Dernières publications de TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal (@ttauf) sur Telegram

Publications du canal TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
4,758 abonnés
17,188 photos
1,630 vidéos
Dernière mise à jour 08.03.2025 23:46

Canaux similaires

URGANCH FILIAL
3,014 abonnés
𝓡𝓘
2,556 abonnés

Le dernier contenu partagé par TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal sur Telegram

TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

08 Feb, 09:28

1,042

TTA Urganch filialida O‘zbek tili va adabiyoti, Tillar kafedrasi tashabbusi bilan Stomatologiya, Davolash, Pediatriya hamda Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakultetlari va Filial Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbek xalqining ulug‘ ma’rifatparvari, mutafakkiri va buyuk shoiri Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “NAVOIY ZIYOSI” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

✏️📖
BATAFSIL

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

08 Feb, 06:19

1,083

Davolash fakulteti tyutori G.Nazarova tashabbusi bilan fakultet talabalari Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tuzulmasidagi Qatag'on Qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida talabalar Vatanimiz mustaqillikka erishishi, millatimiz g‘ururi, uning qadriyatlarini, boy ma’naviyatini asrab qolish yo‘lida jonini qurbon qilgan millat fidoyilari Abdulla Qodiriy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Komil Devoniy, Naim Said kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimizning hayoti, ijodi, ilmiy faoliyati bilan tanishdi.

Muzeyining har bir bo‘limi xalq orasidan, qatag‘on qurbonlari oilasi, avlodlari tomonidan taqdim etilgan va muzeyda arxiv hujjatlaridan olingan tarixiy manbalar bilan boyitilgan.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

07 Feb, 17:11

1,162

Filialda "Milliy qadriyatlar millat ma'naviyatining ko'zgusi" doirasida tashkil etilayotgan “Milliy liboslar” targ’iboti tadbiridan video lavha

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

07 Feb, 12:24

1,558

TTA Urganch filialida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi hamda Oʻzbekiston Respublik Ichki Ishlar Vazirligi Tezkor qidiruv departamenti bilan hamkorlikda “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida Xorazm viloyati oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tyutorlar uchun “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzusida oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

📖 🔎
BATAFSIL

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

29 Jan, 11:35

526

TTA Urganch filali Stomatologiya fakulteti tyutori M.A.Sobirova tashabbusi bilan 3-bosqich talabalari Urganch shahrida joylashgan O'zbekiston zamonaviy san'at muzeyiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tashrifdan maqsad mahalliy va viloyatdan kelgan talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, viloyatimizda joylashgan mamlakatimizning boy badiiy va madaniy merosini asrab-avaylash, targ'ib qilish, aholini san’at va madaniyat namunalari bilan yaqindan tanishtirishdir.

Mazkur O'zbekiston zamoniy san'ati va muzeyida tasviriy sanʼat, chizmachilik, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat asarlari o'rin olgan.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

29 Jan, 07:17

928

🔰 29.01.2025

Davolash fakulteti tyutori S.S.Matnazarova o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan "Diniy bag'rikenglik, tolerantlik-xalqlar do'stligining poydevori" mavzusida davra suhbati o'tkazdi.

Tadbir davomida Davolash fakulteti Ma'naviy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari J.N.Jumaniyozov bugungi kunda diniy bagrikenglik, tolerantlik bo'yicha talabalarga tushunchalar berdi.

Insonni, avvalo, insonligi uchun hurmat va ehtirom qilish bashariyatning ko‘p ming yillik tarixidan meros bo‘lib kelayotgan olijanob fazilatlarning eng muhimlaridan biri hisoblangan – bag‘rikenglik, o‘zaro totuvlik, dinlararo hamjihatlik tamoyillari asosida faoliyat olib borgan inson davrimizning ham muqaddas dinimizning ham talablarini bajargan bo‘ladi. Har bir inson, butun jamiyat o‘zaro munosabatlarni xalqlarning turli-tuman urf-odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag‘rikenglik asosiga qurishi zarur. Zero, tinch-totuvlik, bag‘rikenglik taraqqiyot garovidir.

🔹ttauf_pressa
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

27 Jan, 09:16

957

🔰 27.01.2025

TTA Urganch filiali Tibbiy profilaktika, Sog'liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti tyutori X.M.Madaminova tashabbusi bilan filial inspektori Sh.O'ktamova bilan hamkorlikda Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirokida “Yo'llarda xavfsizlikni ta’minlash” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Talabalarni aholi gavjum joylarda, katta yo'l trassalarida belgilangan harakatlanish joylaridan, ya’ni piyodalar yo'laklari o'tish kerakligi. Erinchoqlik oqibatida turli salbiy holatlar qurboniga aylanib qolmasliklarini, piyodalar yo'laklaridan o'tayotganda uyali aloqa vositalaridan, naushnik va boshqa chalg'ituvchi buyumlardan foydalanish ta'qiqlanishi, foydalanilsa, YHX xodimlari tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi to'g'risida ogohlantirib o'tdilar. Bundan tashqari, avtotransport vositalarini boshqarishdan avval avtotransport vositalarining texnik holatidan xabardor bo’lishlari kerakligini aytib o'tdilar.

🔹ttauf_pressa
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

27 Jan, 05:33

993

TTA Urganch filiali Ingliz tili kafedrasi Ingliz tili fani o’qituvchilari M.A.Jumaniyozova va Sh.A.Ibragimovalar boshchiligida “Bunyodkorlik yo’lida” mavzusida Davolash fakulteti talabalari ishtirokida Urganch shahrida joylashgan “DATA Ta’lim Stansiyasi” innovatsion o’quv markaziga madaniy ekskursiyasi tashkil qilindi.

Talabalar yurtimizda qanday bunyodkorlik ishlari olib borilayotgani, yangi zamonaviy sohalar, ularning hozirgi kunda berayotgan imkoniyatlari va davlatimiz tomonidan yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan Grant loyihalari va ularning ijrosi haqida juda ko’p foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. Bundan tashqari o’quvchilar 4-qavatda joylashgan “DATA language centre” bilan va undagi ingliz tili kurslari bilan ham tanishib o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ushbu ma’lumotlar Respublikaning boshqa viloyatlaridan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun juda qiziqarli va maroqli bo’ldi.


🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

18 Jan, 16:23

851

🔰 18.01.2025

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali huzuridagi falsafa doktori (PhD) .04/30.09.2020.Tib. 123.01. raqamli 14.00.05-Ichki kasalliklar ixtisosligi bo‘yicha ilmiy daraja beruvchi Ilmiy Kengashda navbatdagi ilmiy himoya yig‘ilishida Samarqand davlat tibbiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi Xaydarova Dilrabo Davronovnaning “O‘pkaning surunali obstruktiv kasalligi fonida kechadigan COVID-19 (SARS-COV-2) zotiljamining klinik-immunologik xususiyatlari” (“Клинико-иммунологические проявления пневмонии SARS-CoV-2 на фоне хронической обструктивной болезни лёгких”) mavzusidagi dissertatsiya ishi rasmiy himoyasi ko‘rib chiqildi.

▶️ BATAFSIL

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
🌐 Veb-sayt |🚀Telegram |📷Instagram |🔵Facebook | 📹 Youtube
TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal

18 Jan, 07:27

1,277

🔰 18.01.2025

TTA Urganch filialida Tibbiy profilaktika, sog’liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi D.Sh.Avezova va filialning Xotin-qizlar masalalari bo’yicha psixologi S.Sh.Abdullayevalar bilan hamkorlikda “Qanday qilib muvaffaqiyatga erishish mumkin?” mavzusida talabalar uchun psixologik trening o’tkazildi.

Treningni o’tkazishdan maqsad:
Shaxsda muloqotchanlik ko’nikmalarini hosil qilish; Hayotdagi qarama – qarshiliklarni to’g’ri tushuna olish va tahlil qilishga o’rgatish; Shaxsning ichki holati (ruhiyatini) o’zgartirishga erishish;
Shaxsning kamoloti uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni hosil qilishdir
.

Treningda barcha ishtirokchilar muvaffaqiyat kaliti nimaligini anglab, o‘zlarining emotsional his-tuyg‘ulari, holatlari va qobiliyatlarini tahlil qilish orqali ko‘nikmalarini shakllantirishga, yanada o‘z ustida ishlashga yordam beradigan bilimlarga ega bo‘ldilar.

🔹ttauf_pressa