Учкўприкликлар @uchkoprik_uchkoprikliklar Channel on Telegram

Учкўприкликлар

@uchkoprik_uchkoprikliklar


Учкӯприк тумани аҳолиси учун махсус канал

Учкӯприкликлар, каналга аъзо бӯлишни ва бошқаларни ҳам таклиф этишни унутманг🙂

Таклифлар ва рекламалар учун: @marketingchi_bot

Учкўприкликлар (Uzbek)

Учкӯприкликлар канали - учкӯприк тумани аҳолиси учун махсус канал. Учкӯприкликлар, каналга аъзо бўлишни ва бошқаларни ҳам таклиф этади. Маҳсулот сотиш ёки хизматлар сарфини қўллашга маълумот бериш мумкин. Учкӯприк туманида фаолият юритувчилар учун ишончли ва муҳоқиқ дар трендар ва маҳсулотларни таққослаш учун идеал манзил. Таклифлар ва реклама учун @marketingchi_bot га мурожаат қилишингизни ўтказинг. Учкӯприкликлар канали - сизни учкӯприк туманининг янгилоқлари ва тарихий мурожаатлари билан таништиради.

Учкўприкликлар

14 Feb, 14:36


#milliy_Fargona

💐 Milliy libos hammaga yarashadi!

🕊 Milliylik, milliy urf-odat va an'analar barchamiz uchun qadrlidir. Chunki bular ota-bobolarimizdan bizgacha yetib kelayotgan muqaddas merosdir.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

14 Feb, 14:10


🇺🇿#milliy_Fargona🇺🇿

🕊 Milliylik – muayyan xalqqa, millatga xos boʻlgan, uni boshqalardan farqini koʻrsatuvchi xususiyatlar majmui.

Milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarimizga ko'z tegmasin!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

14 Feb, 03:28


📝 Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
Jaloliddin Rumiy.

📝 Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning choʻmichidir.
Yahyo ibn Muoz.

📝 Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.
Alisher Navoiy.


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

13 Feb, 19:14


⚡️Бугун шоҳ ва шоир Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун.

Заҳириддин Муҳаммад Бобур 1483 йил 14 февралда таваллуд топган.

Ҳар кимки, вафо қилса, вафо топқусидир,
Ҳар кимки, жафо қилса, жафо топқусидир,
Яхши киши кўрмагай ёмонлиқ ҳаргиз,
Ҳар кимки, ёмон бўлса, жазо топқусидир!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

13 Feb, 03:49


Saroydagi hayot – har kim o‘ziga ajratilgan maqomga rioya qilishi va vaqti-vaqti bilan sukut saqlashi kerak bo‘lgan orkestrdir.
Gyote

Hayot bu - 10% i sizga nima bo'lishi va qolgan 90% i sizning unga qanday munosabatda bo'lishingizdir.
Charles Svindol

So'zlaganing kumush bo'lsa, sukut saqlash oltindir.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

13 Feb, 02:36


Assalomu alaykum.

Har qanday ulkan ummonlar ham kichik irmoqlardan boshlanadi.
Kichik qadamlaringiz sizni katta zafarlarga yetaklasin.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

12 Feb, 15:35


#АФИША

Жорий йил, 18 февраль куни, соат 11:00 да Учкўприк туманидаги “Хумо” тўйхонасида “ОНАЛАР КУНИ” деб номланган концерт дастури бўлиб ўтади!


Шу муносабат билан сиз азизларни ота-она ва опа-сингилларингизга концерт дастурига чипта харид қилиб, байрамга совға қилишингизни тавсия қиламиз!

Дастур тўкин дастурхон атрофида, элимиз суйган хофиз-у ёш эстарада хонандалари билан эсда қоларли тарзда бўлиб ўтади.

Чипталарга ҳозирдан буюртма бериб қуйинг, чунки биз Ўзбек халқи ота-она деса дархол ҳарид қилишни яхши кўрадиган миллатмиз. Шунинг учун орзуманд фарзандлар каторидан тушиб қолманг!

