⚠️⚠️⚠️ Qo'shimcha sifatida shuni aytish kerakki, talaba qachonki 3 yo 4 yoki 5 baho olgandagina fanga ajratilgan kreditlar unga to'liqligicha beriladi. Ya'ni GPA hisoblashda fanlardan faqatgina 3, 4 va 5 baholar olingan bo'lsagina shu fanlarning bahosi hisoblashda qatnashadi.
Agar talaba qaysidir fanlarni o'zlashtirmagan bo'lsa, ya'ni, 2 baho olgan bo'lsa, ushbu fanning krediti talabaga ajratilmaydi va ko'paytmani hisoblashda kredit ajratilmagani uchun ko'paytma 0 qiymatga ega bo'ladi. Lekin yillik umumiy ajratilgan kredit (misol uchun 60) o'zgarishsiz qoladi.
❗️❗️❗️Yuqoridagi holatda Hisob, Dasturlash I, Fizika II va Dasturlash II fanlari talaba tomonidan o'zlashtirilmaganligi uchun ushbu 2 baholar kredit bilan ko'paytirilmaydi. Ya'ni Hisob fanidagi 8 kredit 2 bahoga ko'paytirib natija 16 qilib hisoblanmaydi.
❌❌❌ Demak, ushbu talabaning yillik o'rtacha GPA miqdori 2.5 ga teng va u 2-kursga o'ta olmaydi!