Latest Posts from Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal (@tursunboy_ibrakhimov0203) on Telegram

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal Telegram Posts

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun!
UASH -> uchun tavsiyalar!
T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar!

Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!


Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02
11,385 Subscribers
1,769 Photos
82 Videos
Last Updated 28.02.2025 11:04

The latest content shared by Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal on Telegram


#Uash

⚡️OSHQOZON YARASI BELGILARI VA ALOMATLARI :

Rivojlanayotgan patologik jarayonning asosiy alomatlarini bilish yordam uchun shifokorga tezroq uchrashish va natijada kasallikning erta tashxislanishini ta’minlaydi, bu esa jarrohlik aralashuvisiz ham terapevtik ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishini kafolatlaydi. Ammo, ba’zida oshqozon yarasi o’zini namoyon qilmaydi, bu esa muntazam tekshiruvdan o’tib turish kerakligini ko’rsatadi. Odatda, me’da yarasining asimptomatik kechishi 25-28% hollarda kuzatiladi va yara bemor o’limidan so’ng aniqlanadi.

Oshqozon yarasini quyidagi alomatlarga ko’ra payqash mumkin:

Qorinning yuqori qismida joylashgan og’riq hissi. Ushbu alomat 75% hollarda namoyon bo’ladi. Bemorlarning yarmi intensiv bo’lmagan og’riq hissidan shikoyat qiladilar, qolgan 50% da alkogolli ichimliklar yoki achchiq oziq-ovqatlarni iste’mol qilish paytida, ovqatlanishlar oralig’i uzoq vaqt bo’lganida va jismoniy mashqlar bajarish paytida ko’proq kuchayadigan og’riq kuzatiladi;

Jig’ildon qaynashi. Bu hissiyot oshqozonning agressiv muhitga ega bo’lgan kislotali sharbati qizilo’ngachning bo’shlig’iga tushib, uning devorlarini qo’zg’atishi sababli paydo bo’ladi. Ushbu alomat tez-tez kuzatiladi va bemorlarning 80 foizida aniqlanadi. Jig’ildon qaynashi odatda ovqatlanishdan keyin 1-2 soat davomida paydo bo’ladi;

Ba’zan qayt qilish bilan birga kechadigan ko’ngil aynishi hissi. Ushbu belgi oshqozon motorikasining buzilishidan kelib chiqadi. Oshqozon yarasida qayt qilish ovqatdan keyin 1,5-2 soat o’tgach kuzatiladi va oshqozon bo’shatilishi sayin yengillik hissi kela boshlaydi. Shuning uchun ko’pincha bemorlar qusishni ixtiyoriy ravishda chaqirishadi;

Ishtahaning pasayishi -- oshqozon yarasi kasalligida odamning ovqatlanishdan keyin og’riqni boshdan kechirishidan xavfsirash yoki oshqozon-ichak tizimi motorikasi buzilishi sabab kuzatilishi mumkin;

Og’iz bo’shlig’iga me’da shirasining nazoratsiz ravishda ko’tarilishi bilan tavsiflanadigan kekirish. Bunday holda, bemor og’zida achchiq yoki nordon ta’mni his qiladi;

Gaz hosil bo’lishining oshishi;

Ovqat qabul qilishdan keyin kuzatiladigan qorindagi og’irlik hissi;

︎Tezda to’yib qolish tuyg’usi;

︎Axatning buzilishi.
Ko’pincha bemorlar ich qotishidan shikoyat qilishadi, ich ketishi esa peptik yara uchun xos emas. Defakatsiya bilan bog’liq qiyinchiliklar bemorlarning 50 foizigacha qismida kuzatiladi, ayniqsa, oshqozon yarasining kuchayishi davrida.

Oshqozon yarasining tashqi belgilaridan biri tilda kulrang karash borligidir, bu alomat deyarli doimo oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq muammolar mavjudligini ko’rsatib turadi. Bemorda kaftlarning ortiqcha terlashi va epigastral hududga bosib ko’rilganda og’riq hissi paydo bo’lishi ham kuzatilishi mumkin.

Oshqozon yarasida og’riqning tabiati asosan shikastlanishning lokalizatsiyasiga bog’liq. Bemorlarning shikoyatlariga qarab, shifokor oshqozonning bu yoki boshqa qismida yara mavjudligiga shubha qila oladi.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

ENDI DO'STLAR NAVBATDAGI POSTLARIMIZ OSHQOZON -ICHAK TIZIMI KASALLIKLARI VA ULARNI ASOSIY DAVOLASH USULLARI HAQIDA BO'LADI.

🔰Oshqozon yarasi (lot. Ulcus gastrica) — oshqozon shilliq qavatida trofik buzilishlar sodir bo’ladigan surunkali kasallik. Oshqozon yarasi ko’pincha 20-50 yoshli erkaklarda kuzatiladi. Kasallik bahor va kuz fasllarida tez-tez qaytalanishii bilan tavsiflanadi.

Oshqozon yarasi sababi, odatda, odamning asab tizimini kuchlantiradigan stresslar bo’lib, u o’z navbatida oshqozon-ichak trakti mushaklarining va qon tomirlarining spazmlarini keltirib chiqaradi. Natijada oshqozonning qon bilan ta’minlanishi buziladi va oshqozon shirasi shilliq qavatga salbiy ta’sir ko’rsata boshlaydi, bu me’da yaralari paydo bo’lishiga olib keladi.

👉Ammo oshqozon yarasining asosiy sababi Helicobacter pylori bakteriyalari va oshqozonning himoya mexanizmlari va agressiv omillar o’rtasidagi muvozanat buzilishidir, ya’ni oshqozon ajratadigan shilliq pepsin (oqsillarni hazm qilish uchun javob beradigan ferment) va xlorid kislotaga qarshi bardosh bera olmaydi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, bu kasallikdan dunyo aholisining 14 foizi aziyat chekadi.

Ko’pincha, oshqozon yarasi 20 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan erkaklarda tashxis qilinadi — 70% ga yaqin hollarda. Katta yoshlilarda kasallik biroz kamroq aniqlanadi — taxminan 20% hollarda. So’nggi vaqtlarda ayollar orasida kasallikning ko’payishi tendentsiyasi kuzatilmoqda.

Kasallikning kuzatilishi chastotasi yosh va jinsgagina emas, balki shaxsning kasbiy faoliyatiga ham bog’liq. Shunday qilib, oshqozon shikastlanishi xavfi bilan ishlaydiganlar, masalan, kosiblar, shuningdek muntazam ravishda suyuq oziq-ovqatlarni iste’mol qilish imkoniga ega bo’lmaganlar, masalan temir yo’lchilar bu kasallikdan ko’proq aziyat chekishadi. Bundan tashqari, bir mamlakatning turli hududlarida oshqozon yarasi turli xil chastotalarda uchraydi, bu mahalliy aholi ovqatlanishining o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

Bemor uchun 7-qilib qon bosim va pulsning kontroli deyilgan ,lekin aptekachi kontrol so'zini koltrol deb o'qigan va shu dorini bergan.

Aptekachi haqida fikringiz ?😂😁

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

Diagnostika:

︎O‘tkir pielonefrit tashxisi klinik simptomlar asosida qo‘yiladi:
-Bel og‘rig‘i;
-Og‘riqli siyish;
-Siydikdagi qon aralashmalari;
-Yoqimsiz siydik hidi yoki siydik hidini o'zgarishi .

<<Nefrolog surunkali kasalliklar va yaqinda yiringli jarayonlar borligini aniqlaydi.>>

Laboratoriya tekshiruvlari quyidagilarni ko‘rsatadi:
-Bakteriuriya;
-Mikrogematuriya;
-Ozgina proteinuriya.
-Umumiy qon tahlili yallig‘lanish belgilarini (yuqori ECHT, leykotsitoz, azotli shlaklarning ko‘payishi) aniqlaydi.
-Mikroflorani aniqlash uchun maxsus siydikdan namuna olinadi.

Umumiy urografiya bitta buyrakning kattalashganini, kosachalar va jomlarning deformatsiyasini ko‘rsatishi mumkin. UTT buyrakdagi strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganishga imkon beradi, Zimnitskiy sinamasi esa a’zoning konsentratsion qobiliyatini baholaydi. KT siydik-tosh kasalligini istisno qiladi.

Davolash:

O‘tkir pielonefritni medikamentoz davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

︎Antibiotiklar: qo‘zg‘atuvchini va uning preparatlarga sezgirligini aniqlash uchun siydikning bakteriologik tekshiruv o'tkazilishi kerak. Taxlil javobi kelgunicha keng spektrdagi antibiotiklardan foydalaniladi:
aminoglikozidlar, sefalosporinlar, ftorxinolinlar, nitrofuranlar, sulfanilamidlar o‘z ichiga oladi. O'tkir shakli uchun antibakterial terapiya 14:14:14 qoidasi asosida qilinishi yaxshi effekt beradi.

