Toshkent davlat stomatologiya instituti @tdsi_uz_2019 Channel on Telegram

Toshkent davlat stomatologiya instituti

@tdsi_uz_2019


Toshkent davlat stomatologiya instituti (Uzbek)

Toshkent davlat stomatologiya instituti, yoki yigirma yillik mavqeydo'i bo'ylab TDSI, O'zbekistondagi eng eng muhim stomatologiya o'quv markazlaridan biridir. Bu institut yuqori sifatli ta'lim bilan ta'minlovchi ilmiy-kadrlar markazi hisoblanadi va o'quv dasturi o'zining yuqori darajadagi sifatiga va modern texnologiyalariga ega. TDSI, O'zbekistonning eng yaxshi stomatologiya professorlari va o'qituvchilari tomonidan o'rgatiladigan darsliklar, seminarlar va o'quv kurslari taklif qiladi

Bu Telegram kanali, Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan yaratilgan eng so'nggi yangiliklar, ilmiy tadqiqotlar, tajriba va bilimni o'z ichiga olgan tajribali professor va o'qituvchilar tomonidan yaratilgan maqolalar va materiallar bilan to'ldirilgan. Kanalda, sog'liqni saqlash bo'yicha eng yangi texnologiyalar, qog'oz qalam qoralari va klinik bo'yicha na'battan darsi mavzulari ham mavjud

TDSI Telegram kanaliga obuna bo'lib, siz o'quv tajribangizni oshirishingiz va yangi ma'lumotlar bilan tanishingiz mumkin. Bu kanal, sog'liqni saqlash sohasida o'zingizni rivojlantirish uchun ideal ilmiy manbalardan biridir. Agar sizning mashqaringiz yoki talabangizdagi zahiralar bo'lsa, Toshkent davlat stomatologiya instituti kanali siz uchun to'g'ri manzil bo'ladi. Obuna bo'ling va o'zning sog'liqlingizni ta'minlang!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

21 Feb, 12:43


YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e'lon qilingan Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlanib kelmoqda. Ona tili - har bir elatning, xalqning, millatning o'z tili. Shu kun munosabati bilan Vatikan Rim administratsiyasining O'rta Osiyo regioni bo'yicha kardinali Yeji Masulevich o'zbek tilida o'z fikrlarini bayon qildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

21 Feb, 11:30


21-FEVRAL XALQARO ONA TILI KUNI
Ona tili – millat ruhi, or-nomusi

“Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai
hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak – millatning
ruhini yo‘qotmakdur”
Abdulla Avloniy

Toshkent davlat stomatologiya instituti

21 Feb, 07:07


Joriy yilning 20-fevral kuni TDSI Ijtimoiy fanlar bioetika kursi bilan kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 kurs klinik ordinatorlar bilan “O‘zbekistonda ayollarga e’tibor” mavzusida Dental implantologiya, ginekologiya va nevrologiya yo‘nalishidagi konferensiya klinik ordinatorlar ishtirokida dolzarb mavzular bo‘yicha o‘tkazilgan anjuman bahs-munozaralarga to‘la, yuqori saviyada o‘tkazildi va davra suhbati tashkil qilindi. Bu anjumanni tashkil etgan dotsentlarimiz Dilorom Arifovna va Dildor Gapporovnaga kafedramiz nomidan minnatdorlik bildiramiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

21 Feb, 04:24


Toshkent davlat stomatologiya instituti 1-stomatologiyasi fakulteti tyutori Kulmaxamedov Suyunboy Fayzullayevich o’ziga biriktirilgan 214 - guruh talabalari bilan YUNESKO tashkiloti tomonidan 21-fevral – Xalqaro ona tili kuni deb e’lon qilingan. Mazkur sana 2001-yildan buyon xalqaro miqyosda keng nishonlab kelinmoqda. Ona tili – har bir elatning, xalqning, millatning o‘z tili. Ona tili lug‘at tarkibi, asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an’analarini ifodalaydigan so‘z va tushunchalardan iborat bo‘ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma’naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi. Mazkur kun ona tili bayrami sifatida nishonlanar ekan, bu bayram munosabati bilan har bir insonning o‘z Vatani va ona tiliga bo‘lgan muhabbat, ehtirom, qadr hamda e’zoz tuyg‘ulari yangilanadi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

20 Feb, 09:43


Joriy yilning 18-fevral kuni Yangiyer Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga Toshkent Davlat stomatologiya institutining professor-o’qituvchilari hamkorlik doirasida tashrif buyirishdi. "Ortopedik stomatologiya propedevtikasi” kafedrasi o’qituvchilari Rafiqov Kamoliddin Muhiddinovich, Yigitaliyev Shoxruh Olimjon o’g’li va Abdulahadov Jamshid Qobilovich, “Ortopedik stomatologiya”, “Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti” haqida targ’ibot, “Xorijiy tajriba” mavzusida o’quvchilar bilan suhbat va dars mashg’ulotini o’tkazdilar.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

13 Feb, 04:26


TOʻMARIS

Oʻn marta oʻqigan va eshitgan boʻlsamda, oʻzgacha maroq va qiziqish bilan koʻrdim.

Tarixiy shaxslar va buyuklarimiz haqida ilgarigidan koʻra yaxshiroq tasavvurga ega boʻlishimizuchun shunday roliklarni tayyorlayotgan mualliflar koʻpayib borayotganidan xursandman!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

12 Feb, 12:39


2025-yilning 12- fevral kuni Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan ”Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” mavzusida “Davolash ishi” fakulteti va ”Fundamental tibbiyot, Xalq tabobati va oliy ma’lumotli xamshiralarni tayyorlash“ fakulteti 1 va 3- kurs talabalari institut “Yoshlar ittifoqi” bilan birgalikda tadbir o’tkazildi. Tadbirni “Davolash ishi” fakulteti dekani Rizayev E’zozbek Alimdjanovich ochib berdi.
Axborot resurs markazi direktori Sirojiddinova Zuxra Mukarramovna va institut “Ijtimoiy fanlar bioetika kursi bilan” kafedrasi mudiri, dotsent(phd) Nargiza Akramovna Umirzakovna tadbirga tashrif buyurdi va ishtirokchilarni samimiy tilaklar bilan qutladi. Tadbirda ma’naviy boyligimiz va Hazrat Navoiy ijodiga mansub g’azallar, kuylar va raqslar talabalar tomonidan ijro etildi.Tadbir davomida talabalar o’z ijod na’munalaridan o’qib eshittirdi.
Tadbir so’ngida ishtirokchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

12 Feb, 10:08


🎓 Bugun klinik psixologiya fakulteti bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi! 🎉

🧠 Klinik psixolog tibbiyotning barcha klinik va profilaktika yoʻnalishlarida faoliyat yuritib, psixologik diagnostika, terapiya (psixoterapiya) va bemorning tibbiy hamda ijtimoiy muhitini yaxshilash vazifalarini bajaradi.

Ta'kidlash joizki, joriy yilda Oʻzbekistondan boʻlgan talabalar ilk bor tarmoq hamkorlik dasturi asosida ushbu oliygohda oʻqishni tamomladilar. Oʻzbekistonda ilk bor "Klinik psixologiya" yoʻnalishi boʻyicha Orenburg davlat tibbiyot universiteti va Toshkent davlat stomatologiya instituti oʻrtasida qoʻshma bitiruv marosimi boʻlib oʻtdi.

🏅 Ushbu muhim voqea mamlakatimizda klinik psixologiyaning rivojlanishi va ushbu sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanishi uchun yangi imkoniyatlar ochadi! 🚀

Toshkent davlat stomatologiya instituti

12 Feb, 04:58


🇺🇿Toshkent davlat stomatologiya instituti
Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti

🗣”Milliy do'ppi" foto va videolar chellengesini taqdim etadi!

⚡️Chellengega kelgan ilk video!

👨‍🎓Fundamental tibbiyot, Xalq tabobati va oliy hamshiralarni tayyorlash fakulteti tyutori Nigina Murotova va fakultet talabalari hamda institut tyutorlaridan chellengening ilk videoroligi!

Foto va videolaringizni 99-036-36-32 telefon raqamiga yuboring!

🇺🇿TDSI “Yoshlar ittifoqi”
📬Telegram

Toshkent davlat stomatologiya instituti

11 Feb, 11:36


Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalaridan Alisher Navoiy tavallud kuniga bag'ishlangan rolik

Toshkent davlat stomatologiya instituti

10 Feb, 11:12


Joriy yilning 10 fevral yil kuni Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan ”Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” mavzusida “O’zbek tili va pedagogika” kafedrasi va “2-Stomatologiya” fakulteti talabalari bilan birgalikda tadbir o’tkazildi.
Tadbirga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O’zbek tili va adabiyoti universiteti “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori Iroda Ishonxonova, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Gulzoda Soatova va Maxmuda Yuldashovalar tashrif buyurishdi. Tadbirga kelgan mehmonlar buyuk alloma so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodi va faoliyati bo’yicha nutq so’zladilar. Tadbir davomida talabalar buyuk alloma ijodiga bag’ishlab kuy va qo’shiqlari bilan ishtirok etdilar.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

10 Feb, 05:57


📜O'zbek tilining asoschisi, buyuk Alisher Navoiy tug'ilgan kunga 584-yilligi munosabati bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining talaba-yoshlari bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida haftaning har shanba kunlari Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida ⚖️Zakovat o'yinlari o'tazib kelinmoqda. Musobaqlarning navbatdagi turi joriy yilning 8-fevral kuni Xalqaro ta'lim fakulteti talabalari jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Unda savollar adibning hayoti va ijodi yo'liga bag'ishlandi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

10 Feb, 05:56


Tashrif! “Vatanparvar oyligi” doirasida Toshkent davlat stomatologiya institutining talabalari Qurolli Kuchlar Akademiyasiga “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir!” shiori ostida ekskursiyasi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatning yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasi – Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasiga 2025-yilning 7-fevral kuni Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi akademiya bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tyutorlar va talabalarga ekskursiya tashkil etildi.
Tashrif davomida akademiyada yaratilgan sharoitlar, jumladan, oʻquv jarayonida zamonaviy pedagogik, axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan, modellashtirish va simulyatsiya usullaridan foydalanib kelinayotgan sinf xonalari bilan, axborot-resurs markazi hamda jangovar texnikalar, oʻqotar qurollar bilan yaqindan tanishtirildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Feb, 07:52


Toshkent davlat stomatologiya institutida 🗞Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati Axborot-resurs markazi rahbari Sirojiddinova Zuhro va Davolash ishi fakulteti tyutori Baykabilova Dilfuza Tayirovna guruh talabalari bilan “Temur tigʻi yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher” mavzusida davra suhbat bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Feb, 07:52


2-stomotologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan “Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

06 Feb, 10:40


Тошкент шаҳрида ҳар жума куни "Миллий либослар куни"

Toshkent davlat stomatologiya instituti

06 Feb, 07:59


Bitiruvchi kurs talabalar bilan uchrashuv.

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi tomonidan fakultet dekan muovini N.Xashimova hamkorligida Joriy yil 3-fevral kuni Xalq tabobati yo‘nalishi bitiruvchi 4-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbirlar, malakaviy amaliyot o‘tashlari va bitiruv oldi qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.
Muloqotda talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

05 Feb, 10:03


2-stomatologiya fakulteti talabalar bilan “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik” shiori ostida suhbat o‘tkazildi. “O‘zbekiston Respublikasining Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mamlakatimiz kelajagini belgilashda shijoatli, qat’iy, maqsadni aniq qo‘yib, shu asosda harakat qilayotgan yoshlarning o‘rni katta. Kelajak egalarining barkamol bo‘lib voyaga yetishi, ilmu fan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta egallashi, davr talablari asosida ta’lim va tarbiya olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun biznini institutimizda yetarlicha sharoitlar muhayyo etilyapti.
Bugungi tadbirimizda Xarbiy xizmatga borib Vatanimizga o‘z xissasini qo‘shgan talabalarimiz bilan davra suhbat o‘tkazildi. Suhbat jarayonida talabalarimiz o‘zlarining armiyaga borib vatan hissi, yurt sog‘inchi va ota-ona mehri qanchalik his qilganliklari haqida gapirib berdilar.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

03 Feb, 10:34


Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-o'qituvchilari orasida 2024-2025 o'quv yili kuzgi semestr yakunlari bo'yicha yarim yillik monitoring o'tkazish to'g'risidagi TDSI Rektorining buyrug'iga asosan 2025-yil 3-fevral kunidan Davolash ishi fakulteti 1-ishchi guruhi o'z ish foaliyatini boshladi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

01 Feb, 12:11


Toshkent davlat stomatologiya institutining talaba-yoshlari "Zakovat" intellektual o‘yini o'tkazildi

2025 yil 1-fevral kuni “Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” bag‘ishlab Axborot-resurs markazida fakultetlar talabalari o‘rtasida haftalik Zakovat o'yinida 9ta jamao qatnashdi. Unda Axborot-resurs markazi direktori Z.Sirojiddinova, Ma’naviyat bo‘limi boshlig‘i J.Jabborov, institut profilaktika katta inspektori V.Qurbonov hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

01 Feb, 12:07


SHAVKAT MIRZIYOYEVNING “HOZIRGI ZAMON VA YANGI O‘ZBEKISTON” NOMLI YANGI KITOBI NASHR ETILDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” yangi kitobini keng kitobxonlarga Toshkent davlat stomatologiya institutining Axborot-resurs markazi direktori Z. Sirojiddinova va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J. Jabborovlar tomonidan talaba-yoshlar uchun taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Kitobda O‘zbekistonning bugungi qiyofasi, jahon taraqqiyotida tutgan o‘rni, muhim xalqaro ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, dolzarb masalalar bo‘yicha ilgari surayotgan ko‘plab tashabbuslarining mazmun-mohiyati ushbu keng qamrovli, fundamental asarda chuqur tahlil va dalillar yoritib berilgan.
Muallifning ko‘p yillik ijtimoiy-siyosiy qarashlari, voqelikka yangicha va teran yondashuvlarining mahsuli bo‘lgan kitob quyidagi so‘zlar bilan boshlanadi:
“Tarix sinovlaridan o‘tgan haqiqat shuki, o‘zini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq – buyuk xalqdir. Bunday xalq, hech shubhasiz, hayotni ham, ijtimoiy muhitni ham o‘zgartira oladi, ko‘zlagan murod-maqsadlariga albatta erishadi. Men ana shunday ulug‘ e’tiqod bilan yashayotgan xalqqa rahbar bo‘lib, odamlarni hayotdan rozi qilish, ularning qalbidagi ezgu orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida xizmat qilishni o‘zim uchun ulkan sharaf va mas’uliyat deb bilaman”.
Milliy mustaqillikni har tomonlama mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, odamlarni hayotdan rozi qilish, inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu tushunchalar mazkur kitobning bosh g‘oyasi, asosiy leytmotivini tashkil etadi.
Jami 6 bobdan iborat kitobning “Insoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yo‘li” deb nomlangan dastlabki bobida muallif o‘quvchi e’tiborini hozirgi zamondagi asosiy xavf-xatarlarga qaratadi. Bu tahdidlarni keltirib chiqargan omillarni atroflicha tahlil etib, ularni bartaraf qilish bo‘yicha aniq amaliy yechimlarni taklif etadi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

01 Feb, 11:24


📖"Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston"

🔸Toshkent davlat stomatologiya instituti tyutorlari hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tomonidan talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Hozirgi zamon va Yangi Oʻzbekiston" nomli kitob taqdimoti o'tkazilib kelinmoqda. Kitobning asosiy mazmuni soʻngi yillarda Oʻzbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, mamlakatning xalqaro miqyosidagi oʻrni, oʻzbek xalqining mehnati va boshqa islohotlarga oid muallifning fikr-mulohazalari tashkil etadi.

🖊“Tarix sinovlaridan o‘tgan haqiqat shuki, o‘zini o‘zgartirishga qodir bo‘lgan, vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq – buyuk xalqdir" Sh.M.Mirziyoyev.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

31 Jan, 11:15


“Milliy liboslar kuni”

Toshkent shahar hokimining 2025-yil 21-yanvardagi “Toshkent shahrida milliylikni keng targ‘ib qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida milliylikni targ‘ib qilish, milliy madaniyatni asrab-avaylash, o‘zbek xalqining boy merosini yosh avlodga yetkazish, shahar aholisining madaniy saviyasini oshirish, shuningdek, shahar hayotida milliy an’analarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida Toshkent davlat stomatologiya instituti juma kuni tyutorlari va talabalari ham bu milliy “challenge”larda faol ishtirok etib qalbga quvanch beruvchi liboslarda namayon bo‘ldi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Jan, 11:56


🏆“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Medik sport majmuasida sportning ARMRESTLING va SHAXMAT musobaqalari talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Armrestling sport turidan 2-stomatologiya fakulteti 123A guruh talabasi Mirzakarimov Jamshid faxrli 🥇-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shaxmat sport turidan 1-stomatologiya fakulteti 105 B guruh talabasi Sobitjonov A’zamjon faxrli 🥇-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Jan, 11:56


Toshkent davlat stomatologiya instituti Talabalar turar joyiga tashriflar davom etmoqda. Tashrif davomida TTJ Maʼnaviyat xonasida talabalarga “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida suhbatlar boʻlib oʻtmoqda. Jaholat bu ilmsizlik boʻlib, unga qarshi faqat va faqat ma'rifat, yani ilm oʻrganish, oʻrganganlarini jamiyat rivoji yoʻlida sarflash bilan kurashish mumkinligi kabi masalalar yuzasidan talabalar bilan suhbatlashildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Jan, 07:26


🩸MEN DONORMAN DOIRASIDA “MEHRIBON YURAK” XAYRIYA AKSIYASI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son Qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini talabalar va xodimlar orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini rivojlantirish maqsadida 23-yanvar kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari xastalikka chalingan jaji bolajonlarimiz operatsiyasi uchun “Mehribon yurak” xayriya aksiyasi faol qatnashdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Jan, 09:23


E'LON❤️
Hurmatli Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari joriy yilning 23-yanvar kuni soat 9:30da Morfologiya binosi oldida, sog‘lom turmush tarzi va insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, bemorlar hayotini saqlab qolish maqsadida
#mendonorman25 aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Sizlarni ham ushbu xayriya aksiyasida faol qatnashishingizni so‘raymiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Jan, 07:32


Ozodlik, xotirjamlik, oila davrasida hayot kechirish naqadar ulug‘ ne’mat ekanini undan mosuvo bo‘lganda tushunib yetarkan inson!

2025-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish Departamenti birinchi mintaqaviy hudud 51-son manzil koloniyasi tarbiyalanuvchilari bilan ma’naviyat vakillari o‘rtasida muloqot tashkil etildi.
Unda Yashnobod tuman bo‘linmasi rahbari U.Ishmuhamedov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Jabborov va 2-stomatologiya fakulteti dekan o‘rinbasori K.Alimova hamda tyutorlar hamrohligida ishtirok etib maʼruzalar bayon qilishdi.
Shuningdek jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar bilan suhbat olib borilib, ularning fikrlari, orzu va armonlarini tinglandi va ularga kitoblar sovg‘a qilindi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Jan, 07:17


Toshkent davlat stomatologiya institutining yoshlari bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida haftaning har shanba kunlari Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida Zakovat o‘yinlari o‘tazib kelinmoqda. Musobaqlarning navbatdagi turi 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan ZAKOVAT intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda mehmon sifatida Yashnabod tumani IIOFMB ATSJOOB mus’ul xodimlari Katta leytenant A.Sh.Davletov, Leytenant S.E.Axrolov hamda institut profilaktika inspektori Sh.Bozorov, Axborot-resurs markazi direktori Z.Sirojiddinova, Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi mutaxassisi Q.Xaydarov hamda fakultet tyutorlari va talabalar o‘z jamoalari bilan ishtirok etdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Jan, 04:30


📌 Yanvar – “Axborot xavfsizligi oyligi”

“Kitobxon talaba” loyihasi doirasida  yoshlar orasida bo‘sh vaqtlarini hozirgi globallashuv deb nomlanayotgan davrda ko‘proq ijtimoiy tarmoqlarga vaqt sarflashi odat tusiga aylandi va adashibmi turli xil psixotrop dori vositalari zarari ortidan yoshlar giyohvandlikga o‘rganib qolishi va uning salbiy oqibatlari, ogohlik davr talabi ekanligi, ushbu illatning tarqalishini oldini olish bo‘yicha Axborot-resurs markazi hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida talabalar o‘rtasida sog‘lom dunyoqarash shakillanishda mutolaa va kitobxonlik madaniyatini ortirish maqsadida turli badiiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, tadbir davomida giyohvandlikning salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettiruvchi filmlar ham namoyish qilindi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

10 Jan, 11:15


EPFL Summer Research Program: bakalavriat va magistratura talabalari uchun yozgi tadqiqot dasturiga marhamat!

🔥 Shveytsariyada o‘quv va ilmiy izlanish imkoniyatlarini izlayapsizmi? EPFL Summer Research Program siz uchun ideal imkoniyatdir! 🧬🔬

🌟 Dastur haqida qisqacha:
Kamida 2-kurs bakalavr yoki 1-kurs magistr talabalari uchun mos keladi;
8 hafta davomida Shveytsariya tadqiqot markazida amaliyot o‘tkazish imkoniyatini beradi;
IELTS talab etilmaydi!

💼 Imtiyozlar:
✔️ 4030 dollar miqdoridagi stipendiya;
✔️ Safar xarajatlari uchun 1160 dollargacha mablag‘;
✔️ Hayot haqidagi fanlar sohasidagi talabalarga mo‘ljallangan. Ishtirokchilar biologiya, kimyo, bioinjeneriya va hayot haqidagi fanlar sohasi kabilardan birida tahsil olayotgan bo‘lishi kerak.

Arizalarning oxirgi qabul qilish muddati:
2025-yil 31-yanvargacha .

💻 Batafsil ma’lumot uchun

Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
🕊Telegram |📱Instagram|📱Facebook |🕊Twitter

Toshkent davlat stomatologiya instituti

10 Jan, 10:30


XALQCHIL TDSI JAMOASI!

Toshkent davlat stomatologiya instituti Ichki kasalliklar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan institutga qarashli Yashnobod tumanidagi Istiqlol mahallasidagi kam ta’minlangan 10 nafar oilalarga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatildi. Xalqimiz hayotiga va salomatligiga befarq bo‘lmagan kafedra jamoasiga xalqimizning duolari bilan yuksalverishlarni tilaymiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

10 Jan, 10:30


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan Fundamental tibbiyot yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i J.Jabborov hamda institut profilaktika inspektori V.Qurbonov ishtirok etdilar suhbat so‘ngida talabalarga estalik sovg‘alar sifatida O‘zbekiston talabasi kitobi va talabalik guvohnomalar topshirildi

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Jan, 11:21


Diqqat e’lon, SPORT!

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Institut talabalari o‘rtasida 2025 yil 14-yanvar kuni soat 11:00dan Medik sport majmuasida sportning ARMRESTLING va SHAXMAT musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar talabnomani Medik sport majmuasiga topshirishlari shart. Ma’lumot uchun Sh.Ro‘ziboyev telefon raqami: +99899 860-01-13

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Jan, 11:15


🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga Professor-o‘qituvchilarni hamda talaba-yoshlarni sayohat uchun Rektarat binosi oldiga 2025-yil 10-yanvar kuni soat 9:30da avtobusga kelishingizni so‘raymiz!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Jan, 11:02


🗣“Biz hayotni tanlaymiz!” mavzusida videoroliklar tanlovi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi Kinematografiya agentligi, Milliy teleradiokompaniya va Milliy media assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ijodkor yoshlar o‘rtasida “Biz hayotni tanlaymiz!” shiori ostida giyohvandlikka qarshi kurash mavzusidagi videoroliklar tanlovini e’lon qildi.

