Последние посты TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal (@ttauf) в Telegram

Посты канала TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
4,758 подписчиков
17,188 фото
1,630 видео
Последнее обновление 08.03.2025 23:46

Похожие каналы

The INTELLECTUALS
6,962 подписчиков
"Atom" innovatsion ta'lim markazi
2,164 подписчиков

Последний контент, опубликованный в TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal на Telegram

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

24 Dec, 06:19

1,377

TTA Urganch filialida 18-dekabr kuni o’tkazilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi uchrashuv tafsilotlari S-IKBOL informatsion dasturida

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

23 Dec, 08:41

1,459

Pediatriya fakultetining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi X.A.Isakova hamda Pediatriya fakulteti tyutorlari B.Q.Qurbonov, N.M. Hayetboyeva, M.Y.Abdrimova, B.D.Tangriberganova, N.Sh.Quranbayevalar bilan birgalikda “Milliy an’analar va qadriyatlar” mavzusida ko'rgazmali namoyish o'tkazildi.

Tadbirda fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirok etdi. Tadbirda milliy liboslar, milliy taomlar va an’analarimiz bo'lmish kelin salomlar namoyishi bo'lib o'tdi.

🔹ttauf_pressa
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

21 Dec, 11:43

1,750

21.12.2024

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali kirish fayesida o'rnatilgan yangi yil archasi atrofida Tibbiy profilaktika SSB, va xorijiy talabalar fakulteti tyutorlari va talabalari ishtirokida "Yangi yil shukuhi" shiori ostida xorijlik va mahalliy talabalar o'rtasida turli xil ko'ngil ochar o’yinlar o’tkazildi. G'olib bo'lgan talabalarga qorbobo va qor qiz tomonidan yangi yil sovg’alari ulashildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

09 Dec, 04:36

1,611

Bugun “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Corruption)

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” (International Day Against Corruption) sifatida nishonlab kelinmoqda.


Shu kuni 2003-yilda Meksikaning Merida shahrida bo‘lib o‘tgan yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi imzolash uchun ochiq deb e’lon qilingan. Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni joriy qilinishidan asosiy maqsad, Bosh Assambleya rezolyusiyasida ko‘rsatilishicha, korrupsiya muammosining oldini olish va unga qarshi kurashishda Konvensiyaning rolini kengroq anglashdan iborat.

O‘zbekiston ushbu Konvensiyaga 2008-yilda qo‘shilgan va korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekiston Respublikasida davlat faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

08 Dec, 03:01

1,393

8-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktorining BAYRAM TABRIGI
 
O‘ttiz ikki yil – tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni eng avvalo Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz albatta bejiz emas.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz yangi xususiyatlarining tahlili bu boradagi normalar mustahkamlangani va yanada kuchaytirilganini ko‘rsatadi.
Uning yangi tahririning asosiy g‘oyasi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, inson sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlash, ilgari mavjud bo‘lgan “davlat — jamiyat — shaxs” paradigmasini yangi: “inson — jamiyat — davlat” tamoyiliga o‘zgartirishdan iboratdir. 

Shuni ishonch bilan ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning Bosh qomusi mamlakatni dunyoning ilg‘or demokratik tamoyillar va fuqarolik jamiyati rivojlangan yetakchi davlatlari qatoridan joy olishiga xizmat qiluvchi muhim huquqiy poydevordir.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
32 yilligi munosabati bilan barcha yurtdoshlarimiz qatorida, Siz, aziz professor-o‘qituvchilarni, talabalar hamda mutaxassis-xodimlarni chin qalbimdan muborakbod etishdan baxtiyorman. Barchangizga ilm-ma’rifat o‘rganish, uni olamga yoyish orqali inson va jamiyatga saodat ulashishdek ulug‘ maqsad yo‘lida mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt tilayman!
 
Hurmat bilan,
TTA Urganch filiali
direktori R.Y. Ruzibayev
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

07 Dec, 15:28

1,315

🇺🇿 Akademik S.M.Turobjanov ishtirokida TTA Urganch filiali Kengash a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

🇬🇧 A meeting was held with members of the Council of Urgench branch of TMA with the participation of
Academician S.M. Turobzhanov
 
TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

07 Dec, 10:03

1,555

Davolash ishi yo'nalishi 1-bosqich talabalari bilan Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazidada 8-dekabr  "Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi" qabul qilingan kuni munosabati bilan "Konstituttsiya-baxtimiz poydevori" mavzusida tadbir oʼtkazildi.

Tadbirda TTА Urganch filiali Davolash ishi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.N.Jumaniyozov, tyutorlar M.R.Аtayev va Q.А.Sapayevlar mavzu yuzasidan talabalarga ma'lumotlar berishdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

07 Dec, 09:58

1,436

🔰 7.12.2024

TTA Urganch filialida filial psixologi N.M.Qurbaniyazova va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha psixolog S.Sh.Abdullayevalar tashabbusi bilan "Psixologik aksiya" o'tkazildi.

Mazkur aksiya doirasida shaxsni tarkib topishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlashga qaratilgan psixologik tadqiqot o'tkazilib, uning natijasiga ko‘ra oila tinchligi , yaxshi so‘z, sayohat, sport, mehrli munosabatlar shaxsni ham jismonan, ham aqlan, ham ruhan kamol topishidagi asosiy omil bo‘lishi o‘z isbotini topdi.

Erta tongdan boshlangan aksiyamizga professor-o'qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar faol qatnashdilar

Aksiya hammaga birdek yuqori kayfiyat ulashdi.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

03 Dec, 10:42

859

🫒 Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda behi mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin! 👆

📲 Qadoqlash korxonalari, biolaboratoriyalar, o'simliklar klinikalari ro'yxati va boshqa maʼlumotlarni "Agroko'makchi" mobil ilovasidan olishingiz mumkin. 👉 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

02 Dec, 10:57

1,211

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov hamda Suv xo'jaligi vaziri Shavkat Hamroyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasi (UNCCD) Tomonlar konferensiyasi 16-sessiyasining (COP16) ochilish marosimida ishtirok etmoqda.

“Bizning yerimiz. Bizning kelajagimiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirda konvensiyasining 197 ta ishtirokchisi (196 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) vakillari ishtirok etmoqda. Konferensiya joriy yilning 13-dekabriga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning noyabr oyida
Samarqandda BMTning Cho'llanishga qarshi kurash konvensiyasi ijrosini ko'rib chiqish qo‘mitasining 21-sessiyasi oʻtkazilgan boʻlib, unda 196 mamlakatdan 1000 dan ortiq delegat ishtirok etgan.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram