IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali @tmnukushal Channel on Telegram

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

@tmnukushal


IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali (Uzbek)

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali is the official Telegram channel of the Temurbeklar School in Nukus. This channel is dedicated to providing valuable information, updates, and resources for students, parents, and the community. Whether you are a current student, a prospective student, or just interested in learning more about the school, this channel is the perfect place to stay informed and connected. Who is it? The Temurbeklar School is a prestigious educational institution in Nukus known for its high academic standards and commitment to student success. What is it? The Telegram channel serves as a hub for all things related to the school, including announcements, events, important dates, and educational resources. Join the IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali today to become part of the school's online community and stay up-to-date with everything happening at Temurbeklar School.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

20 Feb, 05:13


“Postda”, “На посту” газетасининг навбатдаги сонида

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Feb, 10:22


9-15-fevral kunlari K. D. Ushinskiy nomidagi Sankt-Peterburg diplomdan keyingi pedagogika ta’limi akademiyasida “Maktabda rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning dolzarb usullari va samarali amaliyotlari” dasturi bo‘yicha malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 9 mamlakatidan 41 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi.

Ushbu dasturda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi rus tili o‘qituvchisi Utemuratova Olga Viktorovna ishtirok etdi.

O. Utemuratova “Rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning tashkiliy-pedagogik shartlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. U o‘z nutqida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi misolida O‘zbekistonda rus tilini chet tili sifatida o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib o‘tdi hamda 38 soatli kursni muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risidagi rasmiy guvohnomani qo‘lga kiritdi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Feb, 06:35


Ҳамкорлик ва тажриба алмашиш

Айни дамда Нукус “Темурбеклар мактаби”га Шахрисабз шаҳридаги Фавқулодда вазиятлар вазирлигига қарашли “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейи раҳбарияти ташриф буюриб, улар билан истиқболдаги вазифалар ҳамкорликда белгилаб олинмоқда.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

14 Feb, 06:58


SHoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Xususan, litseyimizda ham sana munosabati bilan bir qator tadbir va tanlovlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 13-fevral kuni Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti hamda Nukus «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi o‘qituvchilari va o‘quvchilari tomonidan dasturlashtirilgan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechaning adabiy qismida professor-o‘qituvchilar shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur merosi va shaxsiyati haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tishdi. Tadbirning badiiy qismida Filologiya fakulteti talabalari va Nukus «Temurbeklar maktabi» HAL o‘quvchilari tomonidan Bobur hayoti aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Mahorat bilan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va raqslar esa barchaga a’lo kayfiyat bag‘ishladi.
Bu kabi tadbirlar adabiyot va tarixni o‘rganish, buyuk ajdodlarning merosini anglash va unga ehtirom bilan yondashishni targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

12 Feb, 06:36


no comment | Темурбеклар мактаби

#12Fevral#Nukus

🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

11 Feb, 11:38


Айни кунларда Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейининг рус тили фани ўқитувчиси Утемуратова Ольга Викторовна Россия Федерациясининг К.Д.Ушинский номидаги Санкт-Петербург постдиплом педагогика таълими академиясида малака оширмоқда.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

11 Feb, 05:13


Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейига қабул жараёни ҳақида

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

10 Feb, 13:06


#дезинфекция

📌Турли касалликларга қарши курашишнинг асосий ва самарали воситаларидан бири дезинфекция ишларини мунтазам олиб бориш ҳисобланади.
📌Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейида ўткир респиратор касалликларнинг тарқалишини олдини олиш ва ҳудудда санитария-эпидемиологик осойишталикни таъминлаш мақсадида бинолар ҳамда ётоқхоналарни дезинфекция қилиш ишлари амалга оширилмоқда.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

10 Feb, 07:11


QARAQALPAQSTAN TELEKANALIDA 07 fevral kuni soat 16:00 da efirga uzatilgan JANALIQ dasturi

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

10 Feb, 03:46


O‘zbek adabiyotining eng buyuk shoirlaridan biri, insoniyat tarixida o'ziga xos iz qoldirgan buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan litseyda "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi. Tanlovda 1-kurs o‘quvchilari faol ishtirok etishdi. Tanlov natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni 104-guruh, 2-o‘rinni 101-guruh, 3-o‘rinni 103-guruh o‘quvchilari egallashdi.
Bu kabi tadbirlar milliy ma'naviyatni, tarixni va madaniyatni saqlash, uni kelajak avlodlarga yetkazish uchun muhim vositadir. O‘quvchilar bunday tadbirlarda qatnashgan holda Navoiy kabi ulug‘ shaxslarning merosini o‘rganib, o‘z ona yurtiga bo‘lgan muhabbati yanada kuchayganini his qilishadi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

08 Feb, 08:03


#Alisher_Navoiy_584


"9-fevral A.Navoiy tavalludining 584 yilligi" munosabati bilan Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi ARM xodimi B.Qudaybergenova tomonidan kutubxonada A.Navoiy haqidagi turli xil kitoblardan tashkil topgan “A.Navoiy kitoblari” burchagi tashkil qilindi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

08 Feb, 04:24


#Alisher_Navoiy_584

Қаландаров Маъруфжон

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

08 Feb, 04:23


#Alisher_Navoiy_584

Айтмуратов Ернияз

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

07 Feb, 11:30


#Alisher_Navoiy_584

⚡️⚡️7-fevral kuni Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludininig 584 yilligi munosabati bilan “G`azal mulkining sultoni” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy, badiiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda litsey ustoz-murabbiylari, o'quvchilari ishtirok etdilar. Tadbir Qoraqalpog`iston Respublikasi Rus madaniyati markazi, Nukus shahridagi №1-son umumta’lim maktabi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti jamoalari bilan hamkorlikda o`tkazildi.
⚡️⚡️Dastlab litsey o'quvchilari o'z chiqishlarini namoyish etib, Alisher Navoiy obrazini mahorat bilan ijro etdilar. Ijro etilgan rollarda Navoiyning teran fikrlash qobiliyati, o`zbek tiliga , vataniga bo'lgan muhabbati tomoshabinga tushunarli tarzda ochib berildi.
⚡️⚡️Shundan so'ng Nukus shahridagi №1-son umumta’lim maktabi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti jamoalari chiqish qilishdi. Navoiy ruboiylarini rus, ingliz, arab tillarida mahorat bilan ijro etishdi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

27 Jan, 12:41


#VIKTORINA

Litseyning tarix fani o'qituvchisi R.Dauletmuratov 27-yanvar kuni "Jahon tarixi" fan oyligi doirasida "Tarixiy shaxslar - bilimdoni" atamasida ijtimoiy-gumanitar yo'nalishi 102-guruhi o'quvchilari orasida viktorina tashkil etdi. Viktorina yakuniga ko'ra oʻquvchilarning har biriga alohida berilgan 5 ta tarixiy shaxslarning rasmlari boʻyicha 102-guruh oʻquvchisi J.Roʻzmetov 4 tasini, Sh.Sobirov 2 tasini va 102-guruh oʻquvchisi O.Vaisjonov 1 tasiga toʻgʻri javob berib eng yaxshi natijalar koʻrsatdi. Oʻtkazilgan bu viktorina oʻquvchilarning "Jahon tarixi" fanidan bilimlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

26 Jan, 04:46


#Сертификат_фахрий_ёрлиқ

Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейи гуруҳ командири сержант Худайбергенов Шавкат Сапарбаевич Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари кичик мутахассисларни тайёрлаш марказида навбатдаги катта сержант унвонини олиш учун ўқув машғулотларида иштирок этиб, машғулотларни муваффақиятли якунлаганлиги учун махсус сертификатни қўлга киритди.
Бундан ташқари сержант Ш.Худайбергенов қисқа муддатли ўқиши давомида намунали ҳулқ атвори, жисмонан фаоллиги, якуний имтихон ва синовларни аъло кўрсатгичлар билан якунлаганлиги сабабли марказ раҳбарияти томонидан фахрий ёрлиқ билан тақдирланди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

26 Jan, 04:12


#SERTIFIKAT

Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonida IIV Nukus “Temurbeklar” harbiy akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari ishtirok etib, ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy sertifikatni qo‘lga kiritdilar.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

24 Jan, 03:49


Тынышлық сақшысы газетасининг навбатдаги 2025 йил 17 январь кунги №1 сонида

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

23 Jan, 12:48


Тынышлық сақшысы газетасининг навбатдаги 2025 йил 17 январь кунги №1 сонида

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

23 Jan, 07:03


🎉Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir qator o'quvchilari ona tili fanidan milliy sertifikatni qo’lga kiritdilar!

👏O'quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o'z hissalarini qo'shgan litseyimizning ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘zbek tili va adabiyot fani oʼqituvchilarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Milliy sertifikat o'quvchilarga kelgusida oliy ta'limga kirishda asosiy fan uchun maksimal ballga nisbatan proporsional ball va tegishli majburiy fan uchun belgilangan maksimal ball berilishini kafolatlaydi

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

22 Jan, 03:42


#Ҳарбий_авиация_институтига_тарғибот

2024 йил Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейини тамомлаб, ҳозирда ҳарбий авиация институтининг 1 курс курсанти Чаршамбаев Махсет лицейга ташриф буюриб, ўқувчиларга ҳарбий авиация институти ҳақида маълумот бериб ўтиб, ўқувчиларни қизиқтирган саволларга жавоб қайтариб, буклетлар тарқатди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

21 Jan, 10:39


2025-yil 21-yanvar kuni litseyning tarix fani o'qituvchisi R.Dauletmuratov tomonidan "Jahon tarixi" fan oyligi doirasida "To'rtta rasm - bitta davlat" atamasida ijtimoiy-gumanitar yo'nalishi 101-guruhi o'quvchilari orasida viktorina tashkil etdi. Viktorina yakuniga ko'ra Saloxhiddinov Daler barcha savollarga to'g'ri javob berib g'olib deb topildi. Qolgan 2-o’rinni Tuyg’unov Kamronbek, 3-o’rinni Farmonov Islambek egalladi. O'tkazilgan bu viktorina o'quvchilarning "Jahon tarixi" fanidan olgan bilimlarini mustahkamladi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Jan, 07:26


Nukus shahridagi “Yosh tomoshabinlar teatri”da Dilbar spektaklini Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining oʻquvchilari tomosha qildilar.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Jan, 04:22


⚡️ Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейи ҳарбий хизматчилари ва ўқувчилари мунтазам равишда умумтаълим мактаблари билан ҳамкорликда турли учрашув ва тадбирлар ўтказиб келмоқда.
Эндиликда лицей ҳарбий хизматчи ва ўқувчилари мактабгача таълим муассасаларига ташриф уюштирмоқдалар.

Батафсил 👇

Ватанпарвар бўлиш ўзингизни Ватаннинг ажралмас қисми сифатида ҳис қилишни англатади.

Бизни иижтимоий тармоқларда кузатинг ва яқинларингиз билан улашинг

🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook | 🌐 Instagram

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Jan, 04:05


⚡️14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Kecha davomida Vatanga bo‘lgan muhabbat, ona yurtga sodiqlik, O‘zbekiston Respublikasi sarhadlarini mardonavor qo‘riqlash va Vatan oldida har bir fuqaro burchi va mas’uliyati haqida sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar kuylandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar” harbiy akademik litseyi o‘quvchilari, universitet “Qalqon” jamoasi qizlari va O‘zbek filologiyasi fakulteti talaba yoshlari faol qatnashdi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

17 Jan, 13:03


Harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari talaba va kursantlari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasi yakuniga yetdi!

O‘zbekiston Respublikasidagi harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarining talabalari va kursantlari o‘rtasida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur musobaqada jami 29 ta jamoa ishtirok etdi.

Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida:

1-o‘rin: Jamoat xavfsizligi universitetining “Zukko talabalar” jamoasi

2-o‘rin: IIV Akademiyasining “Akadmvd uz” jamoasi

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining jamoasi ishtirok etib sovrinli o'rin egallamadi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

15 Jan, 11:31


Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейида ИИВ Академиясига тарғибот ва ташвиқот тадбирлари

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

14 Jan, 12:20


#14_январ_Ватан_ҳимоячилари_куни

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

31 Dec, 19:10


#2025yil


Yangi yil barchamizning xonadonimizga quvonch, fayz-u baraka, tinchlik-osoyishtalik olib kelsin!

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

31 Dec, 13:49


#Сарҳисоб_ва_янги_режалар


Тынышлық сақшыси газетасининг 31 декабрь кунги 24-сонида

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

26 Dec, 11:19


🎉Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir qator o'quvchilari matematika fanidan milliy sertifikatni qo’lga kiritdilar!

👏O'quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o'z hissalarini qo'shgan litseyimizning aniq fanlar kafedrasi matematika fani oʼqituvchilarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Milliy sertifikat o'quvchilarga kelgusida oliy ta'limga kirishda asosiy fan uchun maksimal ballga nisbatan  proporsional ball va tegishli majburiy fan uchun belgilangan maksimal ball berilishini kafolatlaydi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

26 Dec, 11:19


🎉Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir qator o'quvchilari fizika fanidan milliy sertifikatni qo’lga kiritdilar!

👏O'quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o'z hissalarini qo'shgan litseyimizning aniq fanlar kafedrasi fizika fani oʼqituvchilarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Milliy sertifikat o'quvchilarga kelgusida oliy ta'limga kirishda asosiy fan uchun maksimal ballga nisbatan  proporsional ball va tegishli majburiy fan uchun belgilangan maksimal ball berilishini kafolatlaydi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

26 Dec, 08:42


🎉Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining bir qator o'quvchilari tarix fanidan milliy sertifikatni qo’lga kiritdilar!

👏O'quvchilarimizni hamda ularning ushbu natijalarga erishishiga o'z hissalarini qo'shgan litseyimizning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tarix fani oʼqituvchilarini akademik litsey jamoasi nomidan tabriklaymiz!

Milliy sertifikat o'quvchilarga kelgusida oliy ta'limga kirishda asosiy fan uchun maksimal ballga nisbatan proporsional ball va tegishli majburiy fan uchun belgilangan maksimal ball berilishini kafolatlaydi

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

24 Dec, 11:33


#Қишқи_таътил_25_декабрь_8_январь

✔️ Қишқи таътил муносабати билан ўқувчиларга уйларига қайтишга рухсат берилди.

✔️ Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилоятидан келган ўқувчилар ота-онаси ва уларнинг ўрнини босувчи шахслар ҳамроҳлигида, бошқа вилоятдан келган ўқувчилар поездда масъул кузатувчи иштирокида уюшган ҳолда жўнатилди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

06 Dec, 08:24


#Конституция

6-декабрь куни Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кун муносабати билан Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейида тадбир ўтказилди. Тадбирда Қорақалпоғистон Республикаси сайлов комиссияси раиси З.Камалов, Конституциявий назорат қўмитаси аъзоси Т.Қаллибеков, Қорақалпоғистон Республикаси судининг судьяси А.Аметов, ИИВ масъул ходими подполковник А.Мажидов иштирок этиб, иштирокчиларга Конституция ҳақида батафсил маълумотлар бериб ўтдилар.

Тадбирнинг иккинчи қисмида фан олимпиадасида ғолиб бўлган ўқувчилар ва уларнинг устозлари тақдирландилар.

Бир гуруҳ намунали ўқувчиларга “аълочи ўқувчи” кўкрак нишонлари тантанали равишда топширилди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

06 Dec, 05:12


#tabrik


O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur jamoat fondining 2024-yil 18-oktabr kunidagi 4-sonli Rayosat qaroriga ko‘ra litseyda “Amir Temur buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda” mavzusida insholar tanlovining litsey bosqichi oʻtkazilib, 1-o‘rinni 204-guruh o‘quvchisi Abdusalomov Anvarjon egallab, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan edi.

4-5 dekabr kunlari Toshkent shahrida bo'lib oʻtgan Respublika bosqichida ishtirok etgan Abdusalomov Anvarjon III-oʻrinni qo'lga kiritganligi bilan litsey jamoasi tabriklab, kelgusi oʻquishlariga omad tilaydi. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

05 Dec, 10:22


#вакцина


— Россиянинг “Гриппол Плюс” вакцинаси Ўзбекистонда 10 йилдан ортиқ вақтдан бери қўлланилмоқда. Вакцина ишлатилган йиллар давомида ўз самарадорлигини исботлаган.

— “Гриппол Плюс” вакцинаси гриппнинг олдини олиш учун мўлжалланган. Вакцинанинг антигеник таркиби ҳар йили эпидемик вазият ва ЖССТ тавсияларига мувофиқ ўзгаради. Вакцина гриппга қарши юқори даражадаги ўзига хос иммунитетнинг шаклланишига олиб келади. Эмлашдан кейин ҳимоя таъсири (иммунитет), қоида тариқасида, 8-12 кундан кейин юзага келади ва 12 ойгача давом этади.

— Бугундан лицей ўқувчиларини “Гриппол Плюс” вакцинаси билан эмлаш бошланди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

05 Dec, 04:06


#fan_olimpiadasi


25-noyabr-4-dekabr kunlari oraligʻida asosiy fan olimpiadasining III-Qoraqalpogʻiston Respublikasi (viloyat) bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mazkur fan olimpiadasida Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyidan 11 ta fandan oʻquvchilar ishtirok etib, shundan 5 ta fandan oʻquvchilar 1,2,3-o'rinlarni qoʻlga kiritib, fan olimpiadasining IV-Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritganligi bilan oʻquvchilarni tabriklab, ularga Respublika bosqichida omad tilab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

04 Dec, 11:41


#ochiq_dars

⚡️Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tarix fani oʻqituvchisi Ajiniyazov Baxadir tomonidan 1-juftlikda 101-guruhga Oʻzbekiston tarixi fanidan “Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti o‘tkazildi⚡️ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

04 Dec, 07:36


#ochiq_eshiklar_kuni

Navbatdagi “ochiq eshiklar kuni” tadbirida Nukus shahridagi 45-sonli umumta'lim maktabining oʻquvchilari litseyga tashrif buyurdilar.
Oʻquvchilarga litseyning 1 kurs oʻquvchisi J.Ismatov hamrohlik qildi. ⚡️Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

04 Dec, 03:50


#viktorina

1-kurs o‘quvchilari orasida “Amir Temur va Temuriylar davri tarixi” bo’yicha viktorina tashkillashtirdi. Istiqlol yillarida bu ulug‘ ajdodimizning xotirasi abadiylashtirildi. Davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri – “Amir Temur” ordeni ta'sis etildi. U nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urganligi haqida ayrim manbalarda yozilgan. Ulug' sarkardaga munosib vatanparvar o‘g‘lonlarni tarbiyalash maqsadida Toshkent, Farg‘ona, Nukus va Shahrisabz shaharlarida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi. O‘quvchilar orasida o’tkazilgan viktorina savollari darslikka asoslanib tashkil etildi. Viktorinada 3-o‘rin 102-guruh o‘quvchisi – Tolibjonov Yoqubjon (40 ball), 2-o‘rin 102-guruh o‘quvchisi – Umarov Gʻolib (50 ball), faxrli 1-o‘rinni 102-guruh o‘quvchisi – Vaisjonov Ogʻabek (60 ball) egalladi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

03 Dec, 09:29


#Ички_ишлар_вазирилиги

Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейи ўқувчилари Қорақалпоғистон Республикаси Ички ишлар вазирлигида

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

03 Dec, 03:51


#Ўқ_отиш


Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейи ўқувчилари орасида электрон тирдан ўқ-отиш бўйича мусобақа ўтказилиб, мусобақа якунларига кўра 1-ўринни Н.Холбоев, 2-ўринни И.Мусулманов, 3-ўринни Б.Тошмуратов эгаллади.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

21 Nov, 05:09


“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” 2024 ko‘krak nishoni g‘oliblari eʼlon qilindi.

1. Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi - Qoraqalpog‘iston
2. Xashimov Xalimjon Xamidjanovich - Andijon
3. Ganiyev Baxtiyor Shukurullayevich - Buxoro
4. Musayev Sharof Mamarajabovich - Jizzax
5. Shodiyev Asliddin Fahriddin o‘g‘li - Navoiy
6. Meliboyev Mira’zam Foziljon o‘g‘li - Namangan
7. Toshmamatov Bobir Mansurovich - Qashqadaryo
8. Safarova Lola O‘lmasovna - Samarqand
9. Alijonov Jasurbek Rustambek o‘g‘li - Sirdaryo
10. Xolmamatov Sherali Rustam o‘g‘li - Surxondaryo
11. Rashidov Quvonchbek Turg‘unboy o‘g‘li - Toshkent
12. Abdinazarov Xasanboy Xoliqnazarovich - Farg‘ona
13. Sadullayev Sanjarbek Madiyarovich - Xorazm
14. Baymuradov Shoxrux Maxmudovich - Toshkent

“Temurbeklar maktabi” jamoasi litseyning yosh-dasturchi toʻgaragi rahbari Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizini ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, kelgusi oʻqish va ishlariga omad tilaydi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

21 Nov, 04:02


#UCHRASHUV


✔️Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati katta psixologi-poligrafolog leytenant U.Dauletbaev Nukus “Temurbeklar maktabi” HAL oʻquvchilari bilan nutq va muloqat madaniyati mavzusida uchrashuv oʻtkazdi. ✔️Uchrashuvda leytenant U.Dauletbaev tomonidan harbiy ta'lim muassasalariga nomzodlarni tanlab olishda psixologik bosqichdan oʻtish qoidalari haqida ham ma'lumot berib oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib javob oldilar. 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

20 Nov, 13:09


Tarix fani o‘qituvchisi Rashit Dauletmuratov tomonidan “O’zbekiston tarixida Jaloliddin Manguberdining tutgan o’rni” mavzusida 1-kurs o‘quvchilari orasida viktorina tashkillashtirdi. Istiqlol yillarida bu ulug‘ ajdodimizning xotirasi abadiylashtirildi. Davlatimizning yuksak mukofotlaridan biri – Jaloliddin Manguberdi ordeni ta'sis etildi. 2020-yilda esa turkiyalik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda “Mendirman, Jaloliddin!” nomli ko'p qismli tarixiy film suratga olindi. O‘quvchilar orasida o’tkazilgan viktorina savollari darslikka asoslanib tuzilgan. Savollarga javob berish uchun har guruhdan bitta o‘quvchidan chiqib bellashdi. Bular orasidan 3 ta o‘rin aniqlandi. 3-o‘rin 101-guruh o‘quvchisi – Qurbonov Hasan (50 ball), 2-o‘rin 102-guruh o‘quvchisi – Safarov Mansur (150 ball), faxrli 1-o‘rinni 101-guruh o‘quvchisi – Rafkatov Jo’shqin (400 ball) egalladi. 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

20 Nov, 04:42


#davra_suhbati

Matematika fani o‘qituvchisi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) J.Kalimbetov, o‘qituvchilar A.Mamutov, A.Kaipanov tashabbusi bilan Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi dotsenti (PhD) G.Tilewbayeva va katta o‘qituvchi G.Atajanovalar ishtirokida “Ehtimollar nazariyasi fanining maktab va litseylarda qo‘llanilishining ahamiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, davra suhbatida litseyning aniq fanlar yo‘nalishida tahsil oluvchi o‘quvchilari ishtirok etdilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

19 Nov, 12:31


#Русский_Медвежонок_2024

Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий академик лицейининг Cambridge school (Самарқанд) ўтказилган “Русский Медвежонок-2024” халқаро рус тили олимпиадаси иштирокчи ўқувчиларига сертификатлар тақдим этилди.

❇️Олимпиада натижалари 28 ноябр куни эълон қилинади.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

19 Nov, 05:10


#УЧРАШУВ


Нукус ҳарбий суди раиси П.Акимниязов ва Нукус ҳарбий прокурори катта ёрдамчиси адлия подполковниги С.Қалендеров иштирокида давра суҳбати шаклида ўтказилган учрашувда суд-ҳуқуқ соҳасида олиб борилаётган ислоҳотлар ҳақида фикр алмашилди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Nov, 12:36


#ТАБРИК

📌Нукус “Темурбеклар мактаби” ҳарбий-академик лицейининг информатика ва ахборот технологиялари фани ўқитувчиси Реймбаева Нилуфар Кадирбаевна ASTRUM CERTIFIED IT EDUCATOR миллий сертификатини юқори балл билан қўлга киритганлиги билан лицей жамоаси табриклайди.👏👏👏

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Nov, 05:12


🇺🇿18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun
———
🇺🇿18 ноябрь – Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинган кун

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

18 Nov, 03:31


#Davlat_bayrogʻi

🇺🇿18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan dars mashgʻulotlari davlat madhiyasi ijro etilgan holda boshlanib, ustozlar mashgʻulotlar oldidan davlat bayrogʻi haqida ma'lumot berib oʻtdilar. Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi RASMIY SAHIFAlarimizda kuzatib boring: 🚀 Telegram | 🌐 Website |🔵 Facebook

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

17 Nov, 08:06


#Davlat_bayrogʻi

18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

17 Nov, 02:53


#Davlat_bayrogʻi

18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

16 Nov, 16:53


"18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilingan kun" munosabati davra suhbati tashkil etildi. So’ngra o’quvchilar bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to‘g‘risida”gi qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan viktorina o’yini bo'lib o'tdi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

07 Nov, 04:47


Лицейнинг бир гуруҳ ўқувчилари Нукус ҳарбий гарнизонидаги музейда бўлдилар.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

06 Nov, 13:48


Республикалық Руўхыйлық ҳәм ағартыўшылық орайы Қарақалпақстан бɵлими ҳәмде Нөкис Темурбеклер мектеби әскерий-академиялық лицейи менен биргеликте “Қарақалпақстан Республикасы Министрлер Кеӊеси китапханасы” сыйлығы ушын “Жас зиялы” таӊлаўыныӊ Қарақалпақстан Республикалық басқышы болып ɵтти.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

06 Nov, 11:52


Халқаро коррупцияга қарши курашиш куни муносабати ва 2024 йил давомида амалга оширилиши лозим бўлган чора-тадбирлар режасининг тегишли бандларининг ижросини таъминлаш мақсадида Нукус ҳарбий прокурорининг катта ёрдамчиси адлия подполковниги И.И.Файзуллаев иштирокида йиғилиш ўтказилди. Йиғилишда коррупцион жиноятлар содир этилишининг олдини олиш, қонун бузилишига йўл қўймаслик юзасидан тавсиялар берилиши билан бирга ҳарбий прокуратура томонидан текширув давомида аниқланган камчиликлар бўйича китирилган тақдимнома муҳокама қилинди.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

25 Oct, 11:50


25-Ақырап – Өзбекстан Республикасы ишки ислер органлары хызметкерлери күни

Республика Руўхыйлық ҳәм ағартыўшылық орайы Қарақалпақстан Республикасы бөлими 25-ақырап – Өзбекстан Республикасы ишки ислер органлары хызметкерлери күни мүнәсибети менен Нөкис «Темурбеклер мектеби» әскерий-академик лицейине Жаңа Мойнақ ҳәм де басқада китаплар топламларын саўға ретинде тапсырды.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

25 Oct, 03:50


🇺🇿 25-oktyabr – O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni!

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi PF-237-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida"gi 270-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilib va uning faoliyati to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.

📄 Shuningdek, 2016-yil 16-sentyabrda "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi O‘RQ-407-son Qonun imzolanib ichki ishlar organlari faoliyati mustahkamlandi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

25 Oct, 03:28


#Ichki_ishlar_organlari_xodimlari_kuni

Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining 1 kurs oʻquvchisi Jumanazarov Asilbek

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

24 Oct, 13:21


25-октябрь Ички ишлар органлари ходимлари куни

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

24 Oct, 10:33


#Ichki_ishlar_organlari_xodimlari_kuni

Bundan tashqari 4 nafar faxriylar faxriy xodim koʻkrak nishoni bilan taqdirlanib, 25-oktyabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan oʻtkazilgan sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

IIV NUKUS "TEMURBEKLAR MAKTABI" HAL rasmiy telegram kanali

24 Oct, 10:32


#Ichki_ishlar_organlari_xodimlari_kuni

Dastlab taklif etilgan mehmonlar O.Turdakov, F.Sankibaev, U.Abdiraximov, A.Majidov litsey jamoasi va oʻquvchilarni Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan tabriklab, xizmat faoliyatidagi qiziqarli voqealar haqida aytib oʻtdilar. Keyin Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining oʻqituvchilari Q.Omirzakov va Q.Mambetov, kurs komandiri kapitan A.Bekpulatovga IIV faxriy yorligʻi topshirildi.

1,940

subscribers

5,720

photos

519

videos