Latest Posts from Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal (@tursunboy_ibrakhimov0203) on Telegram

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal Telegram Posts

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun!
UASH -> uchun tavsiyalar!
T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar!

Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!


Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02
11,385 Subscribers
1,769 Photos
82 Videos
Last Updated 28.02.2025 11:04

The latest content shared by Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal on Telegram


#Uash

👉 UASH amaliyotida judayam ko'p uchraydigan <<STOMATIT>>.

Yuqoridagi rasmda stomatitdagi og'riqsizlantirish uchun dori, preparatlar keltirilgan.

Shu dorilar bilan stomatit yo'qoladimi ? Nima deysizlar ? Yoki qo'shimcha biror narsa qo'shish kerakmi ?

Commentda o'z fikrilarni yozib qoldiringlar !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#farmakologiya

🔱Narkotik dorilarning yoshga nisbatan 1 martalik dozalar.

Bolalarga:

︎ promedol 1%-2%
Kattalarga--0.04 gr
1 yoshgacha tavsiya etilmaydi.
2-3 yosh----0.005 gr
3-4 yosh----0.015 gr
5-6 yosh----0.02 gr
7-9 yosh----0.01 gr
10-14 yosh---0.015 gr.

︎Omnapon:
1 yoshgacha tavsiya etilmaydi.
Kattalarga---0.03 gr
2-3 yosh----0.002 gr
3-4 yosh----0.003 gr
5-6 yosh----0.005 gr
7-9 yosh----0.006 gr
10-14 yosh---0.0075-0.01 gr.

︎ Morfin gidroxloridi- 1%
1 yoshgacha tavsiya etilmaydi.
Kattalarga---0.02 gr
2-3 еsh----0.001 gr
3-4 еsh----0.0015 gr
5-6 еsh----0.0025 gr
7-9 еsh----0.003 gr -- 0.005 gr

︎ Fentanil- 0.005%
Kattalarga----0.5.--0.2 ml t/i

Mana do'stlar qisqacha shoshilinch holatlarda narkotiklarni qo'llanilishi , foydali bo'lgan bo'lsa xursandman.

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#foydali

🔰Peshob rangiga qarab baho berish...

Qisqacha, lekin foydali ma'lumot .

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#chayon chaqishi. Qoraqurt chaqishi.
Shoshilinch yordam

💊💊💊💊

1. Novokain bilan jaroxat joyni
    mahalliy anasteziya qilish. UASh.lar
    kòpincha shu bilan chegaralanadi

2. Analgetik. Analgin dimidrol,
    diklofenak.........

3. Antigistamin dimidrol, suprastin

4. Gormon terapiya
     Deksametazon. Prednizalon

5. Dezintoksikatsion terapiya
     Reosorbilakt, Ringer, Disol, NaCl ....

📌📌📌📌📌

Xulosa: Simtomatik terapiya qilamiz.
      Og'riq 24 soat saqlanib qoladi
      kòpincha.

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#Uash

⚡️ Кизамик, кизилча ва скарлатина хакида ппт.

Малумот рус тилида лекин тушунса булади .

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

▫️Гинекологиядан йордам▫️

🗓 • Ўғил-Қизга план (Режа) қилиш
❗️ • Фарзандсизликни бартараф этиш
⚧️ • 1 Хафталик хомила санасидан бошлаб бола жинсини аниқлаш.

👩🏻‍⚕️Гинеколог — ЮЛДУЗ ТОЛИПОВНА

https://t.me/+sVuTuwo6cEg1NjRi

#UASH

UASH - uchun kerakli buyruqlar !
Bilib qo'yish zarar qilmaydi !

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham ulashing !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#tezyordam

KOMALAR HAQIDA UMUMIY CONTENT ...

Foydali bo'lgan bo'lsa, iltimos do'stlaringizni kanalimizga taklif qiling !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

Kelinglar endi taxlil qilib chiqsak:

Klinik fikrlaydigan bo'lsak bemorda to'satdan yoki birdaniga o'pkada pnevmoniya kelib chiqishi qiyin holat. Chunki bemorda boshqa kasalliklar ( o'pka pnevmoniyasini keltirib chiqaradigan ) yuq. Bemorda pastki va yuqori nafas yo'llarida kasalliklar bo'lgan --> masalan , o'tkir yoki surunkali obstruksion bronxit ( chunki qachonki obstruksiya bo'lsa bemorda eufillin qilinadigan bo'lsa nafas yo'llari kengayib bemor nafas olishda yengillashish bo'ladi) bemor kimdandir eshitgan yoki kimdir tavsiya qilgan << eufillin olsang nafas yo'llaring ochiladi >> va bemor ketma ket 5 kun eufillin olgan .