Мурожаат ва чипта буюртмаси учун қуйдаги рақамга қўнғироқ қилишингиз мумкин: +998911544349

Манзил: Учкўприк тумани, “Учкўприк” маҳалла фуқаролар йиғини, “Хумо” тўйхонаси


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

12 Feb, 03:37


⚡️ Menda biron kimsaning haqi bo‘lsa, haqini hech vaqt unutmadim. Biron kimsa bilan tanishgan bo‘lsam, uni hech vaqt nazarimdan qoldirmadim.
Amir Temur

⚡️ To’gri va haq yo’ldagi kishining yurishi arslon yurishidan ham mahobatliroqdir.
Abulqosim Zamaxshariy

⚡️Har bir kun uchun haq va haqiqat hozir narsa.
Abu Rayhon Beruniy

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

12 Feb, 02:31


Atrofingizda kimlarni tanlaganingizga nazar soling!

Siz kuchlilar bilan kuchlisiz, zaiflar bilan zaif!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

12 Feb, 02:30


Assalomu alaykum.

Maqsadlaringiz qancha baland bo'lsa,
marraga erishish zavqi ham yoqimli bo'ladi.

Kuningiz yuksak maqsadlar bilan boshlansin!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

11 Feb, 12:19


#Farg'ona viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Farg'ona viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

▪️Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi:

- Farg'ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 8-hudud ‘O‘zbekiston” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Farg'ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 14-hudud “Hamkorlik” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Farg'ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 17-hudud “Xo‘jamag‘iz” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Farg'ona shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 35-hudud “Alisher Navoiy” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Marg'ilon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 12-hudud "Tut tagi" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim,

- Qo'qon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 2-hudud "Do'stlik" MFY kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim,

- Qo'qon shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 15-hudud "Nonvoylik guzari" MFY kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim,

- Bag'dod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 25-hudud "Olchin" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Bag'dod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 3-hudud "Samandarak" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Beshariq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 28-hudud "Boy" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Buvayda tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi15-hudud "Turk" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Yozyovon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 2-hudud "Beruniy" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Yozyovon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 11-hudud "Qoratepa" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Yozyovon tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 15-hudud "Bahor" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko`rsatuvchi xodim,

- Rishton tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 24-hudud “Pandigon” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Uchko'prik tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 24-hudud "G‘ijdon" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Furqat tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 3-hudud "To'rg'ay" MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchi xodim,

- Qo'shtepa tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 19-hudud “Shodlik” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Quva tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 14-hudud “Pandigon” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim,

- Quva tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 30-hudud “M. Xasanov” MFYda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim.

❗️Arizalar 14.02.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizalarni elektron yuborish tartibi bo'yicha videoqo'llanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma

▪️Tanlov jarayonlari yuzasidan murojaatlar uchun Agentlikning Farg'ona viloyati filiali 73-243-92-28, 73-243-92-34

▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali —@vacancy_argos

Учкўприкликлар

11 Feb, 12:17


Bachkana yoki har xil vayn, roliklarni ko‘rishga vaqt qilamizku lekin........

#premyera

🎞 Jannat onalar oyog'i ostida - qirg'iz filmi (o'zbek tilida)

Butun Markaziy Osiyo davlatlaridagi kinoishqibozlarni yig'latgan film.

Filmda onaga mehr ko'rsatish, insonparvarlik, ezgulik kabi oliyjanob sifatlarga alohida e'tibor qaratilgan.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

10 Feb, 02:09


Elmurod Haqnazarovning “Yengilmen” yangi konsert dasturi!

Birinchilardan boʻlib, yaqinlarga ulashib qoʻying🎉

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

05 Feb, 16:20


⚡️"Ibrat Academy"dan navbatdagi katta yangilikni kutib oling!

Endi "Super Start" bilan ingliz tilini 0 dan o'rganish har doimgidan osonroq va tezroq bo'ldi. Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan darslarimiz kreativ amaliyotga boy darslari bilan boshqa uslublardan mutlaqo farq qiladi. Ishingiz tufayli endi vaqt hamda amaliyot yetishmasligi muammo emas. “Super Start” aynan Siz uchun ishlab chiqilgan.

Asosiy grammatika va so‘z boyligini mustahkamlang
Interaktiv darslar va mashqlar orqali o‘rganing
Dastlabki kunlardanoq natija


Hoziroq "Ibrat Academy" ilovasidan "Super Start" darslarini boshlang!

