

31 Jan, 12:23


#Oʻzbekiston_tumani
#Kinokarvon_loyihasi

O'zbekiston tumani Bo'ston MFY da joylashgan  11-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda Uchbo'lak MFYda joylashgan 67-umumiy o'rta ta'lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va milliy kontentni singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek ma’naviyatni yuksaltirish va ma’rifatparvarlikni targ‘ib etish yuzasidan “Kinokarvon” loyihasi doirasida "Tashqi bosim"  filmi nomyish etildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

31 Jan, 11:30


"MAʼRIFATLI JAMIYAT JAHOLATNI QORALAYDI"

So‘nggi yillarda tobora kuchayib, dunyo ahlini tashvishga solayotgan terrorizm va ekstremizm tahdidlari mohiyatini jaholat va murosasizlik tashkil etishi, bunday o‘ta xavfli illatga qarshi kuch ishlatish yo‘li bilan emas, balki boshqa omillar bilan kurashish va ildizini qirqishga, birinchi navbatda, yoshlarning ong va tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish orqali kuchli immunitet yaratish zarurligi xech kimga sir emas.

Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka giriftor etadi. Tumanda aholi, ayniqsa, yoshlarda turli yot g‘oyalarga, shu jumladan, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va boshqa illatlarga qarshi kuchli mafkuraviy immunitetni yanada kuchaytirishga qaratilgan Oʻzbekiston tumani Elchi MFY da joylashgan 72-umumta'lim maktabida  “Maʼrifatli jamiyat jaholatni qoralaydi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

31 Jan, 11:16


#Oʻzbekiston_tumani
#Targʻibot_tadbiri

O'zbekiston tumani Darveshobod MFYda joylashgan 71-umumta'lim maktabida Oqyozi qishloq aholisi  ishtirokida  to‘y-ma’rakalar, bayramlar, tantanalar va boshqa marosimlarda isrofgarchilik holatini oldini olish maqsadida “Biz to‘yimizni namunali, ixcham qilamiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

31 Jan, 08:47


NAVBATDAGI “SIYOSIY-MAʼRIFAT” SOATI BOʻLIB OʻTDI

🇺🇿Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan  vazirlik va idoralar, viloyatlar va shuningdek, barcha tuman va shaharlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy maʼrifat soati tashkil etilmoqda.

🗓Bugun, 31-yanvar kuni O'zbekiston tumani  korxona, tashkilot va muassasalarda “Siyosiy-maʼrifat soati” boʻlib oʻtmoqda.

Siyosiy-maʼrifiy oʻquv soatida tuman Professional ta'lim muassasalari, Tibbiyot xodimlari,  Axborot kutubxona markazi, umumtaʼlim maktablari, maktabgacha talimi xodimlari, mahalla yettiligi shuningdek aloqador tashkilotlari ishtirok etishdi.

⁉️Eslatib oʻtamiz, siyosiy maʼrifat soati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Davlat boshqaruvi akademiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 18:22


Farg‘ona viloyatidagi OTMlar faoliyati yanada takomillashtiriladi

“Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-26-son, 24.01.2025 y.) qabul qilindi.

✔️Qarorga ko‘ra, quyidagi universitetlar qayta tashkil etiladi:

▪️Farg‘ona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali negizida Farg‘ona davlat texnika universiteti;

▪️Qo‘qon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Farg‘ona mintaqaviy filiali negizida Qo‘qon davlat universiteti;

▪️O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialini qo‘shib yuborish yo‘li bilan Farg‘ona davlat universiteti.

🗓 2025/2026-o‘quv yilidan:

🏷mazkur universitetlarning malaka talablari va o‘quv dasturlari yuqori 300 talik ro‘yxatga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining dasturlari asosida ishlab chiqiladi;

🏷iqtidorli talabalar uchun darslar xorijiy tillarda o‘qitiladigan alohida guruhlarda tashkil etiladi;

✍️ Farg‘ona davlat texnika universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi va “spin-off” korxonalari faoliyati tashkil etiladi hamda yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

👩‍🎓Tugatilayotgan oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini yangidan tashkil etilgan tegishli universitetlarda davom ettiradi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 17:17


Shavkat Mirziyoyev: “Bosh maqsadimiz – milliy oʻzligimizni anglash va anglatish”