To'g'ri eufillin obstruksion yoki nafas yo'llari berkilish bilan bog'liq holatlarda , boshlang'ich holatlarda zo'r effekt beradi , qachonki boshqa dori- vositalar bilan --> antibiotik, balg'am ko'chiruvchi va boshqalar bilan. Lekin bemor eufillinni o'zini olgan antibakterial terapiya qilmagan.

Bu esa bemorda kasallikning kuchayishiga olib kelgan ya'ni pnevmoniyaga. Bu esa eufillin olgan paytda foyda berishdan ko'ra zarar keltirgan. Qanqay qilib ?

O'pkaning ma'lum qismi zararlangan va tashqi nafas olishda o'sha qism qatnashmayapti. Yuqori nafas yollarida xirillash va bo'g'ilish bor. Bunaqa holatda bemor eufillin tomirdan olgan yuqori nafas yo'llari kengaygan, bu holatda esa xansirash pasayadi, nafas olish akti kamayadi, lekin o'pkadagi tashqi nafas olish akti o'zgarmaydi. Aksincha, saturatsiya tushishni boshaydi va yana xansirash va bo'g'ilish xurujlari avj oladi. Eng muhimi o'pkaga suv yig'ilishi ya'ni o'pka shishiga olib kelaboshlagan.

Birinchi marta tez tibbiy yordam borganda shifokor holatni noto'g'ri baholagan. Bemorda bronxlarda obstruksiya kuchli deb o'ylagan va bemordagi pnevmoniyani va o'pka shishini e'tibordan chetda qoldirgan. Keyin adrenalin 0.3 ml teri ostiga qilgan va salbutamoldan foydalangan va ketgan.

Keyin ahvoli og'irlashgan :
- yurakka kuchlanish kelgan bu qon bosimini va taxikardiyani oshirgan:
140/90 , puls 150 taga. Saturatsiya 89% ga tushib ketgan, nafas harakati kuchayib ketgan.

Adrenalin --> o'pka shishini kuchaytirib yuborgan.

Taktika :
- qon bosimi nazorati ;
- oksigenatsiya;
- yurak glikozidlaridan
strofantin 0.025% 1 ml yoki
digoksin 0.025% 1 ml
NaCl 0.9% 9 ml tomir ichiga
- analgin 50% 2 ml
dimedrol 1% 2 ml yoki
suprastin 20 mg 1 ml tomir ichiga
- furasemid 2 - 4 ml t/i
- tezda gospitalizatsiya

Dr.ibrakhimov Tursunboy

💙5 KUNLIK AKSIYA💙

📌Endi siz anatomiya, biokimyo va farmakologiyaga tegishli yopiq ma'lumotlar bazasi kanallarini aksiya narxda qo'lga kiritishingiz mumkin.

⚡️Self-study➡️o'zingiz mustaqil o'rganasiz!

🩺Anatomiya - 75 000 so’m
(Odatda 150 000 so'm edi)

🧪🧪🧪🧪 - 75 000 so'm.
(Odatda 150 000 so'm edi)

💊💊💊💊 - 100 000 so'm.
(Odatda 200 000 so'm edi)

⭐️SUPER AKSIYA⭐️

2 tasini sotib olmoqchi bo'lsangiz - 150 000 so'm.

3 tasini sotib olmoqchi bo’lsangiz - 200 000 so’m.

📌Yopiq kanalga bir martalik to'lov bilan butun umrga a'zo bo'lasizlar. Bunday imkoniyat qayta berilmasligi mumkin.Shoshiling unda!

🔵Murojaat qiling:
➡️@Azamjon_Bozarov
➡️@Azamjon_Bozarov
➡️@Azamjon_Bozarov

Bizni kuzatishda davom eting!

🔵Telegram | 🟥You tube