Neueste Beiträge von Uzbekistan Weightlifting Federation (@uzbek_weightlifting) auf Telegram

Uzbekistan Weightlifting Federation Telegram-Beiträge

Uzbekistan Weightlifting Federation
🏋️‍♂️🇺🇿O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasining rasmiy kanali!
Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!

🇺🇿🏋️‍♂️Bizning rasmiy sahifalarimiz👉 taplink.cc/uzbekistan_weightlifting
1,970 Abonnenten
7,010 Fotos
843 Videos
Zuletzt aktualisiert 09.03.2025 01:22

Ähnliche Kanäle

davletovuz
82,814 Abonnenten
Olamsportcom
38,893 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von Uzbekistan Weightlifting Federation auf Telegram geteilt wurde.

Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Nov, 11:01

1,436

🇺🇿Terma jamoamiz a'zolarining Bahrayndagi xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini qizg'in davom etmoqda.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

22 Nov, 06:11

2,323

Terma jamoamiz a'zolari Jahon chempionati oldidan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketdi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 6-15 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Bugun ushbu dunyo birinchiligida ishtirok etadigan terma jamoamiz a’zolari nufuzli musobaqadan oldin so‘nggi tayyorgarlik jarayonlarini olib borish uchun Bahraynga yo‘l olishdi.

Bahrom Mendiboyev boshchiligidagi polvonlarimizning Manamadagi xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 6 dekabrga qadar davom etadi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

18 Nov, 04:06

2,446

🇺🇿Mustaqil davlatimiz timsolini aks ettiradigan muqaddas bayrog‘imiz bugun 33 yoshga to‘ldi!

Gʻururimiz, iftixorimiz bo‘lgan bayrog‘imiz dunyo arenalarida doimo yuqori hilpirayversin!


👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

16 Nov, 09:23

2,934

Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi aniqlab olindi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 6-15 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan dunyo birinchiligiga nazorat-saralash musobaqasi tashkil etildi. Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi.

Qayd etish lozimki, ushbu nazorat-saralash musobaqasida polvonlarimiz murabbiylar tomonidan belgilangan kilogrammlarni to'plashdi va ushbu natijalarga ko‘ra Manamadagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoa tarkibi aniqlab olindi.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati:

Erkaklar
Muhammadqodir Toshtemirov -81 kg
Sarvarbek Zafarjonov -89 kg
Sharofiddin Amriddinov -109 kg
Ruslan Nurudinov -109kg


Ayollar
Shaxloxon Abdullayeva -64 kg
Tursunoy Jabborova -87 kg


👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

12 Nov, 05:43

2,618

🏋️‍♀️Xabaringiz bor, joriy yilning 6-15-dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida kattalar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Bahrom Mendiboyev boshchiligidagi terma jamoamiz ayni kunlarda Chirchiq shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

10 Nov, 04:52

2,360

Axborot 24 | Xalqaro og`ir atletika federatsiyasi rahbari bilan uchrashuv
#9nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Uzbekistan Weightlifting Federation

08 Nov, 12:03

2,006

09:00 08.11.2024

XALQARO OG'IR ATLETIKA FEDERATSIYASI PREZIDENTI TOSHKENTDA

#Toshkent

muxbir: Uchqun Namozov

https://t.me/zamon_lavhalar
Uzbekistan Weightlifting Federation

07 Nov, 14:42

2,808

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Muhammad Jalud Sport vaziri Adham Ikramov bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini rivojlantirsh, xalqaro musobaqalarda o‘zbek sportchilarini to‘laqonli ishtirokini ta’minlash va mamlakatimizda xalqaro musobaqalarni o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

07 Nov, 13:11

1,474

Xalqaro og’ir atletika federatsiyasi prezidenti yurtimizda o’tadigan nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikni ko’zdan kechirdi

Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi (IWF) prezidenti Muhammad Jalud amaliy tashrif bilan poytaxtimizga keldi. Martabali mehmon dastlab O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasida bo’ldi. Unga Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari, mamlakat og’ir atletika federatsiyasining birinchi o’rinbosari Shahrullo Mahmudov hamrohlik qildi.

Tashrif dastlab Qoʻmita qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini koʻzdan kechirishdan boshlandi. Unda Markaz direktori Kamol Sirojitdinov sportchilarning davolanishi, reabilitatsiya jarayoni va ularga koʻrsatiladigan tibbiy xizmat haqida batafsil maʼlumot berdi. Muhammad Jalud Markazda yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.

Shundan soʻng martabali mehmonni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. IWF prezidentiga Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo oʻyinlari, shuningdek, kelasi yil poytaxtimizda oʻtadigan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga koʻrilayotgan tayyorgarlik boʻyicha taqdimot namoyish etildi. Unga koʻra, har ikki musobaqa Olimpiya shaharchasida qad rostlayotgan velodromda tashkil etiladi. Mutasaddilar taqdimotda majmua ogʻir atletika bellashuvlari uchun qanday tayyorlanishi, mehmonlar uchun yaratiladigan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berishdi. Qayd etish joiz, 2025-yilning may-iyun oylariga belgilangan boʻlajak dunyo birinchiligi yoshlar Osiyo oʻyinlari oldidan sinov musobaqasi vazifasini bajarib beradi.

Oʻz navbatida, Muhammad Jalud Oʻzbekistonning bu kabi yirik musobaqalarni oʻtkazishda tajribasi kattaligi haqida gapirib, oldindagi turnirlarni avvalgilaridan ham yaxshiroq oʻtkazishiga ishonch bildirdi. Tadbir davomida doʻstona aloqalarni yanada mustahkamlash, oldinda turgan musobaqalarga hamkorlikda tayyorgarlik koʻrish kabi yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashildi.

Shundan so’ng IWF prezidenti Sport vaziri Adham Ikramov bilan uchrashdi. Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirsh, xalqaro musobaqalarda o‘zbek sportchilarini to‘laqonli ishtirokini ta’minlash va O’zbekistonda xalqaro musobaqalarni o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida martabali mehmon “Humo arena” majmuasi mezbonlik qilayotgan MMA bo’yicha jahon chempionatiga tashrif buyurdi. Muhammad Jalud aralash jang san’atlari bo’yicha o’tkazilayotgan dunyo birinchiligi yuqori saviyada tashkil etilganining guvohi bo’ldi va O’zbekiston nufuzli musobaqalar o’tkazish bo’yicha katta tajribaga ega bo’lib borayotganini alohida e’tirof etdi.

Kun davomida shuningdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo va Para Osiyo o’yinlari uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasiga ham tashrif amalga oshirildi. Mutasaddilar IWF prezidentiga shaharchadagi sport obyektlari va ularning qurilish jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Poytaxtimizdagi bunday bunyodkorlik ishlari martabali mehmonda katta taassurot qoldirdi.

O'zbekiston og'ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati
Uzbekistan Weightlifting Federation

29 Oct, 07:08

1,659

📹Terma jamoa murabbiyi Jo‘rabek Zoirov: Qatardagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etamiz!

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram