Últimas publicaciones de Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal (@tursunboy_ibrakhimov0203) en Telegram

Publicaciones de Telegram de Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun!
UASH -> uchun tavsiyalar!
T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar!

Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!


Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02
11,385 Suscriptores
1,769 Fotos
82 Videos
Última Actualización 28.02.2025 11:04

Canales Similares

Doctors | Team
12,967 Suscriptores
Dofamin
8,200 Suscriptores
Dr.Dovudbek Lectures
2,765 Suscriptores

El contenido más reciente compartido por Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal en Telegram


Ramazon oyi uchun chegirmali va qisqa, lo'nda kurs !

BONUS SIFATIDA EKG MATERIALLARI HAM QO'SHIB BERILADI

Imkoniyatli qo'ldan boy bermang !

⭕️⭕️⭕️ E'LON

♻️ Ko'plab taklif va iltimoslarga binoan INTENSIV TEZ TIBBIY YORDAM VA UASH & TERAPIYA kurslariga START beramiz ...

🅰 INTENSIV TEZ TIBBIY YORDAM - 103 ga tayyorlov kursi
︎Davomiyligi 1.5 oy ;
︎Haftada 3 kun Dushanba, chorshanba va juma kunlari 05:30 da 1.5-2 soat bo'ladi. (Saxarlikdan keyin)
︎To'lov 250 ming /umumiy 1.5 oy uchun, boshqa tolov bo'lmaydi.

🅱 INTENSIV UASH & TERAPIYA - poliklinikaga ishga tayyorlov kursi
︎Davomiyligi 1.5 oy
︎Haftada 3 kun Seshanba , payshanba va shanba kunlari 05:30 da 1,5 -2 soat bo'ladi. (Saxarlikdan keyin)
︎ To'lov - 250 ming /umumiy 1.5 oy uchun, boshqa to'lov qilinmaydi.

Ikkala kursda qatnashgan o'quvchilar uchun :
︎kanspekt, pdf material, maruza va discuss lar qilinadi.
︎Har dars yozib olib guruhga tashlanadi, darsga kirolmagan o'quvchilar foydalanishi uchun .
︎dars telegramda Videochat va voicechat tarzida o'tiladi.
︎AGAR IKKALA KURSGA QATNASHSA CHEGIRMA QILIB BERILADI.

🆎 SELF STUDY - mustaqil tayyorlanish umumiy chegirma Tez yordam va Uash kursning barcha materiallari, kanspekt, video yozuvlarni 250 ming /umumiy chegirmada sotib olishingiz mumkin.

Kursga yozilish va qo'shimcha ma'lumot uchun : @Dr_ibrakhimovadmin
@Dr_ibrakhimovadmin ga ism familiya va kurs yozib qoldiring ...

Qabul 28.02.2024 dan 5.03.2024 gacha davom etadi. Ulgurib qoling, bunday narxda va bunday davomiylikda boshqa qabul bo'lmasligi mumkin, shoshiling !

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#UASH

UASH - ga ko'p beriladigan savollardan biri- PARXEZ STOLLAR QAYSILAR ?

Foydali bo'lgan bo'lsa, do'stlaringizga ham jo'nating !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#UASH

UASH - uchun <<Oddiy bronxitning boshqa bronxit turlaridan differensial diagnostikasi >>.

Buni shifokor albatta bilishi shart !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy
Dr.Ibrakhimov Tursunboy

😁😂Ko'p yeyishning oqibati

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

⚡️Постгеморагик шок хакида ....

🔱Постгемморагик шок- қон кетиши натижасида юрак қайтадиган қон хажми камайиши ва шу сабабли юрак ишчи кучи ва зарб хажми камайиши сабабли юзага келувчи шок холати.
Бунда нафақат кетадиган қон миқдори балки қон кетиш давомийлиги хам мухим.

Умумий қон хажмининг 10-15 фоизга камайишини организм ўзи тўғирлай олади(компенсатор механизмлар-юрак ишини ошириш, веналардаги захира қон хажми орқали).
ОЦК 20% га камайдики юрак иши камайиши синдроми вужудга келади. Натижада қонга массив равишда катехоламинлар чиқади. Бунда қон айланиши марказланиши вужудга келади (переферияда спазм, бош мия ва юракка кўпроқ қон).

Даволаш:
Асосий мақсад Гиповолемияни йўқотиш ва микроциркуляцияни яхшилаш.
Энг биринчи ёрдам массив равишда, тезликда физиологик эритмалар(натрий хлор 0.9, ва глюкоза 5%)ини қўйиш(бўш юрак синдромини ва юрак тўхтаб қолишини олдини олиш учун.

Ўринбосар инфузион терапия
1-даражада(500-700 мл қон йўқотилган) йўқотилган қонга нисбатан 100-200% тузли ва коллоид эритмалар(реополиглюкин, рингер, рингер-лактат ва хкз) қуйилади.
2-даражада(700-1200 мл қон йўқотилган) йўқотилган қонга нисбатан 200-250% суюқлик киритилади(бундан 40% қон таркибий қисми бўлиши керак)

3-даражада (1200-2000 мл қон йўқотилган) йўқотилган қонга нисбатан 300% миқдорда суюқлик киритилади ( бундан 70 % қон таркибий қисми бўлиши керак)

4-даражада (2000 мл.дан кўп қон йўқотилганда) йўқотилган қонга нисбатан 400 % миқдорда суюқлик киритилади ( бундан 100% қон таркибий қисми бўлиши керак)

Артериал қон босимни тиклаш учун адреналин, норадреналин, дофамин қилиш мумкин.

Қон реалогиясини яхшилаш учун антиагрегантлар(клопидогрел, Тромбо Асс ва хкз) ва антикоагулянтлар (гепарин ва бошқалар).

Сиз кутган тиббий канал
_______Др.Иброхимов

🔰 Tez tibbiy yordam uchun kerakli manbalar insultni joyida tashxislash :

🔱 Insult sodir bo’lganini birdan aniqlash usuli ham mavjud. Buning uchun bemoda uchta asosiy ko’rsatkichni baholash kerak bo’ladi:

Jilmayish — insultda tabassum qiyshiq bo’lishi, lablarning bir burchagi yuqoriga emas, balki pastga qarab qolishi mumkin.

Gapirish — oddiy gaplarni talaffuz qilish, masalan «Ko’chada havo iliq, oftob charaqlab turibdi». Patologiyada ko’pincha (biroq doimo emas) talaffuz buzilgan bo’ladi.

Qo’llarni ko’tarish — agar ikki qo’l bir xilda ko’tarlimasa, bu belgi kasallikka ishora qilishi mumkin.

INSULTNI DAVOLASH USULLARI:

Insultni umumterapevtik davolash yurak-qon tomir tizimini normallashtirish, nafas olish funksiyasini tiklash, miya shishini kamaytirish, shuningdek, qaytalanishini oldini olish va asoratlarini tuzatishga qaratilgan.

︎Ishemik insultda qon aylanishi va shikastlangan hudud antiagregant, antikoagulyant, neyroprotektor (kavinton va boshqalar) va nootrop (pikamilon) preparatlar orqali tiklanadi. Zarur bo’lsa, xirurgik davolash amalga oshiriladi. Miyaning normal faoliyati antioksidantlar, vitaminlar va to’qimalarda modda almashinuvini (metabolizm) yaxshilash uchun dorilar orqali qo’llab-quvvatlanadi.

︎Gemorragik insultda angioprotektorlar, vazoaktiv dorilar tayinlandi. Gemorragik insultni davolashda eng samarali usul jarrohlik aralashuvi hisoblanadi.

♻️OQIBATLARI:
Insult uzoq muddatli komaga, falajlikka yoki tananing muayyan qismlari mushaklarining pareziga olib kelishi mumkin. Insult aql va xotirani yo’qotishga olib keladi. Og’ir insult bemorning o’limiga sabab bo’lishi mumkin.

INSULTNI OLDINI OLISH
Insultning oldini olish qon bosimini muntazam ravishda o’lchash orqali amalga oshiriladi. Gipertoniya bilan og’rigan kishilar ayniqsa ehtiyotkor bo’lishlari va shifokorning buyurgan dori-darmonlarni qabul qilish, muntazam jismoniy mashqlar bajarish va ovqatlanishga cheklovlar kiritish kabi barcha tavsiyalariga amal qilishlari kerak. Chekishni to’xtatish va qonda qand darajasini nazorat qilish kasallik rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#tezyordam

Terminal holatlar ....

Do'stlaringizga ham ulashing va kanalimizga obuna bo'ling !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#tezyordam

TIBBIYOT XODIMI bilishi kerak (shart) bo'lgan mavzulardan biri......

Asqotib qolar ...

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

🔰Yurak defibrilatsiyasi qorincha ko'p qisqarishi, fibrilatsiya yoki to'satdan klinik o'lim tufayli qon aylanishini to'xtash sodir bo'lganda birinchi ustuvor reanimatsiya harakati hisoblanadi.

Klinik tajriba shuni ko'rsatadiki, bu harakat qanchalik tez amalga oshirilsa, shifokorning odamni qayta tiklash imkoniyati shunchalik ko'p bo'ladi.

⚠️Ushbu reanimatsiya jarayonining asosiy qoidasi qisqa muddatli yuqori quvvatli elektr impuls kiritilgandan so'ng miokardning o'tkazuvchan to'qimalari va mushak tolalarini qo'zg'atish jarayonlarini sinxronlashtirishdir. Natijada, elektr faolligining barcha atipik o'choqlari bostiriladi va faqat bitta normali qoladi, bu uning vektorlarining yig'indisidir.

❇️Ushbu hodisani o'tkazish texnikasi va metodikasi quyidagicha: defibrilator yordamida elektr zaryadi ko'krakning old yuzasida :
- o'ng o'mbrov suyagi ostida;
- yurak cho'qqisining maydoniga joylashgan ikkita elektrodni bosib amalga oshiriladi. Ikkala elektrod ham ko'pincha doka bilan o'ralgan bo'lib, u yaxshi aloqa qilish va terini kuyishdan himoya qilish uchun tuz eritmasi yoki maxsus gelida namlangan bo'ladi.

Ushbu amaliyot odatda ikkita odamni o'z ichiga oladi,
︎ ulardan biri yurak massajini amalga oshiradi va elektrodlarni bemorning tanasiga mahkam bosadi
︎ikkinchisi esa qurilmaga kerakli miqdordagi elektr tokini o'rnatadi va oqim hosil qiladi. Ushbu texnika tibbiyot xodimlari o'rtasida elektr shikastlanishining oldini olish uchun xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishni talab qiladi.

⚡️Elektrod tutqichlari quruq va yaxshi izolyatsiyalangan bo'lishi kerak, qurilmaning o'zi esa erga ulangan bo'lishi kerak. Tokni etkazib berish paytida yotoqqa va uning ustida yotgan bemorga tegish taqiqlanadi. Elektrokardiografni o'chirib qo'yish kerak va faqat hodisa tugagandan so'ng odamning yurak-qon tomir tizimining holatini kuzatish uchun uni yoqish mumkin.

🔱 Ma'lumot o'rnida hozirgi vaqtda tibbiyot bozorida ikki turdagi defibrilatorlar mavjud:

• bitta kanalli (ikkita elektrod bilan, ulardan biri orqa ostida joylashgan, topraklama vazifasini bajaradi, ikkinchisi esa yurakning chap qorinchasining chap tomonida joylashgan - elektr zaryadini etkazib berish uchun);
• ikki kanalli ikki yoki uchta elektrodga ega, ulardan biri yerga ulangan; ikkita elektrod bilan impulslar biridan ikkinchisiga beriladi, ular juda qulay va ixchamdir, lekin maksimal kuchlanishni qo'llashga imkon bermaydi.

Agar yurakning qorincha fibrilatsiyasi jarayoni bartaraf etilmasa, zaryadning ortishi bilan takroriy amaliyot o'tkaziladi.‌

Foydali bo'lgan bo'lsa do'stlaringizga ham jo'natib qo'ying 👉 Dr.ibrakhimov👈