Neueste Beiträge von Uzbekistan Weightlifting Federation (@uzbek_weightlifting) auf Telegram

Uzbekistan Weightlifting Federation Telegram-Beiträge

Uzbekistan Weightlifting Federation
🏋️‍♂️🇺🇿O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasining rasmiy kanali!
Bu yerda siz barcha yangiliklar, e'lonlar va muhim ma'lumotlarni olishingiz mumkin!

🇺🇿🏋️‍♂️Bizning rasmiy sahifalarimiz👉 taplink.cc/uzbekistan_weightlifting
1,970 Abonnenten
7,010 Fotos
843 Videos
Zuletzt aktualisiert 09.03.2025 01:22

Ähnliche Kanäle

Bugun Sport
236,041 Abonnenten
SEVINCH PFC NASAF
1,115 Abonnenten

Der neueste Inhalt, der von Uzbekistan Weightlifting Federation auf Telegram geteilt wurde.

Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 13:03

1,175

🏆Yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati

🏋️‍♀️Erkaklar +102, +109 kg

🔹"A" guruh

🔴JONLI EFIR

🟢ONLAYN TABLO

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 12:00

911

🏆Yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati

🏋️‍♀️Ayollar +87 kg (yoshlar)

Sovrindorlar:
🥇Hyebin YU
(Koreya Respublikasi) 🇰🇷 - 231 kg
🥈Maibam Martina Devi (Hindiston)
🇮🇳 - 225 kg
🥉TRAN THI HIEN
(Vyetnam) 🇻🇳 - 220 kg

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 11:43

920

🏆Yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati

🏋️‍♀️Ayollar +81 kg (yoshlar)

Sovrindorlar:
🥇Haeun LEE (Koreya Respublikasi)
🇰🇷 - 227 kg
🥈TRAN THI HIEN (Vyetnam)
🇻🇳 - 220 kg
🥉 SU SHENG-CI
(Xitoy Taypeyi) 🏳️ - 207 kg

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

25 Dec, 10:36

947

🏆Yoshlar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati

🏋️‍♀️Ayollar +81, +87 kg

🔹"A" guruh

🔴JONLI EFIR

🟢ONLAYN TABLO

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

02 Dec, 04:43

706

Jahon chempionatida eng ko'p sportchi Osiyo qit'asidan ishtirok etadi!

Xabar berganimizdek, joriy yilning 6-15 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi.

E'tiboringizga ushbu dunyo birinchiligida qatnashadigan sportchilarning qit'alar kesimidagi soni borasida ma'lumot taqdim etamiz:

1.Osiyo - 221 ta (130 nafar erkak, 91 nafar ayol)
2.Yevropa - 168 ta (86 nafar erkak, 82 nafar ayol)
3.Amerika - 125 ta (60 nafar erkak, 65 nafar ayol)
4.Afrika - 38 ta (19 nafar erkak, 19 nafar ayol)
5.Okeaniya - 11 ta (5 nafar erkak, 6 nafar ayol)

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

27 Nov, 14:57

1,835

Bishkekdan navbatdagi xushxabar!

Bishkek shahrida qirg‘izistonlik Olimpiya chempioni Qanibek Osmanaliyev sovrini uchun o'tkazilayotgan XXXVI xalqaro turnir yakuniy pallasiga kirdi.

Biz uchun esa Qirg'izistondan xushxabarlar kelishda davom etmoqda. Xususan, musobaqaning erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida supachaga ko'tarilgan hamyurtimiz Azimjon Hojiyev delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo'ydi. Samarqandlik sportchimiz dast ko‘tarishda 133 kg, siltab ko‘tarishda esa 167 kg natija qayd etdi.

Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallar mezbon mamlakat polvonlariga nasib etdi:

🥇Azimjon Hojiyev (O‘zbekiston) – 133 (dast ko‘tarish), 167 (siltab ko‘tarish)
🥈Oleg Sheptunov (Qirg‘iziston) – 115 (dast ko‘tarish), 145 (siltab ko‘tarish)
🥉Nurban Bayimbetov (Qirg‘iziston) – 113 (dast ko‘tarish), 143 (siltab ko‘tarish)

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

27 Nov, 05:12

2,313

Xikmatillo Xaydarov ham xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo'ldi!

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Bishkek shahrida qirg‘izistonlik Olimpiya chempioni Qanibek Osmanaliyev sovrini uchun XXXVI xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Ahamiyatlisi, ushbu musobaqada yana bir vakilimiz shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy oldi. Erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan samarqandlik sportchimiz Xikmatillo Xaydarov dast ko‘tarishda 145 kg, siltab ko‘tarishda esa 172 kg toshni bo'ysundirgan holda oltin medalga sazovor bo'ldi.

Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallar qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik sportchilarga nasib etdi:

🥇Xikmatillo Xaydarov (O‘zbekiston) – 145 (dast ko‘tarish), 172 (siltab ko‘tarish)
🥈Temir Xrebtov (Qozog‘iston) – 140 (dast ko‘tarish), 170 (siltab ko‘tarish)
🥉Almabek Ormankul (Qirg‘iziston) – 128 (dast ko‘tarish), 151 (siltab ko‘tarish)

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

26 Nov, 14:34

2,221

O'zbekiston terma jamoasi a'zolarining Jahon chempionatida ishtirok etish vaqtlari:

Shaxloxon Abdullayeva
🏋️ -64 kg
17:00
📅 10-dekabr
***
Muhammadqodir Toshtemirov
🏋️ -81 kg
19:30
📅 10-dekabr
***
Sarvarbek Zafarjonov
🏋️ -89 kg
22:00
📅 11-dekabr
***
Sharofiddin Amriddinov
🏋️ -109 kg
19:30
📅 14-dekabr
***
Ruslan Nurudinov
🏋️ -109 kg
19:30
📅 14-dekabr
***
Tursunoy Jabborova
🏋️ -87 kg
22:00
📅 14-dekabr

Izoh: Musobaqalarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

26 Nov, 13:43

1,667

🏋️‍♀️Jo‘rabek Zoirov qo'l ostidagi yoshlarimiz Qatardagi Osiyo chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram
Uzbekistan Weightlifting Federation

26 Nov, 04:53

2,270

Diyorbek Odilov xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi!

Ayni kunlarda Bishkek shahrida qirg‘izistonlik Olimpiya chempioni Qanibek Osmanaliyev sovrini uchun XXXVI xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, musobaqaning erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan hamyurtimiz Diyorbek Odilov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Samarqandlik sportchimiz dast ko‘tarishda 100 kg, siltab ko‘tarishda esa 130 kg natija qayd etdi.

Ushbu vazn toifasida kumush va bronza medallar qozog‘istonlik va qirg‘izistonlik sportchilarga nasib etdi:

🥇Diyorbek Odilov (O‘zbekiston) – 100 (dast ko‘tarish), 130 (siltab ko‘tarish)
🥈Bekbol Sarpashev (Qozog‘iston) – 97 (dast ko‘tarish), 121 (siltab ko‘tarish)
🥉Ernis Baktibekov (Qirg‘iziston) – 95 (dast ko‘tarish), 120 (siltab ko‘tarish)

👉 💻Instagram |🎞YouTube  | 📝Telegram