Prezident Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26569

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 16:27


#motivatsiya📚

Maqsading yoʻlida hech qachon ortga chekinma!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 16:22


Choʻlponning “qatagʻon qilingan” sheʼri

Batafsil: https://oyina.uz/uz/teahause/2969

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 16:22


Kamar bilan urish, quloq burash, haqorat qilish. Oʻzbekistonda bolalarni tarbiyalash metodlari oʻrganildi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26561

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 16:22


Tashabbusli byudjet bo’yicha viloyatlarga mablag’ taqsimlandi. Eng ko’p mablag’ qaysi viloyatga ajratildi?

Maʼlum boʻlishicha, respublika boʻyicha sarflanadigan jami mablagʻ 2,7 trln soʻmni tashkil etdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26563

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 16:22


Iqtidorli bolani qanday aniqlash mumkin?

Mutaxassislar bunday bolalarning bir qator xususiyatlari boʻlishini taʼkidlaydi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26567

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

29 Jan, 16:21


Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.


Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

28 Jan, 15:29


Premyera. “Robot”!

Film qahramoni zamonaviy dunyoda yashayotgan oddiy bir inson. Biroq uning qalbi, fikrini band qilgan dard, muhabbat inson yaralibdiki, uning ruhi, qalbida yashab kelmoqda.

Tomosha qiling, fikr bildiring, ulashing.

Filmni yuqori sifatli formatda koʻrish uchun: https://www.youtube.com/watch?v=uVmTCE9fvYU

@otabek_khasanov

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

28 Jan, 12:54


Shoxruxbek Shokirov O‘zbekiston tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug‘i bilan Shokirov Shoxruxbek Baxtiyorjon o'g'li O‘zbekiston tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shoxruxbek Shokirov jamoatchilikka tanishtirildi.

Shoxruxbek Shokirov 1989 yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Qo'qon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda O'zbekiston agrosanoat kasb-hunar kollejida tarix fani o'qituvchisi vazifasidan boshlagan. 2015-2019 yillar davomida O'zbekiston agrosanoat kasb-hunar kollejida bo'lim boshlig'i, O'zbekiston qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji direktor o'rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

2019 yildan tayinlovga qadar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

@uzbaxborotxizmati

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Jan, 08:50


JAHOLATGA QARSHI MAʼRIFAT

#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Jaholatga_qarshi_maʼrifat

Har bir inson qalbida o‘z yurtiga sadoqatli bo‘lish tuyg‘usi vatanparvarlikning oliy nishonasi hisoblanadi. Inson uchun eng aziz bo‘lgan Vatanni himoya etish, har bir insondan buyuk ma’naviy jasoratni talab etadi.

Inson ma’naviyatga qarshi qaratilgan jaholat g‘aflatga, loqaydlik esa beparvolikka giriftor etadi. Hozirda insoniyatning taqdiri va kelajagiga tahdid solayotgan xavf-xatarlar kuchayib, dunyo miqyosida shafqatsiz raqobat, turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora avj olmoqda.

Bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda O'zbekiston tumani madaniyat markazida Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarlari va uslubchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o’tkazildi

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Jan, 03:58


Bugun Farg‘ona viloyati tashkil topgan kun

📆 Farg‘ona viloyati 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan.

🏔 Farg‘ona O‘zbekistonning ko‘hna tamaddun markazlaridan biridir. U Pomir-Oloy va Tyanshan tog‘lari tizimi oralig‘idagi Farg‘ona vodiysida joylashgan.

🇺🇿 Bu joyni “Qadimiy sivilizatsiyaning beshigi” deb ham nomlashadi. Viloyatda juda ko‘p qadimiy yodgorliklar, arxitektura qoldiqlari va eski shahar xarobalari topilgan. Qo‘qon, Marg‘ilon, Rishton kabi shaharlar Markaziy Osiyo xalqlarining bebaho tarixiy merosi bo‘lib hisoblanadi.

⚫️ Farg‘ona viloyati bugungi kunda ulkan iqtisodiy salohiyatga ega hudud bo‘lib, barcha sohalar rivojlangan.

🔝 Aholisi: 4,123,629 ming kishi (2024 yil 1 oktyabr holatiga)

📍 Hududi: 6,8 ming km²

↖️ Ma’muriy markazi: Farg‘ona shahri

⭐️ Viloyatda 4 ta shahar, 15 ta tuman mavjud.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Jan, 03:29


⛅️ XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

❄️ Chorshanba tongi muborak bo‘lsin! 

Bugungi tongingiz oftobday charaqlab, kuningiz omad va quvonchga to'lsin.

🕊️ Har bir qadamingiz baraka va muvaffaqiyatga yetaklasin!


📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Jan, 13:05


Mahalla raislarining vakolat muddati uzaytiriladi

MFY raisi saylovini oʻtkazish vakolati hududiy kengashlarga oʻtkaziladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26348

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Jan, 13:05


Bosh prokuror Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbari boʻldi

Ilgari bu lavozimda ishlab kelgan Salim Abduvaliyev lavozimidan ozod qilindi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26350

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Jan, 13:05


Samarqandda yer usti metrosi quriladi

Shuningdek, 3 ta tumanga tegishli hududlar Samarqand shahri tarkibiga oʻtkaziladi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26352

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Jan, 12:51


❗️Toshkent shahridagi Prezident maktabi barqaror rivojlanish bo‘yicha Shayx Zoid Ol Nahayon nomidagi nufuzli mukofotning "Global o‘rta maktablar" nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Mukofotni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon topshirdi. Taqdirlash marosimida Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va jamoani tabrikladi.

Toshkent Prezident maktabi o‘quvchilari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan ishtirokchilar ichida faxrli 1-o‘rinni hamda 150 ming AQSh dollari miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Zayed Sustainability Prize ekologik barqarorlik va inson farovonligiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni rag‘batlantiradi. Mukofot 5 ta yo‘nalish bo‘yicha beriladi:

1️⃣ sog‘liqni saqlash;
2️⃣ ta'lim;
3️⃣ energiya;
4️⃣ suv;
5️⃣ global o‘rta maktablar.

Vakillarimiz global o‘rta maktablar yo‘nalishida 🇹🇷Turkiya va 🇦🇿Ozarbayjon vakillari bilan finalga yo‘l olgan edi.


👉@xushnudbek👈

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Jan, 12:51


Prezident Shavkat Mirziyoyev "Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi" ochilishi hamda Shayx Zoid nomidagi mukofot g‘oliblarini, shu jumladan Toshkentdagi Prezident maktabini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

14 Jan, 12:51


Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 33-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

28 Dec, 04:48


#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Kitob_taqdimoti
#Erkin_Vohidov_88_yoshda

Zamonaviy o’zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin Vohidov ijodida g’azal, qasida, muxammas kabi janrlar shakllanib boradi.

U mumtoz adabiyotning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga intiladi.

Erkin Vohidov badiiy mahorati o’sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko’tarilgan ijodkordir. U O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramonidir.

Tumandagi 6-umumta‘lim maktabida O'zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov she‘riyati va lirikasi bo‘yicha "Kuy avjida uzilmasin tor" mavzusida davra suhbati va Zakovat intellektual o'yini o‘tkazildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

28 Dec, 03:29


⛅️ XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

❄️ Shanba tongi muborak bo‘lsin! 

Bugungi tongingiz oftobday charaqlab, kuningiz omad va quvonchga to'lsin.

🕊 Har bir qadamingiz baraka va muvaffaqiyatga yetaklasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

27 Dec, 07:38


#Ижтимоий_ролик

⚡️Ҳурматли давлат хизматчиси, ўз фарзандингиздан бахтли болалигини тортиб олманг!

Агентлик Ахборот хизмати
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | You Tube |Murojaat

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

25 Dec, 14:50


⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ ⚡️ ⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Avval xabar berganimizdek, viloyatimizdagi barcha boshqarma va tuman-shahar, korxona-tashkilot hamda mahallalar ishtirokida "Eng namunali maskan" tanloviga start berilgan edi.

💡 Tanlovda qatnashuvchilar tomonidan o'zlari faoliyat olib borayotgan ish va o'qish joylari, koridor va foyelar hamda bino-inshootlarning tashqi ko'rinishida yangi yil shukuhini aks ettirgan holda bezatish talab etiladi.

🔝 Siz faoliyat olib borayotgan maskanning bayramona ko'rinishini 2 daqiqadan oshmagan videorolik tarzida tayyorlab, 26-dekabr 16:00 ga qadar Tashkilotchi admin ga yuborishingiz talab etiladi.

🔍 Tanlov quyidagi nominatsiyalarda bo'lib o'tadi:

➡️ Eng namunali tuman-shahar;
➡️ Eng namunali maktabgacha ta’lim tashkiloti;
➡️ Eng namunali maktab;
➡️ Eng namunali sport maktabi;
➡️ Eng namunali professional ta’lim muassasasi;
➡️ Eng namunali oliy ta’lim muassasasi;
➡️ Eng namunali mahalla fuqarolar yig’ini;
➡️ Eng namunali tashkilot va idora;

🎁 Tanlov g'oliblari har bir nominatsiya bo'yicha Televizor bilan taqdirlanadi.

🔝 Batafsil ma'lumot uchun: Farg'ona Ma'naviyat ma'rifat markazi

🚀 Rasmiy kanalimiz:
https://t.me/marifatli_fargona

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

25 Dec, 12:01


Ozoda Nursaidova, Muhammadziyo, Hamdam Sobirov – Madaniyat vazirligi 2024-yilning eng yaxshilarini taqdirladi

“Oʻzbegim-2024” milliy taqdimotining taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26128

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

25 Dec, 03:46


Yashashning o‘zi imkon!


@otabek_khasanov

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

25 Dec, 03:39


#Kun_hikmati📚

“Donolarning eng buyuk xislati - bu nafaqat kerakli fikrni aytish, balki, kerak boʻlmaganini gapirmaslikdir”

©️Sitseron


📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

25 Dec, 03:36


⛅️ XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

❄️ Chorshanba tongi muborak bo‘lsin! 

Bugungi tongingiz oftobday charaqlab, kuningiz omad va quvonchga to'lsin.

🕊️ Har bir qadamingiz baraka va muvaffaqiyatga yetaklasin!


📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

24 Dec, 11:20


#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Vatanparvarlik_oyligi
#Davra_suhbati

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan O'zbekiston tumanida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar boshlandi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlashga qodir boʻlgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi.

O'zbekiston tumani 4-umumta’lim maktabida ham “Yangi O‘zbekiston armiyasi– mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.

Davra suhbatida  "Yoshlar ongida milliy va ma’naviy qadriyatlarni barbod qilish,"ommaviy madaniyat"ga asoslangan soxta qadriyatlarni singdirishga qarshi kurashish", yurtimizda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbida milliy ruhni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularga shart-sharoitlar yaratib berish ishlarini amalga oshirilishini ta’kidlandi

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

24 Dec, 11:06


1-yanvardan davlat bogʻchalarida narxlar koʻtariladi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26101

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

24 Dec, 11:06


Ijtimoiy tarmoqlardagi “tuzoq”lardan qanday himoyalanish kerak? TOP-5 tavsiya

Batafsil: https://oyina.uz/uz/posts/26103

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Instagram | X | YouTube

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

24 Dec, 11:06


O‘zbek o‘g‘loni Abduqodir Husanovni butun maydon olqishlamoqda.

U “Lans” jamoasi tarkibidagi debyut golini “PSJ”ga urdi.

Qayerda bo‘lmasin, millat farzandlari olgan olqish Ona Vatan uchun faxrdir!

@otabek_khasanov

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

24 Dec, 05:33


#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Kitob_taqdimoti
#Pirimqul_Qodirov
#Yulduzli_tunlar_romani

“Yulduzli tunlar” ko’p yillardan buyon xalqimiz ko’nglidan chuqur joy egallagan durdona asar ekanligini, uni mutoala qilar ekansiz beixtiyor o’tmishga  qaytib, buyuk ajdodlarimiz tarixi, otlar dupuri, suvoriylarning qilichlari jarangi, sershovqin bozorlar-u, tabiatning inson qo’li tegmagan ajib manzaralari ko’z oldingizda namoyon bo’ladi.

Asarni o’qish davomida Bobur siymosi, uning ruhiyatini chuqur anglagandek bo’ladi. Uning qalbida yashayotgan shoh va shoir, nozik qalbidan kechayotgan inju hislarni his qiladi.

Suronli yillar davomida qilgan buyuk ishlari, Hindistondek ulkan mamlakatni qo’lga kirtib, uning xalqini o’z xalqidek ko’rib, amalga oshirgan obodonchilik ishlari, qad roslagan qasrlar, masjid-madrasalar, xonaqoh-u timlar, maktablar kishi qalbini g’urur-iftixorga to’ldiradi.”

Tumandagi 52-umumta'lim maktabida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani bo'yicha kitob taqdimoti va davra suhbati bo'lib o'tdi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

24 Nov, 03:44


☀️XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

🌼 Yakshanba tongi muborak bo‘lsin! 

⚡️ Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

☺️ Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

23 Nov, 02:40


#Tonggi_tarona📚
#retro

🎙Setora guruhi- O'zbegim🇺🇿


📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

23 Nov, 02:40


☀️XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

🌼 Shanba tongi muborak bo‘lsin! 

⚡️ Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

☺️ Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

22 Nov, 03:38


☀️ XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

🌼 Juma tongi muborak bo‘lsin! Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

☺️ Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

21 Nov, 12:32


#10fakt

"10 fakt" loyihasi bu gal buyuk ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy haqida ma’lumotlar beradi.

1️⃣ Xorazmiy “0” raqamini ixtiro qilgan.

2️⃣ Alloma butun dunyoda keng foydalanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasini ilmiy muomalaga kiritgan.

3️⃣ Hali G‘arbda ko‘pchilik yer tekislikdan iborat, deb ishonib yurgan bir paytda, Xorazmiy sayyoramiz yumaloq shaklda ekanini isbotlagan.

4️⃣ Quyosh soatlarining eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan “marmar plita” ning yasalish usulini Xorazmiy kashf etgan.

Siz qaysi faktlarni birinchi marta eshityapsiz? Loyihamizni kuzatib borib, o‘zingiz uchun yangi bilimlar maydonini kashf qiling!

https://t.me/otabek_khasanov

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

21 Nov, 03:37


😢XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

🌼 Payshanba tongi muborak bo‘lsin! 

⚡️ Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

☺️ Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

20 Nov, 11:49


  “Bayrog‘imiz-buyuk ramzimiz”

🇺🇿O‘zbekiston tumani "Barkamol avlod” bolalar maktabida 18-noyabr   O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunining 33 yilligi munosabati bilan“Bayrog‘imiz-buyuk ramzimiz” mavzusida tadbir o'tkazildi.

🇺🇿“Bayrog‘imiz-buyuk ramzimiz” nomli tadbirda barcha to‘garaklarning  iqtidorli o'quvchilari  faol ishtirok etishdi. To‘garak a‘zolari  tomonidan  Davlat Bayrog‘imizni madh etib, she‘r, qo‘shiq va raqslar ijro qilindi.

🇺🇿Bayrogʻimizning balandligi yurtimizning obroʻ-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, faxrimiz va gʻururimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʻtaraylik, bayrogʻimiz mangu hilpirayversin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

20 Nov, 11:33


UCHINCHI RENESSANS - YOSHLAR NIGOHIDA

Ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat har zamonda har qaysi davlatda eng oliy maqsad hisoblangan. Uchinchi renessans poydevorini yaratish yangi O‘zbekiston strategiyasida alohida o‘rin egallaydi. Uchinchi renessans ta’lim ostonasidan boshlanar ekan ta’lim bilan tarbiya, xususan jamiyat qadriyatlarini o‘rganadigan va maishiy turmushga tadbiq etadigan ijtimoiy-gumanitar fanlarga yangicha dunyoqarash bilan yondoshish bugunning talabi va ehtiyojidir.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi topshiriq xati bilan tasdiqlangan media rejaning ijrosini ta’minlash, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 25-oktabrdagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quvchilar o‘rtasida “Uchinchi Renessans-yoshlar nigohida” tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Joriy yilning 20-noyabr kuni ushbu tanlovning Oʻzbekiston tuman bosqichi boʻldi.Tanlovning tuman bosqichida maktablardan o‘quvchilar o‘z loyiha taqdimotlari va takliflari bilan qatnashdilar. O‘quvchilar loyihalari hakamlar hay’ati tomonidan “Ajdodlar merosini targ'ib qilishda innovatsion yondoshuv nominatsiyasi” , “Maktab va oliygohda sifatli bilim olishdan o'quvchi va talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun o'quv jarayoni va metodikasini o'zgartirish yo'llari nominatsiyasi”, “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan'anaviy usullari nominatsiyasi” da ko‘rib chiqildi va g’oliblar aniqlanib diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

19 Nov, 07:27


😁😁😁😁😉😁😁😊😁😁😉😁😁

📚 Farg'onalik kitobxonlar diqqatiga!

