Bemordagi asosiy shifokor bilishi, boshqa kasalliklardan ajratishi kerak bo'lgan narsa bu TOSHMALAR , chunki qizamiq, qizilchalarda ham suvchechaklarda ham toshmalar toshishi mumkin.
Yuqoridagi kasalliklarning barchasi virus etiologiyali kasalliklar, lekin kasallikning kelib chiqish davri, klinikasi va toshmalari bir biridan ancha farq qiladi.
Uash qabulidagi bemordagi kasallik <<SUVCHECHAK >>(ветрянк )nima uchun ? Qanday farqlash mumkin ?
Buni bilish uchun suvchechak klinikasini va toshmalarining xarakterini bilish kerak.
▪︎Kasallik toshmalari dastlab, kattaligi 2-4 mm bo’lgan qizil donachalardan iborat, donachalar bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa ichida suyuqlik bo'lgan vezikulaga. Bu hosilalar bir biriga o'tayotganida judayam qichishish paydo bo'ladi.
1-3 kun o’tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara, chaqa) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sarg’ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo’ladi.
Infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan taxminan 7-21 kun oldin organizmga tushgan bo’ladi. Odam teriga toshma toshishi boshlanguniga qadar 48 soatgacha boshqalarga kasallik yuqtiruvchi bo’lib qoladi.
Toshma toshishidan tashqari boshqa simptomlar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
▪︎Isitma;
▪︎Bosh og’rig’i;
▪︎Ishtaha yo’qolishi.
Bemorda bu alomatlar kuzatilganidan bir yoki ikki kun o’tgach, klassik toshma rivojlanishi boshlanadi.
Odam sog’ayishdan oldin kasallikning uch bosqichdan o’tadi. Bularga quyidagilar kiradi:
->Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;
->Donachalar suyuqlik bilan to’lgan pufakchalarga aylanadi;
->Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo’ladi.
Asosiy differensial diagnostika qizamiq bilan bo'ladi.
-Qizamiq toshmalari paydo bo'lishidan bemorda 3-5-7 kun davomida past istima, yo'tal (huddi ORVI foni) paydo bo'ladi. Keyin esa toshmalar toshishni boshlaydi, toshmalar tana yuqori quloq orqasi, bosh, bo'yin va og'iz shilliq qavatlarida paydo bo'ladi. Toshmalar xarakteri bir biriga juda yaqin, suvlashmagan, og'iz shilliq qavatlari toshmalarini ko'rsak xuddi <<atirgul >> kabi gullab ketgan bo'ladi. Keyin tananing pastki qismlariga tarqaladi.
Endi, davolash choralariga kelsak :
- Antivirus dorilari : atsiklovir 1 tab. 3-4 maxal ;
- Antibakterial dorilar : biror antibiotik tabletka yoki ikkilamchi infeksiya xarakteriga qarab ineksiya ko'rinishida berish ;
- Kalsiy glukonat 10% 3 ml t/i yoki tabletkasini berish yoki biror antigistamin preparatlari buyurish ;
- Toshmalarni quritish uchun Zelyonka yoki Fukartsin tez tez surtish.
- Dieta ( yelli mahsulotlardan cheklanish) va ko'proq suyuqlik ichish ;
Mana do'stlar qisqa taxlil qildik, o'qinglar foydali bo'lgan bo'lsa xursandmiz.
Dr.Ibrakhimov Tursunboy