Google play | App store

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

05 Feb, 03:22


📝 Odamgarchilikka intilish insonni barcha yomonliklardan qaytaradi.
Konfutsiy

📝 Hech qachon kishiga yaxshiligidan ko‘ra yomonligi ko‘p deya yondashmang.
M.Gorkiy

📝 Inson, hayotida qilgan yaxshiliklari qadar baxtli bo'ladi.
Shahobiddin Ahmad


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

05 Feb, 02:32


Assalomu alaykum.

Insonning haqiqiy kuchi hech qachon yiqilmasligida emas, balki har yiqilgandan keyin ko'tarilish qobiliyatidadir

Kuningiz hayrli va barokotli bo‘lishiga tilakdoshmiz!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

04 Feb, 11:24


Мадалиев Дилшод Фарходович 21.09.1987.йилда туғилган. Учкўприк тумани Янгиобод МФЙ. Тўқайтепа кишлоғида яшайди.
2014 йил Гипатит Б+Д га чалиниб Жигар серрози билан оғриган.
Хозирги кунгача Тошкент шахар Вирусалогия марказида даволиниб келган. Шифокорлар тезлик билан донор топиб Хиндистон давлатига боришни маслахат берган. Хозирда бемор Хиндистон давлатининг Билка Макс килиникасида оператсия учун даволаняпти. Тезлик билан сўралган пулни жўнатиб оператсия ўтказиш лозим. Оператсия учун хозирда 8 минг доллар пул тўпланган. Ушбу пулга донр топилиб Хиндистонга жунатиляпти. Донр етиб бориши билан оператсия қилиниши лозим. Жигар қуруб қора талоқ катталашиб кетган. Сизлардан илтимос қўлингиздан келганча ёрдам беришинларингизни сўраймиз.
Эҳсоннинг мукофоти эҳсондир!
Сизнинг ёрдамингиз бир инсоннинг тақдири учун жуда муҳим.

Ипотека банк ҳумо карта:
5614 6812 1058 4136

Мадалиева Юлдузхон
Алоқа учун: +998916845616

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

04 Feb, 11:24


#Xayriya

Bemorga yordamingiz kerak

9860 0825 9509 5249

/Sarvinoz Mamuraliyeva/
Telefon: +99894 735-41-00


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

04 Feb, 02:35


✍️Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. Abdulla Qahhor

✍️ Tilning tavakkuli da’vo qiladi, ­qalbning tavakkuli ma’no beradi. Abu Ja’far Farg‘oniy

✍️ Til — so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Abu Rayhon Beruniy

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

04 Feb, 02:35


Assalomu alaykum!

Hayotni tushunish emas, uni his qilish va unda yashash kerak.

Boshlangan kuningiz unumli bo'sin!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

03 Feb, 02:33


Assalomu alaykum!

Yangi boshlangan haftada barcha rejalaringiz amalga oshsin va har bir ishingiz sizga zavq keltirsin!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

02 Feb, 13:46


#bilim_ol

Yoʻqchilikda ham ilm ol!

Qadrli kuzatuvchilar, xabaringiz bor Yoshlar ishlari agentligi tomonidan koʻplab loyihalar amalga oshirilmoqda. Shunday foydali loyihalardan biri bu chet tilidan yuqori ball toʻplab sertifikat olgan yoshlarga imtihon xarajatlarining qaytarilishidir.

Qahramonimiz Uchkoʻprik tumanidan Ilhomjon Meliboyev ham uyidagi, yoʻlidagi qiyinchiliklarga qaramay til oʻrgandi va natijaga erishdi. Hozirda u ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi.

Onasining umidi boʻlgan Ilhomjonning oldinda juda katta maqsadlari bor. Xorijiy tillarni yana ham mukammal oʻrganib, el koriga yarashdir.

Biz qahramonimizga omad va zafarlar tilaymiz! Kuzatuvchilarimizga esa, oldingizga aniq maqsad qoʻying, hech bir sabab sizni koʻzlagan maqsadingizdan qaytara olmaydi deymiz, huddi Ilhomjon kabi!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

02 Feb, 04:48


Ғалабага фақат кучлилар эришади!

Фарғоналик Шаҳина Йигиталиева эришаётган ютуқларга кўпчилик ҳавас қилади. Найза улоқтириш бўйича Хитойнинг Ханчжоу шаҳрида ўтказилган IV ёзги Пара Осиё ўйинлари чемпиони, Пара Осиё ўйинлари рекордчиси.

Ўтган йили Паралимпия ўйинларида иштирок этиб, Ўзбекистон делегацияси таркибидаги энг ёш спортчи сифатида пара енгил атлетика бўйича аёллар ўртасида F46 классида найза улоқтириш дастурида кумуш медални қўлга киритди. У янги марраларни забт этиш учун яна ҳаракатда!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

02 Feb, 04:47


💫 Bugun yaqinlaringizni yo'qlashni unutmang!

💫 Ko‘pincha kambag‘allik deganda ochlik yoki uysizlikni tushunamiz. Aslida keraksiz bo‘lib, muhabbat va g‘amxo‘rlikka zoriqish chinakam yo‘qsillikdir.
Har kim bu baloga qarshi kurashni o‘z oilasidan boshlamog‘i lozim.

Tereza Ona


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

02 Feb, 04:47


Assalomu alaykum.

Siz olam uchun hech kim emasdursiz lekin oilangiz va yaqinlaringiz uchun takrori yo'q olamsiz!

Dam olish kuningiz oilangiz bag'rida maroqli o'tsin!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

01 Feb, 03:00


✍️Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r. Lev Tolstoy

✍️Me’yordan oshsa har qanday hatti-harakat foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi. Apuley

✍️Ilm-fanga sarmoya doimo katta foyda keltiradi. Benjamin Franklin

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

01 Feb, 02:58


Assalomu alaykum!

Amallar niyatingizga bog'liq.
Yangi kun boshida go'zal niyatlar tilaymiz!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

31 Jan, 06:20


Tasavvur hamda xulosa uchun!

Maktabda farzandi o‘qib turgan barcha ota~onalar ko‘rishi shart bo‘lgan lavha

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

31 Jan, 03:42


⭐️ Siz dunyoda ko'rishni xohlagan o'zgarish SIZ bo'lishingiz kerak.

⭐️ Jazolashdan ko‘ra kechirmaklik mardlikdir. Ojiz odam kechirolmaydi. Afv etish kuchlilar fazilatidir.

⭐️ Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganda ko‘proq foyda olaman.

✍️ Mahatma Gandi

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

31 Jan, 02:38


Assalomu alaykum.

Kun unumdorligi vaqtni tejashdan boshlanadi.

Kuningiz unumdor o'tsin.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

23 Jan, 02:47


Axloqli kishi hatto o‘z hayotidan ayrilgan taqdirida ham do‘stlari va Vatani uchun ko‘p ishlarni qiladi.
Arastu

Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan adolat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat ko‘proqligini ko‘rishingdir.
Mustafo Amiyn

Vatanparvarlik — yolgiz o‘z vataniga mehr qo‘yishdan iboratgina emas. Bu juda katta his... Bu — vatan bilan o‘zini bir butun deb bilish, uning yaxshi-yomon kunlarida asqatish demakdir.
Lev Tolstoy


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

23 Jan, 02:45


Assalomu alaykum!

Boshlangan yangi kunda Sizga hotirjamlik hamda vaqtingiz unumli o'tishini tilaymiz.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

22 Jan, 03:14


✍️Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.
Imom G'azzoliy

✍️Ilm egallash asnosidagi eng keraksiz narsa dimog'dorlik, eng zarur narsa vaqtdir.
Zenon

✍️Ilmga barcha narsangni bermaguningcha, u senga hech narsangni bermaydi.
Abu Homid G'azzoliy


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

22 Jan, 03:13


Assalomu alaykum!

O'tayotgan har bir kun bizga saboq...
Biri yaxshi kunlardan saboq, boshqasi esa yaxshi kun kelishi uchun.

Boshlangan kuningiz mazmunli bo'lsin.


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

21 Jan, 05:30


⛔️ Narkotik savdosi va qimor o‘yinlariga aralashib qolmang!

Xorijda vaqtincha ishlab yurgan hamyurtlarimiz orasida ham yomon illatlar girdobiga tushib qolayotganlar oz emas.

Shu bois ogohlantirib qo‘yishni joiz bildik, bir martalik mo‘may daromad ilinjida o‘zingizni panjara ortiga otmang!

Tanimagan, shubhali shaxslar bilan ishlayotganingizda ehtiyot bo‘ling!

🌐Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
🌐@uzmigration

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

21 Jan, 05:19


🎋Aloe kapsulasi

Ichak mikrofloralari faoliyatini tiklaydi. Ichaklardagi shlaklarni tozalab, qabziyatga qarshi kurashadi. Shlaklarni yuvishi hisobiga 5-10 kggacha ozishga yordam beradi.

Zararli va nojo’ya ta’sirlari yo’q.

💲Narxi — 199 ming so’m

📱+99833-292-4444

👨🏻‍💻Admin:
@BizdaBorAdmin

🛍️Bizda bori qayda bor?!

Kanalimizga obuna bo’ling
👇
https://t.me/BizdaBor_N1
https://t.me/BizdaBor_N1

Учкўприкликлар

20 Jan, 03:14


Assalomu alaykum!

Har bir boshlangan kun choy kabidir.

Unga qanday mazza berish va yoki ta'msiz qilish sizni imkoningizda.


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

19 Jan, 04:44


2 дақиқалик видеода жуда катта сахна аус этган

КУЗАТИШ...
Муҳожирда ишлаб юрган ота уни кўришга келган боласини кузатиб қўймоқда.

Ҳеч бир бола ота меҳрига зор бўлиб вояга етмасин. Ҳамма болалар ота-она бағрида улғайсинлар.
Ота-она меҳрини ҳеч ким бера олмайди.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

19 Jan, 02:37


🏴🇺🇿 Абу-Даби валиаҳд шаҳзодаси Шайх Холид ибн Муҳаммад Ол Наҳаён Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев билан учрашувда "Манчестер Сити"га ўтган Абдуқодир Ҳусанов ҳақида тўхталиб, футболчини вояга етказгани учун ўзбек халқига раҳмат айтди.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

19 Jan, 02:37


Assalomu alaykum!

Oila muqaddas dargoh.

Yaqinlaringiz davrasida dam olish kuningiz maqroqli o'tsin!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

17 Jan, 02:37


Assalomu alaykum!

Har kuni ertalab hayot kitobingizda yangi sahifa boshlanadi.
Bugun uni ajoyib sahifaga aylantirish o'zingizga bog'liq!


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

16 Jan, 02:31


Assalomu alaykum.

Mehribonlik bu zabonsiz gapiradigan, karlar esa eshita oladigan tildir.

Mark Tven

Kuningiz yaxshiliklarga bo'y bo'lsin!

Каnalga obuna bo'lish uchun 😀
https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

14 Jan, 12:22


Ishga taklif qilamiz: HR menejer

Asmo jamoasi kuchli jamoa yaratish maqsadida yangi HR menejer izlayapmiz !

Agar siz:
O'zbek va Rus tillarini mukammal bilsangiz;
Yoshingiz 25 yoshdan yuqori;
Ayol kishi;
Kreativ fikrlash va tahlil qilish ko'nikmasi kuchli rivojlangan bo'lsa;
Kompyuterdan erkin foydalanuvchi bo'lsangiz;
Yangiliklarni tez o'rgana olsangiz;
Ma'suliyatli bo'lsangiz;

Biz sizga HR menejer sohasiga ishga yollab malakali o'qitish imkoniyatini beramiz;

Ustunlik beradi:
-HR sohasida ish tajribangiz;
-Grafik dizaynerlik tajribangiz;
-Ingliz tilini bilishingiz;

Sizdan kutayotganimiz:

🔹Xodimlarni tanlash, yollash va o‘qitish jarayonlarini boshqarish;
🔹Kadrlar bo‘yicha hujjatlarni yuritish va qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash;
🔹 Xodimlarning ishlash samaradorligini tahlil qilish va baholash tizimini tashkil etish;
🔹Xodimlar bilan samarali muloqot o‘rnatish;
🔹Jamoaviy ish muhitini yaratish va saqlash.

Oylik: Suhbat davomida kelishiladi;
Ish vaqti: 9:00-18:00 gacha;
Ish joyi: Uchko'prik tumani markazida;

Resume jo'antish uchun: @asmo_hr
Anketa to'ldirish uchun: @asmoanketa_bot
Bog'lanish uchun: +998917362130 (Aloqa vaqti 9:00-18:00 gacha)

Учкўприкликлар

14 Jan, 02:23


Vatanimiz ravnaqi, taraqqiyoti, mudofaasi, muhofazasi yo'lida mardonavor va sharafli burchni ado etayotgan qadrli tumandoshlar, yoshlar!

Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarga oilaviy sog‘lik, baxt, omad, tinchlik~totuvlik va xotirjamlik tilaymiz.

Ona vatanimiz uchun xizmat qilishdan hech qachon tolmanglar. Mardlik, matonat va jasorat doimo hamrohingiz bo'lsin!

Yoshlar ishlari agentligi
Uchko‘prik tuman yoshlar ishlari bo'limi


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

13 Jan, 15:25


Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

Videoni tomosha qiling va fikr qiling!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

13 Jan, 13:43


❗️Uchko‘prik tumani yoshlari diqqatiga

⚡️Joriy yilning 13-yanvar sanasidan boshlab tumanimizdagi barcha mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlar xatlovi o‘tkaziladi.

🔖Mazkur xatlov davomida mahallalardagi 14-30 yoshdagi har bir yosh bilan suhbat tashkil etiladi hamda xatlov yakunida yoshlar balansi shakllantiriladi.

Xatlov natijasida yoshlar yetakchisining mahalladagi yoshlar bilan ishlash borasida yillik ish rejasi ishlab chiqiladi.

📌Shu munosabat bilan tumanimizdagi barcha mahallalardagi yoshlardan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringizni tayyorlab turishingiz so‘raladi hamda yoshlarni xatlovda faollikka chaqirib qolamiz

Yoshlar ishlari agentligi Uchko‘prik tumani yoshlar ishlari bo‘limi

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

13 Jan, 03:56


Farg'ona 24
11.01.2025


“Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy qismlarda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilmoqda.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

12 Jan, 11:55


Farg'ona 24
11.01.2025

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Farg‘ona shahrida harbiylashtirilgan “Saf yurishi” tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

11 Jan, 02:46


🚨 #BREAKING.
#Here_We_Go.
📰 Fabrizio Romano.
🇺🇿 Abduqodir Husanov 🇬🇧 "Man. Siti" futbolchi.💰 Transfer summasi 40 + 10 mln yevro.📋 Shartnoma 2029-yilgacha. (+1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan)

Barakalla, Abduqodir Husanov!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

08 Jan, 03:24


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

08 Jan, 02:45


#Prokuratura
#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Uchku‌prik_tumani

8 yanvar - O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!

Yurtimizdagi barcha prokuratura organlari xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan samimiy qutlaymiz

Jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarimizning barcha huquqlari hamda erkinliklarini ta'minlashdek sharafli va mas'uliyatli faoliyatida ularga kuch-quvvat va g'ayrat-shijoat tilaymiz

Yoshlar ishlari agentligi
Uchko‘prik tumani bo‘limi jamoasi


https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

03 Jan, 09:32


Тадбиркорлар ва ишбилармонлар ДИҚҚАТИГА!

🔷Учкўприк туманидаги "Бобошбек" савдо ишлаб чиқариш комплексидаги ишлаб чиқариш бинолари, савдо дўконлари ва савдо расталари E-auksion.uz савдо платформасида савдога чиқарилди.

🔷Ушбу объектларни 60 ойгача муддатли тўлов асосида харид қилиш имконияти мавжуд.

🔷Савдога чиқарилган объектларни кўриш учун
шу ерга босинг.

Савдоларда қатнашинг ва мулкдорга айланинг!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

01 Jan, 05:57


Қадрли юртдошлар, азму-шижоатли азиз ёшлар!

Сизларни янги кириб келган 2025 йил билан чин дилдан табриклайман!
2025 йил барчамиз учун янги имкониятлар, янги орзулар ва янги зафарларга йўл очсин. Ушбу янги йил сизлар учун бахт, омад, соғлик-саломатлик ва бойлик олиб келсин!

Йил давомида юзларингиздан табассум кетмасин, ҳар бир кун ёрқин хотираларга бой бўлсин. Яқинларингиз билан тинчлик ва тотувликда яшашингизни тилайман.

Янги йилдаги барча яхши ниятларингиз рўёбга чиқсин!
Кириб келган Янги йил муборак бўлсин!


Ҳурмат билан,
Ботирхон Шухратович ШОКИРОВ
Учкўприк туман Ёшлар ишлари бўлими бошлиғи

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

02 Dec, 11:17


#Sarvinozxonga_yordam

Uchkoprik tumani Yangiyol mahallasida istiqomal qiluvchi Mamuraliyeva Sarvinozxon Qahramonjon qiziga buyrak yetishmovchiligi tashxisi qoyilgan. Bugungi kunda Sarvinozxon tezkor operatsiyaga muhtoj. Oz onasi buyragini qiziga berishga rozi bolgan operatsiya Faqatgina Hindistonda qilinishi mumkin.
Operatsiyaga 25.000 aqsh dollar miqdorida pul talab qilinmoqda. Bemorning ahvoli ogirligi sabab operatsiyani tezlatish zarur
Bemorning oila a
zolari tanish-bilish yaqinlar barchasi komak korsatishayotganligiga qaramay, shuncha miqdordagi pul oddiy oila uchun katta miqdor.

Bugun ushbu bemor va uning oilasi siz azizlarning komaklaringizga muhtoj!
Aziz yurtdoshlar bir bemorning hayotini saqlab qolish sizlarga bog
liq
Imkoningiz boricha ushbu kartalarga:
* 9860082595095249, humo
* 5614682714115336
uzcard (kartalar bemor nomida)
o`z yordamingizni ayamang!
Murojaat uchun raqam: +998947324100

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

01 Dec, 02:47


Қиш фасли муборак! 🌧❄️☃️

Учкўприкликларга қўшилинг👇🏻
https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

24 Nov, 10:24


🇺🇿Uchko‘prikda “Bolalar harakati” sardorlar saylovi tashkil etildi.

👤Tuman hokimligi, Yoshlar ishlari bo‘limi hamda maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda 220 nafar o'quvchi~yoshlar hamda maktab sardorlari ishtirok etdi.
Saylov jarayonlarida eng qobiliyatli faol va tashabbuskor, lider o‘quvchi~yoshlar orasidan 7 nafari “Bolalar harakati” tuman sardorligiga saylandi.

💻 Tuman sardorlari faoliyatini qo‘llab~quvvatlash maqsadida faoliyatda foydalanish uchun kompyuter jamlanmasi, rangli printer hamda proyektor qurilmasi topshirildi

🏫 Shuningdek, yoshlar ishlari tuman bo‘limi ma'muriy binosidan SARDORLAR XONAsi uchun alohida xona ajratilishi belgilandi.

📰 Tuman sardorlari faoliyatiga omadlar tilaymiz!

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

24 Nov, 06:01


https://t.me/jurayevagulchehramuhammedjanovna
👆👆Uchko‘prik tumanilik Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jo‘rayeva Gulchehra Muhammedjanovnaning (shaxsiy vlogi) kanali
A'zo bo‘lib: muammo, taklif hamda fikrlaringizni bildirishingiz mumkin

Учкўприкликлар

12 Nov, 12:25


Фарғона вилоятида Долзарб 50 кунлик профилактик тадбирларга старт берилди.

Фарғона вилояти ИИБ Ахборот хизмати

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

10 Nov, 06:27


Mehribon opa~singillar......

Ibrat uchun videoni ko‘ring va yaqinlaringizga ulashib qo‘ying

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

07 Nov, 15:47


Учкўприк тумани фермерлари ҳам пахта етиштириш шартномавий режасини бажарди.

Миришкор деҳқонларнинг узоқ йиллик фаолияти давомида тўплаган бой тажрибаси қўл келиб, бугун юксак хирмон барпо қилинди.

Жорий йилда 202 та фермер хўжаликлари томонидан 5 минг 350 гектар майдонда ғўза парвариш қилиниб, 20 минг тоннадан зиёд пахта ҳосили топширилди.

Туманда пахтачиликда илм-фан ва инновацияларга асосланган ҳолда ҳосилдорликни ошириш бўйича олиб борилган саъй-ҳаракатлар ўз самарасини бермоқда. "Қуммозор Меҳнатобод диёри", "Ҳакимбой", "Бахшитол Собиржон ариқ", “Биллур замин кўрки”, “Бобошбек келажаги” каби фермер хўжаликларида ўртача 50 центнердан ортиқни ташкил қилди.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

29 Oct, 13:43


#Yosh_kitobxon_tanlovi
#10_14_yosh_toifasi
#15_19_yosh_toifasi
#20_30_yosh_toifasi

💎ERTAGA 30-oktabr barcha kitobsevar yoshlar yoqtiradigan "Yosh kitobxon-2024" ko'rik tanlovining mahalla bosqichi start oladi.

Tumanimizning barcha kitobsevar yoshlarini 30-oktabr kuni mahallangizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida soat 10:30 dan 16:00 gacha o‘zingizga qulay vaqtda kutib qolamiz.

🇺🇿Tanlovning bosh sovrini sifatida qo'yilgan ELKETROMOBILga aynan SIZ egalik qilshingiz mumkin.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

27 Oct, 11:04


Учкўприк туманида Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик палатаси, халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашларига сайловлар қизғин давом этмоқда.

Сайлов участкасига фуқаролар эрта тонгдан келиб, ўз номзодлари учун овоз бермоқдалар.

Сайловда, айниқса, ёшларнинг иштироки жуда фаол бўлмоқда. Ёш сайловчилар фаоллик билан ўз келажаги учун овоз бермоқдалар.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

27 Oct, 08:30


#Saylov_yoshlar
#Mening_birinchi_ovozim
#Uchkuprik_yoshlari

Uchko‘prik tumanida ilk bor saylov jarayonida qatnashayotgan yoshlar siyosiy huquq va burchlaridan foydalangan holda oʻzlari munosib deb topgan nomzodlar va siyosiy partiyalarga ovoz berishmoqda

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

27 Oct, 07:25


#news

🤩Rossiya federatsiyasidagi Oʻzbekiston Respublikasi elchixonasida musofirdagi yurtdoshlarimiz ham saylovda oʻz ovozlarini berishmoqda


Jumladan, uchko‘priklik Gulchehra Akbarova ham o‘zining siyosiy huquqlaridan foydalanib, o‘zi uchun munosib deb bilgan partiyaga ovoz berganligini ma'lum qildi

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

27 Oct, 05:31


#Saylov_yoshlar
#Mening_birinchi_ovozim
#Uchkuprik_yoshlari

Uchko‘prik tumanida ilk bor saylov jarayonida qatnashayotgan yoshlar siyosiy huquq va burchlaridan foydalangan holda saylovda faol ishtirok etishmoqda

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

27 Oct, 05:29


#Saylov_Uchkuprik
#yoshlar_yetakchilari

Uchko‘prikda yoshlar yetakchilari saylov jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda

#biz_ovoz_berdik
#Sizchi?

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

26 Oct, 05:32


Фарғонада ёшларга тил ўргатиб Германияга ишга юбориш жараёнлари ва вилоят делегациясининг Германияга сафари

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

25 Oct, 06:32


📌"Khat decor" kompaniyasi o'ziga ishongan va mehnatkash ishchilarni quyidagi lavozimlar bo'yicha ishga taklif etadi.

- Press operatorlari ;

- Yuklov mutaxassislari.

Talablarimiz:
⌛️Yosh chegarasi: 20-35 ;
👷🏻‍♂️Erkak kishi bo'lishi;
Ishga o'z vaqtida kelish;
🧲O'z vazifalarini mas'uliyat bilan bajarish;

Takliflarimiz:
💸O'z vaqtida beriladigan va ish natijasiga qarab to'lanadigan oylik maosh;
🍲kompaniya hisobidan bepul tushlik;
💴Oylik maoshingizni ish natijangizga qarab o'sib borishi;
🧰Rasman ishga olish va pensiya fondini ochish imkoniyati;

Agar sizga takliflarimiz qiziq bo'lsa, quyidagi telegram bot orqali ma'lumotingizni qoldiring albatta siz bilan bog'lanamiz:

@Khatdecoranketa_bot

Qo'shimcha savollar paydo bo'lsa quyidagi telefonga aloqaga chiqishingiz mumkin:
☎️+99877 373-05-05

+99877 272-05-05

Telegram orqali @hrmanager95 ushbu profilga ham yozishingiz mumkin

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar

Учкўприкликлар

25 Oct, 02:32


Байрамингиз муборак бўлсин, фидоий, мард ва жасур Ватан посбонлари!

Юрт тинчлиги, ватан осойишталиги йўлида мардонавор хизмат қилаётган барча ички ишлар органлари ходимларини касб байрами билан муборакбод этиб, шарафли, олийжаноб ва масъулиятли фаолиятида улкан зафарлар тилаймиз.

https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar