Tezkor | Rasmiy kanal @tezkor Channel on Telegram

Tezkor | Rasmiy kanal

@tezkor


Birinchi eng tezkor xabarlar shu yerda!!!

📩 Biror bir voqea guvohi bo'ldingizmi, biz bilan bo'lishing: @tezkorobot

💰 Reklama: @tezkorobot

Tezkor | Rasmiy kanal (Uzbek)

Tezkor kanal bu eng tezkor xabarlar bilan sizga o'tkazadi. Kanalda siz voqealar, yangiliklar va eng so'nggi yangiliklar haqida bilib olishingiz mumkin. Agar biror voqea guvohingiz bo'lsa, @tezkorobot bilan bog'laning va biz bilan o'z voqeani ko'rsating. Tezkor kanalda reklamani joylashtirish imkoniyati ham mavjud.

Tezkor | Rasmiy kanal

12 Feb, 07:13


⚡️ Allamjonov ishi yuzasidan aybdorlarga hukm o'qildi

Oliy sud matbuot xizmatiga ko'ra, 12-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudida fuqaro K. Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi elon qilindi.

Elon qilingan sud hukmiga muvofiq Shuhrat Rasulovga 23 yil, Javlon Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Ahmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Toshxojaevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

12 Feb, 06:47


⚡️ Kievda Rossiya raketasi hujumi oqibatida bir kishi halok bo'ldi, uch kishi yaralandi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

12 Feb, 06:14


⚡️ Xorazmda «uchastkovoy» eri Rossiyada bo'lgan ayolning uyida ushlandi

Profilaktika inspektori 31 yanvar tunda ayolning uyida bo'lgan vaqtida erning qarindoshlari tomonidan ushlab olingan. IIV ushbu harakatlari uchun xodimni ichki ishlar organlari safidan bo'shatish masalasi ko'rib chiqilayotganini bildirdi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 14:54


⚡️ Piyodalar yo'lagiga do'ngliklar nega kerak, deb jar soladigan potentsial avtoterrorchilarga mana shu videoni yuborib qo'ying.

Videodagi terrorchini esa jazolash shart va zarur. «Uchib o'tib ketayotgan» mashinani ko'rgan bolaning qo'rquvini ko'rdingizmi? O'zbekistondagi barcha piyodalarining qo'rquvi bu aslida.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 14:01


⚡️ Ona 8 yoshli o'g'lini jazolash maqsadida qo'lini kuydirdi

Bolalar ombudsmaniga ko'ra, 33 yoshli ayol o'tgan yil 30 oktyabrda kuni 8 yoshli o'g'li uydagi shirinliklarni ruxsatsiz egani uchun uni jazolash maqsadida barmoqlari orasi va tanasining ayrim joylariga paxta tiqib, yoqqan.

Natijada bola 1 va 2-darajali kuyish jarohatlarini olgan.

Olmaliq shahar IIB onaga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atdi. U yashiringani sababli qidiruvga berilgan va 7 fevral kuni qo'lga olinib, sud qarori bilan qamoqqa olingan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 13:18


⚡️ Bojxona qo'mitasi raisiga birinchi o'rinbosar tayinlandi

G'ayrat Farhodovich Nasirov Bojxona qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig'i bo'lib ishlagan.

Ungacha esa Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Ark buloq» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig'i vazifasida xizmat qilib kelgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 12:57


⚡️ Mahalla fuqarolar yig'ini uchun bino deb qurilishga ruxsat olingan inshoot

Tez-tez takrorlanadigan stsenariy. Boshida mahalla bo'lishi kerak bo'lgan bino allaqachon qandaydir xususiy maktabga berilgan. Mirzo Ulug'bek tumani.

«Bunyodkor» stadioni oldidagi parkovka o'rnida kovorking markaz bo'lishi bahonasida qurilgan binoni ham xuddi shunday yo'l bilan «tijoriylashtirishgandi».

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 10:56


⚡️ Kichik halqa yo'lida joylashgan yangi qurilayotgan uylardan birida yirik yong'in sodir bo'lmoqda.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 09:08


⚡️ Buxoro viloyatida fuqaro uyida sher bolasini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Fuqaroga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sud organlariga yuborildi. Sher bolasi esa vaqtinchalik hayvonot bog'iga joylashtirildi.

Qiziq, sher bolasini qaerdan olgan ekan? Mushugi tug'ib bermagandir? Agar, chetdan olib kirgan bo'lsa, bojxonada nega ushlab qolishmagan?

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 08:44


⚡️ Qozog'iston FVV yo'lda qolib ketgan o'zbekistonliklarni evakuatsiya qildi

Qo'stanay viloyatining Adaevka qishlog'i hududida mikroavtobus buzilib qolgan. Unda O'zbekiston va Tojikiston fuqarolari bo'lgan. Qutqarilganlarning 4 nafari bolalar.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 07:52


⚡️ O'zbekistonda hafta oxirigacha nisbatan sovuq havo saqlanib turadi. Ayrim hududlarda yomg'ir-qor yog'ishi mumkin

Qoraqalpog'iston, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida 13 fevral kuni ayrim joylarda biroz qor yog'ishi mumkin, 14-15 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi. Vodiyda 13-14 fevralda bazi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin, 15 fevralda yog'ingarchilik kutilmaydi.

Samarqand, Qashqadaryo va Buxoroda yog'ingarchilik kutilmaydi. 14 fevralda Surxondaryo viloyatida bazi joylarda yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'lishi mumkin.

Harorta kechasi 5 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 8-13 darajagacha issiq bo'ladi. Tog'li hududlarda harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3 darajagacha iliq bo'ladi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 07:22


⚡️ Ikkinchi marta omad kelmadi

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 06:35


⚡️ Toshkentliklarni haqorat qilgan asli surxondaryolik qiz 10 sutkaga qamalibdi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 05:37


⚡️ Gvatemala poytaxtida avtobus ko'prikdan qulab, daryoga tushib ketdi. Kamida 51 kishi halok bo'ldi

Mamlakat prezidenti Bernardo Arevalo uch kunlik milliy motam elon qildi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 05:08


⚡️ AQShning Arizona shtatida ikki samolyot to'qnashib, bir kishi halok bo'ldi

Bombardier Learjet samolyoti aeroportga qo'nish chog'ida uchish-qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan va biznes-jetga borib urilgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

11 Feb, 03:25


⚡️ Toshkentda 8 kg giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi

Yakkasaroy tumanida o'tkazilgan tezkor tadbirda olingan giyohvandlik vositalari 8 kg 303 gramm bo'lib, bahosi 4 mlrd 317 mln so'mni tashkil etadi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

10 Feb, 14:38


⚡️ Kinematografiya agentligining elektr energiyasidan qarzdorligi 2.7 mlrd so'mni tashkil qilarkan. Tashkilot bugun tarmoqdan uzilibdi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

10 Feb, 13:47


⚡️ Beruniy tumanida YHXX xodimi g'ildiragi yorilib qolgan mashina egasiga yordam bermoqda.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

10 Feb, 12:18


⚡️ Birgina maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

Maymun asosiy transformatorga kirib qolgan va blekaut ro'y berib, 22 million aholi elektr taminotidan uzildi.

«Maymun tarmoq transformatorimiz bilan kontakt qilgan, bu esa tizimda muvozanat buzilishiga olib keldi», — deya orolda yakshanba kuni soat 11 atrofida ro'y bergan to'liq blekautni izohlagan jurnalistlarga Shri-Lanka energetika vaziri Kumara Jayakodi.

Maymun uchun fojiali hodisa Shri-Lanka poytaxti Kolombodan janubda joylashgan nimstantsiyada ro'y bergan. Maymun yolg'iz bo'lmagan. Stantsiyaga jonivorlarning bir nechtasi kirib, o'zaro janjallashgan, oqibatda «svet» o'chgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 14:04


⚡️ 🇺🇸🇩🇰 "Janob Tramp, f*ck off." Daniyalik Evrodeputat Trampni haqorat qildi

Deputat ushbu so'zlarni AQSh prezidentining Grenlandiya bo'yicha hududiy davolariga javoban aytdi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 14:02


⚡️ 💥 Bugun, 22 yanvar - Xalqaro bobolar kuni

Bobolarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Ularga sog'lik va uzoq umr tilaymiz! Farzandlaringiz va nabiralaringizga g'amxo'rligingiz, sabr-toqatingiz va donoligingiz uchun tashakkur.

Yaqinlarga yuborib bugungi bayram bilan tabriklang:)

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 13:29


⚡️ Sizningcha, kim aybdor? Chapga ogohlantirmasdan qayrilib olayotgan birinchi mashinami, yoki quvib o'tish uchun qarama-qarshi yo'nalishga chiqib tezlikda harakat qilayotgan ikkinchi mashinami?

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:54


⚡️ 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿🇺🇿 Manchester siti muxlislari Abduqodir Husanovni olqishlamoqda:

"Olg'a, Husanov,
Olg'a, Husanov!
U O'zbekistondan.
U Jeki Changa o'xshaydi.
Olg'a, Husanov!"

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:41


⚡️ Toshkentda milliy liboslarda yurganlar rag'batlantirilishi kutilmoqda.

Poytaxt hokimi qaroriga ko'ra, davlat idoralarida milliy libosda yurish tavsiya etiladi, har juma "Milliy liboslar kuni" deb belgilanadi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:39


⚡️ O'xshashlik bormi 😁

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:34


⚡️ «Pulni savatga qo'y va ketaver» – Samarqandda IIB xodimlari Registonga kirmoqchi bo'lgan sayyohdan 50 ming so'm so'radi

Registonga borgan koreyalik sayyoh tarixiy joyga kirish uchun chipta qaerda sotilishini Ichki ishlar xodimlaridan so'ragan. Ular sayyohdan 50 ming so'm so'rab, pulni devor orqasida turgan ishlatilmayotgan chiqindi qutilari ichiga qo'yishni aytgan. Xodimlardan biri ishdan bo'shatilgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:03


⚡️ Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi shahar bo'limiga qarashli 23-maktab direktori o'quvchilarga majburiy forma qildirish, ota-onalardan 70 ming so'mdan olish kerakligini talab qilyapti. Yo'qsa o'quvchi maktabga kiritilmas ekan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 10:54


⚡️ Iroqda 9 yoshli qizlarni ham turmushga berishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilindi

Endi mamlakatda imomlar nikoh to'g'risida «islom qonunlarini talqin qilgan holda» qaror qabul qilishlari mumkin bo'ladi. Ulardan bazilari qizlar 9 yoshdan boshlab turmushga chiqishga tayyor deb hisoblashadi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 08:57


⚡️ Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi bo'lishi aytilmoqda.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 07:16


⚡️ Srechko Katanets futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Murabbiy sog'lig'idagi muammolar sabab O'FA bilan tuzilgan shartnomani o'zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 06:44


⚡️ Aeroport yo'lida qurilgan yangi ko'prikdan Kichik halqa yo'liga tushish

Tushunishingiz uchun mana shu harakat uchun haydovchilarga qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanding deb jarima kelayotgan ekan.

Bunaqa «dunyoda muqobili yo'q» yo'llarni kim, qaysi kalla bilan o'ylab topgani bizga ham qiziq.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 06:09


⚡️ Erkinjon Oqbutaevich Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 Jan, 05:44


⚡️ O'zbekiston hududida tadbirkorlik bilan shug'ullanib kelayotgan Ozarbayjon fuqarolaridan noqonuniy ravishda pul talab qilib kelgan chet ellik shaxslardan iborat jinoiy guruh faoliyatiga chek qo'yildi.

3 kishi qamoqqa olindi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 Jan, 17:37


⚡️ Chin shoirlar bari otilgan,
Qolganlari bari sotilgan.
Mard so'zim shu,
hammasi qo'rqoq!
O'zim kimman?
So'ramang, biroq.
Men ismimni aytmasman zinhor,
Zamon nozik, bola-chaqam bor.

O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov, "Daftarda qolgan satrlar"dan

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 Jan, 17:36


⚡️ HMQO tomonidan korrupsiyaga qarshi olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahridagi advokat va bank yuristi 20 ming dollar pora bilan qoʻlga olindi.

Ular bank yuristining prokuraturadagi qarindoshi orqali 10 yilga qamalgan shaxsning jazosini 4 yilga kamaytirib berishni va'da qilishgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 Jan, 17:11


⚡️ 💶 Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi yillik maoshi 3 mln funt sterlingni (3,5 mln evro) tashkil qiladi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 Jan, 14:21


⚡️ Yozishlaricha, O'FA prezidenti Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etilgan. Ayni vaqtda Ravshan Ermatov vaqtincha bu vazifani bajaruvchi sifatida ko'rsatilgan.

Xabar rasman tasdiqlanmagan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 Jan, 14:09


⚡️ Aftidan Husanov Manchesterda tez chiqishib ketadigan futbolchi Fil Foden bo'ladi. Fil hozirgina Husanovdan «ochko» ishlaganiga xursand😂

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 Jan, 13:35


⚡️ "Ayollar ishlagan va rahbarlik qilgan joylarda tartib, adolat, halollik, madaniyat yuqori bo'ladi”

Saida Mirziyoevaning “Rahbar ayollar maktabi” navbatdagi mavsumi ochilish marosimidan nutqi elon qilindi. O'z nutqi davomida Prezident yordamchisi davlat rahbarining fikridan iqtibos keltirdi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

23 May, 14:51


⚡️ Putin 26-27 may kunlari O'zbekistonga tashrif buyuradi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

23 May, 14:27


⚡️ Maxtumquli ko'chasi. Qurilishi chala qolgan binoni bannerlar orqali yopishmoqda. Aftidan, Rossiyadan martabasi yuqori mexmon keladi va Yangi O'zbekiston bog'iga o'tadi. O'tishida bitmagan binoni ko'rmasin deyishdimikan?

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

23 May, 03:23


⚡️ «Sinfdoshlarim...»

Eslab yoshlik chog'larim,
Ko'zdan oqar yoshlarim.
Omonmisiz? Bormisiz?
Aziz sinifdoshlarim!

Sinfdoshlarga yuborib qo'yamiz.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

23 May, 03:23


⚡️ Toshkent shaxridagi barcha chorraxalarga ushbu chiziq chizilmoqda, bu chiziq nimani bildiradi bilib oling

Xaydovchilarga yuborib qo'yamiz

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 May, 12:06


⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar bog'chasidagi tarbiyachining bolani kaltaklagani aks etgan video tarqaldi

Videoda tarbiyachi avvaliga bir bolani boshqa bolani urishga majburlagani, keyin o'zi unga jismoniy kuch ishlatgani tasvirlangan.

Xodisa qaerda sodir bo'lgani xozircha ma'lum emas.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 May, 09:24


⚡️ Rossiyada asli o'zbekistonlik plastik jarrox Timur Xaydarov klinikasi tintuv qilinmoqda

Aprel oyida IQ Plastique klinikasida jarroxlik amaliyoti vaqtida prodyuser Pyotr Gavrilov vafot etgandi. Shundan buyon Timur Xaydarovga tegishli klinika bo'yicha surishtiriuv ishlari davom etmoqda. Ayni vaqtda klinika Sog'liqni nazorat qilish federal xizmati tomonidan tekshirilmoqda.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 May, 09:09


⚡️ Instagramda O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga tegishliligi aytilayotgan Mersedes 221 ning zirxlangan versiyasi sotuvga qo'yildi.

Narxi 300 ming dollar etib belgilangan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 May, 08:49


⚡️ Sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar kesilgan bo‘lishi va yashirib olib ketilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilinishicha, holat nazoratga olingan va o‘rganilmoqda.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

22 May, 08:48


⚡️ Ramzan Qodirovning 18 yashar o‘g‘li sport vaziri bo‘ldi

Axmat Qodirov fevral oyidan buyon yoshlar ishlari vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Aprel oyida Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Adam Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘lgandi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 May, 14:50


⚡️ Uylar narxi tushishi mumkin

Aytishlaricha, bugungi kunda xamkor tijorat banklari tomonidan Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag'lari xisobidan ikkilamchi bozordan uy joy sotib olish uchun arzon ipoteka kreditlari (17-18%) ajratilishi vaqtincha to'xtatilgan.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 May, 14:09


⚡️ Toshkent shaxri xududida magnitudasi 6,5 bo'lgan zilzilalar sodir bo'lish xavfi bor

Toshkent shaxri xududi seysmik potentsiali yuqori bo'lgan zonada joylashgan bo'lib, xududda magnitudasi M≤6,5 bo'lgan zilzilalar sodir bo'lish xavfi bor. Tarixiy va instrumental ma'lumotlar bazasiga ko'ra shaxar xududida 1868, 1886, 1924 va 1966 yillari magnitudasi M=6.5, M=6.0 va M=5.3 seysmik jadalligi bo'yicha 7, 8-9 ballik zilzilalar qayd qilingan. Shuningdek 1980 yilda magnitudasi M=5.5 bo'lgan seysmik jadalligi 8 ballgan teng Nazarbek zilzilasi sodir bo'lgan. Toshkent shaxar xududini janubiy g'arb yo'nalishida kesib o'tuvchi Karjantou tektonik er yorig'i doimiy xarakatlanishi natijasida kuchli zilzilalar sodir bo'lib kelmoqda.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 May, 09:43


⚡️ Telegramda turli xil ko'rinishlarda virusli dastur va soxta xavolalar tarqalmoqda!

Unutmang! firibgarlarning maqsadi akkauntingizni boshqarish orqali kontaktlaringizga turli xil ko'rinishlarda zararli xavolalar tarqatish va egallab olishdir.

Fuqarolardan bu kabi yolg'on ma'lumotlarga ishonmaslikka xamda virtual firibgarlardan ogox bo'lishga chaqiramiz. O'zingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzog'iga tushib qolishidan ximoya qiling.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

21 May, 06:34


⚡️ Bugun, 21-may – Xalqaro choy kuni 😃

Bugun butun dunyo Xalqaro choy kunini nishonlamoqda. Ushbu bayram do'st va yaqinlar bilan dildan suxbatlashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Choyxonada ko'rishamizmi?

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

20 May, 10:58


‼️ Koronavirus shu yozda qaytishi mumkin - OAV

FLIRT guruxidagi KOVID-19 shtammlari xozirda G'arb mamlakatlarida faol tarqalmoqda, bu 2024 yilning yozida kasallanishning ko'payishiga olib kelishi mumkin.

FLIRT infektsiyasining tipik belgilari isitma, yo'tal, burun tiqilishi, tomoq og'rig'i, ta'm yoki xidni yo'qotishdir.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR

Tezkor | Rasmiy kanal

20 May, 08:41


❗️Endi O'zbekistonda jamoat joyiga tupurish uchun 5 sutka yoki bir million so'mgacha jarima solinadi.

Tezkor yangiliklarga obuna boʻling
👉 @TEZKOR