︎Siydik haydovchi vositalar: Surunkali pielonefritda shishlarning oldini olish uchun ishlatiladi. O‘tkir pielonefritda qo‘llanilmaydi.

︎Polivitaminlar: immunitetni oshirish uchun.

︎Immunomodulyatorlar: Surunkali shaklga o‘tishni oldini olish uchun "T-aktivin," "Timalin" kabi.

︎Yallig‘lanishga qarshi NYAQV: diklofenak, ketoprofen va shunga o'xshash analoglari (qarshi ko'rsatma GIT dagi yara kasalliklar)

Qon oqimini va qon bosimini meyorlashtiruvchi dorilar: Masalan, "Kurantil."

👉Surunkali piyelonefrit bir yilgacha uzoq davolanishni talab qiladi. Yiringli jarayonni bartaraf etish va chandiqlanishning oldini olish uchun 6-8 haftaga antibakterial terapiyadan boshlanadi. Remissiyaga erishilgandan so‘ng, antibakterial terapiyaning tanaffusli kurslari tayinlanadi.👈

☝️Xavf :
Pielonefritning oqibati odatda o‘z vaqtida nefrologda davolanganda yaxshi bo‘ladi. Biroq, o‘z vaqtida yoki noto‘g‘ri davolanish jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin:
-O‘tkir buyrak yetishmovchiligi

-Sepsis

-Bakterial shok

-Paranefrit

-Apostenomatoz piyelonefrit (buyrakda ko‘p sonli yiringli joylar)

-Karbunkul yoki buyrak abssessi

-Arterial gipertoniya

❇️Davolash bo‘lmasa, pionefroz deb nomlanuvchi yiringli-destruktiv shaklning terminal bosqichi rivojlanadi, bunda buyrak butunlay zararlanib yiring va toksik mahsulotlar bilan to‘ladi.

📌Surunkali pielonefrit bilan o‘tadigan surunkali buyrak yetishmovchiligi o‘limga olib kelishi mumkin.

Do'stlar kimdadir boshqacha qo'shimcha davolash haqida ma'lumot yoki fikrlar bo'lsa commentga yozishilar mumkin.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

Keyingi postimiz pielonefritni davolash haqida bo'ladi, bizdan uzoqlashmang .....

#Uash

🔰Pielonefrit buyrakning bakteriyalar keltirib chiqaradigan yuqumli kasalligi bo‘lib, kosacha-jomcha tizimi (siydik uchun rezervuar) va buyrak to‘qimasiga (parenximaga) ta’sir qiladi.

🔰Sabablari :

-Pielonefrit har qanday yoshda paydo bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pincha ayollar siydik-tanosil tizimining o‘ziga xos xususiyatlari tufayli qizlarda uchraydi.

▶️Infeksiyalar quyidagi davrlarda ko‘proq uchraydi:
︎3 yilgacha;
︎5 yoshdan 8 yoshgacha;
︎11 yoshdan 16 yoshgacha.

Shuningdek, pielonefrit ko‘pincha 18-30 yoshdagi ayollarda ( jinsiy hayotning boshlanishi, homiladorlik tufayli) va 60 yoshdan oshgan erkaklarda (ko‘pincha prostatit tufayli) uchraydi.

▶️Kasallik siydikning normal chiqib ketishi izdan chiqqan mahallarda boshlanadi. Ko‘pincha siydik-tosh kasalligi, immunitet buzilishlari, qandli diabet, surunkali kasalliklar yoki o‘tkir sistitdan keyin paydo bo‘ladi.

▶️Homilador ayollarda pielonefrit gormonal o‘zgarishlar natijasida yuzaga kelishi mumkin, bunda katta bachadon siydik chiqishini izdan chiqaradi.

Pielonefritning belgilari:

Pielonefritning o‘tkir xili to‘satdan boshlanadi va quyidagilar bilan birga davom etib boradi:
-Bosh og'rig'i
-Isitma
-Yuqori ter ajralishi
-Qusish ko‘ngil aynish
-Ishtaha pasayishi

-Bemor belda og‘riq sezadi, odatda bir tomonlama. Ko‘zdan kechirishda bel soxasini urib ko'rilganda noqulaylik va o‘tkir og‘riq aniqlanadi.

-Asoratlanmagan shaklida siydikning buzilishi kuzatilmaydi, ammo siydik loyqa, pushti yoki qizg‘ish bo‘lishi mumkin.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

Sistitni davolash :

︎Medikamentozsiz -> kasallikni davolash paytida bemor zirovorlarga boy, achchiq, sho‘r, tuzlangan ovqatlardan, spirtli ichimliklardan cheklanishi hamda kuniga 1,5-2 litr suv ichishi kerak.

︎Medikamentoz davolash :

- Infeksiya uchun siydik bakteriyasi turiga qarab antibiotiklar :
Sefalosporinlar 2 maxal, Ftorxinolinlar (levofloksatsin ) yoki Nitrofuranlar (metronidazol) 100 ml 1-2 maxal , kompleks tarzda yani 2 ta antibiotikni birgalikda qo'llaniladi.

- Fitopreparatlar - kaniferon, siston tabletka yoki kapsulalar

- yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi dorilar nosteroid yaliglanishga qarshi dorilar qo‘llaniladi

-Tos a’zolari infeksiyasini davolash.

Davolashda e’tibor berish kerak bo‘lgan jihatlar:

-- O‘tkir sistit davri 7-14 kun.

Davolanishning birinchi yoki ikkinchi kunida yengillik paydo bo‘lishi mumkin. Аmmo siydik tahlillari to‘liq me’yorlashgunga qadar dorilarning dozasini va qo‘llash chastotasini to‘xtatmaslik yoki kamaytirmaslik kerak. Аgar davolanish muddatdan oldin to‘xtatilsa, sistit belgilari yana paydo bo‘ladi. Faqat keyingi safar uni davolash qiyinroq bo‘ladi, surunkali sistit holatiga o‘tadi.

Surunkali sistitni davolash murakkab va uzoq vaqt talab qiladi. Shuning uchun shifokor nazoratida va qunt bilan davolanish kerak. Faqat antibiotiklar, fitopreparatlarni o‘zi kamlik qiladi, qo‘shimcha immunomodulyatorlar, bakteriofaglar, qon aylanishini yaxshilaydigan dorilar, vitamin va antioksidantlar buyuriladi.

Davolashga yana qo'shimchalar bo'lsa commentga yozishilar mumkin.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal pinned «#Uash 🔰Sistit − bu qovuq shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, odatda ayollar sistitga ko‘proq chalinadi. Yer yuzidagi ayollarning, deyarli, yarmi hayotida bir marta sistit bo‘lib o‘tgan. Ko‘pincha bu kasallik 25 dan 30 yoshgacha yoki 55 yoshdan oshgan…»

#Uash

🔰Sistit − bu qovuq shilliq pardasining yallig‘lanishi bo‘lib, odatda ayollar sistitga ko‘proq chalinadi. Yer yuzidagi ayollarning, deyarli, yarmi hayotida bir marta sistit bo‘lib o‘tgan. Ko‘pincha bu kasallik 25 dan 30 yoshgacha yoki 55 yoshdan oshgan ayollarda kuzatiladi.

▶️Sistit kechishi bo'yicha :
- o'tkir ;
- surunkali ;

▶️Kasallikning kelib chiqish sabablari:

︎Infeksiya yuqishidan − patogen bakteriyalar chov terisi yuzasidan, qin shilliq qavatidan, to‘qimalardan va ichakdan peshob yo‘liga kirib, yuqoriga ko‘tariladi va qovuqqa tushib yallig‘lanadi.
︎Dorilar, radiatsiya, zaharli, kimyoviy moddalar, parazitlar, allergiya ta’sirida bo‘lishi mumkin.
︎Limfa tomirlari orqali tanadagi surunkali infeksiya o‘choqlaridan o‘tishi mumkin.

▶️Sistitga olib keluvchi omillar:
-tanadan sovuq va zah o‘tishi;
-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, -homiladorlik, tug‘ish, ayollarda -menopauza, prostata bezining -yallig‘lanishi;
-jarohatlar, uretrada tibbiy -manipulyatsiyalardan keyin;
-qandli diabet, semirish, o‘troq hayot tarzi;
-ko‘p miqdorda achchiq, sho‘r va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish.