📚 Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Farg'ona viloyati boʻlimi tomonidan kitobxonlar uchun "Kitoblararo 80 kun" marafoniga tez kunda start beriladi.

🎸 Bizni kuzatishda davom eting, eng zo'rlari hali oldinda.

🚀 Rasmiy kanalimiz:
https://t.me/marifatli_fargona

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

19 Nov, 03:38


#iqtibos📚

📖 Odamlarga hayronsan. Ota-onasi tirikligida ikki og‘iz shirin so‘zni tekinga aytmaydi-da, ular o‘lganidan keyin ming-ming pul sarflab, o‘sha so‘zlarni qabrtoshga yozdirib qo‘yadi…

✍️ O‘tkir Hoshimov

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

19 Nov, 03:37


☀️ XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

🌼 Seshanba tongi muborak bo‘lsin! 

⚡️ Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin!

🙂 Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

18 Nov, 13:08


#Millatbayrogʻi

Зарғалдоқ ранг, Иштар қўли ҳамда шер ва қуёш рамзи. Ўзбек байроқлари тарихи


Туркий халқлар афсоналарига кўра, туркийларнинг бош бўғинларидан бири – Ашина уруғи она бўри ёрдамида тирик қолган ва кўпайган. Шу сабабдан ҳам империя байроғида ушбу жонзот акс эттирилган.

Oʻz:
https://oyina.uz/uz/article/3208

Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3209

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

18 Nov, 12:07


#millat_bayrog‘i🇺🇿

🎥Xorazmdan start olgan rekord darajadagi 100 metrlik Davlat bayrog‘i poytaxtimizga yetib keldi.

Millatimiz ramzi vatanparvar yurtdoshlarimiz, yoshlar va harbiylariz hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida kutib olindi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

18 Nov, 11:09


#millat_bayrog'i

🇺🇿 18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun!

😎 Rasmiy kanalimiz:
https://t.me/marifatli_fargona

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

15 Nov, 13:59


#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Bagʻrikenglik_haftaligi

Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdir.

“Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab mamlakatimizda 11–16 noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu haftalik davomimda tumandagi 23-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida "Jaholatga qarshi ma'rifat" shiori ostida fotoko'rgazma hamda   "O'zbekiston bag'rikeng diyor va  “Islomda diniy bag‘rikenglik asoslari” mavzularida davra suhbatlari o'tkazildi.

Davra suhbatida tuman hokimi o'rinbosari Muslimbek Ahmedov, tuman bosh imom xatibi Adhamjon Yuldashev, Din ishlari bo'yicha qo'mitaning tumandagi vakili Muzaffarjon Hamraqulov va tuman Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Shohruxbek Shokirovlar ishtirok etishdi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

13 Nov, 12:33


#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Bagʻrikenglik_haftaligi

"OʻZBEKISTON BAGʻRIKENG DIYOR"

Davlatimiz milliy siyosatining eng muhim, ustuvor yo‘nalishlaridan biri barcha millatlarning ravnaqi uchun teng sharoit va imkoniyat yaratish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishdir.

“Xalqaro bag‘rikenglik kuni”ga bag‘ishlab mamlakatimizda 11–16 noyabr kunlari “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu haftalik davomimda tumandagi 11 va 62-sonli umumta’lim maktablarida  "O'zbekiston bag'rikeng diyor" mavzularida ma'naviyat soatlari tashkil etildi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

13 Nov, 11:50


#Fargʻona_viloyati
#Oʻzbekiston_tumani
#Bagʻrikenglik_haftaligi

“Millatlararo totuvlik  va  diniy bag‘rikenglik - tinchlik va osoyishtalik garovi”

Iftixor bilan aytishimiz mumkinki, jamiyat hayotining barcha jabhasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar o'z samarasini berayapti. Binobarin, istiqlol yillarida Vatanimizda yashayotgan turli millatlar o'rtasida o'zaro hurmat, teng huquqlilik hamda hamjihatlikni mustahkamlash, uning qonuniy asoslarini yaratishga alohida e'tibor qaratildi.

Ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda.

Shu maqsadda Tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limida “Millatlararo totuvlik  va  diniy bag‘rikenglik - tinchlik va osoyishtalik garovi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

22 Oct, 16:28


🎥Diqqat

🥳 “Kitoblararo 80 kun” marafonining taqdirlash marosimi boshlandi
.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

22 Oct, 04:28


Президент: Она тилимизга эътибор кўрсатиш – миллий мустақиллигимизга, Ватанимизга меҳр ва эътибор кўрсатиш демакдир

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе250

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

22 Oct, 04:27


Ўзбек тили - миллий ўзлигимиз тимсоли ва буюк қадриятдир! (+видео)

Дунёдаги қадимий ва бой тиллардан бири бўлган ўзбек тили халқимиз учун миллий ўзлигимиз ва мустақил давлатчилигимиз тимсоли, бебаҳо маънавий бойлик, буюк қадриятдир.

🎥 https://youtu.be/9TIO2ntZ9R0

Батафсил: https://uza.uz/posts/648106

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе250

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

22 Oct, 02:09


🌞XAYRLI TONG!

Assalomu alaykum aziz O'zbekiston tumaniliklar!

🌺SESHANBA tongi muborak bo‘lsin! Yangi kun barchaga xayrli kelsin.

🗓Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

21 Oct, 08:32


📚O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Bugun, 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni.

🇺🇿1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni bilan har yili 21 oktyabr mamlakatimizda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanadi.

🇺🇿Til – madaniyat, dunyoqarash va ma’naviy boylikning ko‘zgusi!

🇺🇿Barchangizni ushbu qutlug‘ ayyom-milliy ma’naviyatimizni, qadriyatlarimiz va o‘zligimizni dunyoga tanitadigan ona tilimiz bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

🇺🇿Jannatmakon O‘zbekistonimiz, qolaversa, maftunkor ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat Sizlarni aslo tark etmasin.

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

21 Oct, 02:06


#Tonggi_tarona
#retro

🎙 Tangalik_bolalar

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

21 Oct, 02:03


😊XAYRLI TONG!

🌸 Assalomu alaykum aziz Oʻzbekiston tumaniliklar!

💡 DUSHANBA tongi muborak bo‘lsin! Yangi hafta barchaga xayrli kelsin.

🗓 Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat aslo tark etmasin!

📱TELEGRAM kanalimiz:
🌐@Uzbekistanmanaviyhayoti

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

20 Oct, 05:09


#Hayot_hikmati

📃 Omadli odamlarning kutubxonalari katta bo'ladi, boshqalarning esa televizorlari.

✍️ Jim Ron

🌐 Rasmiy kanalimiz:
https://t.me/marifatli_fargona

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

19 Oct, 13:29


Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Имом Термизий илмий меросининг ислом цивилизациясида тутган ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуман иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам международной научно-практической конференции «Роль научного наследия Имама Термези в исламской цивилизации»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

19 Oct, 13:18


Sentabrmi yoki sentyabr?

📌“Ўзбек тилининг имло луғати” (“Ўқитувчи”, 1995)да наряд, октябрь, отряд, пляж, сентябрь сўзлари narad, oktabr, plaj, sentabr тарзида қайд этилгани ҳолда актёр, монтёр, самолёт сўзларини aktyor, montyor, samolyot шаклида “y” билан ёзиш қоидалаштирилган ва табиийки, бунда имлодаги изчилликка путур етган.

Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/3118

Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3119

Расмий саҳифаларимиз👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

O'ZBEKISTON TUMAN MA'NAVIY HAYOTI

19 Oct, 09:40


21-oktabr – O’zbek tili bayrami yaqinlashmoqda.

Til – millat g’ururi, millat ertasi. Shu sabab bu masala doim ziyolilar minbarida yangrab turishi shart.

“Gapning ochig’i” teleloyihasining bu sonida tilshunos-mutaxassislar, ijodkorlar, olimlar ona tilimiz atrofidagi muammolarimiz haqida suhbatlashdi.

@otabek_khasanov