أحدث المنشورات من Taomlanish ilmi (@taomlanish_ilmi) على Telegram

منشورات Taomlanish ilmi على Telegram

Taomlanish ilmi
📚 Taomlanishga oid asoslangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi.
🎓 Muallif: @doctorferuz
⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot
📥 Reklama: @taomlanish_ads
23,422 مشترك
1,739 صورة
54 فيديو
آخر تحديث 11.03.2025 18:51

قنوات مشابهة

ERKIN BOZOROV | RASMIY
18,160 مشترك
JR TwitGram 🥂
6,487 مشترك
Kainbek
6,271 مشترك

أحدث المحتوى الذي تم مشاركته بواسطة Taomlanish ilmi على Telegram

Taomlanish ilmi

25 Sep, 06:31

42,386

26. STRESS gormonini (kortizol) me’yoriga keltirish muolajasi.
Retsept:

— Sogʻlom uyqu (tunda 6 yoki 7,5 soat uxlang);
— Nimalarnidir ustida ishlang, masalan biror narsa yasash mumkin;
— Kunda 20-30 daqiqa mashq qilishga odatlaning, bu kortizolni parchalaydi;
— O'zingiz yoqtirgan ishga (hobby) vaqt ajratib turing;
— Tabiat qoʻynida sayr qiling, piyoda yuring;
— Tez-tez tabassum qilib turing, oynaga qarab tirjaying.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

21 Sep, 14:51

34,029

25. ANJIR foydalari

Bu meva tarkibida inson tanasi uchun kerakli vitamin va minerallar mavjud. Yana eng muhim moddalardan biri — kletchatkaga boy. 100 gramm anjirda 18 gramm kletchatka bor. Agar 300 gramm anjir yesangiz, kunlik kletchatkaga boʻlgan ehtiyojni qondirgan boʻlasiz.

”Anjir bilan qasam va zaytun bilan qasam." (Qur’on: At-Tiyn, 1-oyat)

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

18 Sep, 05:05

35,320

24. YOGʻLI GEPATOZ (jigarning alkogolsiz yogʻli distrofiyasi) muolajasi.
Retsept:

— Yetarlicha suyuqlik iching (kunda 1,5 l).
— Pomidorni kunda 1-2 dona iste’mol qiling. Tarkibidagi likopin moddasi jigar hujayralarini zararlanishidan himoya qiladi.
— Kunda 2-3 chashka (125 ml’lik) kofe iching. Gepatoprotektor xususiyati bor.
— Kletchatkaga boy mahsulotlarni iste’mol qiling. Bu jigarga tushadigan yuklamani kamaytiradi.
— Ortiqcha vazn boʻlsa ozish kerak! Busiz yogʻli gepatozni bartaraf qilish ilojsiz.
👉 Jigar haqida bepul dars

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

14 Sep, 14:53

31,473

23. Homilador ayollar mevalarni ichida nok va behini tanlagani yaxshi.

Sababi bu mevalarni tarkibida kletchatkasi nisbatan koʻpligi uchun homiladorlikdagi qabziyatni ketkazadi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

13 Sep, 09:59

31,319

22. QON BOSIMINI KOʻTARISH (Gipotoniya) muolajasi.
Retsept:

— Kunda har 1 kg tana vaznga 30 ml suv ichish kerak (kamida). Hisoblash uchun tana vazningizni 30 ga koʻpaytirasiz. Masalan: vazn 70 kg boʻlsa, 70x30=2100 ml (2 litr)
— Kunda har 1 kg tana vazniga 1,2 gr oqsil yeyish kerak (kamida). Hisoblash: 70x1,2=84 gramm.
— Salatlarga (taomga ham) tuzni biroz koʻproq solib yeyish kerak. Tuzdan qoʻrqmaslik kerak va uni 10 grammgacha yesa boʻladi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

12 Sep, 07:23

28,174

21. ANOR foydalari

— Yalligʻlanishga qarshi kuchli taʼsirga ega, chunki antioksidantlarga boy.
— Saraton hujayralarini hosil boʻlishiga qarshilik qilib, hatto oʻldiradi. Sut bezi rakida tavsiya qilingan!
— Qon bosimini tushiradi. Tajribada, har kuni 150 ml anor sharbati ichilganda, 2 hafta oʻtib qon bosimi pasaygan.
— Aterosklerozni oldini oladi. Uni davolashda, har kuni 100 ml anor sharbati isteʼmol qilish kerak.
— Erkaklar salomatligida juda muhim bo'lib, jinsiy quvvatni yaxshigina oshiradi.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

09 Sep, 09:24

25,994

20. Kuz faslida yeyish kerak boʻlgan eng yaxshi mevalar — aynan shu faslda pishadiganlar: xurmo, behi, uzum…

Mevalarga toʻyib olish kerak!

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

08 Sep, 13:41

25,841

Immunitet haqida siz bilishingiz kerak boʻlgan muhim gaplar…
1,5X tezlikda eshitish mumkin.

— kayfiyatni ta’siri bormi?
— immunitetni mustahkamlashda qanday odatlar muhim?
— qaysi mahsulotlar immunitetni koʻtaradi?
Shu kabi savollarga javob olasiz.

Yaqinlaringizga ulashing!

@doctorferuz
Taomlanish ilmi

07 Sep, 11:32

21,947

19. “Suv yoki choy ichgim kelmaydi, uncha-munchaga chanqamayman, sababini bilmayman” deb murojaat qiladiganlarni koʻpi bilan gaplashib koʻrdim.

Ma’lum boʻlishicha, ular odatda gazli/gazsiz shirin ichimliklarni (napitok’lar) koʻp ichishar ekan.

Xulosa oʻzingizdan.

@taomlanish_ilmi
Taomlanish ilmi

06 Sep, 06:01

26,125

18. Kunda 100 gramm UKROP yeyish — organizmda temir (Fe) elementini kunlik ehtiyojini qondiradi. Bu bilan kamqonlikni (anemiya) oldini olish va agar anemiya boʻlsa uni davolash mumkin.

Temirga kunlik ehtiyoj:
Erkaklarga — 10 mg
Ayollarga — 15 mg

@taomlanish_ilmi