☑️Ishtirok etmoqchi bo‘lgan yoshlar tanlov nizomida ko‘rsatilgan anketa shaklini to‘ldirib, o‘z anketalari va videoroliklarini Milliy markazning [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari mumkin.

➡️Tanlov nizomi


Faol bo’ling!!!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Jan, 10:04


Dermatovenerologiya va kosmetologiya kafedrasi kafedra mudiri B.Azizov, O. Lapasov, U. Nurmatov, Sh.Ayupovalar tomonidan bayram munosabati bilan Yashnobod tumanidagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari orasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazib esdalik sovg‘alari va turli bolajonlar uchun o‘yinlar o‘tkazdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

09 Jan, 04:52


⚡️Ўзбекистонда тақиқланган диний материаллар эълон қилинди (тўлиқ рўйхат)

Олий суд томонидан интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон Республикасининг ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) рўйхати эълон қилинди.

2025 йил 8 январь ҳолатига кўра, рўйхатга 1 минг 389 та турли профиль, канал ва материаллар киритилган. Хусусан:

Facebook'да 203 та профиль ва материаллар;
Telegram'да 713 та канал, гуруҳ ва материаллар;
Instagram'да 226 та профиллар;
Youtube'да 135 та канал ва турли видеолар;
Odnoklassniki'да 35 та профиль ва материаллар;
Tik-tok'да 44 та профил;
Интернет'да 13 та сайт ва алоҳида материаллар;
• 20 та турли китоб, маъруза ва нашидалар.

⚠️ Фуқаролардан диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан сақланишни ва улардан йироқ бўлишни сўраймиз.

🌐

Toshkent davlat stomatologiya instituti

08 Jan, 04:56


Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

@otabek_khasanov

Toshkent davlat stomatologiya instituti

07 Jan, 05:05


Muzeylar-o‘tmishimiz hamda qadriyatlarimiz beshigidir…
Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak maʼnaviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotish bilan birga, ularda aziz Vatanga munosib farzand boʻlish tuygʻusini ham shakllantira oladigan maskandir.
Toshkent davlat stomatologiya institutida qishki ta’til davrida talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun muzey hamda tarixiy joylarga borish an’anaga aylanmoqda. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlgan muzeylar yosh avlodga xalqimizning qadimiy va boy tarixi, oʻziga xos madaniyati, istiqlol gʻoyalarini yanada teran anglashga koʻmaklashmoqda.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

06 Jan, 10:41


2025 yil 6 yanvar kuni “Zamonaviy tibbiy oliy ta’lim: dolzarb muammolar va istiqbollar” mavzusida o‘tkazilayotgan o‘quv-uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi

Anjuman gibrid tarzda tashkil etilib, bir qator yurtimiz oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro oliy o’quv yurtlari ham onlayn tarzda ishtirok etishdi. Xususan, Rossiya federatsiyasining Tinch okeani davlat tibbiyot universitetidan ma’ruzachilar Bondareva I.L., Lebedev S.V., Gnezdilov V.V., Tanzaniya respublikasidan ma’ruzachi Genri Shimo, Qozog‘iston Respublikasi H.A.Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universitetidan ma’ruzachi professor U.A.Jumabayevlar qatnashishdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

27 Dec, 04:57


Assalomu aleykum hurmatli talabalar! Institutimizning nomi baland bo'lishida o'zingiz va tanishlaringiz bilan hissa qo'shsangiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

27 Dec, 04:57


2024 йилнинг энг намунали тиббиёт олий таълим муассасасига овоз беринг!


Сўровномада иштирок этиш учун қуйидаги 👉 ҳавола устига босинг.

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

Toshkent davlat stomatologiya instituti

26 Dec, 05:57


Тошкент давлат стоматология институти
ўқитувчилари “Миллий” телеканали “Гапирмасак бўлмайди” кўрсатувининг навбатдаги сонида “Стоматология, тишлар саломатлиги ва унинг даволаш қийматлари нимадан келиб чиқади” мавзусида иштирок этиб, ўз тавсияларини беришди.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

26 Dec, 04:50


Assalomu aleykum hurmatli talabalar! Institutimizning nomi baland bo'lishida o'zingiz va tanishlaringiz bilan hissa qo'shsangiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Dec, 05:14


"Stomatologiya dunyosi" gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

24 Dec, 09:02


24 декабр куни “Жамоат саломатлиги, соғлиқни сақлашни бошқариш ва жисмоний маданият” кафедраси мудири Мусаев У.Ю ҳамда кафедра ўқитувчилари ва Стоматалогия факультети талабалари иштирокида Қурбонов номидаги Республика болалар руҳий-асаб касалхонасида даволанаётган болаларга тиббий профилактик стоматологик кўрик ўтказилди ва болаларга янги йил совғалари тарқатилди.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

24 Dec, 06:36


23 декабр куни Лотин тили ва Хорижий тиллар кафедраси мудири Исраилова М. Н. Томонидан ташкиллаштирилган "Подари жизнь" Волонтёр гуруҳи аьзолари Республика Болалар Гематологияси Марказига Кимётерапия бўлимида даволанаётган болаларга янги йил совғаларини улашишди. Онкология ва радиология кафедраси мудири Джамила Шогайратовна Пулатова бошчилик килаетган Республика Болалар Гематологияси Марказига байрамолди эҳсон совғалари топширилди.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

03 Dec, 06:57


📝📝📝 2024 yil 10-dekabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyhasi mehmoni OʻKTAM MIRZAYAROV

📌 Oʻktam Mirzayarov 1956-yil Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashaydi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi.
Faoliyatini 1977-yilda “O‘zbekiston” nashriyotida korrektorlikdan boshlagan O‘.Mirzayarov ushbu nashriyotda kichik muharrir, muharrir, keyinchalik “Guliston” jurnalida bo‘lim muharriri, katta muharrir, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib lavozimlarida, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi–O‘zAda mas’ul kotib, kotibiyat mudiri, rejim xizmati rahbari, O‘zA muassisligida nashr qilingan “Respublika” gazetasi bosh muharriri, “O‘zbekkino” Milliy agentligining Kinochilar uyidan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i, “Hurriyat” gazetasi bosh muahrriri, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi bosh muharriri, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari, “Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
“O‘ktam Mirzayor” tahallusi bilan ijod qiladi.
“Ogoh ko‘ngil” (1992-yil), “Yaxshi kunlar quvonchi” (1998-yil), “Sog‘inch daftari” (2019-yil), “So‘z ishqi” she’riy to‘plamlari (2019-yil), “Tuproq hidi” (2012-yil), “Amakimning kasali” (2015-yil) nasriy to‘plamlari muallifi. Uning jamoatchilikda yaxshi taassurot uyg‘atgan “Yaratuvchanlik qudrati”, “Tong otmagan tunlar” kabi ocherklari O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi tomonidan jamoaviy to‘plamlarga kiritilgan.
U.Mirzayarovning adabiy ssenariylari asosida “O‘zbekiston bayrog‘i”, “Qadr” hujjatli filmlari suratga olingan. “Bog‘”, “Boboylar” radiopastonovkalari muallifi.
1996-yilda “Shuhrat” medali, 2023-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan. 2011-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil”, 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlagan.
📝She’rlar va hikoyalar shu kanalda https://t.me/Uktam_mirzayor

Toshkent davlat stomatologiya instituti

03 Dec, 06:53


📝📝📝
2024 yil 10-dekabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyhasi mehmoni GULNOZA SATTOROVA

Gulnoza Sattorova - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiranti keyinchalik katta laborant, kichik ilmiy xodim sifatida ilmiy faoliyat olib borgan.
Gulnoza Sattorova zamonaviy nasr muammolari, xususan Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Ulug‘bek Hamdam, Isajon Sulton kabi yozuvchilar ijodiga bag‘ishlangan maqolalar yozgan.
Monografiyalari: “Milliy xarakter va badiiy talqin”, “O‘zbek va turk hikoyalarining tipologik o‘xshashliklari”.
Gulnoza Sattorova o‘z so‘zi , fikri va nuqtai nazariga ega tadqiqotchi sifatida ko‘plab ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

📝 KITOB - BOYLIK , LEKIN SOTIB OLINGANI EMAS, O‘QILGANI.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

03 Dec, 06:52


📝📝📝
2024 yil 10-dekabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyhasi mehmoni MUXTARAMA ULUG‘OVA

Muxtarama Ulug‘ova 1952-yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan.

1972-1977-yillarda Marg‘ilon shahar pedagogika bilim yurtida o‘qituvchilik qildi. Jurnalistik faoliyatini “Saodat” jurnalida boshlagan Muxtarama Ulug‘ova “Xalq so‘zi” gazetasida bo‘lim muharriri, bosh muharrir o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida katta muharrir lavozimlarda ishladi.

She’rlari: Boychechakning tushlari” nomli birinchi she’riy to‘plami 1983-yilda “Muhabbatga to‘ymasman sira” (1985), “Kunlarning bag‘ri keng” (1987), “Ey dilim!” (2008) nomli she’riy to‘plamlari. O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon xotirasiga “Muhabbat saroyida mangu qolganlar”.

Mukofotlari: “Shuhrat” medali, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Hozirgi paytda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbarining maslahatchisi lavozimida mehnat qilmoqda.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

02 Dec, 16:57


DIQQAT E’LON!

“KONSTITUTSIYASI - ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI!” SHIORI OSTIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI BO‘LIB O‘TADI!

#konstitutsiyamqomusimfaxrim

Joriy yil 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Rektor kubogi” turnirida 1-2-3-o‘rinlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan o‘yin Nizomida belgilangan miqdorlarda moddiy rag‘batlantiriladi.
Talabalar ishtirok etish uchun quyidagi www.zakovatklubi.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tib “Konstitutsiya bilimdoni” intellektual o‘yini uchun ariza to‘ldirishi lozim.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

30 Nov, 17:41


Axborot 24 | Birinchi xalqaro oilaviy tibbiyot forumi
#29nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Toshkent davlat stomatologiya instituti

30 Nov, 12:47


VII xalqaro stomatologlar kongressi

Toshkent davlat stomatologiya instituti

30 Nov, 10:20


🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
📚“Yil volontyori” nominatsiyasi boʻyicha koʻplab arizalar qabul qilingan va ularning orasidan 3 ta loyiha tanlab olindi!
➡️1. Haydarov Abdulhamid
➡️2. Mirsultonov Muhammaddiyor
➡️3. Eshboyeva Gulasal
➡️ Feruza Nurtosheva - Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi.
👫 Siz oʻzingiz uchun muqobil sanagan nomzodga bot orqali ovoz berasiz! Ovozlar orqali natijalar paydo boʻladi! Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasiga ovoz orqali yordam berishingizni so'rab qolamiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

30 Nov, 07:57


I международный форум по «Семейной медицине»

Toshkent davlat stomatologiya instituti

30 Nov, 07:55


⚡️ TDSI YOSHLAR ITTIFOQI KENGASHI A’ZOLARI HAMDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH “KOMPLAENS NAZORAT” BO’LIMI TOMONIDAN CHELLENJ

🏛 Korrupsiya mamlakatning taraqqiyotiga va rivojlanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadigan koʻz yumib boʻlmas holatdir. Buni bugun zamonning oʻzi koʻrsatib turibdi.


9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni!

TDSI yoshlar ittifoqi Kengashi a’zolari tomonidan
"Biz yoshlar korrupsiyaga yo’q deymiz" shiori ostida oʻz munosabatlarini #rasmlarchellenji orqali bayon etmoqdalar.

📈 Barcha talabalarni faollikka chaqiramiz!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

29 Nov, 09:27


VII xalqaro stomatologlar kongressi o‘tkazilmoqda

Efir: 28.11.2024 | 12:00
#Toshkent
Muxbir: Zarnigor Tolibova

🚀 TELEGRAM | 📷 INSTAGRAM
🔵  FACEBOOK | 🎬 YOUTUBE

Toshkent davlat stomatologiya instituti

28 Nov, 13:46


https://uza.uz/posts/661976

Toshkent davlat stomatologiya instituti

28 Nov, 10:18


09:00  28.11.2024

STOMATOLOGLARNING YETTINCHI XALQARO KONGRESSI

#Toshkent

muxbir: Sohiba Akromova

https://t.me/zamon_lavhalar

Toshkent davlat stomatologiya instituti

28 Nov, 06:47


«Stomatologiya va yuz-jag’ jarrohligi» yettinchi xalqaro kongressida hamkorlarimizga Institut Rektori Nodir Qodirovich tomonidan tashakkurnomalar berildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

20 Nov, 12:31


🇺🇿18-NOYABR - O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUNGA BAG‘ISHLAB "MUQADDASDIR VATAN BAYROG'I" MAVZUSIDA VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

🇺🇿2024-yil 20-noyabr kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti Ijtimoiy fanlar, bioetika kursi bilan kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda 1-stomatologiya, 2-stomatologiya fakultetining 1-kurs talabalari tomonidan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" mavzusi ostida vatanparvarlik tadbirini o‘tkazildi. Unda bayrog‘imizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar va she’riy chiqishlar hamda teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari talaba yigit-qizlar tomonidan zavq bilan ijro etildi. Tadbirda qatnashgan, o‘z salohiyatini namoyon etgan yoshlarga minntdorchilik bildiramiz. Milliy g‘ururimiz bayrog‘imiz, dunyo bo‘ylab, jonajon Oʼzbekistonimiz 🇺🇿bayrogʼi hilpirab tursin!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

20 Nov, 11:01


Ҳурматли ҳамкасблар!
VII Халқаро стоматологлар конгрессига хуш келибсизлар!

Биз сизларни стоматология соҳасининг етакчиларини бирлаштирган хар йил ташкил этиладиган илмий-амалий Конгресснинг ўтказилиши ҳақида хабардор қилишдан мамнунмиз.

🗓 2024 йил 27 ноябрь
🏣 «HYATT Regency Tashkent» меҳмонхонасининг конференц-зали

🌐 Халқаро экспертлар, ёш мутахассислар, стоматологик ускуналар ва материалларнинг етакчи ишлаб чиқарувчилари стоматология ҳамда юз-жағ соҳасидаги инновацияларни намойиш этадилар.

ℹ️ Янгиликлардан хабардор бўлиш учун бизнинг веб-сайтимизга ташриф буюринг: www.tsdi.uz

Toshkent davlat stomatologiya instituti

20 Nov, 10:49


#Диққат_танлов

⚡️ Совринларнинг умумий қиймати 40 млн сўмлик танлов❗️

🇺🇿 "Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони" ўтказилади

📝 Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 32 йиллиги муносабати билан Адлия вазирлиги ва ТДЮУнинг Мақсадли капитал (Endowment fund) жамоат фонди ҳамкорлигида Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони ўтказилади.

📌 Танлов шартлари билан батафсил бу ерда танишинг.

❗️Танловда иштирок этиш учун @huquqbilimdonibot телеграм ботини ишга туширишингиз лозим.

🔰 Ғолиблар қуйидаги миқдорда рағбатлантирилади:
3️⃣-ўрин 8 млн сўм;
2️⃣-ўрин 12 млн сўм;
1️⃣-ўрин 20 млн сўм.

Имтиҳонда қатнашиб билимингизни синовдан ўтказинг ва ғолиб бўлинг!

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Toshkent davlat stomatologiya instituti

20 Nov, 09:13


Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

🌐@ssvuz  | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

Toshkent davlat stomatologiya instituti

20 Nov, 06:07


DIQQAT, E’LON! Hurmatli Toshkent davlat stomatolgiya instituti xodimlari va talabalari uchun 23-noyabr kuni soat 10:00 da Yangi O‘zbekiston bog‘ida bo‘lib o‘tadigan "Talaba yugur" ko‘ngillilar sport musobaqasiga, qo‘shimcha stipendiya beruvchi sport musobaqasi http://yugur.uz tizimi OneID orqali ro’yhatdan o’tiladi va paketini tanlanadi hamda to‘lov amalga oshiriladi.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘g‘il va qizlar hudud kesimida:
1-o‘rin uchun 5 mln so‘m,
2-o‘rin 3 mln so‘m,
3-o‘rin 2 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirishni qo‘lga kiritadilar.
Hamda har bir bosqich natijasi boʻyicha oliy taʼlim muassasasining talabalari orasidan kurslar (bosqich) kesimida 1-3 oʻrinlarni egallagan (oʻgʻil va qiz bola boʻyicha alohida-alohida) talabalarga Institut rektori stipendiyasi bilan taqdirlanadi.
1-oʻrin uchun - 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida
2-oʻrin uchun - 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida
3-oʻrin uchun - 2 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida qoʻshimcha stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.
Mazkur musobaqa yugur.uz platformasi ro‘yxat o‘tganlar platforma orqali muvofiqlashtiriladi. (Ro'yhatdan o'tgan talabalar tyutorlariga xabar bersin ularga shanba kuni uchun farmoish qilinadi)

Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 Nov, 12:37


KASABA KUBOGI UCHUN ZAKOVAT INTELEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

11-noyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni hamda 18-noyabr kuni Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 2024 yil 16-noyabr kuni soat 14:30da Simulyatsion markazida ma’naviyat bo‘limi tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va xodimlar o‘rtasida «Kasaba kubogi» uchun Zakovat intelektual o‘yinini o‘tkazildi. Ishtirok etgan jamoalar zakovatklubi.uz saytidan roʻyxatdan oʻtib, ariza orqali ID raqami bilan aʼzolar shakillantirildi. Jami bo‘lib 11ta jamoa, 77 a’zolar qatnashdi zakovat IDsi bo‘lmagan jamoalarga Nizom talablari bo‘yicha ishtirok etishiga ruhsat berilmadi.
Savollar natijasiga ko‘ra III-o‘rini Akademik litseyning “Stomatologiya” jamoasi, II-o‘rini “Ibn Sino” jamaosi va yuqori ball bilan KASABA KUBOGI va faxirli I-o‘rinni “TDSI” jamoasi egalladi. Jamoa a’zolarning har bir Kasaba uyushmasi tomonidan ajratilgan sovg‘alar hamda institut rektori tomonidan Diplom bilan taqdirlandi. Jamoalarga kelgusi o‘yinlarda ham omad tilaymiz.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 Nov, 12:37


🇺🇿 Hilpirab turar mag‘rur O‘zbekiston bayrog‘i

@zakovatharakati

Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 Nov, 12:37


11-noyabr O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati 2024 yil 16-noyabr kuni soat 14:30da Toshkent davlat stomatologiya instituti Simulyatsion markazida ma’naviyat bo‘limi tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va xodimlar o‘rtasida «Kasaba kubogi» uchun Zakovat intelektual o‘yinini o‘tkazildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 Nov, 12:07


Hurmatli talabalar va professor-o‘qituvchilar!

Davlat bayrog‘imiz – bu millatimizning suverenitetini, tarixiy qadr-qimmatini va ma’naviy merosini o‘zida mujassam etgan ulug‘vor timsoldir. U xalqimizning yuksak orzularini, jipsligini va buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchini ifodalaydi. Har birimiz bayroqni nafaqat faxr bilan ko‘tarishimiz, balki uning ma’nosini chuqur his qilishimiz zarur.

Davlat bayrog‘iga hurmat ko‘rsatish – bu vatanparvarlikning yorqin ifodasidir. U faqat bir parcha mato emas, balki xalqimizning tarixiy yutuqlari va buyuk intilishlarining ramziy ifodasidir. Bayroq ostida birlashib, bilim olishga, yurt ravnaqi yo‘lida mehnat qilishga va kelajak avlodga yuksak ma’naviyat merosini qoldirishga barchangizni chaqiraman.

Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, bizga g‘urur va ilhom bag‘ishlab tursin!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 Nov, 11:15


TDSI Akademik litseyida besh tashabbus musobaqalaridan lavhalar

Toshkent davlat stomatologiya instituti

18 Nov, 05:18


🇺🇿Bugun O‘zbekistonning muhim ramzlaridan biri – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlanmoqda.
O‘zbekiston bayrog‘i – mamlakatning davlat suvereniteti ramzi!
✈️Yaqinlaringizga ulashing!

🇺🇿Сегодня отмечается день одного из важных символов Узбекистана - День принятия государственного флага.
Флаг Узбекистана - символ государственного суверенитета страны!
✈️Поделитесь с друзьями!

🇺🇿Today marks the day of one of the important symbols of Uzbekistan - the Day of adoption of the national flag.
The flag of Uzbekistan is a symbol of the state sovereignty of the country!
✈️Share it with your friends!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

07 Nov, 15:46


Poytaxt hokimligi tashabbusi bilan vaqtincha ishsiz qizlar uchun zamonaviy kasblar boʻyicha mahorat darsi tashkil etiladi

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan poytaxtda istiqomat qiluvchi, 30 yoshgacha boʻlgan 1000 nafar qiz zamonaviy kasbga oʻqitilib, ularning bandligini ta’minlash va daromad topishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mega loyiha amalga oshirilmoqda.

Poytaxt hokimligi mazkur xayrli loyiha doirasida vaqtincha ishsiz qizlar uchun 8-noyabr kuni soat 10:00 da “Zakovat arena” binosida tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darsi tashkil etmoqda.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, “Zakovat arena” binosi. Moʻljal: “Beruniy” metro bekati.

PS: Ushbu tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, o‘quv jarayonlaridan tashqari bo‘sh vaqtda qatnashish mumkin.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

07 Nov, 06:59


2024 yil 6-8 noyabr kunlari Qozog’iston Respublikasi Chimkent shaxrida joylashgan Janubiy Qozog’iston Tibbiyot Akademiyasida  “Fanlararo tibbiyotda Innovatsiya va biznes: fan va amaliyot” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya Janubiy Qozog’iston Tibbiyot Akademiyasining tashkil topganligining 45 yilligiga hamda Nevrologiya kafedrasi tashkil  topganligining 30 yilligiga bag’ishlangan bo’lib, ushbu Konferensiya o'quv onlayn/oflayn taqdimotlarini o'z ichiga oldi. Konferensiyada
Turkiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Qozog'istonning yetakchi nevropatologlari o’zlarining mavzuga doir dolzarb muammolar va ularning yechimlariga bag’ishlangan tadqiqot natijalari bo’yicha ma’ruzalar qildilar.
Ushbu Tadbirda Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati, hususan, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i dosent M.B.Abdullayeva va Xalqaro ta’lim fakulteti dekani F.K.Usmonovlar ishtirok etib, Toshkent davlat stomatologiya instituti nomidan Rektor Professor N.K.Xaydarovning tabrik va sovg’alarini Akademiya Rektoriga topshirdilar. Ushbu tadbir Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda  Janubiy Qozog’iston Tibbiyot Akademiyasi o’rtasida o’quv ilmiy va davolash yo’nalishlar bo’yicha hamkorlikni yana mustahkamlash yo’lida muhim qadam bo’ldi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

06 Nov, 11:44


MA'LUMOT UCHUN! Assalomu alaykum hurmatli xodimlar va talabalar Adiblar xiyoboni 7-noybar kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan tadbir obhavo sababli keyingi haftaga qoldirildi. Hammaga dars jadvallari bo'yicha darslari bo'lib o'tadi, 2024 yil 7-noyabr kuni.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

06 Nov, 04:01


Hurmatli Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-oʻqituvchilar hamda talabalar-yoshlar!

7-noyabr kuni soat 10:00 da Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.

Tadbirda fakultetlar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etiladi, gʻazal va sheʼrlar aytiladi, kuy-qoʻshiqlar jaranglaydi, kitoblar koʻrgazmasi oʻtkaziladi, viloyatining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etiladi.

Milliy qadriyatlar saylida birga boʻlaylik. Sizlarni saylda kutamiz !

Toshkent davlat stomatologiya instituti

05 Nov, 11:10


DIQQAT E'LON! Toshkent davlat stomatologiya instituti 11-noyabr O'zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan xodimlar o'rtasida «Kasaba kubogi» uchun Zakovat intelektual o'yinini o'tkazadi.

Fakultetlarga qarashli barcha kafedra professor-o'qituvchilar hamda institut barcha xodimlar oʻrtasida 2024 yil 16-noyabr kuni soat 14:30da Simulyatsion markazda boʻlib oʻtadi.
Ishtirok etish istagida boʻlganlar zakovatklubi.uz saytidan roʻyxatdan oʻtgan ID raqami bilan jamoa aʼzolari roʻyxatini topshiradi. Ma'lumot uchun 998462608.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

05 Nov, 11:09


🎉 📌Joriy yilning 10-noyabr sanasida Toshkent davlat stomatologiya institutining faol talabalarini
📍 "Buxoroi Sharif"ga qiziqarli sayohatga taklif etamiz.
🎒🛰Ekskursiyadan ko'zlangan asosiy maqsad talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, turizmni rivojlantirish hamda institut talabalari ongida unitilmas tarixni yaratish.
🗺 Ekskursiyada tashrif buyurildi:
🕌 Ark majmuasi
🕌 Mir Arab madrasasi
🕌 Minorai Kalon majmuasi
🍽🍲🎤🎷🎺🎻🎭🪩🚀
🕌 Labi Hovuz majmuasi
🕌 Bahouddin Naqshband majmuasi
🕌 Chorbakr
🕌Bonus + SAMARQAND REGISTON
Sayohat narxi Avtobusda bir kishi uchun 250 000so‘m (50kishi bo‘lgan holatda).
Murojaat uchun telefon: 998462608

Toshkent davlat stomatologiya instituti

04 Nov, 10:22


4 noyabr kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati akademik V.Vohidov nomidagi respublika xirurgiya markazida tashrifda bo'ldi. Tashrifda Toshkent davlat stomatologiya instituti rahbariyati "Xirurgiya va transplantologiya kafedrasi" ko'zdan kechirildi. Tashrif davomida o'quv jarayonlarini tashkil etish, yangi amaliy ko'nikmalarni bajarishdagi yangi metodlar, yangi usullar, simulyatsion markaz, operatsion bloklar, vivariylar ko'zdan kechirildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

02 Nov, 11:31


📣📣📣📣📣

🔖🦷"Eng faol yil talabasi" Respublika ko'rik-tanlovining INSTITUT bosqichi 2024 yil 4-noyabr kuni soat 12:30da 321 xonada boshlanadi!

➡️Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo'yicha o'tkaziladi:
🟣"Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi"
🟣"Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi"
🔵"Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi"
🟢"Yilning eng faol sportchi talabasi"
🟡"Yilning eng faol ijodkor talabasi"
🟠"Yilning eng faol iqtidorli talabasi"
🔴"Yilning eng faol tadbirkor talabasi" (xotin-qizlar uchun)

💥Tanlovda institut uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2, 3, 4- bosqich talabalari o‘rtasida.

☄️👉 NIZOM BILAN TANISHISH 👈

Toshkent davlat stomatologiya instituti

02 Nov, 10:51


⭐️ “Uchinchi Renessans”ning ilk asoslarini yaratish maqsadida har yili oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Uchinchi renessans — yoshlar nigohida” loyihalar tanlovi tashkil etiladi. ⚡️Ushbu tanlov har yili 2 marotaba 4 bosqichda boʻlib oʻtadi: Fakultetlararo; Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida; Hududlar oʻrtasida; Yakuniy respublika bosqichi. 🟡 Talabalar tanlovda ishtirok etishlari uchun quyidagi uch yoʻnalishda oʻzlarining innovatsion loyihalarini topshirishlari mumkin:
✔️ Ajdodlar merosini oʻrganish va targʻib etishda innovatsion yondashuvlar;
✔️Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning shaxsiy motivatsiyasi (manfaatdorligi)ni oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari;
✔️ Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari.
🏆Tanlov yakunlari boʻyicha gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

02 Nov, 07:29


⭕️⭕️⭕️

2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga


⚡️hujjat qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar,
⚡️kirish imtihonlarini tashkil etish 30-nayabrga
qadar uzaytirildi.

Hujjatlarni:
📌hozircha faqat daraja.ilmiy.uz sayti orqali topshirish imkoni mavjud.

👉 2024-yil 4-noyabrdan boshlab esa my.gov.uz orqali ham amalga oshirish mumkin.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

01 Nov, 04:09


Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Xaydarov Nodirjon Kadirovich Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputatligiga saylandi.

Tabriklaymiz!

@masofatalim

Toshkent davlat stomatologiya instituti

31 Oct, 13:21


DIQQAT, E’LON! Hurmatli Toshkent davlat stomatolgiya instituti xodimlari va talabalari uchun qo‘shimcha stipendiya beruvchi sport musobaqasi http://yugur.uz tizimi OneID orqali ro’yhatdan o’tiladi va paketini tanlanadi hamda to‘lov amalga oshiriladi. Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘g‘il va qizlar hudud kesimida:
1-o‘rin uchun 5 mln so‘m,
2-o‘rin 3 mln so‘m,
3-o‘rin 2 mln so‘m miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirishni qo‘lga kiritadilar.Hamda har bir bosqich natijasi boʻyicha oliy taʼlim muassasasining talabalari orasidan kurslar (bosqich) kesimida
1-3 oʻrinlarni egallagan (oʻgʻil va qiz bola boʻyicha alohida-alohida) talabalarga Institut rektori stipendiyasi bilan taqdirlanadi.
1-oʻrin uchun - 6 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida
2-oʻrin uchun - 4 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida
3-oʻrin uchun - 2 oy davomida bazaviy stipendiyaning 50 foiz miqdorida qoʻshimcha stipendiya tayinlanadi va toʻlanadi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

31 Oct, 11:43


"UCHINCHI RENESSANS-YOSHLAR NIGOHIDA"

Toshkent davlat stomatolgiya instituti Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda "Uchinchi Renessans-Yoshlar nigohida" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Mamlakatimizda keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevori yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqida gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessans mazmun-mohiyati har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak.
“Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy me’rosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, teran ildizlaridan dalolat beradi” – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Mustaqillikka erishgandan keyin dastlab chorak asr davomida milliy tiklanish bilan shugʻullanishga toʻgʻri keldi. Endilikda milliy tiklanishdan milliy yuksalishga oʻtganimizdan keyin, uchinchi Renessansga erishishni davlat rahbari strategik vazifa etib qoʻydi. Haqiqatan tarixan olganda biz ikki Renessansni boshdan kechirdik: birinchisi IX-XII asrlar, ikkinchisi XIV asr oxirgi choragi-XVI asr birinchi choragi.Birinchi Renessansda yurtimizdan Fargʻoniy, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, IbnSino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Mahmud Zamaxshariy kabi buyuk daholar, buyuk muhaddislar – Buxoriy, Termiziy, mutakallimlar – Moturidiy va Abul Muin.
Nasafiy hamda boshqa atoqli dunyoviy va diniy allomalar shuuri olamni yoritdi. Ikkinchi Renessansda – Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Jomiy, Navoiy, Behzod, buyuk meʼmorlar, bastakorlar, musavvirlar, tarixchilar chiqib, bugun ham dunyoni lol qoldirayotgan asarla ryaratdilar. Har ikki Renessans davrida biz dunyoning ilgʻor, mutaraqqiy xalqlari qatorida edik. Agar yana shunday darajaga erishmoqchi boʻlsak, Uchinchi Renessansni amalga oshirmogʻimiz zarur.

Inson – Yangi Renessans ijodkoridir. Har bir jamiyat oʻziga zarur shaxsni tarbiyalaydi. Unga oʻz taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, eʼtiqodiy, kasbiy-professional, huquqiy va boshqa qator talablar qoʻyadi. Jamiyat taraqqiyotining pirovard maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir. Jamiyat talabiga toʻliq javob beradigan kishi turli davrlarda har xil atalgan. Yusuf Xos Hojibuni “tugaler”, Forobiy “fozilkishi”, tasavvuf namoyandalari “komilinson” deb ataganlar. “Har tomonlama rivojlangan shaxs”, “uygʻun rivojlangan shaxs” atamalari ham qoʻllanilgan. Mustaqillikdan keyin biz shaxsga nisbatan “komil inson”, yosh avlodga nisbatan “barkamol avlod” atamalarini qoʻllay boshladik. Gap atamada emas. Qanday sifatni qoʻllamaylik, kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti tendensiyalarini va ayni paytda milliy maʼnaviyatimiz xususiyatlarini hisobga olmogʻimiz lozim. Binobarin, sunʼiy intellekt va yuksak texnologiyalarga tayanadigan “toʻrtinchi sanoat inqilobi” insonga qoʻyadigan talablarini oldindan modellashtirishimiz va taʼlim-tarbiyatizimini ularga moslashtirishiz kerak. Xuddi shunday milliy identligimizni saqlab qolish uchun ona tilimizni, tariximizni, adabiyotimiz va sanʼatimizni yetarlicha oʻrgatishning optimal yoʻllarini topmogʻimiz lozim.
Urf-odatlarimiz ham takomillashtirilishi va zamonaviylashtirilishi juda zarur. Ijtimoiy ongda, odamlarning xatti-harakatlarida burilish yuz berishi, yangi ideallar va qadriyatlar qaror topmogʻi darkor.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

31 Oct, 10:58


“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talaba-yoshlarni kitobxonlikka qiziqishni oshirish, ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash maqsadida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, Madaniyat va san’at fidokori, Mehnat faxriysi mukofotlari bilan taqdirlangan Nuriddin Aminjon va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Chorsham Ro‘ziyev hamda Mirzakarim Toshboltayevlar Toshkent davlat stomatolgiya instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar uchun Axborot-resurs markazida yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bilan tanishdi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

27 Oct, 06:36


Shavkat Mirziyoyev saylovda ovoz berdi

Prezident oila a’zolari bilan birga Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurgan.

Kun.uz rasmiy kanali

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Oct, 11:45


#tyutorlar_faoliyati

1-stomatologiya fakulteti tyutori Mirjamolova M.A 1-kurs talabalariga “JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” to’g’risida davra suhbati o’tkazdi.

Talabalarga - hozirgi kunda terrorizm, giyohvandlik, diniy ekstromiz asosiy tahdidlardan biri bo’lib qolgani, so‘nggi yillarda dunyo bo‘ylab radikallashuv va ekstremistik g‘oyalarning keng tarqalishi, zo‘ravonlik va terrorizm xurujlarining ortishi. Bunday holatning achinarli jihati shundaki, ekstremistik va radikal g‘oyalar ta’siriga tushib qolayotgan insonlarning aksarini yoshlar tashkil qilayotgani va ularning soni jihatdan ortib borayotgani uning salbiy oqibatlari, qanday yakun topishi to’g’risida talabalarga keng tushunchalar berib o’tildi

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Oct, 09:32


Тошкент Давлат стоматология институтида тиббиёт олий таълим муассасалари талабалари орасида Халқаро олимпиада ўз ишини бошлади. Россия, Қозоғистон, Ўзбекистон университетларидан 100 дан ортиқ талабалар стоматология сохасида беллашадилар
🇺🇿🇷🇺🇰🇿🇹🇯

Toshkent davlat stomatologiya instituti

25 Oct, 07:43


Ҳурматли ички ишлар тизими ходимлари!

Сизларни бугунги қутлуғ сана – Ўзбекистон Республикаси ички ишлар органлари ходимлари куни байрами билан барча ички ишлар ходимларини, офицерлар,сержант ва сафдорларни, муҳтарам фахрийларни самимий табриклайман.

Ички ишлар органлари зиммасига қўйилган масъулиятли вазифаларни виждонан бажаришда ҳамда тизимда амалга оширилаётган кенг кўламли ислоҳотларни ҳаётга татбиқ этишда, жиноятчиликка қарши муросасиз курашишда фидоийлар қасамёдига содиқ қолиб, барча ҳамкасбларига ўрнак бўлмоқдалар.

Фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш, юртимизда тинчлик-осойишталикни сақлаш ва жамиятимизда адолат ҳукм суришига эришишни ўз касби, ўз ҳаётининг маъно-мазмуни деб биладиган ички ишлар органлари ходимлари, сизни ва барча оила аъзоларингизни касб байрамингиз билан самимий табриклайман. Сизларга соғлиқ, омонлик ва бахт тилаймиз.

Мамлакатимиз мустақиллигини мустаҳкамлашдек буюк ишларингизда зафарлар ёр бўлсин!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

24 Oct, 15:18


“MENING OVOZIM-OBOD VATANIM” shiori ostida Toshkent davlat stomatologiya instituti “Gistologiya va Tibbiy biologiya” kafedrasi mudiri t.f.d., dotsent U.T.Nugmonova hamda kafedra professor-o‘qituvchilari yoshlarga besh yillikning muhim axamiyati to’g’risida talabalar bilan suhbatlar olib bordi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

24 Oct, 15:12


2024 йил 27 октябрь куни бўлиб ўтадиган сиёсий тадбирда фаоллик кўрсатиб, ўзингиз муносиб деб топган номзодга овоз беринг ва мамлакатимиз ривожи йўлида ҳисса қўшинг!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

24 Oct, 14:32


Ўзбек тили ва педагогика кафедраси ўқитувчилари 1 курс талабалари билан Сайлов тўғрисида савол-жавоб тарзида учрашув ўтказишди.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

24 Oct, 14:28


“MENING OVOZIM-OBOD VATANIM” shiori ostida Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-o‘qituvchilari yoshlarga kelajagimiz ravnaqi uchun muhim qadamligi va har bir ovozning kelajak besh yillikdagi axamiyati to’g’risida talabalar bilan suhbatlar olib bordi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

23 Oct, 07:49


Ona-tilimiz - ma'naviy-boyligimidirz! O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning TIL VA MILLAT MAQOMI she'ridan

Toshkent davlat stomatologiya instituti

23 Oct, 05:17


TDSI KUZATUVCHILARI UCHUN SEMINAR-TRENING MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

2024-yil 22-oktabr kuni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ishtirok etadigan kuzatuvchilari uchun seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar treningda Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi o‘rinbosari Temur Qahramonov hamda Kengash xodimi Ozodbek Abduraximovlar tomonidan saylov uchastkalariga qo‘yilgan kuzatuvchilarning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Oct, 11:21


Ijtimoiy fanlar bioetika kursi bilan kafedrasi dotsenti, i.f.n. D.A. Umarova va TDSI magistr 1-kurs talaba-yoshlari SAYLOV 2024 da har bir ovoz muhim! Saylovda ishtirok eting!

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Oct, 07:00


“MILLIY QADRIYATLAR” HAFTALIGI DOIRASIDA

🗣 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimlari hamda “Milliy qadriyatlar” haftaligi doirasida adiblar xiyobonida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Toshkent davlat stomatologiya instituti talaba-yoshlari faol qatnashib adiblar bog‘idan ma’naviy oruqa olmoqda.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Oct, 06:54


Сунъий интеллект Ўзбекистон таълим тизимига ҳам кириб бормоқда

Тошкент давлат стоматология институти сунъий интеллектни татбиқ этиш бўйича Туркия университети билан шартнома имзолади.

👉 @r_kusherbayev

Toshkent davlat stomatologiya instituti

22 Oct, 06:54


Сунъий интеллект Ўзбекистон таълим тизимига ҳам кириб бормоқда

Тошкент давлат стоматология институти сунъий интеллектни татбиқ этиш бўйича Туркия университети билан шартнома имзолади.

👉 @r_kusherbayev