O conteúdo mais recente compartilhado por Uzbekistan Weightlifting Federation no Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
31 Jan, 16:59
3,869
🏋️♂️O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyatining yangilangan tarkibi
Bizga qo'shiling 👇👇👇 Instagram | YouTube | uzwf.uz | Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
31 Jan, 10:27
2,320
Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Bizga qo'shiling 👇👇👇 Instagram | YouTube | uzwf.uz | Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
31 Jan, 09:54
1,799
Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Admnistratsiyasi mas'ul vakili Kamil Bayazitov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi rais o'rinbosari Sherzod Toshmatov, shuningdek, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi rayosat a’zolari va terma jamoa murabbiylar shtabi hamda sportchilar ishtirok etdi.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan Sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Mahmudov so‘zga chiqib, yakunlangan yilda tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib, Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik rejalari bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, federatsiyaga yangi rahbar tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiya Ijroiya qo‘mitasi tashkilot raisligiga O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Xidoyatov Sherzod Saidjanovich nomzodini ilgari surdi. Vazir o'rinbosari ushbu nomzod haqida fikr bildirar ekan, Sherzod Saidjanovichning yurtimizda og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirishda xizmat qilishini ta’kidladi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan tavsiya etilgan nomzodni ma’qullashdi va Sherzod Saidjanovich mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.
Yig‘ilish so‘nggida yangi lavozimga saylangan Sherzod Xidoyatov o‘z fikrlarini bildirib o‘tar ekan, yangi Olimpiya siklida yanada ko‘proq yo‘llanmalar qo‘lga kiritish hamda og‘ir atletikachilarimizning Olimpiya o‘yinlaridagi yanada yaxshilash yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini ishga solgan holda harakat qilishini ta’kidladi.
Bizga qo'shiling 👇👇👇 Instagram | YouTube | uzwf.uz | Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
31 Jan, 09:35
1,698
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rahbar saylandi
Uzbekistan Weightlifting Federation
28 Jan, 04:09
2,052
Jo'rabek Zoirov qo'l ostidagi yoshlar terma jamoamiz a'zolari hozirda Chirchiq shahrida joylashgan Og‘ir atletika bazasida 2025-yil hisobidan ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Ushbu yig'inga 26 nafar sportchi jalb etilgan bo'lib, mashg'ulot jarayonlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.
Ta'kidlash lozimki, terma jamoamiz a'zolari 1-5 may kunlari Peruning Lima shahrida bo'ladigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda.
👉 Instagram |YouTube | Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
22 Jan, 05:07
2,807
Ayni kunlarda Chirchiq shahrida joylashgan Og‘ir atletika bazasida Bahrom Mendiboyev boshchiligidagi erkaklar terma jamoamiz o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib bormoqda.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng tarkibda o‘zgarishlar amalga oshirildi va yoshlar terma jamoasida yuqori natijalarga erishgan bir qator sportchilar asosiy tarkibga jalb etildi. Terma jamoamizda maslahatchi trener sifatida faoliyat yuritayotgan misrlik tajribali mutaxassis Haled Korani ham yig'in davomida sportchilarimizga kerakli tavsiyalarni berib bormoqda.
Shuningdek, Parij Olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchimiz Akbar Jo‘rayev hamda yil so‘nggida Jahon rekordini yangilagan Ruslan Nurudinov ham mashg‘ulotlarda faol ishtirok etmoqda.
👉 Instagram |YouTube | Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
21 Jan, 05:10
2,175
🇺🇿Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi 33 yoshda!
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi oʻz faoliyatini boshlaganiga roppa-rosa 33-yil toʻldi. Oʻzbekiston MOQ 1992-yil 21-yanvar kuni tashkil etildi. 1993-yil Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 101-Sessiyasida rasman tan olingach, mamlakatimiz 8 ta yozgi va 8 ta qishki Olimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etdi. Qoʻmitamiz ortda qolgan davr mobaynida diyorimizda olimpizmning pok va ezgu qadriyatlarini, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish yoʻlida faoliyat olib bormoqda. O'zbekiston Og'ir atletika federatsiyasi bugungi sana munosabati bilan O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi jamoasini samimiy muborakbod etadi va kelgusidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
16 Jan, 10:18
2,361
Federatsiyamiz mutaxassislari “Antidoping ta’limoti” bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarida ishtirok etmoqda
Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining 2025 yil uchun ishlab chiqilgan “Antidoping ta’limoti” o‘quv rejasiga asosan federatsiya va assosiatsiyalarda faoliyat olib borayotgan antidoping bo‘yicha mas’ul xodimlar uchun 3 kunlik o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda. Unda O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi mutaxassislari ham faol ishtirok etmoqda.
Bugun seminarning birinchi kunida Butunjahon antidoping Kodeksidagi sport federatsiya (assosiatsiya)larining roli va majburiyatlari, antidoping qoidabuzarlik turlari, doping test topshirish jarayoni, sportchi yoki vakilning huquq va majburiyatlari hamda Butunjahon antidoping agentligining ADEL platformasi va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz platformalaridan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi va kerakli javoblar olishdi. Seminar ertaga ham davom etadi.
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
14 Jan, 04:11
2,544
Qadrli Vatanimiz himoyachilari!
Oʼzbekiston Og'ir atletika federatsiyasi “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan barchangizni chin dildan samimiy muborakbod etadi.
Xalqimizga munosib va haqli ravishda faxrlana oladigan qurolli kuchlar yaratish yoʼlida olib borilayotgan ishlaringiz bardavom boʼlsin.
Barchangizga mustahkam sogʼliq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik, xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor boʼlsin. Chegaralarimiz daxlsiz, osmonimiz musaffo boʼlsin.
Yana bir bor bayramingiz muborak boʼlsin, aziz Vatan himoyachilari!
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
04 Jan, 16:03
3,556
🟢2024-yilni yakunlab bergan va terma jamoamiz uchun ko'plab medallarni taqdim etgan Qatardagi yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Sport telekanali nigohida