The latest content shared by Uzbekistan Weightlifting Federation on Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
07 Mar, 23:44
1,108
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan yurtimizdagi barcha opa-singillarimizni, munis onalaramizni chin qalbdan samimiy muborakbod etadi.
Doimo baxtimizga sog‘-omon bo‘ling, aziz ayollar!
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
05 Mar, 10:57
959
Gruziya Sport vaziri O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga tashrif buyurdi
Ayni kunlarda yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Gruziya Sport vaziri Shalva Gogoladze O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari, mamlakat og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov hamrohlik qildi.
Tashrif davomida Shalva Gogoladzega federatsiya faoliyati va yurtimizda og‘ir atletika sport turiga qaratilayotgan e’tibor, yaratib berilgan imkoniyatlar hamda mamlakatimiz sportchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan natijalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida og‘ir atletika yo‘nalishida do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, hamkorlikda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etishga kelishib olindi.
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
01 Mar, 10:10
1,639
🇺🇿Milliy musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Zoom platformasi orqali hududiy bo‘limlar ijrochi direktorlari va bosh murabbiylari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mutaxassisi Azamat Sharipov hamda milliy musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mas’ul Aziz Qoilov olib bordi.
Unda, joriy yil taqvim rejasidan o‘rin olgan barcha milliy musobaqalarga hududlarda ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni, shu jumladan tashkil etiladigan saralash musobaqalari qay tartibda o‘tkazilishi hamda iqtidorli sportchilarni seleksiya qilish tartibi bo‘yicha ma’lumot berildi. Shuningdek, bundan buyon musobaqalarda faoliyat olib boruvchi hakamlar maxsus onlayn testdan o'tkazilishi bo'yicha tartib joriy etilishi ham ta'kidlandi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida musobaqalarni o‘tkazish nizomiga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar to‘g‘risida ham batafsil to‘xtalib o‘tildi. Eslatib o'tamiz, nizomning quyidagi bandlarida o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi: 🔹5.3. Yosh toifalari (4-bet) 🔹5.4 Musobaqa hakamlari (5-bet) 🔹7.2 Ilk talabnoma (6-bet) 🔹7.3 Mandat yig‘ilish va yakuniy talabnoma (7-bet) 🔹7.4 O‘lchanish marosimi (8-bet)
Ma’lmuot uchun, joriy yilgi ilk rasmiy musobaqa kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati hisoblanadi. Ushbu musobaqa 6-13 aprel kunlari Chirchiq shahrida o‘tkaziladi.
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
26 Feb, 16:30
1,801
🎸"Yulduzli oqshom"
O‘zbekiston og'ir atletika federatsiyasi hamda "Sport" telekanali hamkorligida tayyorlangan “Yulduzli oqshom” ko'rsatuvining mehmoni"O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni sohibi, Olimpiya o'yinlari va Jahon chempioni, Jahon rekordchisi, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi RuslanNurudinov bo'ldi.
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
26 Feb, 04:44
1,862
❗️Buxoroda og‘ir atletika bo‘yicha seminar tashkil etildi.
📌Bugun, 25-fevral kuni Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida viloyat og’ir atletika federatsiyasi tomonidanhakamlar va trenerlar uchun seminar o‘tkazildi.
Seminarda musobaqalarni o‘tkazish jarayonida yangi qoidalar va zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi. Bu kabi tadbirlar viloyatdagi hakamlar va trenerlar faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, sportchilarning natijalarini yaxshilashga xizmat qiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Uzbekistan Weightlifting Federation
19 Feb, 06:07
2,726
Milliy terma jamoa a'zolarining Kislavodsk shahridagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini qizg'in davom etmoqda
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
16 Feb, 18:00
2,236
Prezidentimizning videoselektor yig‘ilishi muhokamasi o'tkazildi va 2024-yil yakunlari tahlil qilindi
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
16 Feb, 13:19
2,284
Xalqaro testlash markazi (ITA) tomonidan o‘tkazilgan seminar mashg‘ulotlari yakunlandi
Xabar berganimizdek, 15-16 fevral kunlari Xalqaro testlash markazi (ITA) va O'zbekiston Milliy Antidoping agentligi hamkorligida "Dopingga qarshi kurash” mavzusida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu seminar to‘rt qismdan iborat tarzda tashkil etildi. Birinchi qism milliy terma jamoa a’zolari uchun, ikkinchi qism milliy terma jamoa murabbiylari uchun, uchinchi qism hududlardagi og‘ir atletika sportchilari uchun va to‘rtinchi qism mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan og‘ir atletika murabbiylari uchun bo‘lib o‘tdi.
Seminar onlayn va oflayn ko‘rinishida o‘tkazildi. Hususan, milliy terma jamoa a’zolari va murabbiylari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitida bevosita ishtirok etishgan bo‘lsa, hududlardagi sportchi va murabbiylar Zoom platformasi orqali onlayn tarzda qatnashdi. Har bir qismi uch soatdan iborat bo‘lgan ushbu seminarda umumiy hisobda 100 nafardan ortiq sportchi va murabbiylar o‘zlarining Antidoping qoidalari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlab oldi.
👉💻Instagram |🎞YouTube | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation
07 Feb, 18:52
821
#TAQU #Uchrashuv
CHEMPION BILAN UCHRASHUV
🏛Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Ogʻir atletika sport turi boʻyicha jahon hamda olimpiyada chempioni Ruslan Nuriddinov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
➖Unda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Muhandislik fakulteti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi" kafedrasi dots Sh.Komilov, N.Bobokulova, professor-oʻqituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida bo'lib, qizig'in savol javoblar tadbirni yanada ko'tarinki kayfiyatga olib chiqdi.
➖Tadbir davomida Ruslan Nuriddinov universitetimizda tahsil olayotgan sport sohasida ham yutuqlarga erishib kelayotgan talabalarga omad tiladi va o'z tavsiyalarini berdi.
🏛🟦🟦🟦🟦🟦🟦
💬 Telegram 🔎 Sayt 🌐 Instagram 🌐 YouTube
Uzbekistan Weightlifting Federation
05 Feb, 15:21
2,489
Terma jamoamiz xalqaro o‘quv-mashg'ulot yig‘iniga jo‘nab ketdi
Baxrom Mendiboyev va Xalid Koraniy qo‘l ostidagi erkaklar terma jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini o‘tkazish uchun Kislavodsk shahriga yo‘l oldi.
Rossiya federatsiyasida tashkil etiladigan ushbu yig‘in 26 fevralga qadar davom etadi va undan ko‘zlangan asosiy maqsad – may oyida bo‘ladigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdan iborat.
Ta’kidlash lozimki, Kislavodskdagi yig‘inga jami 18 nafar sportchi jalb etilgan.
Bizga qo'shiling 👇👇👇 Instagram | YouTube | uzwf.uz | Telegram