▶️Sistitning belgilari

︎qorinning pastki qismida og‘irlik;
︎og‘riq;
︎peshob vaqtida og‘riq;
︎achishish va yonish hissi;
︎loyqalangan va kam miqdorda tez- tez peshob;
︎siydikda shilliq va qon paydo bo‘lishi;
︎peshob chiqarishga yolg‘on va og‘riqli istak;
︎peshob tutolmaslik;
︎tana haroratining ko‘tarilishi.

Surunkali sistit belgilari o‘tkir sistitga nisbatan kam. Kasallik vaqtincha susayishi mumkin, remissiya davri yil davomida qo‘zg‘alish davri bilan almashib turadi va yildan yilga davomliroq bo‘ladi.

▶️Sistit diagnostikasi

-umumiy qon tahlili;
-umumiy siydik tahlili;
-siydikni bakteriologik tekshirish;
-siydik pufagining UTTsi;

▶️Sistitning asoratlari:

-surunkali piolonefrit rivojlanishi;
-buyrakning atrofiyasi va buyrak -yetishmaslik kasalligi;

agar davolanmasa, siydik pufagi kichrayadi va peshob saqlash funksiyasini to‘liq yo‘qotishi mumkin.

Keyingi postimiz sistitni davolash haqida bo'ladi.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

🔰Stomatitni davolashda avvalo yallig'lanishni bartaraf etish lozim !

Stomatitni davolash doimo antibaktеrial dorilarni o'z ichiga olishi kеrak. Ushbu prеparatlar " shimish, malham, gеl, sprеy, tablеtka, chayish va boshqa shakllarda" qo'llanilishi mumkin.

➡️Sprеylar:
Ingalipt, Gеksoral, Lugol;
Kamistad lidokain asosli gеl, kuchli og'riq qoldiruvchi,
Moychеchak tabiiy samarali antisеptik;
Elyudril og'izni chayish uchun va stomatitga qarshi ko'p ishlatiladigan suyuqlik;
Stomatidin (gеksеtidin) antisеptik yaratish, dеzinfensiya qilishda va samarali oson anеstеtik ta'sir ta'minlaydi;
Kamеton efir moylari asosida tayyorlangan, antimikrob va yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi va mahalliy og'riqsizlantirish hususiyatiga ega.
Aerozol va sprеy shaklida chiqariladi;
Aktovеgin stomatitning dastlabki bosqichlarida qo'llaniladi, jarohatlangan to'qimalarni davolashga yordam bеradi.

Shilliq qavatlarni tiklanishini jadallashtiruvchi prеparatlar qaysilar?

🔹Solikosеril-> stomatologiya amaliyotida ko'p ishlatiladigan prеparatdir. Pasta shaklida ishlab chiqariladi. U to'qimalarning hujayraviy oziqlanishini yaxshilashga yordam bеradi va ularni tiklash jarayonini tеzlashtiradi.

🔹Karotin-> yog'li suyuqlik, tashqi qo'llaniladi. Prеparatning faol moddasi bеtakarotеn antioksidant, rеtinoliga o'xshash, hujayralarga himoyaviy ta'sir ko'rsatadi.

🔹Chakanda-> (oblеpixa) va na'matak yog'lari ajoyib tabiiy shifobaxsh mahsulotlardir.

🔹Vinilin-> (Shostakovskiy balizami) antisеptik. U yaralarni o'rab oladi, ularni tozalaydi va tiklanishni tеzlashtiradi.

🔹 Orasore -> gelsimon ko'rinishda og'riqsizlantirish, tezroq yara o'chog'larini davolashda pediatrlar va oilaviy shifokorlar keng qo'llaydi !

Bu dorilardan tashqari yana boshqa dorilar juda kop, hozirda eng ko'proq foydalaniladigan va samaraliroqlari shular hisoblanadi.

Do'stlar dori yozib berishni hammamiz bilamiz, lekin kasal bizni ammamizni o'g'li yoki qizi emas😁 -> praktika qilib, u dorini qo'llash kerak bu dori dorini qo'llash kerak degani .... Albatta dori yozib berayotganda aytib, tushuntirib o'tish kerak--> har doim stomatit chiqyotgan bo'lsa , albatta G.i.t. ni chuqurroq tekshirtirish kerak. Chunki biz simptomatik emas, etiologik davo qilsak u bemor bizdan rozi bo'ladi.

Foydali bo'lgan bo'lsa xursandman !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy