KITOB HAQIDA O‘NTA FIKR
1. Muallifi yaxshi yoza bilgan kitoblarni o‘qib borar ekansiz, yaxshi gapirishni ham odat qilib olasiz.
2. Kishining madaniy saviyasi – kitoblarning o‘qib chiqilgan soni bilan emas, uqib olingan soni ila o‘lchanadi.
3. Kitob o‘qishni odat qilgan shaxslar televizor ekranidan nari ketmaydigan kishilarni boshqara olishadi.
4. Kitob kinodan afzaldir. Negaki, kishi tasavvurining ko‘lami filmdagi kuchli taassurotga ega kadrlar soni kabi cheklanmaydi.
5. Qancha ko‘p kitob o‘qisang, birovlarga shuncha kam taqlid qilasan.
6. Odamlar ikki toifaga, xususan: kitob o‘qiydiganlar va kitob o‘qiydiganlarning og‘ziga qarab yuradiganlarga bo‘linadi.
7. So‘mni tiyin tashkil etsa, o‘qib chiqilgan kitob soni – bilimni.
8. Aql topish uchun kitob o‘qish – tana manfaatida badantarbiya bilan shug‘ullanishdek gapdir.
9. Kishi aqlli bo‘lib qolishi uchun 10 ta kitob kifoya. O‘sha o‘ntani topish uchun esa minglab kitoblarni o‘qib chiqishi kerak bo‘ladi.
10. Yаqin do‘sting bo‘lmish kitobga inon. Zero u, odatda, sukut saqlab, fursati etganda jamiki olam haqida batafsil so‘zlab beradi senga.