Últimas Postagens de ToshDO'TAU/Ma'naviyat (@toshdotau_m) no Telegram

Postagens do Canal ToshDO'TAU/Ma'naviyat

ToshDO'TAU/Ma'naviyat
Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlarini yoritish uchun
1,965 Inscritos
9,235 Fotos
605 Vídeos
Última Atualização 09.03.2025 19:52

O conteúdo mais recente compartilhado por ToshDO'TAU/Ma'naviyat no Telegram

ToshDO'TAU/Ma'naviyat

08 Mar, 05:34

298

Muhtarama ayollar, aziz opa-singillar, talaba qizlar!

Tabiat uyg‘onishi, bahorning musaffo nafaslari bilan kirib kelgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni barchamiz uchun eng ezgu va qadrli bayramlardan biridir. Shu munosabat bilan sizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugun yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini yuksaltirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda ayollarimizning donishmandligi, mehnatsevarligi va bunyodkorlik salohiyati muhim o‘rin tutadi.
Universitetimiz jamoasida faoliyat yuritayotgan opa-singillarimiz va talaba qizlarimiz ilm-fan, ta’lim va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Biz sizlarning fidokorona mehnatingiz va yuksak intellektual salohiyatingiz bilan doimo faxrlanamiz. Ayniqsa, bayram arafasida universitetimiz tayanch doktoranti Rushanaxon Zaripovaning “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangani barchamiz uchun katta iftixordir.
Sizlarning mehribon qalbingiz, oqilona qarorlaringiz, mehnatga bo‘lgan sadoqatingiz jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt va oilaviy farovonlik tilayman. Yashnagan bahor fasli sizlarga faqat ezgulik, shodlik va baxt olib kelsin!

Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

04 Mar, 16:26

472

📢 E’LON: "MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI" TANLOVI! 📢
Hurmatli talabalar! 📚
Siz moliyaviy savodxonlik darajangizni sinab ko‘rishni, iste’molchi sifatida huquqlaringizni chuqurroq o‘rganishni va qimmatli sovg‘alar yutib olishni xohlaysizmi? 🤩
Unda "Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi" tanlovida ishtirok eting! 🏆
📅 Boshlanish sanasi: 2025-yil 25-fevral 🌍 Platforma: https://olimpiada.edu.uz/ 📖 Kimlar qatnasha oladi? Oliy ta’lim muassasalarining barcha talabalari
Nega bu tanlovda ishtirok etishingiz kerak?
Bilimlaringizni sinang – iste’molchilar huquqlari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘lasiz. Mukofotlar qo‘lga kiriting – eng yaxshi natijaga erishgan ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovg‘alar va rag‘batlantirishlar mavjud! 🎁🎖 Kariyerangizga mustahkam poydevor yarating – huquqiy bilim va moliyaviy savodxonlik sizga hayotda va ish faoliyatingizda katta foyda beradi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma’lumot: 🌐 https://raqobat.gov.uz/ 📞 Telefon: 71/207-47-00 (ichki raqam: 321)
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

02 Mar, 16:30

562

"Stipendiantlikka qadam" mentorlik kursida Sizga quyidagilar haqida batafsil tushuntirish beriladi:

➡️ Nomdor stipendiyalar va zaruriy hujjatlar haqida barcha ma'lumot
➡️ Kerakli hujjatlarni tayyorlash
➡️ Ilmiy ishlarni chop ettirish tavsiya etiladigan nashrlar va qatnashish imkoni mavjud ko'rik-tanlovlar
➡️ Ilmiy-ijodiy va respublika bosqichidagi imtihonlarga tayyorgarlik ko'rish


Mentorlik kursi narxi: 500 ming soʻm

Ushbu kursda ishtirok etish uchun 9-mart kuniga qadar murojaat qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

+998942748370
@orifjon_olimjanov
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

01 Mar, 03:21

419

#ustozlar_yodi

🖌 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud kuni oldidan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

27 Feb, 13:47

618

🚴‍♀️🏆⚽️⛳️Qadrli sport muxlislari ! Barchangizni sport olamidagi yangiliklar, eng muhim voqealar, kuchli beshlik chempionatining qiziqarli o'yinlari, murosasiz bahslar, transferlar olami, sport yulduzlari hayoti, milliy sport o'yinlari haqida mulohazalarga chorlovchi "Sport olamida" dasturining navbatdagi soniga taklif etamiz.
Bunda siz aziz talabalar sportga oid fikr-mulohazalarizni bildirishingiz mumkin.
📆Boshlanish vaqti: 28-fevral, soat 11-00 da
📌Manzili: A blok, WI-FI xonasi
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

27 Feb, 07:42

463

#Ona tilimiz_uchun

Sohalarga oid yangi atamalarni ko'rib chiqing!

Xorijiy atamalarni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish bo‘yicha jamoatchilik yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqildi. Ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va koʻrib chiqadi. Tilimizga befarq bo'lmang!


😎Telegram |🌐Websayt
😎Facebook |😎YouTube |😎Instagram
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

18 Feb, 16:06

371

Talaba-yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetida joriy yilning 18-fevral kuni talaba-yoshlar bilan “Milliy liboslar ko‘rgazmasi” ma’naviy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir millat ko‘zgusi bo‘lgan milliy ayollar libosini keng tarannum etish, ommalashtirish va ommabopligini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.
O‘zbek milliy liboslari juda yorqin, chiroyli, qulay bo‘lib, xalqning boy madaniy an’analarining bir qismidir. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

17 Feb, 11:18

269

#munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvda ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va sport sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’lim – "6+2" tizimi joriy etilib, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari kengaytirildi. Kam ta’minlangan oilalarga esa oliy ta’lim olish uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.
Tadbirkorlik – Yoshlar biznesiga 400 million AQSh dollari ajratilib, ularga o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun imkoniyat berildi.
Sport – Yoshlarga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, ishonchni oqlash – biz yoshlarning burchimiz!

Yangi O‘zbekiston yoshlar qo‘lida!

Mirjalol Sodiqov
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

15 Feb, 16:04

463

#xavfsizlik #profilaktika

💼Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchiliklarga qarshi kurash va sog’lom poytaxt” mavzusida tadbir tashkil etildi.

🔗 Batafsil

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ X
ToshDO'TAU/Ma'naviyat

15 Feb, 15:17

423

#OAV_biz_haqimizda #Bobur542

Universitetimizda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan tadbir tafsilotlari "O'zbekiston24" telekanalida.

👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter