来自 Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal (@tursunboy_ibrakhimov0203) 的最新 Telegram 贴文

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal Telegram 帖子

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal
Faqat shifokor va tibbiyot xodimlari uchun!
UASH -> uchun tavsiyalar!
T.T.Y. -> Tez Tibbiy Yordam xodimlari uchun tavsiyalar!

Yozilgan dorilarni bemorga qo'llash bo'yicha admin javobgar emas!


Admin: @Tursunboy_Ibrakhimov02
11,385 订阅者
1,769 张照片
82 个视频
最后更新于 28.02.2025 11:04

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal 在 Telegram 上分享的最新内容


⚡️Дефибриляция хакида дастлабки тушунчалар. Дефибриляцияга курсатмалар ва карши курсатмалар.

🔱 Дефибриляция - юрак иш фаолиятини тиклаш максадида, коринчалар фибрилляциясини миокрад алохида мушаклари гурухининг тартибсиз кискаришларини тухтатиш усули хисобланади.

*⃣Дефибриляциянинг 2 усули бор: ︎кимёвий;
︎электрик.

• Кимёвий усулда томир ичига концентрланган калий хлорид (7, 5%) эритмаси (20 мл) юракни
массажи давом эттирилган холда юборилади. Юракдаги операциялар пайтида чап коринчага калий хлорид юбориш мумкин.

• Электрик дефибриляцияда юрак
кузгалувчанлигига фойдали вакт давомийлиги якин булган кучли ва киска муддатли электр токи юборшгиши натижасида кузгалувчанлик жараёнининг
синхронланишига эришилади. Юрак кискаришларнинг тикланиши миокардаги энергетик ресурсларга боглик.

Коринчалар фибрилляцияси электр токи билан жарохатланганда, сувга
чукканда, шунингдек миокардит, эндокардит касалликларида юзага келади.

♻️ ЭКГда частотаси 1 минутда 400-500та, баланд амплитудали, синусоидга ухшаш формада намоён булса ва ритми тугри булса (1-даражали фибрилляция)
дефибрилляция самарали хисобланади.

♻️Агар амплитудаси кичик, аритмик, полиморф куринишда булса (1V-V даражали фибрилляция) дефибрилляция фойда бермаслиги мумкин. Хозирги вактда импульсли дефибрилляторлар
кулланилади. Шкалаларга булинган, жоуль ёки киловольтларда ифодаланади.

❇️Коринчалар дефибрилляцияси:
● трансторакал ;
● бевосита .

⚠️Дефибрилляция биринчи уринишда тахминан етарли булган энг кичик кучланишда бажарилади.

Самара булмаганда кучланишни
500-1000 В га ошириб такрорий дефибрилляция утказилади:

-астеникларга 3000-4000В,
-нормостеникларга 3500-4500В,
-гиперстеникларга 4500-5000 В кучланиш юбориш мумкин.

Кукрак кафаси териси каршилигини камайтириш максадида дефибрилятор
электродлари куйиладиган жойларга махсус паста ёки электрод эритмаси
(электродларни хуллаш, бир неча каватли докага ураш) дан фойдаланиш мумкин.

Дефибриллятор электродларини бемор танасига максимал кучда (10кг)босиш керак, чунки электрод ва терининг контакт юзаси кам булса каршилик ошади ва ток кучи камаяди.

Фойдали булган булса дустларингизга хам жунатиб куйинг: 👉 Др.Иброхимов 👈

⭕️⭕️⭕️
#info
Ishemiya turlari...

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

Organizmga og'ir travmatik jaroxatlar yoki turlicha zararlanish tufayli organizm himoya reaksiyasi kamayishi tufayli shok kelib chiqadi. Shok qachon paydo bo'ladi - shok og'ir to'qima zararlanishi tufayli poliorgan va polisistema yetishmovchilik oqibatida paydo bo'ladi. Natijada organizmda qon aylanish buziladi - organizmda poliorganlarda kislorod ta'minlanishi yetishmaydi. Jarayon uzoq vaqt davom etsa o'limga olib kelishi mumkin.

Travmatik shok 2 ta fazaga bo'linadi:
- erektil
- torpid

1. Erektil faza- kasal qo'zg'algan, baqirish, yeg'lash holatlari bo'lishi mumkin. Qon bosimi norma , buzilish nafas sistemasida bo'lishi mumkin. Bemorda noadekvat holatni ko'ramiz.

2. Torpid faza- umumiy tormozlangan, hush o'zida. Teri qoplami oqish- yer rangida, nafas tezlashgan, yuzaki, puls kuchsizlangan. Qon bosimi pasaygan. Yurak tonlari bo'g'iq. Qorachiq toraygan. Teri sezuvchanligi va pay reflekslari pasaygan.

3 ta darajaga bo'linadi :
1-daraja 100/60
2-daraja 75/85
3-daraja 70 dan past.
Lekin qon bosimining bu ko'rsatkichi har doim ham bemor holatiga to'g'ri kelmaydi. Shuningdek qon yo'qotish darajasini qon bosimining bu holatiga qarab aniqlab bo'lmaydi, shuning uchun tibbiyotga " ALGO-VERA " ( shok indeksi) yaratilgan.
Unga ko'ra :
Shok indeksi: puls / sistolik qon bosimi nisbatiga teng .
Normaga 60/120 = 0.5

Sh.i: puls/ sistolik qon bosimi = 0.8 bo'lsa 10% qon yo'qotish ( umumiy qon hajmining 500 ml )

Sh.i: puls/ sistolik qon bosimi= 0.9- 1.2 bo'lsa 20% 1000 ml qon yo'qotish

Sh.i: puls/sistolik qon bosimi= 1.3- 1.4 bo'lsa 30% 1500 ml qon yo'qotish

Sh.i: puls/ sistolik qon bosimi = 1.5 bo'lsa 50% 1500 dan yuqori qon yo'qotish .

Hozirgi paytda shunday taxminiy hisoblanib , bemor ahvolidan kelib chiqib 1-yordam ko'rsatiladi.

Foydali bo'lgan bo'lsa xursandman.

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#Uash

🔰Autoimmun gastritda

💊 Atsidin pepsin 1/2 stakan suvga 0.5 × 3-4 mahal ovqalanishlar orasida

💊 Pankreatik ferment tutuvchilar:
Festal
Kreon

💊 Hujayralar regeneratsiyasini tiklash maqsadida:
Metiluratsil 500 mg 1 tab × 3 mahal

💊 Og'riq uchun

Dyuspatalin 200mg 1 tab × 2 mahal

Yoki

Gastrozepin 50 mg 1 tab × 2 mahal

💊 Vitaminlar:

B12, C

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

Dr.Ibrakhimov | UASH | 103-T.T.Y. haqidagi kanal pinned «#Uash 🔰Surunkali gastrit ❇️ Parxez. Gastrit B va Atrofik gastrit A ❇️ Almagel -A 5 ml × 3-4 mahal ovqatdan 1-1.5 soatdan keyin. Yoki Maaloks 15 ml × 3-4 mahal ovqatdan 1-1.5 soatdan keyin. ❇️ Platifillin 0.2% - 2 ml m/o Noshpa 0.2%…»

#Uash

🔰Surunkali gastrit

❇️ Parxez.

Gastrit B va Atrofik gastrit A


❇️ Almagel -A 5 ml × 3-4 mahal ovqatdan 1-1.5 soatdan keyin.
Yoki
Maaloks 15 ml × 3-4 mahal ovqatdan 1-1.5 soatdan keyin.

❇️ Platifillin 0.2% - 2 ml m/o
Noshpa 0.2% - 2 ml m/o

❇️ Ranitidin 200 mg
Simetidin 150 mg
1 tab × 2 mahal ertalab kechga

❇️ Omeprazol 20 mg 1 tab × 2 mahal ovqatdan 1 soat oldin.
Pantaprazol 40 mg 1 tab × 1-2 mahal ovqatdan 1 soat oldin.

❇️ Denol 120 mg 1 tab × 4 mahal ovqatdan yarim soat oldin

❇️ Vitamin A, C, E ...

https://t.me/tursunboy_ibrakhimov0203

#UASH

HAR BIR SHIFOKORNING ( BOSHQA MUTAXASIS BO'LSA HAM) HAYOTIDA UCHRASHI MUMKIN BO'LGAN <<GINEKOLOGIK>> KASALLIKLAR ....

Saqlab qo'ying !

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#foydali

🔰Ko'ngil aynishiga qarshi top 5 dorilar..

◾️sеrukal (metaklopramid)
◾️tiеtilpеrazin
◾️ondasеtron (osetron)
◾️tropisеtron
︎domperidon
︎ itomed

🔰Xomiladorlarga bеriladigan dorilar:

◾️toksidoks
◾️normadoks
︎pereksetil

Yana kimda qo'shimcha bo'lsa commentga yozinglar qolganlar uchun ham foydali bo'ladi.

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

Tez tibbiy yordamda atropin qo'llanilishi:
Atropin 0.1% 1 ml ya'ni 1 ml ichida 1 mg atropin sulfat saqlaydi.

Farmakologik guruhi: M- xolinoblokator

Ta'sir mexanizmi : markaziy va periferik m-xolinoretseptorlarni bloklanishi ya'ni atsetilxolinni ragbatlantiruvchi ta'siriga to'sqinlik qiladi:

- me'da - ichak, so'lak, me'daosti bezi, bronx, ko'z yosh, tez bezlarining sekretsiyasini kamaytiradi;

- ichki a'zolarning ( o't yo'llari, o't qopi, siydik chiqarish kanali, qovuq ) sillik muskullarini tonusini kamaytiradi;

-qorachiqlarni kengaytiradi , suyuqlik oqib chiqishini qiyinlashtiradi, ko'z ichki bosimini oshiradi;

- adashgan nervni tonusini kamaytiradi va bu yurak urish sonini ko'payishiga, giss tutamida o'tkazuvchanligini ortishiga olib keladi;

Qo'llanilishi:
- me'da va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalliklarini zo'rayishida ya'ni kuchli og'riqlarda ;
- o'tkir pankeratit, pilorospazmda, o't qopi, o't chiqaruv yo'llari va siydik chiqaruv yo'llari spazmida;
- bradikardiyada va AV blokadasida;

Qollash:
- me'da va o'n ikki barmoq ichak yarasi , o'tkir pankreatit hurujlarida , buyrak va jigar sanchig'larida dori vositasi - teri yoki mushak orasiga
yoshga, vaznga qarab 0.25 -1 mg yuboriladi.

- bradikardiyani yo'qotish uchun 0.5- 1 mg ni vena ichiga yuboriladi . Agar joyiga qaytmasa 5 minutdan so'ng takrorlash mumkin.

Nojo'ya ta'sirlari ( agar normadan ortiqcha qo'llanilsa): bosh og'rig'i, bosh aylanishi, taxikardiya, ichaklar atoniyasi, fotofobiya, midriaz vahakazolar.

Dr.Ibrakhimov Tursunboy

#foydali

🔰​​Xomila va tug'ilish muddatini aniqlash:

Mеnstruasiyaga qarab.
Bunda oxirgi hayzning 1-kuniga 7 kun qo'shib, 3 oyni ayiramiz.

Hayznig 1-kuni + 7 kun – 3 oy = tug'ish muddati.

Homiladorlik muddatini aniqlash uchun oxirgi xayzning birinchi kuniga 7 kun qo'shib, kalеndarga qarab shu kungacha sanab kеlinadi.

Homila qimirlashiga qarab.
Birinchi tug'uvchi ayollarda homila 20-xaftadan qimirlashni boshlaydi.
Qayta tug'uvchi ayollarda esa homila 18-xaftadan qimirlashni boshlaydi.

UZI

Ayollar maslaxatxonasi.
Bunda almashinuv (obmеnnaya) kartadan foydalanilib, unda ayolning qachon kеlganligi, xomiladorlikning muddatlari va kеchishi xaqida yozilgan bo'ladi.

Bachadon tubining balandligiga qarab (bachadon tubini paypaslash orqali).

❇️4 haftada – tovuq tuxumi o'lchamida (ichkarida paypaslanadi);
❇️8 haftada – g'oz tuxumi o'lchamida (ichkarida paypaslanadi);
❇️12 haftada – yangi tug'ilgan chaqaloq boshidеk, simfizdan bir barmoq yuqorida;
❇️16 haftada – simfiz va kindik o'rtasida;
❇️20 haftada – kindikdan ikki barmoq pastda;
❇️24 haftada – kindik atrofida;
❇️28 haftada – kindikdan ikki barmoq yuqorida;
❇️32 haftada – kindik va xanjarsimon o'siq o'rtasida (qorin aylanasi 80-85 sm);
❇️36 haftada – xanjarsimon o'siq sohasida;
❇️40 haftada – kindik va xanjarsimon o'siq o'rtasida (qorin aylanasi 95-100 sm).

Dr.Ibrakhimov Tursunboy